I kirish 2 II. Asosiy qism
Parazit-xo’jain munosabatlari klassifikatsiyasi
Download 0.57 Mb.
|
Parazitlarning xo’jayin organizmiga ta’siri
Parazit-xo’jain munosabatlari klassifikatsiyasi. Parazit-xo'jayin bir-biri bilan o'zaro bog’liq bo'lgan biologik sistema bo'lib, bunday munosabatdan faqat bir tomon, ya’ni parazit foyda ko'radi. Parazit xo'jayinga zararli ta'sir ko'rsatib, kasallik keltirib chiqaradi. Parazitni bu xususiyatiga parazit patogenligi deyiladi.
Ko'pchilik parazitlar ayniqsa gelmintlar rivojlanish sikli xo'jayin almashtirish yo'li bilan boradi. Gelmintlarni rivojlansh siklida albatta oraliq xo'jayin ishtirok etsa bularni biogelmintlar (mushuk ikki so’rg’ichlisi, qora mol tasmasimon chuvalchangi, keng tasmasimon chuvalchang va boshqalar) keltirib chiqaradigan kasalliklarini biogelmintozlar deyiladi. Gelmintlarni rivojlanish siklida oraliq xo'jayinlar ishtirok etmasa geogelmintlar (askarida, qilbosh nematoda va boshqalar), keltirib chiqaradigan kasalliklarini esa geogelmintozlar deyiladi. Ayrim gelmintlar bilan to'g’ridan-tog’ri zararlanish mumkin (bolalar gijjasi), bunday gelmintlarni kontakt gelmintlar, ularni keltirib chiqaradigan kasalliklarini, kontakt gelmintozlar deb ataladi. Bu atamalar fanga parazitolog olimlar K.I.Skryabin, R.S.Shults, E.S.Shulman va boshqa yirik gelmintolog olimlar tomonidan kiritilgan. Parazit-xo'jayin o’rtasidagi munosabatlar klassifikatsiyasi birinchi marta K.I.Skryabin va R.S.Shults (1937, 1940) tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga bu munosabatlarni ikkita kategoriyaga bo'lib o'rganilgan. Obligat va fakultativ munosabatlar. Obligat, bu parazitlarning yashashi uchun eng qulay sharoit hisoblanadi. M: kartoshka ildizida parazitlik qiluvchi Globodera avlodiga mansub, sista hosil qiluvchi nematoda, kartoshkada qulay rivojlanadi (haqiqiy kattalikda bo'ladi, ko'p avlod beradi). Kartoshkani pomidor (tomat) bilan almashlab ekilsa, parazit kartoshka bilan bir avlodda bo'lgan pomidor(tomat)da ham parazitlik qilishi mumkin, lekin parazit uchun pomidor noqulay sharoit bo'lib hisoblanadi. Pomidor ildizida nematodaning tanasi juda kichrayib ketadi, tuxumlarini soni ham kam bo’ladi. Demak parazit uchun kartoshka obligat xo'jayin, pomidor esa fakultativ xo'jayin hisoblanadi. Keyinchalik R.S.Shults va E.A.Davtyan (1954) yuqoridagi kategoriyalar klassifikatsiyasiga yana ikkita kategoriya kiritadilar. Koptiv va aborti. Koptiv, kaptivus - asrga olmoq, bunda parazit xo'jayin organizmiga kirishi mumkin, lekin bu xo’jayinda rivojlanish davom etmaydi. Uni ko'rinishi, hajmi tashqi muhitda, toki xo'jayinga kirguncha qanday bo'lsa shundayligicha saqlanadi. M: odamlarda parazitlik qiluvchi ankilostomalar bilan kemiruvchilarni zararlantirilganda, kemiruvchilar organizmida parazitning hech qanday rivojlanishi kuzatilmagan yoki marvariddor mollyuskalarning chig’anoqlari orasiga turli gelmintlarning tuxumlari tushib qolganda, hech qanday rivojlanish kuzatilmagan. Abortiv, abortivus - oxirigacha rivojlanmaslik. Parazit xo'jayin tanasiga tushib, uni zararlaydi, xo'jayin tanasida birqancha vaqt yashaydi, rivojlanadi, lekin oxirigacha voyaga yetmaydi. M: Angiostrongillus kantonensis nematodasi bilan odamlar zararlansa, parazit rivojlanadi, organizmda migratsiya qiladi, miyaga borib joylashib, meningoentsefalit kasalligini keltirib chiqaradi, lekin hech qachon voyaga yetmaydi. Shuningdek, cho'chqa askaridasi tuxumlari bilan yosh qo'zichoqlar zararlantirilganda, askarida tuxumlaridan lichinkalari chiqib, qonda migrastiya qilgan, lekin voyaga yetmagan. Shunga qaramasdan zararlangan hayvonlarda kasallik alomatlari kuzatilgan. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling