I. Kirish Bob. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifasi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/50
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#225804
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50
Bog'liq
umumtalim maktablarida oquvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va otkazish

Ertalabki 

badan 

tarbiya 

mashqlari. 

O‘quv  mashg‘ulotlargacha 

o‘tkaziladigan  ertalabki  gimnastika-maktabda  har  kuni  darslar  boshlanguncha 

o‘tkaziladigan  jismoniy  mashqlardir.  Mashg‘ulotlargacha  bo‘ladigan  gimnastika 

asosan  tarbiyaviy  va  sog‘lomlashtirish  masalalarini  hal  etadi.  Ochiq  havoda 

o‘tkaziladigan  mashqlar  o‘quvchilar  organizmini  chiniqtirishga  ham  yordam 

beradi. Ertalabki badan tarbiya mashg‘ulotlari o‘quvchilarda tartib intizomni ham 

tarbiyalaydi.  Bu  mashg‘ulotlar  so‘ng  o‘quv  kunini  uyushgan  holda  boshlash 

amalga  oshiriladi.  Ertalabki  badan  tarbiya  mashg‘ulotlarida  bolalar  jismoniy 

tarbiya  darslari  jarayonida  o‘rgangan  umumrivojlantiruvchi  mashqlarni 

bajaradilar.  Ertalabki  badan  tarbiya  mashg‘ulotlariga  shifokor  ta’qiqlamagan 

o‘quvchilarning barchasi qatnashadilar. Ertalabki badan tarbiya mashg‘ulotlariga 

direktor  va  o‘quv  ishlari  direktor  o‘rinbosari  rahbarlik  qiladi.  Mashg‘ulotni 

jismoniy tarbiya o‘qituvchilari olib boradilar. Shu bilan birga yoshlar uyushmasi 

a’zolari va faol sportchi o‘quvchilar ham mashg‘ulotlarni tashkil etishda ishtirok 

etadilar.  

Ertalabki  badan  tarbiya  mashug‘lotlari  ochiq  havoda  o‘tkazilishi  maqsadga 

muvofiq  yomg‘irli  va  qattiq  sovuq  kunlarda  mashg‘ulotlar  sport  zallarida  va 

yopiq binolarda o‘tkaziladi. Ertalabki badan tarbiya mashg‘ulotlarining vazifalari   

1. 

O‘quvchilarni jismoniy zo‘riqtirmaslik 

2. 

Muskul sistemasi va yurak faoliyatini faollashtirish 

3. 

To‘g‘ri qaddi-qamotni shakllantirish. 

4. 

Umumrivojlantiruvchi mashqlardan foydalanish.  

5. 


O‘quv mashg‘ulotlariga aqliy, ruhiy va jismoniy tayyorgarlik ko‘rish.  


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling