I. Kirish bet II. Asosiy qism
Download 0.59 Mb.
|
Ulug`bek kurs ishi
MUNDARIJA: I. Kirish ……………………………………………………………………... 3-bet II. Asosiy qism. 1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish .…………….................……… 5-bet 2. O’quv dasturi…………………………………………………………….... 13-bet 3. Davlat ta'lim standartlari ………………………………………….......….. 18-bet 4. Kalendar-tematik reja tahlili………………………………………………. 29-bet III. Xulosa ………………………………………………………………….. 34-bet IV. Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………… 35-bet KIRISH Pedagogika taʼlim soxasi davlat taʼlim standarti «Taʼlim tog’risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tog’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 16 avgustdagi «Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash tug’risida»gi 343-son qarori va oliy taʼlim sohasini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda xalqaro tajribalarga muvofiq ishlab chiqilgan. Pedagogika taʼlim sohasi davlat taʼlim standarti (DTS) o’quv jarayonini, taʼlim muassasalari faoliyatini, kadrlar, darslik va o’quv qo’llanmalari tayyorlash sifatini baholashni tartibga soluvchi tegishli normativ xujjatlar: bakalavriat taʼlim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablari, o’quv rejalari, fanlar dasturlari va boshqalarni yaratish uchun asos hisoblanadi. Pedagogika taʼlim soxasining muayyan bakalavriat taʼlim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlash oliy taʼlimning malaka talablari, o’quv reja va fan dasturi asosida amalga oshiriladi. Fan dasturlarining nazariy va amaliy mashgulotlarini tulik uzlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffakiyatli utgan shaxsga «bakalavr» darajasi xamda oliy maʼlumot to’g’risidagi davlat namunasidagi rasmiy xujjat beriladi. O’quv reja va fan dasturining meʼyoriy muddati, ukish shakli va mos darajasi 1- jadvalda keltirilgan. Pedagogika taʼlim soxasining muayyan magistratura mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlash oliy taʼlimning malaka talablari, ukuv reja va fan dasturi asosida amalga oshiriladi. Fan dasturlarining nazariy va amaliy mashgulotlarini tulik uzlashtirgan, magistrlik dissertatsiyasini muvafakkiyatli ximoya kilgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffakiyatli utgan shaxsga «magistr» darajasi xamda oliy maʼlumot to’g’risidagi davlat namunasidagi rasmiy xujjat beriladi. O’quvchilarning muhim tarkibga ega bo’lgan va sinf deb atalgan guruhi aniq maqsadni ko’zlab belgilangan vaqtda o’qituvchi rahbarligida o’quv jarayonining tashkil etilishi dars deb ataladi. Dars jarayoni samaradorligi o’qituvchining darsga puxta tayyorlanishi bilan belgilanadi. E’tiborsizlik bilan rejalashtirilgan va puxta tayyorlanmagan, o’quvchilar imkoniyatlari bilan uyg’unlashmagan dars samarasiz bo’lishi mumkin. Shuning uchun birinchi navbatda har qanday o’qituvchi darsga puxta tayyorgarlik ko’rishi lozim. Darsga tayyorlanish bu - bir butun dars loyihasini tizimli ketma-ketligini ishlab chiqish bo’lib, ayni paytda pirovard natijasini ta’minlaydigan o’quv- tarbiya jarayonidir. O’qituvchining umumiy tayyorgarligi o’quv yili boshlanishi oldidan va yillar davomida amalga oshiriladi. Tayyorgarlik ko’rishda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: o’quv yili boshlanishiga qadar o’quv dasturini o’rganish, mavzu bo’yicha qo’yilgai Davlat ta’lim standart talablarini o’rganib chiqish, o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni aniqlash kabi vazifalarini belgilab olish; fanga oid ilmiy, metodik va ilmiy-ommabop adabiyotlarning mazmuni bilan tanishish; fanga oid yangi nashr qilingan ko’rgazma materiallarni, o’quv tajriba jihozlarni o’rganish; ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganish, tahlil qilish va o’z ustida ishlash orqali bilimini kengaytirish; o’z fani sohasida ma’lumotlarni to’plash, muammoli masala va topshiriqlarni, test materiallarini jamlashdan iboratdir. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling