I. Isoqov, S. I. Qulmamatov


  O`qituvchining  mavzuni  o’rgatishda  tayanch  tushunchalar  oddiydan


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana19.06.2020
Hajmi1.48 Mb.
#120417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
informatikani oqitishda innovatsion texnologiyalar


2.  O`qituvchining  mavzuni  o’rgatishda  tayanch  tushunchalar  oddiydan 

murakkabga, hususiylikdan umumiylikka qarab rivojlanib boradi. 

 Tayanch  tushunchalar  bo’yicha  to’liq  ma`lumotlar  berilib  bo’lganda  mavzu 

to’laligicha yoritilgan bo’lishi lozim. 



3.  Ta`lim  berishda  manbaga  mos  umumiy  ma`lumot  emas,  balki  ilmiy 

asoslangan axborotlar berish. 

 

24 


Bunda o’rganilayotgan  manba negizi ilmiy nuqtai-nazardan tahlil qilinib, manba 

bo’yicha ixcham-mukammal ma`lumotlar majmuasi(tizim) ifodalanishi lozim.  



4. Bilim berishda ilmiy g’oyani o’rtaga tashlay olish. 

Bunda  ta`lim  berishda  muammoli  vaziyatlar  va  ularga  mos  fan-texnikaning 

zamonaviy  yutuqlari  uyg’unligida  ish  olib  borish  yuqori  samaralarni  beradi  va  ular 

ta`lim-tarbiya  jarayonini  olib  borishning  ilmiy  -  uslubiy  asoslarini  ta`minlashligini 

ta`lim oluvchilar ongiga etkazish lozim. 

5.  Ta`lim  mashg’ulotlari  jarayonida  talabalarni  axborot  yig’a  olishga 

o’rgatish.  

Bu  dars  mashg’ulotlariga  tayyorlanish  jarayonida  amalga  oshirilib,  mavzuni 

konspektlashtirish,  mavzu  bo’yicha  tezislar  tayyorlash  va  xar  hil  spravochnik 

ma`lumotlar  tayyorlanadi.  Ular  ichidan  tahlil  va  xulosalash  asosida  mavzu  uchun 

asosiylari tanlanadi. 

6. Ta`lim mazmuni-mohiyatini tushunishga kirib borish.  

Bunda asosan o’rganilayotgan fan(mavzu) bo’yicha ma`lumotlarni tahlil qilish va 

ular asosida shakllangan xulosalar hamda mazkur sohadagi bilimlarni takomillashtirish 

orqali  erishiladi.  Xulosa  chiqarishga  o’rganilganligi  esa  taqqoslash,  muhokama  qilish 

va umumiy xulosalash orqali amalga oshiriladi. 

7. Ta`lim jarayonini xulosalash. 

 Umuman  olganda  xulosalash  malakasi  jarayon  va  hodisalar  to’g’risida 

ma`lumotlar  yig’ish,  ularni  axborotlarga  aylantirish  hamda  ma`lum  tartibga  solish, 

mantiqiy 

fikrlash 

tahlili 


natijalari 

orqali 


amalga 

oshirilib, 

ta`limni 

texnologiyalashtirishdagi mustahkam poydevordir. 



8. Ta`limni texnologiyalashtirishda qo’shimcha axborotlardan foydalanish. 

Bunda  asosan  darsda  olgan  bilimlarini  maxsus  kurs,  fan  to’garaklari,  ilmiy-

uslubiy  seminarlar  va  fan-texnikaning  eng  so’nggi  yutuqlari  hamda  zamonaviy  ishlab 

chiqarishdagi  ilg’or  texnologiyalar  haqidagi  axborotlar  bilan  bog’lay  olishi  zarur. 

Bulardan  tashqari  qo’shimcha  axborotlar  manbaiga  darslik,  entsiklopediyalardagi 

ma`lumotlar,  lug’atlar,  o’quv  qo’llanmalar,  ilmiy-uslubiy  adabiyotlar,  ilmiy-ommabop 

matbuot va qiziqarli adabiyotlar ham kiradi. 

Xullas,  bu  qayd  etilganlar  talabalarning  mustaqil  va  ijodiy  fikrlashida  bilimning 

shakllanganligi,  ya`ni  dars  maqsadi,  mazmun-mohiyatini  ifodalashdan  tortib,  to 

ta`limni  texnologiyalashtirish  jarayonigacha  bo’lgan  ketma-ketlik  haqida  xulosa 

chiqaradigan  bo’lsak,  ular  manba(jarayon  yoki  hodisa)  haqidagi  ma`lumotlar, 

axborotlar  asosida,  faraz  qilish  orqali  xususiy  echimlardan  umumiy  echimga  qarab 

harakat qilish jarayonidir. 

        Bunda  ta`lim  jarayonida  fan  texnikaning  mos  yutuqlaridan,  tarixiy  biografik 

ma`lumotlardan  foydalanish  ta`lim  samaradorligini  oshirishning  asosiy  omillaridan 

biridir.  Ayniqsa,  dars  samaradorligini  oshirishda  milliy-ma`naviy,  qadiryatlar,  fan 

taraqiyoti  bosqichlari,  soha  olimlari  hayoti,  faoliyatidan  ibrat-namuna  sifatida 

foydalanish,  davrga  tavsifnoma  berish,  birinchi  kashfiyot  yoki  ixtirochilar  haqidagi 

axborotlardan foydalanishning ahamiyati beqiyosdir. 

 

 



 

 


 

25 


          

 

 



 

Mustaqil ish topshiriqlari. 

1. O`qitishda YaPT ni qo’llashning samaradorligini aniqlash mezonlari haqida  

     xulosalaringizni yozing. 

2. Talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlashida bilimning shakllanganligini aniqlash  

mezonlariga doir ma`lumotlar to’plang . 

 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.  Yuldashev  U.Yu.,  Boqiev  R.R.,  Zokirova  F.M.  Informatika  o’qitish  metodikasi. 

Toshkent,  “Talqin”, 2005 y. 

2. Saidaxmedov N.S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T., 2003y. 

3. Saidaxmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar T., “Moliya”, 2003y., 172 b. 

4. To’raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. T.,  

“Fan”, 2006 y., 240 b. 

5.  Isoqov  I.,  Qulmamatov  S.I.  Informatikani  o’qitishda  innovatsion  texnologiyalar 

fanidan amaliy mashg’ulotlar ishlanmalari. Guliston, GulDU, 2013 y. 

6.  Abdukarimov  H.,  Suvonov  O.  Umumiy  pedagogika:  Texnologiya  va  amaliyot. 

O`quv-metodik qo’llanma. T., 2012 y., 120 b. 

 

 

5-Mavzu. Ta`limni texnologiyalashtirish va samaradorlikni aniqlashga qo’yilgan 

talablar 

Mashg’ulot turi:    ma`ruza 

Ajratilgan vaqt: 2 soat. 

 

Asosiy savollar: 

 

1. YaPT larni qo’llashda  o’qituvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan talablar 

2.  Ta`lim  oluvchilarning  axborot  madaniyatini  shakllanganlik  darajasini  aniqlash 

mezonlari 



 

Mavzuga  oid  tayanch  tushuncha  va  iboralar:  O`qituvchining    ta`lim  oluvchilariga 

murabbiyligi,  ular  oldidagi  ma`suliyati,  talabalarning  axborot  madaniyati  bo’yicha 

boshlang’ich  tushunchalarga  egaligi,  talabalarning  axborot  madaniyatini  ta`minlovchi 

omillar  va  vositalar,  talabalarda  axborotli  –  o’quv  muhiti  haqidagi  bilimlar 

shakllanganligi. 

 

Mashg’ulotning tafsiloti: 

Mashg’ulot 

bosqichlari 

Vaqt 

                     Mashg’ulot mazmuni 

  Metod 

Kirish 


 

                                                    

5 daqiqa 

 

10daqiqa 



        Mashg’ulot 

mavzusi, 

maqsadi, 

kutilayotgan natijasini bayon qilish. 

        Talabalarning 

o’tgan 


ma`ruza 

mashg’ulotni 

o’zlashtirish 

darajasini 

aniqlash. 

Ma`ruza 


 

Savol-javob 



 

26 


 

 

 



Asosiy qism 

 

 



25 

daqiqa 


 

 

30 



daqiqa 

 

      O`qituvchi 



ta`limni 

texnologiyalashtirish  va  samaradorlikni 

aniqlashga 

qo’yilgan 

talablar 

haqida 


ma`lumotlar beradi. 

      Kichik  guruhlarga  mavzu  bo’yicha 

muhokama  qilinadigan  4  xil  murakkablik 

darajasidagi  nazorat  topshiriqlarini  echish 

vazifasi yuklatiladi.  

Ma`ruza 


Taqdimot 

Aqliy hujum 

Kichik 

guruhlarda 



ishlash 

Yakuniy 


qism 

10 


daqiqa 

Kichik  guruhlar  tahlili,  xulosa  qilish  va 

yakun yasash. 

Bahs-  


munozara 

 

Darsning texnologik xaritasi. 



№ 

Bajariladigan ish mazmuni 

Amalga 

oshiruvchilar 



Tayyorlov bosqichi: 



*Maqsad:  Ta`limni  texnologiyalashtirish  va  samaradorlikni 

aniqlashga  qo’yilgan  talablar  to’g’risidagi  ma`lumotlarni 

tushunish. 

*Vazifalar: 

-  bo’lajak  o’qituvchilarda  ta`limni  texnologiyalashtirish  va 

samaradorlikni 

aniqlashga 

qo’yilgan 

talablar 

haqidagi 

ko’nikmalarini shakllantirish; 

-  muammolarni maqsad, vazifa va fanning  mazmuni bo’yicha 

umumlashtirish; 

- bilimlarni tekshirish va mustaxkamlash. 

*Mazmun: talabalarning egallashi lozim bo’lgan bilim. 

 

 

 



O`qituvchi 



Darsni tashkil etish bosqichi:    



Uslub:  Og’zaki bayon qilish.  

Shakl:  ma`ruza  mashg’uloti,  kichik  guruhlar  va  jamoada 

ishlash. 



Vosita: tarqatma va taqdimot materiallari. 

Usul: tayyor yozma materiallar. 

Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish. 

Baholash: rag’batlantirish, reyting tizimi asosida baholash. 

 

 

O`qituvchi 





Mustaqil  ishlash  bosqichi:      -  munozara,  aqliy  hujum, 

mikroguruhda  ishlash  va  boshqa  metodlar  orqali  nazorat 

topshiriqlarini echishga yo’naltiriladi. 

-  talabalar  nazorat  topshiriqlarini  hal  qilish  to’g’risidagi 

fikrlarini o’zaro muhokama qilishadi. 

- o’zi va mikroguruh uchun yagona javobni tanlaydi. 



 

 

Talaba 





Natijalarni eshitish va tahlil qilish bosqichi: 

talabalar 



va 

mikroguruh 

fikri 

tinglanadi, 



ularga 

aniqlashtiruvchi savollar beriladi. 

-  mikroguruhlarning  javoblari  to’g’risida  talabalar  fikri 

aniqlanadi. 

 

O`qituvchi - 



Talaba 

 

27 


- javoblar tahlil etiladi. 



Yakuniy  va  baholash  bosqichi:      -  talabalarning  bergan 

javoblaridan  ko’pchilik  fikriga  mos  kelgani  alohida  ajratib 

olinadi; 

-  talabalarning  nazorat  topshiriqlarini  echishdagi  faolligi, 

intilishlari  hisobga  olingan  holda  amaldagi  reyting  tizimi 

orqali baholanadi; 

- yakuniy fikr aytiladi; 

- mustaqil ish topshiriqlari beriladi. 

 

 



O`qituvchi 

 

1-asosiy  savol  bo’yicha  darsning  maqsadi:  YaPT  larni  qo’llashda    o’qituvchilarning 

tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan talablarni talabalarda shakllantirish. 



Identiv o’quv maqsadlari: 

1. Talabalar YaPT larni qo’llashda  o’qituvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan  

talablar to’g’risidagi tushunchalarga ega bo’ladilar. 

2. Talabalar YaPT larni qo’llashda  o’qituvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan  

talablar to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar. 

 

1-asosiy  savol  bayoni:  Endi  YaPT  larni  qo’llashda    ta`lim  samaradorligini 

aniqlashning  uchinchi  bosqichi,  ya`ni  o’qituvchilarning  tayyorgarlik  darajasiga 

qo’yilgan talablar haqida to’xtalamiz: 

1. Ko’p qirrali dinamik ta`lim jarayoniga didaktik materiallarni tayyorlash.   

Buning  uchun  tayyorlangan  material  va  ko’rgazmalar,  ta`lim  vositalari  ta`lim 

oluvchilarning  mustaqil  ijodiy  ishlariga  yordam  berishi  va  fanni(mavzuni) 

o’zlashtirishini rivojlantirishga mo’ljallanmog’i lozim. 



2.  O`qituvchining    ta`lim  oluvchilariga  murabbiyligi,  ular  oldidagi 

ma`suliyati.  Bunda  o’qituvchi  “Ustozu-shogird”  tizimidagi  tamoyillarga  qat`iy  amal 

qilishi  lozim.  Ayniqsa,  bugungi  kunda  talabalarga  ta`limning  samarali  usul  va 

vositalaridan  foydalanib  dars  mashg’ulotlari  olib  borish  talab  etiladi,  chunki 

axborotlashgan jamiyatning faol ishtirokchilarini tayyorlashni faqatgina zamonaviy ilm 

sirlari  orqali  amalga  oshirish  mumkin.  Bu  esa  o’qituvchidan    zamonaviy  ilmiy  xodim 

darajasidagi  bilimga  ega  bo’lishni  talab  etadi,  aks  holda  dars  mashg’ulotlariga  mos 

YaAT yoki YaPT larni ishlab chiqa olmaydi va tabiiyki, joriy eta olmaydi ham. 

 

3.  O`qituvchining  har  bir  dars  samaradorligini  baholay  bilishi  va  shaxsiy 

ijodiy ulushini  seza bilishi. 

Bunda  o’qituvchining  ma`lum  ma`noda  ijodkorligi  va  samaradorligini  baholash 

mezonlari  bilan  tanishligi  hamda  ulardan  dars  mashg’ulotiga  moslarini  tanlash 

imkoniyatiga  egaligi  muxim  axamiyat  kasb  etadi.  Ta`limda  samaradorlikka  erishish 

ham  innovatsion  ta`limga  kirib,  unda  o’qituvchining  ta`lim  usullari  va  vositalariga 

qo’shgan ijodiy ulushi aniq sezilmog’i lozim 



 

28 


4.  O`qituvchining  ta`lim  oluvchilardagi  yutuqlarga  munosabati  ijobiy  va 

istiqbolli bo’lishi kerak.  

Bunda talabalar o’zlashtirilishi monitoringi muhim ahamiyat kasb etadi. Bundagi 

dinamik  jarayonning  o’zgarishini  bashorat  qilish(prognozlash)orqali  ta`limda  ijobiy 

sifat o’zgarishlari qilib, yuqori samaradorlikka erishish mumkin. 



5.  O`qituvchining  kichik  guruhlar  bilan  ishlashida  talabalar  bilan  muloqoti 

maqsadli va samarali bo’lishi lozim. 

Bunda muloqot-nazorat darslari, konferentsiya darslari, interaktiv metodlar orqali 

o’tkaziladigan darslar ta`lim jarayonida pedagogik samaralarni berishi shubhasiz 

6.  O`qituvchi  tomonidan  ta`lim  oluvchilarning  dars  jarayonidagi  faoliyatini 

muntazam  nazorat  qila  olishi  va  o’z  vaqtida  baholay  bilish  qobiliyatiga 

(kuzatuvchanlikka) ega bo’lishligi lozim. 

Bunga  mavzuning  hammasini  so’rash,  tayanch  tushunchalar  bo’yicha  so’rash, 

rejalashtirilgan test savollari orqali so’rash, ijodiy topshiriqlarni bajarish va shu kabilar 

orqali  erishiladi.  Bunday  jarayonda  joriy  nazorat  va  oraliq    nazoratlaridan  kengroq  

foydalaniladi. 

7. O`qituvchi tomonidan darsni yakunlash va lozim topilganda talabalarning 

yakka tartibda dars mashg’ulotlariga jalb qilishning optimal variantlarini tanlay 

olishi lozim. 

Bunda  o’qituvchi  tomonidan  darsning  maqsadi,  mazmun-mohiyati  aniq 

belgilanganligi va uni rejalashtirish, modellashtirish, xulosalash kabi tamoyillarni puxta 

bilishligi  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Uyushtirilgan  darsni  xulosalash  guruh 

talabalariga  individual  (tabaqalashgan)  holda  yondashuvni  talab  etadi  va  unda  ayrim 

talabalarni(dars  maqsadiga  erishishga  ulgura  olmagan  talabalarni)  aniqlab,  yakka 

tartibdagi  mashg’ulotlariga  jalb  etish  ham  o’qituvchining  ta`lim  jarayoniga  ijodiy 

yondashuvining  bir  ko’rinishidir.  Bu  jarayonda  a`lochi  va  ilg’or  talabalar  uchun  ham 

yakka tartibda ularga mos dars mashg’ulotlarini uyushtirish foydadan holi bo’lmaydi. 

8. O`qituvchi har bir dars mashg’ulotlariga ijodiy yondoshmog’i lozim. 

Bunda  ilg’or  pedagogik  texnologiya  bo’yicha  o’tiladigan  darsni  o’qituvchining 

o’zi  va kasbdoshlari tomonidan  tahlil qilishi  bo’yicha  fikr va mulohazalar  muhim  rol 

o’ynaydi.  Bunday  dars  mashg’ulotlarini  uyushtirishda  faqat  bilim  bayon  qilinib 

qolmay,  balki  uning  mazmuni  yoritiladi,  talabalarning  shaxsiy  –  kasbiy  qobiliyatlari 

shakllantiriladi.  Demak,  har  bir  dars  qiziqarli,  ijodiy  izlanuvchanlik  va  mustaqillik 

asosida  qurilishi  lozim.  Bunda  darsni  to’g’ri  tahlil  qilish  o’qituvchini  yuksaklikka 

erishishga va o’z ustida ishlashga undaydi, istiqbolli natijalarni ilg’ay olishni o’rgatadi 

hamda dars samaradorligini oshiradi. 

     


2-asosiy  savol  bo’yicha  darsning  maqsadi:  Ta`lim  oluvchilarning  axborot 

madaniyatini shakllanganlik darajasini aniqlash mezonlarini tadabalarda shakllantirish.  



 

Identiv o’quv maqsadlari: 

1.  Talabalar  ta`lim  oluvchilarning  axborot  madaniyatini  shakllanganlik  darajasini 

aniqlash   mezonlari to’g’risidagi tushunchalarga ega bo’ladilar. 

2.  Talabalar  ta`lim  oluvchilarning  axborot  madaniyatini  shakllanganlik  darajasini 

aniqlash  mezonlari to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar. 


 

29 


2-asosiy  savol  bayoni:  Va  nihoyat    to’rtinchidan,  ta`lim  oluvchilarning 

quyidagicha  axborot  madaniyatini  shakllanganlik  darajasini  aniqlash  mezonlari  haqida 

to’xtalamiz: 

1.  Talabalarning  axborot  madaniyati  bo’yicha  boshlang’ich  tushunchalarga 

egaligi aniqlanadi. 

Bunda  4  ta  ko’rsatkich  e`tiborga  olinadi.  Ular:  ma`lumot;  ma`lumotlar  ombori; 

ma`lumotning axborotga aylanishi va axborotlar banki. Bular orqali talabalarda axborot 

madaniyatining dastlabki bosqichi shakllana boshlaydi. 



2. 

Talabalarda 

ma`lumotlarni 

qayta 

ishlash 

ko’nikmalarining 

shakllanganligi darajasi. 

Bunda  talabalar  ma`lumotlarni  to’plash  va  muammo  maqsadiga  mos  ularni 

sinflarga  ajratishni  bilishi  lozim    hamda    ta`limni  boshqarishga  dastlabki  bosqich 

yaratiladi.   



3.  Talabalarning  ta`limga  “Tizimiy  yondashuv”  tadqiqot  uslubi  bilan 

tanishligi.    

Bu  talabalardagi  ta`lim  jarayoni  o’ziga  xos  murakkab  dinamik  jarayonligini  va 

ularni elementlar hamda  qism tizimlarning o’zaro bog’liq  jarayon ekanligini bilishligi 

orqali aniqlanadi . 



4. Talabalarning ma`lumotlarni qayta ishlash vositalari bilan tanishligi. 

Bu  talabalarning  zamonaviy  hisoblash  texnikalari  va  ularning  imkoniyatlarini 

bilishligini tekshirish orqali amalga oshiriladi. 

5.  Talabalarning  axborot  madaniyatini  ta`minlovchi  omillar  va  vositalar 

bilan tanishligi. 

Bu talabaning YaAT, YaPT innovatsion ta`lim turlari va ulardagi qatnashayotgan 

kom`pyuterlar universal didaktik qurilma ekanliklari bilan aniqlanadi. 

6. Talabalarda axborotli – o’quv muhiti haqidagi bilimlar shakllanganligi.  

  

 Bunda  asosan  talabaning  kompyuterdan  xabardorligi,  kompyuter  savodxonligi, 

ta`limni  axborotlashtirish,  YaATlarini  amaliyotga  joriy  etish  hamda  ularning  kasbiy 

faoliyatni takomillashtirishga ta`sirlari haqida kerakli xulosalar chiqariladi. 

7.  Talabalarda  axborotli  –  o’quv  muhitning  kasbiy  faoliyatga  ta`sirini 

baholay bilishligi. 

Buni  oliy  o’quv  yurti  bitiruvchisini  zamonaviy  raqobatbardosh  mutaxassisni 

tayyorlashga  erishilganlik  darajasi  talablariga  javob  berishligini  aniqlash  orqali  hal 

etiladi. 



8.  Talabaning  axborotlashgan  jamiyatning  faol  ishtirokchisiga  qo’yilgan 

talablarni   bilishligi. 

Buni 


axborotlashgan 

jamiyat 


sari  harakatlarning 

asosiy 


tamoyillarini 

o’zlashtirganligini  va  bu  borada  Davlat  qonun  –  qoidalarini  bilishligini  va  ayniqsa, 

ta`limni  texnologiyalashtirishning  samaralarini  ongli  ravishda  sezishliklarini  aniqlash 

orqali hal etiladi. 

Demak,  ta`limni  texnologiyalashtirish  va  uning  samaradorligini  maqsadga 

muvofiq  ravishda  aniqlash,  ta`lim  jarayonini  tashkillashtirish  va  uyushtirishning 

optimal variantlarini tanlashni kafolatlaydi.                  

Mustaqil ish topshiriqlari. 

1. 


YaPT  larni  qo’llashda    o’qituvchilarning  tayyorgarlik  darajasiga  qo’yilgan 

talablar haqida xulosalaringizni yozing. 



 

30 


2. 

Ta`lim  oluvchilarning  axborot  madaniyatini  shakllanganlik  darajasini  aniqlash 

mezonlariga doir ma`lumotlar to’plang .  

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1. Saidaxmedov N.S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T., 2003y. 

2. Saidaxmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar T., “Moliya”, 2003y., 172 b. 

3. To’raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. T.,  

“Fan”, 2006 y., 240 b. 

4.  Isoqov  I.,  Qulmamatov  S.I.  Informatikani  o’qitishda  innovatsion  texnologiyalar 

fanidan amaliy mashg’ulotlar ishlanmalari. Guliston, GulDU, 2013 y. 

 

 

6 – Mavzu. Innovatsion texnologiyalar va darsning texnologik xaritasi 

tushunchalari  

 

Mashg’ulot turi:      ma`ruza. 

Ajratilgan vaqt – 2 soat  

 

Asosiy savollar: 

 

1. “Innovatsion texnologiyalar”lar tushunchalari. 



2.  Darsning texnologik xaritasi tushunchalari. 

Mavzuga  oid  tayanch  tushuncha  va  iboralar:  innovatsiya,  interfaol  uslublar 

(innovatsion 

pedagogik 

va 


axborot 

texnologiyalari), 

o’quv 

jarayonini 



texnologiyalashtirish,  yangi    pedagogik  texnologiya  yo’nalishi,  o’qitishning  interfaol 

uslubiyatlari, darsning texnologik xaritasi 



Mashg’ulotning tafsiloti: 

Mashg’ulot 

bosqichlari 

Vaqt 

                     Mashg’ulot mazmuni 

  Metod 

Kirish 


 

                                                    

5 daqiqa 

 

10daqiqa 



        Mashg’ulot 

mavzusi, 

maqsadi, 

kutilayotgan natijasini bayon qilish. 

        Talabalarning 

o’tgan 


ma`ruza 

mashg’ulotni 

o’zlashtirish 

darajasini 

aniqlash. 

Ma`ruza 


 

Savol-javob 

 

 

 



Asosiy qism 

 

 



25 

daqiqa 


 

 

30 



daqiqa 

 

      “Innovatsion 



texnologiyalar”lar 

va 


darsning  texnologik  xaritasi  tushunchalari 

haqida ma`lumotlar beradi. 

      Kichik  guruhlarga  mavzu  bo’yicha 

muhokama  qilinadigan  4  xil  murakkablik 

darajasidagi  nazorat  topshiriqlarini  echish 

vazifasi yuklatiladi.  

Ma`ruza 

Taqdimot 

Aqliy hujum 

Kichik 


guruhlarda 

ishlash 


Yakuniy 

qism 


10 

daqiqa 


Kichik  guruhlar  tahlili,  xulosa  qilish  va 

yakun yasash. 

Bahs-  

munozara 



Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling