I. Kirish Bob. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifasi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
umumtalim maktablarida oquvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va otkazish
1.
Inson mehnat faoliyatlari. Inson mehnat tufayli hayotdir. Mehnatning ijobiy va salbiy tomonlari ko‘p. Ayniqsa, jismoniy mehnat odam tanasini chiniqtirish bilan bir qatorda uni holdan toydiradi ham. Texnik taraqqiyot tufayli jismoniy mehnatlar siqib chiqarilmoqda. O‘tgan yuz yil ichida mehnat faoliyatlari 20 marotaba kamaygan. O‘tirib mehnat qilish, texnikani boshqarish oqibatlari mushak, qon tomirlari faoliyati susayib, tananing turli joylarida xastaliklar yuzaga keladi. Yana bir tomoni shundaki og‘ir mehnatlarni qilishga barcha baravar bo‘la olmaydi. Qolaversa, uzoq mehnat qilish ham mushak, qon tomirlari, asablarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni bir xususiyatli tomoni shundaki, jismoniy jihatdan kuchli, baquvvat kishilar o‘z kuchi va imkoniyatlarini hisobga olmay og‘ir yuk ko‘tarish, bilmasdan texnikani ishlatish va boshqa turli sabablarga ko‘ra zarar ko‘rishi, biron joyi sinishi mumkin. Bunday hollarda uzoq vaqt davolanishga to‘g‘ri keladi.
2. Oziqlanish. Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy-madaniyatining o‘sishi tufayli, insonlar ehtiyoji ham ko‘paymoqda, ya’ni yaxshi ovqatlanish, eng zarur ozuqalarni iste’mol qilishdan iborat. Bu jihatlar ham barchada baravar bo‘lmaydi. O‘z vaqtida to‘yib ovqat yemaslik, kam quvvatli ozuqalarni doimiy ravishda iste’mol qilish yoki uning aksicha ortiqcha turli ovqatlarni yeyish holatlari ham insonlarni u yoki bu kasalliklarni keltirib chiqaradi. 3. Ijtimoiy mehnat va turmush madaniyatida ruhiy ta’sirlarning kuchayishi. Insonlarning ruhiy holatlari va ba’zi xususiyatlari xursandchilik va xafagarchiliklarni turlicha qabul etadi va ularga o‘z munosabatlarini u yoki bu darajada bildiradi. Mehnat joyi va oila sharoitlarida doimiy ravishda ijobiy hamda salbiy ruhiy kechinmalar yuz berib turadi. Bu esa asablarning charchashi, toliqish va kasalliklarga chalinishiga sabab bo‘ladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, ruhiy tushkunlikdagi inson yaxshi mehnat qila olmaydi, oilada muvozanat buziladi, 54
kam harakatchanlik kuchayadi. Oqibatda esa ko‘pchilik kishilar spirt ichimliklari, tamaki chekishi va giyohvand moddalarni iste’mol qilishga ruju qo‘yadi. Takidlab o‘tish lozimki, yuqoridagi salbiy xususiyatlar O‘zbekistonning yirik sanoat shaharlarida ham avvallari mavjud bo‘lgan. O‘zbekistonning mustaqillik sharoitlarida ijtimoiy-madaniyati yaxshilanib borishi tufayli aholi o‘rtasida turli kasalliklarning oldini olish imkoniyatlari yaratilmoqda. Ayniqsa, “Sport” gazetasi, Respublika teleradiolarida sihat- salomatlikni ta’minlash, aholining bu sohadagi nazariy tushunchalari va amaliy faoliyatlarini kuchaytirish maqsadida targ‘ibot ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ishlab chiqarish korxonalarining mehnatkashlari, barcha turdagi o‘quv yurtlarining yoshlari hamda ziyolilarining dam olishi, salomatliklarini yaxshilash yo‘lida tarixiy shaharlardagi madaniy obidalarga sayr uyushtirish, o‘quvchi yoshlar va mehnatkashlarning yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlari faoliyatini yaxshilashda ancha ibratli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Sayohatlarning sog‘lomlashtirish xususiyatlari shundaki, piyoda yurish, sof havolarda dam olish, tunash, quyosh nurlari hamda tez oqar zilol suvlarda cho‘milishni ta’minlaydi. Bu esa nafas olish, qon aylanish, ovqatni hazm qilish a’zolarning ish faoliyatini yaxshilab, sihat-salomatlikka yo‘llaydi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling