I kirish II. Asosiy qisim 1 chakanda o`simligi haqida umumiy ma`lumot


Chakanda o`simligi bioekologiyasi va ko’chatchiligi


Download 430.28 Kb.
bet3/5
Sana09.05.2023
Hajmi430.28 Kb.
#1448069
1   2   3   4   5
Bog'liq
Chakanda tayyori

2.2 Chakanda o`simligi bioekologiyasi va ko’chatchiligi.
Jumrutsimon chakanda – bargini to’kuvchi, kuchli shoxlanuvchi buta, ba’zan 10-12 metr balandlikka ega kichik daraxt sifatida ham o’sadi. Ko’p yillik novdalari kulrang, sirti silliq, ba’zan, biroz darz ketgan po’stloq bilan qoplangan, 3-5 sm uzunlikdagi tikanlar bilan qoplangan. Bir yillik novdalari silliq, och-kulrang rangli po’stloqli, 0,7-0,8 sm uzunlikdagi tikanlar bilan qoplangan. SHu yilgi novdalari kulrang-yashil, barglariga o’xshab kumushsimon yulduzchali tangachalar bilan qoplangan. Barglari oddiy, novdada navbat bilan joylashgan, uzun lantsetsimon, 2,5-3,5 sm uzunlikda, 0,4-0,7 sm kenglikda, ustki qismi g’uborli yashil, kumushsimon yulduzchali tangachalar bilan qoplangan, bargning quyi qismi xira yashil rangda kumushsimon, siyrak tuklar bilan qoplangan. Barg bandi 0,1-0,2 sm uzunlikda. rida yirik CHakanda – ikki uyli o’simlik, shamol yordamida changlanadi. Tabiatda changchi (otalik) o’simliklar doimo urug’chi (onalik) o’simliklarga qaraganda yaxshi rivojlangan bo’ladi. Ularning jinsini novda kurtaklarining holatiga qarab ajratish mumkin.CHangchi butalarning novda kurtaklari tinim davva bir necha qobiqlar bilan himoyalangan. Urug’chi o’simliklarda gul kurtaklari maydaroq bo’lib, 2 ta berkitib turuvchi qobiq bilan himoyalangan. CHakanda gullari alohida jinsli. CHangchilari mayda 5-8 mm uzunlikda va 4-6 mm kenglikda, kichik qisqa boshoqchalarga yig’ilgan. Gul atrofi tuxumsimon, tashqi qobig’i yulduzsimon tangachalar va tuklar bilan qoplangan. CHangchisi 4 ta. Urug’chi gullari birmuncha yirikroq, sariq rangda 2-5 tadan bo’lib novda kurtaklarida joylashgan va 0,5 mm uzunlikka ega. Ustunchasi bitta. CHangchi va urug’chi gullari butaning barglari yozila boshlashi bilan bir paytda ochiladi. CHakanda gullashini davomiyligi tashqi muhitga bog’liq: dengiz sathidan 400-500 metrda, ya’ni chakanda tarqalishining quyi chegarasida aprelda, 2000 metrdan balandliklarda may oxirlarida gullaydi. Gullash davri 7-10 kunni tashkil etadi. Mevalari shingilsimon 0,5-0,6 sm uzunlikdagi va 0,4-0,5 sm kenglikdagi to’plamda yig’ilgan.
Mevalarining uzunligi 5,5-5,7 m, og’irligi 0,1-0,2 g. Meva bandini uzunligi 3,2-4,9 mm. 100 dona mevalarini og’irligi 9,5 g, yirik mevali shakllarida 11-15,2 g keladi. 1 kg mevalaridan sharbat chiqishi 76-80% ni, urug’ chiqishi 16-20% ni tashkil etadi. Butalarning o’rtacha hosildorligi 2,5-4,8 kg. Mevalarining rangi asosan sariq, ba’zan qizg’ish-olovrang va qizil rangli bo’ladi, ta’miga ko’ra nordon-shirin, biroz ananas hidiga o’xshash hidli meva sharbatiga ega. CHakanda meva sharbatida, po’stlog’ida va urug’ida qimmatli farmakologik xomashyo - chakanda moyi mavjud.
Urug’lari mayda, jigarrangda, yaltiroq, urug’ uzunligi 3,1-5,0 mm, diametri 1,8-2,0 mm. 1000 dona urug’larini og’irligi 7,7-11,8 g. Meva hosilli novdalari asosan 1-2 yillik novdalar hisoblanadi. Har bir meva shingilida 4-11 ta rezavor mevachalari shakllanadi va novda butkulicha zich mevalar bilan qoplanadi. CHakanda tabiiy sharoitlarda 4-6 yildan so’ng hosilga kiradi, lekin madaniy sharoitlarda yaxshi agrofonda yetishtirilgan vegetativ ko’paytirilgan ko’chatlarning ikkinchi yilidayoq hosilga kirishi qayd etildi.
O’zbekistonda chakanda mevasi sentyabr oyida pishib yetiladi va qishgi mavsumgacha butada uzoq saqlanadi va qushlar uchun yaxshi ozuqa sifatida xizmat qiladi. Tabiiy sharoitlarda chakanda asosan ildizpoyalaridan vegetativ usulda ko’payadi. Urug’idan ko’payishi tabiatda sustroq namoyon bo’ladi. CHakanda butasi 80 yilgacha yashaydi.Jumrutsimon chakanda (Hippophae rhamnoides L)turi MDH mamlakatlarida bir-biridan uzilib qolgan arealga ega, ya’ni bir-biridan geografik chegaralangan populyatsiyalar va ekotiplar yuzaga keltirgan. CHakanda o’z areali doirasida turli balandliklarga ko’tariladi: Kavkazda 1000-2500 m, Karpat tog’lari 3800 metrgacha, Markaziy Osiyoda (Pomirda) 4200 metrgacha, Tibetda 4700 metrgacha o’sishi qayd etilgan. SHu bilan birga chakandaning quyi tarqalish chegarasi 400-500 metr hisoblanadi. Bu kabi keng arealga ega bo’lib, turli-tuman ekologik sharoitlarda o’sishga moslashganligi, bu o’simlikni yuqori polimorf va moslashuvchan o’simlik ekanligini ko’rsatadi. CHakandaning Xitoydagi Sichuanь provintsiyasida tarqalgan populyatsiyasi 10-15 metrli daraxt sifatida o’sadi. Tadqiqotchi Reder ushbu 18 metrgacha balandlikka o’suvchi chakanda populyatsiyasini daraxtsimon chakanda sifatida nomlagan (Hippophae rhamnoides var.procera Reid.).
Turli populyatsiyalarda o’suvchi chakanda o’simligiga bir qaraganda yaqqol ko’zga tashlanuvchi o’ziga xos o’zgaruvchanlik xususiyatlari mavjuddir. O’zgaruvchanlik deyarli barcha o’simlik organlarini qamrab olgan (tikanlarning mavjudligi, buta balandligi, mevalarini mayda-yirikligi, rangi, hosildorligi, meva bandi uzunligi, chakanda moyi miqdori va xokazo).
CHakanda o’z arealida butaning balandligi bo’yicha ham bir-biridan keskin farqlanadi: G’arbiy Pomirda, Panj, Vanch, SHoxdara, Gunt, Bartang, Yazgulem daryolari havzalarida MDH dagi eng baland bo’yli (5-6 m) chakandalar tarqalgan. Vanch daryosi va uning yuqori oqimida (2600 m d.s.b) juda baland o’suvchi chakanda tsenopopulyatsiyasi tarqalgan, ularning o’rtacha balandligi 8-9 m, xatto 15 metrli daraxtlari uchraydi. Bu holatda chakanda bemalol tol, terak, jiyda turlari bilan yorug’lik uchun raqobat qila oladi. CHakandaning Zarafshon populyatsiyasi asosan butasimon shakldagi 3-5 metrli hayotiy shakligi ega. Ba’zan balandligi 5-8 metrli daraxtsimon shakllari ham uchraydi. O’simlik rivojlanishi uchun sharoit qanchalik og’ir bo’lsa, ular pakana shaklda, ba’zan yarim buta ko’rinishini oladilar. CHakanda 3000 metrdan balandliklarda 0,3-0,5 m balandlikka ega bo’lib, yer bag’irlab o’suvchi shakllarni yuzaga keltiradi. Sibirda Irkutu daryosi, Angaraning chap irmog’i Kitoy daryosi havzalarida o’zgaruvchan kontinental iqlimli, kam yog’in miqdori hamda o’rtacha yillik haroratdan past ko’rsatkichga ega bo’lgan iqlimli sharoitlarda o’suvchi chakanda aynan past bo’ylidir (38-55 sm), lekin butazorlarning qalinligi yuqori – 20-38 ming dona/ga ni tashkil etadi. Tibet chakandasi 4000 metrdan baland bo’lgan tog’li hududlarda bor yo’g’i 10-15 sm balandlikka o’sadi va ko’pincha hosilsiz bo’ladi. Bu turning urug’laridan qulay sharoitlarda yetishtirilgan ko’chatlar baland bo’yli butalar sifatida shakllanganlar, demak butaning pakanaligi va yaxshi rivojlanmaganligini o’simlikni o’sishi uchun og’ir sharoitlarga nisbatan javob reaktsiyasi sifatida qabul qilishimiz mumkin.Tolbargli chakanda majnuntol singari shox-shabbasini egiltirib o’suvchi shakllarga ega va manzarali bog’dorchilik uchun qiziqarli ob’ekt hisoblanadi. Umuman barcha chakanda turlari barglarini kumushsimon rangi, mevalarini uzoq vaqt butada saqlanishi (avgust-dekabrь) qimmatli manzarali xususiyatlar hisoblanadilar. CHakanda populyatsiyalari novdalarini tikanlar bilan qoplanish darajasiga ko’ra ham turli-tumandir. Janubiy qurg’oqchil mintaqalarda tarqalgan chakanda populyatsiyalar sertikonligi bilan ajralib turadi: eng tikanli chakandalar G’arbiy Pomirda qayd etilgan.Zarafshon chakandasi novdalarida 0,5-7,0 sm uzunlikdagi nayzasimon tikanlari uchraydi. CHakanda tikanlari 2 xil: mayda 0,5 sm uzunlikdagi ninachasimon tikanlar va 2-7 sm uzunlikdagi mustahkam rivojlangan tikanlari 1-2 yillik novdalarda joylashgan. Ayniqsa ona o’simlikdan 1-2 m masofada uning ildizpoyalari yordamida paydo bo’lgan bachki novdalari tikonlar bilan qalin qoplangan. Novda tikonlarini asosiy funktsiyasi o’simlikdan suv bug’lanish sirtini kamaytirish va mexanik ximoya qilish hisoblanadi CHakandaning novda tikanlari bir paytda meva terilish jarayonini mushkullashtiradi. Sibirь chakandasi kam tikanliligi bilan ajralib turadi. Ushbu hududning tabiiy chakandazorlaridan tanlangan istiqbolli shakllar asosida ko’plab sanoat ahamiyatiga ega tikansiz chakanda navlari yaratilgan. CHakandaning novdalari va barglari kumushsimon va yulduzchasimon tangachalar bilan qoplangan va bu biologik moslama barglarni yozgi issiqlardan haddan ziyod qizib ketishidan saqlaydi. Novda po’stloqlari – qo’ng’ir-yashil, jigarrang va to’q tusli qo’ng’ir ranglarga ega. CHakanda barglari uzun, lantsetsimon shaklda, 2-8 sm uzunlikda, 0,2-0,9 sm kenglikda, uchki qismi to’mtoq, asosi ponasimon, barg plastinkasi yonlari quyiga egilgan. Barglari kulrang-yashil, jiyda bargi kabi kumushsimon yulduzchali tangachalar bilan qoplangan. Barg og’izchalari bargning quyi tomonida joylashgan va qalin tangachalar ostiga yashiringan. Tolbargli chakanda majnuntol singari shox-shabbasini egiltirib o’suvchi shakllarga ega va manzarali bog’dorchilik uchun qiziqarli ob’ekt hisoblanadi. Umuman barcha chakanda turlari barglarini kumushsimon rangi, mevalarini uzoq vaqt butada saqlanishi (avgust-dekabrь) qimmatli manzarali xususiyatlar hisoblanadilar. CHakanda populyatsiyalari novdalarini tikanlar bilan qoplanish darajasiga ko’ra ham turli-tumandir. Janubiy qurg’oqchil mintaqalarda tarqalgan chakanda populyatsiyalar sertikonligi bilan ajralib turadi: eng tikanli chakandalar G’arbiy Pomirda qayd etilgan.Zarafshon chakandasi novdalarida 0,5-7,0 sm uzunlikdagi nayzasimon tikanlari uchraydi. CHakanda tikanlari 2 xil: mayda 0,5 sm uzunlikdagi ninachasimon tikanlar va 2-7 sm uzunlikdagi mustahkam rivojlangan tikanlari 1-2 yillik novdalarda joylashgan. Ayniqsa ona o’simlikdan 1-2 m masofada uning ildizpoyalari yordamida paydo bo’lgan bachki novdalari tikonlar bilan qalin qoplangan. Novda tikonlarini asosiy funktsiyasi o’simlikdan suv bug’lanish sirtini kamaytirish va mexanik ximoya qilish hisoblanadi CHakandaning novda tikanlari bir paytda meva terilish jarayonini mushkullashtiradi. Sibirь chakandasi kam tikanliligi bilan ajralib turadi. Ushbu hududning tabiiy chakandazorlaridan tanlangan istiqbolli shakllar asosida ko’plab sanoat ahamiyatiga ega tikansiz chakanda navlari yaratilgan. CHakandaning novdalari va barglari kumushsimon va yulduzchasimon tangachalar bilan qoplangan va bu biologik moslama barglarni yozgi issiqlardan haddan ziyod qizib ketishidan saqlaydi. Novda po’stloqlari – qo’ng’ir-yashil, jigarrang va to’q tusli qo’ng’ir ranglarga ega. CHakanda barglari uzun, lantsetsimon shaklda, 2-8 sm uzunlikda, 0,2-0,9 sm kenglikda, uchki qismi to’mtoq, asosi ponasimon, barg plastinkasi yonlari quyiga egilgan. Barglari kulrang-yashil, jiyda bargi kabi kumushsimon yulduzchali tangachalar bilan qoplangan. Barg og’izchalari bargning quyi tomonida joylashgan va qalin tangachalar ostiga yashiringan.CHakanda butasining tabiatda o’sishi yer ustki qismi novdalarini doimo yangilanib turishi bilan xarakterlanadi. Asosiy novdalari 1-1,5 m balandlikda yonlama shoxlanish hisobiga rivojlanadi, ular odatda 8-12 yil yashaydi va quriydi, ularning o’rnini buta asosidagi ildiz bo’g’inidagi tinim davridagi kurtaklardan yangi novdalar rivojlanadi. Bu kabi ildiz poyalardan rivojlangan bachki yosh o’simliklardan keyinchalik yangi buta shakllanadi. SHunday qilib, chakanda butasi shox-shabbasi doimo turli yoshdagi novdalar va shoxlaridan iborat bo’ladi. Bu jihatiga ko’ra chakanda ham geoksil yoki haqiqiy butalar toifasiga kiritiladi. CHakanda butasi vegetatsiyani erta boshlaydi, gullab bo’lgandan keyin ya’ni o’rtacha sutkalik harorat +120S yaqinlashganda novdalarni o’sishi kuzatiladi. Novdalarni intensiv o’sishi +170S+210S haroratlarda qayd etiladi. Yillik novda yuqori qismida shoxlanadi va hosilga kiradi. Ona o’simlik yoshini ortishi ham novdalar shoxlanishini pasaytiradi. CHakanda shamol yordamida changlanuvchi ikki uyli, bir jinsli urug’chi va changchi gullariga ega o’simlik.
Generativ novdalaridagi gul kurtaklari o’tgan yilgi yangi novdalarda shakllanadi. Yangi novdalarda gul kurtaklarini shakllanishi novdalarni o’sishi pasaygan davrda – iyulь o’rtalari-avgust boshlarida kuzatiladi. Odatda barg qo’ltig’ida bitta kurtak shakllangadi. Kurtaklarda kuzda sentyabrь-oktyabrь oylaridagi issiq kunlar davrida gul qismlarining morfologik yetilishi sodir bo’ladi va kurtakni biroz kattalashi kuzatiladi. CHakanda novdalarida gul elementlarini shakllanishi va yoppasiga gullashgacha bo’lgan davr 300-310 kunni tashkil etadi. Urug’chi o’simliklarda qish davriga kirish vaqtidagi novda o’rtasidagi kurtaklar 1,8-2,1 mm uzunlikka 2,2-3,2 mm kenglikka ega bo’ladilar. Novdalar uchki va quyi qismidagi kurtaklar mayda 1,3 mm uzunlikka va 1,7 mm kenglikka ega. CHangchi o’simliklarning novdalari o’rtasidagi kurtaklar yirikroq, 3,0-5,0 mm uzunlikka va 2,5-3,5 mm kenglikka egadir. Novdalarning quyi qismidagi kurtaklari maydaroq-1,7 mm uzunlikka va 1,3 mm kenglikka ega. Kurtaklarni bo’rtishi fevralь oxirlarida sodir bo’ladi, changchi kurtaklar 6,5-6,7 mm uzunlikka va 4,2-4,4 mm kenglikka ega bo’lib 3-4 ta berkituvchi tangachalari (qobiqlar) mavjud. Urug’chi kurtaklari 2,4 mm uzunlikda va 2,2 mm kenglikda bo’lib, changchi kurtaklarda 2-3 marta maydaroq bo’ladi va ularni 2ta qobiqlari o’rab turadi. Zarafshon daryo havzasi sharoitlarida chakandani gullashi martning 2-3 dekadalarida sodir bo’ladi, lekin u bahor iqlimiga bog’liq holda surilishi mumkin. CHakandaning qiyg’os gullashi havo harorati 20-280S bo’lganda amalga oshadi, urug’chi butalar ochiq quyoshli kunlarda 3-5 kun, changchi butalar 6-9 kun gullaydi. CHakanda mevalarini yetilishi avgustning 1-2 dekadalarida kuzatiladi, iyulь oxirlaridayoq mevalar sariq-qizg’ish rangga kira boshlaydilar. CHakanda urug’ining unishida birinchi bo’lib, murtak o’simtasi paydo bo’ladi va u ildiz tizimini shakllanishini boshlab beradi. CHakanda ildiztizimi o’ziga xos bo’lib, tabiatda o’simlikni nafaqat o’sib rivojlanishi, balkim ko’payishini ham ta’minlaydi. Tabiatda ona o’simlikdan yon-atrofga ildizpoyalari yer yuzasida 15-20 sm chuqurlikda o’sib tarqala boshlaydilar va muayyan masofada ulardagi tinim holatidagi kurtaklardan bachki novdalar rivojlanadi va ular 2-3 yilda yangi yosh o’simlikka aylanadilar. Bu kabi ildizpoyalari bilan ko’payishi chakandani vegetativ xarakatchan buta ekanligini ko’rsatadi.
Ochiq yerlarni birinchilardan bo’lib zabt etgan ona o’simlik atrofida 10-15 yillardan so’ng vegetativ ko’paygan yosh o’simliklardan iborat o’tib bo’lmas chakanda koloniyasi yuzaga keladi, ular bir necha o’n kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo’lgan, uzunligi 50-70 m, kengligi 20-30 m keladigan butazorlar hosil qiladilar. Odatda changchi buta atrofida faqat changchi o’simliklardan, urug’chi buta atrofida urug’chi o’simliklardan iborat butazorlar shakllanadilar.CHakanda ildiz tizimining muhim biologik xususiyatlaridan biri uning atmosfera tarkibidagi azotni o’zlashtirishi hisoblanadi. Bu xususiyat jiydadoshlar oilasiga kiruvchi jiyda va sheferdiyaga, shu jumladan chakandaga ham xosdir. Oilaga kiruvchi barcha turlarning ildiz tizimida korall ko’rinishidagi tugunakli hosilalar bo’lib, ularni havodagi azotni o’zlashtiruvchi bakteriyalar yuzaga keltiradi. CHakanda bilan bu kabi simbiotik bog’langan tugunakli bakteriyalar o’simlik oziqlanishida va modda almashinuvida muhim rolь o’ynaydi. SHu xususiyatiga ko’ra chakanda yer unumdorligiga talabchan emas. Tugunakli bakteriyalar bizning tajribalarimizda yog’ochlashgan qalamchalardan yetishtirilgan o’z ildiziga ega ko’chatlarning 60-70% da paydo bo’ldi va ko’chatlar o’sishini faollashtirdi. Moskva viloyati sharoitlariga chakandani introduktsiya qilish va madaniylashtirish bo’yicha o’tkazilgan tajribalarda azot o’zlashtiruvchi ildiz tugunaklari tashqaridan solinmasada, o’z-o’zidan paydo bo’lgan. Tadqiqotchi fikricha, ular urug’ orqali o’tishi yoki tuproqdan yuqishi mumkin Oltoy chakandasi urug’laridan yetishtirilgan nihollarning 77,3-84,7% qismida ildiz tugunakli bakteriyalari mavjudligi qayd etilgan. CHakandani ildiz tizimida yaqqol ko’zga tashlanuvchi gidromorf belgilarga-shnursimon yonlama ildizpoyalariga egaligi, ularda mexanik to’qimalarni yaxshi rivojlanmaganligi, to’qaylarda tabiiy drenaj va aeratsiyaga ega allyuvial substratlarda o’sishga moslashganligiga ko’ra hamda uning yer ustki qismida kserofit o’simliklarga xos xarakterli kseromorf morfologik va ekologik strukturaga ega bo’lgan universal moslashuvchan mezofit o’simlik deb hisoblash mumkin. CHakandani madaniylashtirish ishlarining muvaffaqiyati tashqi muhit omillari-yorug’lik, namlik, tuproq sharoitlari va haroratni hisobga olgan holda o’tkazishga chambarchas bog’liqdir. CHakanda yorug’sevar o’simlik sifatida doimo daryo havzasida bahorgi toshqinlardan so’ng paydo bo’lgan orolchalarda birinchilardan bo’lib paydo bo’ladi va yangi quruqlikni tezda vegetativ ko’payish yo’li bilan egallab oladi. Keyinchalik ushbu toza chakandazorda tol, terak turlarini paydo bo’lishi yorug’sevar chakandani ushbu fitotsenozning 2 yarusida qolib ketishiga va siqib chiqarilishiga sabab bo’ladi. Yorug’lik chakanda mevalarida chakanda moyi to’planishiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Har bir o’simlik turi o’zining evolyutsion rivojlanish jarayonida tabiiy tanlanish yo’li bilan tashqi muhitning muayyan sharoitlarida o’sishga moslashadi. CHakanda to’qay o’simligi sifatida daryo xavzalaridagi namlik bilan vegetatsiya davomida yaxshi ta’minlangan qumoq, shag’alli allyuvial daryo yotqiziqlarida, namlik bilan ta’minlangan qadimiy daryo terrasalarida o’sishga moslashgan. SHu bilan birga bu kabi substratlar tabiiy drenaj xususiyatlariga ham egadir. Yer ostki suvlari turib qolgan, botqoqli yerlarda chakanda o’sa olmaydi. Qurg’oqchil sharoitlarda namlik yetishmagan holatlarda chakanda barglari qurib to’kilib ketadi.CHakandaning ildiz tizimi daryo havzasida, bahorgi suv toshqinlari natijasida uzoq vaqt (aprelь-may) suv ostida qolishi mumkin, lekin bundan o’simlik zinhor zarar ko’rmaydi, chunki tog’ daryolarining suvlari kislorodga to’yingan bo’ladi va u chakanda ildizlarini nafas olishi uchun yetarli xisoblanadi.
CHakandaning o’z areali doirasida tarqalgan xududlarida yengil mexanik tarkibga ega drenajli qumoq-allyuvial yotqiziqlar, shag’alli, turli darajada kolьmatlashgan (loyqa bosgan) yerlarda ko’proq o’sadi. Haqiqatan, daryo vodiylaridagi allyuvial tuproqlar chakanda o’sishi uchun eng qulay tuproqlar hisoblanadilar.Bir paytning o’zida bunday tuproqlar qulay havo-namlik rejimiga ega bo’lib, yetarli darajada unumdorligi bilan ham ajralib turadi. CHakanda mineral oziqlantirishga, ayniqsa azot va fosforga talabchandir. CHakanda jiydadoshlar oilasining barcha vakillari singari sho’rga chidamli o’simlik hisoblanadi. Markaziy Osiyoda, SHimoliy Ozarbayjonda, Sibirda chakanda daryo vodiylarining cho’l va yarimsahro qismidagi sho’r yerlarda hamda dengiz va ko’l qirg’oqlaridagi sho’rlanish mavjud substratlarda bemalol o’sa oladi va hosil beradi. Issiqko’l qirg’oqlaridagi sho’r suvli qumoq substratlarda o’sishga moslashgan chakanda populyatsiyasi bunga misol bo’la oladi. CHakanda issiqsevar o’simlik, shu bilan bir paytda qish sovuqlariga bardoshlidir. O’simlik deyarli bahorgi sovuqlardan zararlanmaydi, bu uning har yil mo’l hosil berishidan bilinib turadi.Rossiyaning Noqoratuproq mintaqasiga introduktsiya qilingan Oltoy chakanda navlari 1978-1979 yillarda bo’lib o’tgan haddan ziyod qishgi sovuqlardan zararlanmaganliklarini qayd etganlar. Ko’plab mevali daraxtlarni muzlab qolishiga sababchi bo’lgan-400S-430S sovuqlardan chakanda navlari zararlanmasdan omon chiqqanlar. 2015 yilning 8 aprelida sodir bo’lgan bahorgi sovuqlardan ( absolyut minimum harorat -80S ) ko’chatzorda ildiz oldirilayotgan chakanda novda qalamchalari umuman zararlanmadi.CHakandaning muhim biologik xususiyatlaridan biri – vegetativ ko’paytirishga moyilligini yuqoriligidir. Tabiatda chakandaning ildizpoyalari yordamida ko’payishi ustunlik qiladi, bu usulda u atrofga tez tarqaladi. CHakanda ham urug’idan, ham vegetativ usulida bir xilda muvaffaqiyatli ko’payuvchi 2 uyli o’simliklar toifasiga kiradi. Urug’chi (onalik) butalar yaxshi unuvchi urug’larga ega mevalar berishi bilan bir qatorda ildiz bachkilaridan, ildizpoya va novda qalamchalaridan yaxshi ko’payish xususiyatlariga ham egadirlar.
CHakandaning changchi butalari (otalik) urug’idan ko’payish imkoniyatlariga ega emasliklari bilan bir qatorda ularning vegetativ usullarda ko’payish qobiliyati ham urug’chi (onalik) butalarga nisbatan pastroqdir deb hisoblaydi.
Uning tajribalarida urug’chi butalardan tayyorlangan yashil va yog’ochlashgan novda qalamchalarini ildiz olishi o’rtacha 56%-87% ni, changchi butalarda bo’lsa 39%-51% ni tashkil etgan. Tabiatda urug’chi butalar atrofida o’rtacha 35-45 ta bachki novdalar, changchi buta atrofida bo’lsa o’rtacha 8-12 dona bachki novdalar shakllanishi aniqlangan. CHakandaning changchi o’simliklarini vegetativ ko’payishga moyilligini pastligi ularning evolyutsion-irsiy moslashuvchanlik natijasi bo’lishi mumkin, chunki oz miqdordagi changchi butalar (10-17%) ko’p miqdorda urug’chi butalarni (83-90%) bemalol changlantirish imkoniyatlariga egadirlar va yuqori hosildorlikni ta’minlash uchun yetarli hisoblanadi. CHakandani mevali va dorivor o’simlik sifatida ko’paytirishda asosan vegetativ ko’paytirish usullari qo’llaniladi, ular ona o’simlikni barcha qimmatli xo’jalik-biologik belgilarini o’zida to’liq saqlovchi va u bilan genetik bir xil bo’lgan yosh o’simlik shakllanishini ta’minlaydilar. CHakandani sanoat miqyosida ko’paytirishda yashil qalamchalarini ildiz oldirish usuli keng qo’llaniladi va unga bag’ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari talaygina. Yashil qalamchalar 8-10 ta barglariga ega novdaning quyi qismidagi 2-3 barglari olib tashlangandan so’ng, issiqxonada maxsus torf qatlami ustiga 3 sm qalinlikda yirik donador daryo qumi solingan substratga 1-1,5 sm chuqurlikka 5x5 sm sxemada ekilgan. Qalamchalarni ildiz olishi uchun substrat harorati +20˚S - +25˚S bo’lishligi talab etilgan.
CHakandani yashil qalamchalaridan ko’paytirishda o’stiruvchi stimulyatorlar, tuman hosil qiluvchi vositalariga ega issiqxona, 2-3 qatlamdagi drenaj va aeratsiya muhitiga ega substrat mavjudligi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Yashil qalamchalarni ildiz oldirilgan va o’z ildiziga ega yosh o’simliklar navning qimmatli xo’jalik – biologik belgilarini o’zida to’liq saqlab qolsada, bu usul serxarajat bo’lganligi sababli yetishtirilgan ko’chatlarning tannarxi ham baland bo’ladi. Tajribalarda yashil qalamchalarni ildiz olishida o’stiruvchi stimulyatorlarning roli yuqori ekanligi isbotlangan. Qalamchalarda ildizlar paydo bo’lishini boshlanishi,ular ekilganidan 2 haftadan so’ngsodir bo’ladi. Ushbu jarayon issiqxonada o’rtacha harorat +23,9˚S va substratning o’rtacha harorati +24,1˚S bo’lganida jadal ravishda kechadi. Qalamchalar 12-15 sm uzunlikda uchki kurtaklari saqlangan holda 2-4 sm chuqurlikka qumli substratga 6x4 sm sxemada ekilgan. Ularning ildiz olishi 15 kundan so’ng boshlangan va ildiz olish ko’rsatkichi 80% ni tashkil etgan. Buning uchun issiqxonada havo harorati +22˚S-+27˚S bo’lishini va havoning nisbiy namligi 90% dan kam bo’lmasligi zarurligi ta’kidlanadi. Qalamchalar tuproqqa yoki sun’iy substratga ekilgandan so’ng undagi barcha oziq moddalarni uning quyi (bazal) qismiga to’planishi, qalamcha kesilgan joyi yo’g’onlashib buqoqsimon bo’rtik-kallyus hosil bo’lishi kuzatildi. Ushbu qadoqlarning fiziologik roli o’simlik organi zararlangan joyini berkitish va yangi ildiz shakllanishi uchun zamin yaratishdir. Kallyus halqasi borgan sari kengayib hajmi ortadi va qalamchaning quyi kesilgan joyini asta-sekin egallaydi. Kallyus asosan kambiy faoliyati natijasida rivojlanadi. Kallyusning rivojlanishi qalamcha o’lchamlari, undagi oziq moddalar zahirasi va tashqi muhitga (tuproq va havo harorati) bog’liq bo’ladi. Aksincha, qalamchada qanchalik tez ildizlari paydo bo’lsa, kallyus rivoji shunchalik tez to’xtaydi. Qalamchaning bazal qismida yuzaga kelgan kallyus tuzilishiga ko’ra ildiz funktsiyasini bajara olmaydi, u himoya funktsiyasini bajaradi va oziq moddalarni vaqtinchalik zahiraga to’planishini ta’minlaydi.Ushbu oziq moddalar keyinchalik ildiz tizimini rivojlanishiga sarflanadi. Kallyusdagi oziq moddalarni asosi – bu kraxmaldir. Demak, chakanda qalamchasida ildiz paydo bo’lishi kallyus bilan chambarchas bog’liq, ya’ni ildiz novda qalamchasi kambiysida shakllanib, barg kurtagi yonidan yoki kallyus va po’stloq orasida yorib o’sib chiqadi.Hakandaning ildiz olgan bir yillik novda qalamchalarini o’rganish, uning yonlama ildizlari 30-35 sm uzunlikda va 0,8-1,0 sm diametrga ega ekanligini ko’rsatdi. Ildizpoyalari nafaqat kallyusdan, balki barg kurtagi atroflaridan o’sib chiqib ham rivojlanadi. Buning sababi qalamchadagi barg kurtagi atrofida meristema to’qimalari yaxshi rivojlangan bo’lib, ular barglarda keluvchi oziq moddalar bilan yaxshi ta’minlangan bo’ladi. Bahorda kesilgan 1-2 yillik novdalardan qalamcha tayyorlash ekin oldidan bajarildi. Bahorgi qalamchalar fevral oxiri - mart boshlarida, o’simlikda shira xarakati boshlanmasdan ilgari tayyorlandi. Qalamchalar egat pushtasining yuqori qismiga tayoqcha bilan ochilgan chuqurchaga tik holatda ekildi, shunda qalamchaning 2-3 kurtagi joylashgan qismi tuproq yuzasida qoldirildi. Qalamcha ekilgach, uning atrofidagi tuproq yengil zichlandi. Qalamchalar qatorda bir-biridan 12 sm masofada ekildi, bu ekish sxemasida 1 gektar ko’chatzorga 138888 dona qalamcha joylashtirish mumkin. Qalamchalar tayyorlash va ekish muddatlarini ularni ildiz olishi va o’sishiga ta’sirini o’rganish bo’yicha o’tkazilgan tajribalar quyidagilarni ko’rsatdi: kuzda o’simlikning tinim davrida urug’chi butalardan tayyorlangan novda qalamchalari 27 noyabrda egat pushtasiga ekildi, mulьchalandi va qishga qoldirildi. Bahorda 9%-11% qalamchalarning kurtaklari yozilib, barglari rivojlana boshladi, lekin ular tezda qurib qoldilar. Kuzda tayyorlangan va qish davomida 50 donadan qilib bog’langan hamda tuproqqa ko’milgan holatda saqlangan qalamchalarni bahorda ekish ularni 28,5% ni ildiz olishini ta’minladi. Vegetatsiya yakunidaushbu ko’kargan ko’chatlarning saqlanishi 85,7% ni tashkil etdi.
Mart o’rtalarida tayyorlangan va darhol tuproqqa ekilgan qalamchalarni ildiz olishi eng yuqori bo’ldi – 79,3%. Ushbu ko’chatlarni vegetatsiya yakunida saqlanishi 86,9 % tashkil etdi. Ekilgan qalamchalar aprelь oyida yoppasiga ko’kara boshladi, kurtaklari bo’rtib ilk barglari paydo bo’ldi, bu qalamchadagi oziq moddalar zahirasi hisobiga amalga oshdi. Keyinchalik aprel oxirida qalamcha novdalari o’sib, ularda 5-6 juft barglari paydo bo’ldi, bu o’zgarish qalamchada kallyus to’liq hosil bo’lib, mustaqil ildiz tizimi shakllanganligi belgisi sifatida qabul qilindi.
May boshlarida kallyus hosil bo’lmagan yoki, hosil bo’lgan bo’lsada, ildiz tizimi shakllanmagan qalamchalar quriy boshladi. Iyunь boshlarida mustaqil ildiz tizimiga ega bo’lgan ko’chatlar o’sishi davom etdi, iyulь oyida ko’chatlarning 15-20% qismi quridi, qolganlari vegetatsiya yakunigacha yaxshi saqlanib o’z ildiziga ega standart ko’chatlar sifatida shakllandilar. Kuzda va bahorda ekilgan va ildiz olgan qalamchalarni vegetatsiya davomida o’sish ko’rsatkichlari orasidagi farq unchalik katta emas, ular ildiz olish ko’rsatkichlariga ko’ra farqlanadilar: kuzda tayyorlagan va qish davomida tuproqqa ko’milgan holatda saqlangan qalamchalarni 28,5 % ildiz oldi, bahorgi qalamchalarni 79,3 % ildiz oldi. Vegetatsiya yakunida ko’chatlarni saqlanishi yuqori – 85,7-86,9 % ni tashkil etdi. Ildiz olgan qalamchalarda yangi novdalarini o’sish sur’ati iyunь oyidan boshlab tezlashdi, iyunda ko’chatlar 18,1-19,8 sm balandlikka ega bo’lgan bo’lsa, iyulьda 30,9-36,7 sm, avgustda 41,1-51,6 sm va vegetatsiya yakunida 55,5-67,2 sm balandlikka ega bo’ldilar. Yangi novdalarni diametri 3,4-4,2 mmni tashkil etdi. Qalamchaning tuproq yuzasida qoldirilgan 2-3 ta kurtagidan 4-5 bo’g’inli barglari mavjud 2-3 novdalar rivojlandi, keyinchalik ularning biri xukmron novda sifatida tez o’sdi, qolganlarini o’sish sur’ati pasaydi.
Qalamchalar uzunligini ularni ildiz olishi va o’sishiga ta’sirini o’rganish qalamchadagi oziq moddalar zahirasi miqdori qalamchalardan o’z ildiziga ega ko’chatlar shakllanishida asosiy rol o’ynashini ko’rsatdi. 30 sm uzunlikdagi novda qalamchalarni ildiz olishi 84,6 %, vegetatsiya yakunida saqlanish darajasi 77,2% ni tashkil etdi, bu ko’rsatkichlar 15 sm li qalamchalarda 62,5 % va 50,0 % ga teng bo’ldi. 20 smli qalamchalarni ildiz olishi 89,6 %ni tashkil etgan bo’lsada, ular vegetatsiya yakunida saqlanishi past bo’ldi - 65,4 %ni tashkil etdi. Ko’chatlarni vegetatsiya yakunida quyidagi o’sish ko’rsatkichlariga – 81,5 – 100,1 sm balandlikka va 5,8-6,5 mm diametrga ega bo’ldilar. SHunday qilib, tajribalar natijalari shuni ko’rsatdiki, qalamcha o’lchamlari va kallyus hosil bo’lishi, ildiz shakllanishi orasida to’g’ri korrelyatsion bog’liqlik mavjudligi aniqlandi: qalamcha qanchalik uzun va yo’g’on bo’lsa, undagi oziq moddalar zahirasi shunchalik ko’p va qalamchalarni ildiz olishi hamda o’z ildiziga ega ko’chatlarni vegetatsiya yakunida saqlanishi ham shunchalik yuqori bo’ladi.Tajribalarda Zarafshon va CHirchiq daryosi havzasida tayyorlangan qalamchalarni ildiz oldirish ular orasida ildiz olish va ko’chatlarni saqlanishi bo’yicha farqlar deyarli yo’qligini ko’rsatdi. 3-4 yillik yo’g’on novda qalamchalarini ildiz olishi 85,0% ni, ildiz olgan ko’chatlarni vegetatsiya yakunida saqlanishi 100 % ni tashkil etdi. Ildizpoya qalamchalarini ildiz olishi 95,8 %ni, lekin shakllangan ko’chatlarni vegetatsiya yakunida saqlanishi 50,0%ni tashkil etdi. O’sish ko’rsatkichlari bo’yicha Zarafshon populyatsiyasi chakandasi peshqadam bo’ldi. Urug’chi butadan tayyorlangan novda qalamchalarini ildiz olishi 90,4 %ni, vegetatsiya yakunida saqlanishi 89,4 %ni tashkil etdi. Ko’chatlarni balandligi 117,3 ± 9,02 sm (CHirchiq chakandasiniki 55,0±4,44 sm), diametri 7,9±0,56 mmni tashkil etdi. Ko’pchilik ko’chatlarda yozgi yonlama novdalari shakllandi

Download 430.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling