I. Isoqov, S. I. Qulmamatov
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
informatikani oqitishda innovatsion texnologiyalar
Usul – nazariyada olgan bilimni amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muammoni hal qilishdagi ishlatish yo’li. O`rganiladigan fanning xususiyatiga qarab usullar turli xil ko’rinishda bo’ladi.
Uslubiyat – o’quv jarayonini to’g’ri tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidir. Metod – biror jarayondagi nazariya va amaliy bilimlar sohasini egallashga yo’naltirilgan harakatlar, usullar majmuasidan iborat.
ilmiy bilish nazariyasini ifodalovchi ta`limotdir.
metod va uslublar majmuasidir. Bu ta`lim jarayonida o’qituvchi va talaba faoliyati uyg’unligini ta`minlovchi pedagogik faoliyatdir.
“Texnologiya” – yunoncha ikki so’zdan – “texnos” (techne) – mahorat, san`at va “logos” (logos) – fan, ta`limot so’zlaridan tashkil topgan.
Texnologiya so’zi zamirida rejalashtirilgan jarayonlarni amalga oshirish usul va vositalari haqidagi bilimlar yig’indisi, shuningdek manbada sodir bo’ladigan sifat o’zgarishlari mujassamlashgan bo’ladi.
Ta`lim texnologiyalarini tadqiq etishda avvalo, quyidagilarga e`tibor berish lozim: - rejalashtirlgan ta`lim texnologiyasiga ijtimoiy - pedagogik asoslar nimalardan iboratligini aniqlash; - ta`lim texnologiyasining jarayon sifatida bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan qat`iy ketma-ketligi mavjudmi, ularning funktsional tuzilmasi nimalardan iboratligini belgilash; - bu texnologiya bugungi kun talabiga va jahon ta`limi talablariga mos kelishligini o’rganib chiqish; - ta`lim texnologiyasining maqsadini o’rganilayotgan o’quv predmetining maqsadlari bilan mos keltirish.
Bunda joriy va oraliq natijalar muntazam ravishda nazorat qilinib boriladi va shu yo’sinda ta`lim jarayoni boshqariladi. Agar rejalashtirilgan maqsad bilan olingan natija bir-biriga mos tushsa, pedagogik jarayon oxiriga etgan hisoblanadi, ya`ni pedagogik texnologiya jarayoni tugallangan deyiladi.
Pedagogik texnologiyaning bosh muammosi talaba (o’quvchi) shaxsini rivojlantirish yo’li bilan o’qitishga qo’yilgan maqsadga erishishdan iborat. 18
Pedagogik texnologiyaga YUNESKO ta`rifi: - Pedagogik texnologiya ta`lim berish va o’zlashtirish usullarini yaratish, qo’llash, ularni yagona tizimga keltirish yo’li bilan inson salohiyati va texnik vositalarining barcha imkoniyatlaridan muvofiq foydalanib, bilimlar o’zlashtirilishining eng maqbul jarayonidir. Ta`rifdan ko’rinib turibdiki, pedagogik texnologiya asosan tizimli yondashuvdan iborat bo’lib, pedagogik tadqiqotlarda “tizimiy yondashuv“ tadqiqot usuli boshqa yondashuvlardan keskin farq qiladi va manbani har tamonlama chuqur o’rganish imkonini beradi. Ta`lim texnologiyalarini o’quv jarayoniga joriy etishning dolzarbligi quyidagi beshta shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta`limiy tadbirdir: - “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “ maqsadi va vazifalarini ro’yobga chiqarish uchun ta`limni jadallashtirish zarurligi; - ta`lim-tarbiya jarayonida o’qituvchi va o’quvchi rolini o’zgartirish zarurligi; - fan-texnika taraqqiyotining o’ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi; - kishilik jamiyati o’z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo’lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o’tib borayotganligi; - barkamol avlodni tarbiyalash talabi ularga eng ilg’or bilim berish usuli hisoblangan ob`ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi.
O`zbekistonlik pedagog-olim L. V. Golish ta`lim texnologiyasini quyidagicha ifrdalab bergan:
“Ta`lim texnologiyasi – pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu, texnik va inson resurslarini hamda ularni, o’z oldiga ta`lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlarni o’zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli usuli”.
Ta`lim texnologiyasi tushunchasi o’qitish va o’rganish jarayoniga tizim sifatida qarashni anglatar ekan, avvalo tizim tushunchasini tushunib olish zarur.
2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Tizim va tizimiy yondashuv tushunchalarini talabalarda shakllantirish. Identiv o’quv maqsadlari: 1. Tizim va tizimiy yondashuv to’g’risidagi tushunchalarga ega bo’ladilar. 2. Ta`lim texnologiyalari to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.
birgalikda umumiy funktsiyani bajaruvchi elementlar to’plamiga aytiladi.
Umuman olganda tizim tushunchasi “element” , “aloqadorlik”, “bir butunlik”, “yaxlitlik”, “birlik”, “ierarxiya”, “elementlar o’rtasidagi aloqadorlik qonuniyatlari” va shu kabi terminlar (tushunchalar) bilan bog’liq holda ifodalanadi.
Tizimning tashkil etilishi, uning elementlari va qism tizimlari hamda ulardagi umumiy qonuniyatlar asosida olib boriladi va ob`ektlar (qism tizimlar va elementlar) yagona tizim sifatida ishlaydi. Bunday jarayonlar mazmun - mohiyat jihatidan ierarxik tizimni tashkil etadi.
Qism tizim – yagona yaxlit tizim va uning funktsional vazifasi bo’yicha qo’yilgan maqsad echimi sari yo’naltirilgan o’zaro bog’langan elementlar majmuasi. 19
Ierarxik tizim – u ixtiyoriy tabiatli ( texnik, iqtisodiy, biologik, ijtimoiy, texnologik, metodologik va h.k.) tizim bo’lib, uning amal qilish jarayoni (funktsional vazifasi) ko’p bosqichli tuzilmadan iborat bo’ladi.
Demak, tizimlar elementlar va qism tizimlardan hamda ular bo’yicha umumiy qonuniyat asosida ierarxik(ko’p bosqichli) holatda tashkil topar ekan. Tizimlarning bunday tashkil etilishida uning elementlari soni ko’payib yoki kamayib borishi mumkin.
Tarkibidagi elementlar sonini ko’paytirish yoki kamaytirish bo’lganda ham tizimning maqsad-vazifasi(funktsional vazifasi)ni o’zgartirmay saqlab qola olgan tizimga ochiq tizim deb ataladi.
Tizimiy yondashuv tadqiqot usulini qo’llash samarasini aniqlashda uning tizim va tizim elementlarining manbani nechog’liq to’liq ifodalanganligiga bog’liq bo’ladi, chunki tizim elementlari, qism tizimlar va ular orasidagi uzviy aloqadorliklar ham dinamik o’zgarishlar asosida – yaxlit tizim hosil bo’ladi.
Tizimiy yondashuv (TYo) – ilmiy bilishdagi metodologik yo’nalish bo’lib, u manbani tizim sifatida o’rganadi va tadqiqotchiga tizim maqsad – mazmunini ifodalash imkoniyatini hamda elementlar va qism tizimlar orasidagi turli bog’lanishlardan bitta maqsad sari foydalanishga sharoitini beradi.
Uzluksiz ta`lim tizimiga qo’yilgan bugungi talab TYo tadqiqot usulini qo’llashda quyidagi asoslarga tayanish lozimligini ko’rsatmoqda: - o’rganilayotgan manba bo’yicha nazariy va amaliy ma`lumotlar bankini tayyorlash; - tayyorlangan ma`lumotlar bankini ta`lim texnologiyasi va maqsadiga qarab tizimlarga ajratish; - TYo ning manbaga nisbatan maqsadini aniqlash; - TYo tuzilishiga qarab elementlar va qism tizimlarni aniqlab chiqish; - TYo vazifasini aniqlash; - TYo yordamida o’qitishga ko’rsatma va uslubiy tavsiyalar tayyorlash; - olingan natijalarni baholash mezonini ishlab chiqish; - maqsadga erishganlik darajasini aniqlash mezonini ishlab chiqish; - TYo yordamida ta`limni boshqarish to’g’risida xulosa chiqarish va metodologiyadan amaliyotda foydalanishga tavsiyalar tizimini tayyorlash. Tizimiy yondashuv tadqiqot usuli «elementlar ----- qism tizimlar----- tizim» aloqadorligidagi ma`lumotlar bilan ish ko’radi. Bunday ko’rinishdagi ishlarni bajarish esa ma`lumki, ma`lumotlarni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lib, juda katta hajmdagi ma`lumotlar va ularning turli ko’rinishdagi bog’lanishlarni e`tiborga olishga to’g’ri keladi. Bunday hollarda tadqiqotchiga kompyuterlashtirishdan foydalanish yuqori samaralar beradi. Tizimning faoliyati uni tashkil etuvchi har bir elementga va o’z navbatida har bir element bir – biriga chambarchas bo0liq. Bundan shunday xulosa kelib chiqadi. Ta`lim jarayonini bir tizim deb qaralsa, uning tashkil etuvchilari, yani elementlariga quyidagilar kiradi: ta`lim maqsadi, o’quv maqsadlari(kutilayotgan natijalar), ta`lim beruvchi, tahsil oluvchi, ta`lim mazmuni, ta`lim metodi, ta`lim shakli, ta`lim vositalari, nazorat va baholash. Ta`lim jarayonini loyihalashtirishda yuqorida sanab o’tilgan elementlardan birortasi e`tibordan chetda qolsa yoki noto’g’ri tanlangan bo’lsa tizim ishlamaydi, demakki, ta`lim jarayoni oldiga qo’yilgan maqsadga erishilmaydi.
20
Mustaqil ish topshiriqlari. 1. Ta`lim texnologiyalarining respublikamiz va horijiy davlatlardagi holatlari haqida internet tarmog’idan ma`lumotlar oling. Olingan ma`lumotlarni qiyoslab taqqoslang. 2. Tizim va tizimiy yondashuv mazmun – mohiyatini tahlil qiling va natijalarni yozma shaklda keltiring.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Yuldashev U.Yu., Boqiev R.R., Zokirova F.M. Informatika o’qitish metodikasi. Toshkent, “Talqin”, 2005 y. 2. Saidaxmedov N.S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T., 2003y. 3. Saidaxmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar T., “Moliya”, 2003y., 172 b. 4. To’raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. T., “Fan”, 2006 y., 240 b. 5. Isoqov I., Qulmamatov S.I. Informatikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar fanidan amaliy mashg’ulotlar ishlanmalari. Guliston, GulDU, 2013 y.
1. O`qitishda YaPT ni qo’llashning samaradorligini aniqlash mezonlari 2. Talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlashida bilimning shakllanganligini aniqlash
mavzuni yoritishda ma`naviy-ahloqiy tarbiya, ta`lim jarayonini xulosalash, ta`limni texnologiyalashtirishda qo’shimcha axborotlardan foydalanish. Mashg’ulotning tafsiloti: Mashg’ulot bosqichlari Vaqt Mashg’ulot mazmuni Metod Kirish
5 daqiqa
10daqiqa Mashg’ulot mavzusi, maqsadi, kutilayotgan natijasini bayon qilish. o’tgan
ma`ruza mashg’ulotni o’zlashtirish darajasini aniqlash. Ma`ruza
Savol-javob
Asosiy qism
25 daqiqa
30 daqiqa
O`qituvchi ta`limni texnologiyalashtirish va samaradorlikni aniqlashga qo’yilgan talablar haqida
ma`lumotlar beradi. Kichik guruhlarga mavzu bo’yicha muhokama qilinadigan 4 xil murakkablik darajasidagi nazorat topshiriqlarini echish vazifasi yuklatiladi. Ma`ruza
Taqdimot Aqliy hujum Kichik guruhlarda ishlash Yakuniy
qism 10
daqiqa Kichik guruhlar tahlili, xulosa qilish va yakun yasash. Bahs-
munozara 21
Darsning texnologik xaritasi. № Bajariladigan ish mazmuni Amalga oshiruvchilar 1
*Maqsad: Ta`limni texnologiyalashtirish va samaradorlikni aniqlashga qo’yilgan talablar to’g’risidagi ma`lumotlarni tushunish.
- bo’lajak o’qituvchilarda ta`limni texnologiyalashtirish va samaradorlikni aniqlashga qo’yilgan talablar haqidagi ko’nikmalarini shakllantirish; - muammolarni maqsad, vazifa va fanning mazmuni bo’yicha umumlashtirish; - bilimlarni tekshirish va mustaxkamlash.
O`qituvchi 2
Uslub: Og’zaki bayon qilish. Shakl: ma`ruza mashg’uloti, kichik guruhlar va jamoada ishlash. Vosita: tarqatma va taqdimot materiallari. Usul: tayyor yozma materiallar. Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish. Baholash: rag’batlantirish, reyting tizimi asosida baholash.
O`qituvchi 3 Mustaqil ishlash bosqichi: - munozara, aqliy hujum, mikroguruhda ishlash va boshqa metodlar orqali nazorat topshiriqlarini echishga yo’naltiriladi. - talabalar nazorat topshiriqlarini hal qilish to’g’risidagi fikrlarini o’zaro muhokama qilishadi. - o’zi va mikroguruh uchun yagona javobni tanlaydi.
Talaba 4 Natijalarni eshitish va tahlil qilish bosqichi: - talabalar va mikroguruh fikri tinglanadi, ularga aniqlashtiruvchi savollar beriladi. - mikroguruhlarning javoblari to’g’risida talabalar fikri aniqlanadi. - javoblar tahlil etiladi.
O`qituvchi - Talaba 5
javoblaridan ko’pchilik fikriga mos kelgani alohida ajratib olinadi; - talabalarning nazorat topshiriqlarini echishdagi faolligi, intilishlari hisobga olingan holda amaldagi reyting tizimi orqali baholanadi; - yakuniy fikr aytiladi; - mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
O`qituvchi 22
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: O`qitishda YaPT ni qo’llashning samaradorligini aniqlash mezonlari tushunchalarini talabalarda shakllantirish. Identiv o’quv maqsadlari: 1. Talabalar o’qitishda YaPT ni qo’llashning samaradorligini aniqlash mezonlari to’g’risidagi tushunchalarga ega bo’ladilar. 2. Talabalar o’qitishda YaPT ni qo’llashning samaradorligini aniqlash mezonlari to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.
jarayonini, uning samaradorligini oshirish va ta`lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o’quv natijalarga erishishlarini kafolatlash maqsadida to’liq boshqarish g’oyasi tashkil etadi. Bunday yondashishning mohiyati, ta`lim jarayonini tizimlashtirishdan – uni, aniq rasmiylashtirilgan va detallari bo’yicha aniq elementlarga bo’lib tashlash yordamida maksimal shakllantirishdan iborat. O`qituvchining dars jarayonida YaPT larni qo’llashdagi ta`lim samaradorligini aniqlash ta`limni to’g’ri olib borayotganligi baholashda muhim omil bo’lib hisoblanadi. Shu sababli o’qitishda YaPT ni qo’llashning samaradorligini aniqlash mezonlarini keltirib o’tamiz. Bunda birinchi navbatda quyidagicha dars bloklarining maqsadi va vazifalari qaraladi.
Bunda asosan gumanitar va ijtimoiy fanlar bloki, matematik va tabiiy- ilmiy fanlar bloki, umumkasbiy fanlar bloki, maxsus fanlar bloki va qo’shimcha fanlar bloklaridagi o’quv fanlari mazmuniga qo’yilgan umumiy talablarga e`tibor beriladi. 2.Dars bloklariga qo’yilgan maqsad va vazifalarni tanlab olingan o’qitish metodlariga mosligi aniqlanadi. Bunda mavjud YaPT va yaratilishi lozim bo’lgan YaPTlar o’rganiladigan fanlar bloklariga qo’yilgan maqsad va vazifalarga mos bo’lib, tayyorlangan mutaxassislarning kasbiy faoliyatini takomillashtirishga mo’ljallangan bo’lmog’i kerak.
tutiladi.
Bunda ta`lim va tarbiya uyg’unligiga e`tibor beriladi. Ayniqsa, bo’lajak mutaxassislarning kasbiy fazilatlarini shakllantirish hamda amaliy faoliyatga tayyorlash ta`lim berish jarayoninig asosiy omillaridan biri bo’lmog’i lozim, aks holda ta`limda ham tarbiyada ham yuqori samaradorlikka erishib bo’lmaydi. 4. Mavzuni yoritishda ma`naviy-ahloqiy tarbiyaga e`tibor berish.
Bunda har qanday fanni o’qitishda milliy-ma`naviy qadriyatlarni talabalar ongiga singdirishga e`tibor berish lozim.
Bunda o’rganilayotgan fan(mavzu) xususiyati asosiy rolni o’ynaydi. Fan(mavzu) mazmuni va o’qitish jarayoniga mos YaPT lar to’planadi va ular ichidan pedagogik samarani kafolatlovchisi tanlab olinadi. Tanlash muammosi o’rganilayotgan fan(mavzu) va ta`lim oluvchilarga mos qilib tanlanadi. Aks holda eng samarali
23
hisoblangan YaPT ham ta`lim oluvchining intellektual salohiyatiga mos kelmasa ahamiyatsiz bo’lib qolaveradi.
Bunda o’quv rejasidagi mustaqil ta`lim va mustaqil ishlarga hamda ularning o’quv uslubiy ta`minotiga qat`iy e`tibor berilishi lozim. Ayniqsa mustaqil ta`lim olishda talabalarga ta`limning o’quv – axborotli ta`minoti qo’l keladi. O`quv-axborotli ta`minotni har bir fan(mavzuga mos holda tayyorlash mumkin va ulardan foydalanishga talabalarning EHM bilan muloqoti ta`minlanadi. 7. Ta`limning faol usullarini tanlash ko’nikmasiga egalik darajasi.
Bunda ta`limning faol samarali usullari tadqiqot manbai va maqsadiga mos tanlanadi hamda shu asosidagi YaPT joriy etilib, rejalashtirilgan natijaga erishishning optimal varianti kafolatlanadi.
Bunda har qanday fanni o’qitishda ham dunyoviy va diniy ilm natijalaridan foydalanish mumkin. Ular ta`limda ijobiy sifat o’zgarishlari qilib, yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlaydi. Ayniqsa Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan qousiy olimlarimiz bugungi kunda Er kurrasidan tortib Samogacha ma`lum va mashhurdir, ya`ni ulug’ allomalarimiz Al-Farg’oniy va Mirzo Ulug’beklar nomiga Osmondagi yulduzlardan ikkitasining nomi qo’yilgan.
fikrlashida bilimning shakllanganligini aniqlash tushunchalarini talabalarda shakllantirish. Identiv o’quv maqsadlari: 1. Talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlashida bilimning shakllanganligini aniqlash to’g’risidagi tushunchalarga ega bo’ladilar. 2. Talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlashida bilimning shakllanganligini aniqlash to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.
fikrlashida bilimning shakllanganligi quyidagi tartibda aniqlanadi: 1.Dars mashg’ulotlarini boshlashda talabalarning fanni o’rganishga ishtiyoqini qo’zg’atish va dars maqsadi hamda vazifalarni talabalar bilan hamkorlikda ifodalash. Bunda o’rganilayotgan manba bo’yicha qisqacha qiziqarli va amaliy ahamiyatli ma`lumot berish. Bunga asoslangan holda ta`lim maqsadi va maqsadga erishish uchun bajariladigan vazifalarni asoslash kerak. Bu jarayonning qiziqarli ketishining asosi ham shunda, aks holda mashg’ulot zerikarli bo’lib, maqsadga etishdagi vazifalar ketma- ketligiga ahamiyat berilmay qoladi. Bu erda oxirgi vazifani hal qilish maqsadga erishishning nihoyasi ekanligini ta`minlash muhim ahamiyatga ega bo’lib, ta`limdagi uzviylik hamda uzluksizlik tamoyillarining amalga oshishini ham ta`minlaydi.
Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling