I. Kirish Bob. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifasi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
umumtalim maktablarida oquvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va otkazish
Xulosa Bitiruv malakaviy ishda umumta’lim maktablarida o‘quvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishning asosiy masalalari o‘rganildi. Jismoniy tarbiya va sport tadbirlari yoshlarni sog‘lom, jismonan barkamol va ma’naviy xamda aqlan yetuk inson qilib tarbiyalashda asosiy vazifani ifodalaydi. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni jismoniy rivojlantirish mashg‘ulotlari, jismoniy tarbiya darslari, ertalabki badantarbiya, tanaffusdagi harakatli o‘yinlar kiradi. Bu mashg‘ulotlar o‘quvchilarni jismoniy mashqlarga o‘rgatish hamda hayotiy zarur bo‘lgan harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan asosiy vazifalardan bo‘ladi. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga tannaffus paytida, ertalabki badan tarbiya, darsdan keyingi mashg‘ulotlar, sport to‘garaklaridagi mashg‘ulotlar hamda sport musobaqalari va bayramlarni kiritish mumkin. Sport to‘garaklarida o‘quvchilar sport turlari bo‘yicha mutaxassislikka erishishadi. Jismoniy tarbiya va sport to‘garaklarida o‘quvchilar sport turlari bo‘yicha texnik, taktik va jismoniy tayyorgarlikdan iborat umumiy tayyorgarlikka hamda nazariy, ahloqiy va ma’naviy, ruhiy tayyorgarlikdan iborat umumiy tayyorgarlikka rivojlantiradilar. O‘quvchilarda sport turlari harakatlarining texnik va taktik tayyorgarligi amalga oshiriladi.Shu bilan birga jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, egiluvchanlik va chaqqonlik fazilatlari takomillashib boradi. O‘quvchilarni kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari tashkil etish va o‘tkazish davomida o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi, texnik-taktik va jismoniy tayyorgarligi nazorat qilinadi. Ularning ahloqiy sifatlari va ma’naviy tarbiyasi, ruhiy shakllanish darajalari baholanib boriladi. O‘quvchilarning kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari tashkil etish va o‘tkazish asosan tabiat qo‘yniga sayrlar, sayyohlik yurishlari va turizm mashg‘ulotlarini hisobga olish mumkin. Bu tadbirlarda o‘quvchilar tabiat omillari suv, quyosh va havo ta’sirida
57
chiniqadilar. Sayyohlik mashg‘ulotlari davomida hayotiy zarur bo‘lgan harakatlar yurish, yugurish, sakrash, tirmashish, osilish, sudralish, yumalash, uloqtirish malaka va ko‘nikmalari shakllanadi. O‘quvchilarning kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari tashkil etish va o‘tkazish faoliyati, harakat malaka va ko‘nikmalarini egallash qobiliyatlari hamda jismoniy mashqlarini bajara olish imkoniyatlari doimo va yakuniy amaliy nazoratlar yordamida baholanib, tahlil etib boriladi. O‘quvchilarning kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari tashkil etish va o‘tkazishning maqsadi va vazifasi, ularni jismoniy rivojlantirish va sog‘lomlashtirish bilan birga o‘quv faoliyatini takomillashtirish hamda nazariy bilimlar bo‘yicha o‘zlashtirish darajalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir. 1. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishning asosi jismoniy rivojlantirish, vatanga xizmat va kasbiy faoliyatga tayyorlashdan iborat. 2. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishning vazifasi jismoniy harakatlarga o‘rgatish, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, hayotiy zarur harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish. 3. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni asosiy shakllari ertalabki badan tarbiya, tanaffusdagi harakatli o‘yinlar, sport to‘garaklardagi mashg‘ulotlar, sport musobaqalar, turizm mashg‘ulotlari. 4. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya
tadbirlarini tashkil
etish va
o‘tkazish jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining axamiyati kattadir. |
ma'muriyatiga murojaat qiling