I. Kirish: Hayotning molekulyar asoslari II. Asosiy qism: 1
Download 27.32 Kb.
|
bioximya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gemoglabin
Reja: I.Kirish: Hayotning molekulyar asoslari II.Asosiy qism: 1.Gemoglabinning morfologiyasi va tuzilishi 2.Gemoglabin va uning miqdorini aniqlash 3.Gemoglabin bilan bogʻliq kasalikklar Ill.Xulosa: Gemoglabinning ahamiyati IV.Foydalanilgan adabiyotlar Molekulyar biologiya– hayotning asosiy xususiyatlari namoyon bo’lishini molekulyar darajada o’rganadigan fan. Molekulyar biologiyaning muhim yo’nalishlariga irsiy axborotni amalga oshirish mexanizmlari va hujayraning genetik apparati strukturasi hamda funksional tuzilishini tekshirish (molekulyar genetika), viruslarning hujayra bilan o’zaro ta’siri mexanizmlarini o’rganish (molekulyar virusologiya), organizmning immun reaksiyalari qununiyatlarini aniqlash (molekulyar immunologiya), energiyaning hosil bo’lishi va o’zgarishining molekulyar asoslari (molekulyar bioenergetika) va boshqalar kiradi. Molekulyar biologiya hayotiy hodisalarni makromolekulalar, ya’ni oqsil va nuklein kislotalar yoki juda soda tuzilishga ega bo’lgan hayotiy obyektlar – hujayra komponentlari, ya’ni mitoxondriy, xloroplast, ribosoma, yadro, hujayra membranalari, viruslar va prionlar darajasida tekshiradi.Molekulyar biologiya 20-asrning 50-yillarida biokimyo fanidan ajralib chiqdi va mustaqil fan sifatida shakllandi. Molekulyar biologiya termininibirinchi marta ingliz olimi U. Astberi qo’llagan. Molekulyar biologiyaning vujudga kelishi ko’pincha F. Krik va J. Uotson tomonidan 1953-yilda DNK molekulasi gipotetik modelining kashf etilishi bilan bog’lanadi. Bu modelda DNK ning biologik funksiyasi uning kimyoviy tuzilishi bilan bog’liq ekanligi ko’rsatilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, DNK molekulasi o’zida irsiy axborotni saqlashi haqidagi dastlabki ma’lumot 1944-yilda O. Everi va uning xodimlari tomonidan aniqlangan Gemoglabin--(gemo... va lot. globus — yer, kurra) — odam, umurtqali va baʼzi umurtqasiz hayvonlar qonida boʻladigan nafas pigmenti, murakkab oqsil. Qonga qizil tus beradi, nafas aʼzolaridan toʻqimalarga kislorod va toʻqimalardan nafas aʼzolariga karbonat angidrid olib oʻtadi. Oqsilli qism — globin va temir porfirin — gemayan iborat. Gemoglobin kislorod bilan qoʻshilib, beqaror birikma hosil qiladi. Kislorodning parsial bosimi birmuncha yuqori boʻladigan oʻpka kapillyarlarida Gemoglobin kislorodga boyiydi, toʻqima kapillyarlarida esa kislorodni hujayra va toʻqimalarga beradi. Turli organizmda gemoglobinning tuzilishi turlicha. Sogʻlom odamning 100 g qonida 13—16% gemoglobin bor. Ayollar qonidagi gemoglobin miqdori erkaklardagidan kam boʻladi. Gemoglobin miqdori maxsus asbob — gemometr bilan aniqlanadi. Gemoglobin miqdorini aniqlash muhim diagnostik ahamiyatga ega. Qon kasalliklarining aksariyati (anemiya) gemoglobin tarkibining buzilishi bilan bogʻliq gemoglabin molekulasi Sogʻlom erkaklarda gemoglobinning oʻrtacha miqdori 145gr/l (130-160gr/l) ayollarda esa bu koʻrsatkich 130gr/l (120-140gr/l) boʻlishi mumkin.[4] Qondagi gemoglobinning umumiy miqdori 600-800 gr ni tashkil qiladi. Gemoglobinning eng yaxshi oʻrtacha miqdori 166,6gr/l hisoblanadi. Har bir gramm Hb 1,34ml kislarod tashishini inobatga olsak, erkaklarda 100ml qon 20ml O2 tashisa ayollarda 100ml qon 19ml kislarod tashiydi Gemoglobin (Hb) - qizil qon tanachalari (RBC yoki eritrotsit) tarkibidagi asosiy oqsil boʻlib, kislorodni tashish funksiyasini bajaradi.[2] Baʼzi hayvonlarda gemoglobin plazmadagi erkin oqsil sifatida harakatlanadi, RBC tarkibiga kirmaydi. Odam organizmida gemoglobin erkin holatda boʻlsa, uning 3%i kapillarlar orqali toʻqimalarga oʻtadi yoki buyrak glamerulyar aparati orqali tashqariga chiqariladi. Gemoglobin kislorodni o'pkadagi kapillyarlardan tanadagi barcha to'qimalarga bog'lash va tashish orqali ishlaydi. U karbonat angidridni tananing to'qimalaridan o'pkaga qaytarishda ham rol o'ynaydi. Azot oksidi va uglerod oksidi ham gemoglobin bilan bog'lanish qobiliyatiga ega, uglerod oksidi kislorodga qaraganda ancha oson bog'lanadi (uglerod oksididan zaharlanish juda jiddiy sabab). Asosiy funktsiyalari ularning tarkibida maxsus xromoprotein oqsili - gemoglobin mavjudligi bilan bog'liq. Inson gemoglobinining molekulyar og'irligi 68 800. Gemoglobin qon plazmasida emas, qizil qon tanachalarida joylashgan nafas olish fermenti, chunki: qon yopishqoqligining pasayishini ta'minlaydi (plazmada bir xil miqdordagi gemoglobinni eritib yuborish qon viskozitesini bir necha marta oshiradi va yurak va qon aylanishini qiyinlashtiradi); plazma onkotik bosimini pasaytiradi, to'qimalarning suvsizlanishini oldini oladi; buyrak glomerulilarida filtrlanishi va siydik bilan chiqarilishi tufayli gemoglobinning organizm tomonidan yo'qolishini oldini oladi. Download 27.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling