I. Kirish Bob. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifasi


Sport  musobaqalari  va  bayramlari


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/50
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#225804
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
Bog'liq
umumtalim maktablarida oquvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va otkazish

Sport  musobaqalari  va  bayramlari.  Sport  musobaqalari  maktabdagi 

jismoniy tarbiyaga oid sinfdan tashqari ishning eng qiziqarli shakllaridan biridir. 

Ular  o‘quvchilarni  uyda  va  jismoniy  madaniyat  jamoalaridagi  doimiy  jismoniy 

mashg‘ulotlarga  jalb  etishga  yordam  beradi,  o‘quvchilarning  jismoniy 

tayyorgarligini oshiradi, bolalar jamoasini mustahkamlaydi. Musobaqalar, sinfdan 

tashqari  ishning  boshqa  turlari  qatori,  maktabning  umumiy  yillik  ish  rejasiga 

kiritiladi.  O‘quv  yilining  boshida  musobaqalarni  o‘tkazish  muddati,  qoidalari  va 

dasturlari  aniq  belgilab  olinadi.  Bu  muddatlarni  hisobga  olgan  holda 

musobaqalarga  oldindan  tayyorgarlik  ko‘riladi.  Har  bir  musobaqa  muayyan 

nizomga  muvofiq  o‘tkaziladi.  Nizomda  musobaqaning  maqsadi  va  vazifalari, 

vaqti  va  o‘tkazilish  joyi,  qatnashuvchilar,  dasturi,  o‘tkazilish  sharti  va  hisobga 

olish,  eng  yaxshi  ishtirokchilarni  va  komandalarni  mukofotlash  tartibi,  arizalar 

shakli  va  ularni  taqdim  etish  muddati  ko‘rsatiladi.  Sport  bayramlari  tantanali 

kunlarga  bag‘ishlanib  o‘tkazilish  mumkin.  Bunda  o‘quvchilarning  sportchilarda 

tuzilgan  guruhlari  ishtirok  etadilar.  Sport  bayramlari  sportchilarni  chiqishlari, 

bayramni  ochilishi,  bayroq  ko‘tarish,  davlat  madhiyasi  va  yoshlar  madhiyasini 

ijro  etilishi,  sportchi  o‘quvchilarni  jismoniy  mashqlar  va  harakatlarni  tashkil 

etishi,  ommaviy  tadbirlar  o‘yin  kulgi,  konsert  hamda  g‘oliblarni  aniqlash  va 

bayram yakunida bayramni yopilishi o‘tkaziladi.   



 

49 



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling