I. Kirish II. Asosiy qism a O’zbekistonda XX asr 70-yillaridagi Iqtisodiy ahvol b
O'zbekislonning ijtimoiy-siyosiy hayoti
Download 85.6 Kb.
|
70-YILLAR
O'zbekislonning ijtimoiy-siyosiy hayoti
"Кadrlar desanti» O'zbekistonliklar jamiyatni qayta qurish, islohotlar yo'lini katta umid bilan kutib oidilar. Jamiyatni yangilashdan najot kutayotgan edilar. Biroq tez orada aholining hafsalasi pir bo'Idi. O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yanada murakkablashib bordi. Bu o'z xalqining or-nomusi va qadr-qimmatini himoya qilishga qodir bo'lmagan, siyosiy irodasi bo'sh kishilarning respublika rahbariyatiga kelib qolishi bilan bog'liq edi. Ularning ojizligi natijasida Respublika partiya va davlal rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan ko'plab kadrlar yuborildi. «Kadrlar to'dasi» deb nom olgan 400 ga yaqin kelgindilar O'zbekistonni o'z bilganlaricha boshqara boshladilar. O'zbekiston Kompartiyasi va Respublika Ministrlar Soveti amalda ular tomonidan boshqarildi. Birinchi lavozimda o'tirgan mahalliy kadrlar ularning qo'lida qo'g'irchoq bo'lib qoldi. O'zbekiston Kompartiyasi Markaz qo'mida Moskva vakillari -Mogilnichenko, Bessarabov, Ponomaryov uya qurib olgan edi. O'sha yillarda tez-tez bo'lib turadigan plenumlar va yig'ilishlarda qilingan barcha ma'ruzalarni Ponomaryov va O'zbekistonda doimiy ishlash uchun yuborilgan «kadrlar desanti»ning boshliqlari - Anishev, Ogarek, Satin va ularning hamtovoqlari tahrir qilardilar. O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi 1. Usmonxo'jayev esa minbarga chiqib tayyor narsalarni o'qir edi. Minbardan bilib-bilmay aytilgan gaplar qanchadan-qancha kommunistlar va rahbarlarning sha'ni, qadr-qiymatini oyoq osti qilardi, hayotini buzardi. O'zKP Markaziy Qo'mitasida «pinxona kabinet» tashkil topdi. Ushbu «kabinet» kuch ishlatish, tuhmatlar uyushtirish yo'H bilan xodimlarni badnom qilish, respublikaga mutlaqo aloqasi bo'lmagan avanturistik qarorlarni tiqishtirish biian shug'ullandi. O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan «pinxona kabinet» va «kadrlar desanti»ning tashkilotchisi KPSS MQning kotibi E.K.Ligachyov edi. Qo'g'irchoqqa aylantirilgan mahalliy rahbarlar «kadrlar to'dasi» tomonidan tayyorlangan qarorlarga imzo chekishardi, xolos. Ularning sovet hokimiyatining ko'zbo'yamachilik, shovinistik siyosati va uni amalga oshiruvchilar oldidagi ojizligi, itoatkorligi xalqqa qimmatga tushdi. "Paxta ishi". O'zbekistonda «o'zbeklar ishi», «paxta ishi» deb atalgan jinoiy ishlarto'qib chiqarildi. Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O'zbekistonning boshiga tushgan kulfat bo'ldi. Guruh a'zolari hech kim bilan hisoblashib o'tirmay, odamlarni qamash bilan shug'ullandi. Oddiy dehqondan tortib O'zbekiston Kompartiyasi MQ sekretarlari va hukumat a'zolarigacha bo'lgan xodimlami qamash uchun birovlarni zo'rlab yozdirib olgan bir parcha qog'oz kifoya edi. O'zbekistonda qonunchilik buzildi, o'zboshimchalik va qatag'onning yangi davri avj oldi. Ming-minglab iqtidorli, rahbarlik mahoratini puxta egallagan rahbar kadrlar, paxtakorlar, ter to'kib mehnat qilgan halol kishilar qamoqqa olindi. Hibsga olingan Respublika partiya va davlat organlarining rahbarlari esa Moskva qamoqxonalariga tashlandi. Tergov xodimlari 30— yillarda ishlatilgan yaramas usullardan foydalanib, hibsga olinganlarni qiynab, boshqalar ustidan to'qil-gan aybnomalarni ularning qo'li bilan qaytadan yozdirib olardi va bu «aybnoma» tobora ko'p begunoh odamlarni qamashga asos bo'lib qolardi. 25 mingga yaqin kishi qiynoq ostiga olinib, so'roq qilindi. 4,5 mingdan ko'proq kishi sud qilinib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi. O'sha yillarda O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi bo'lib uzoq yillar ishlagan, o'zbek xalqining baxt-saodati yo'lida samarali faoliyat ko'rsatgan Sh.R. Rashidovning nomi ham badnom qilindi. Vafot etib ketgan partiya va davlat arbobining ruhini bezovta qilish nima uchun kerak bo'lib qoldi? O'zbekistonning, o'zbek xalqining sha'ni-shavkati va qadr-qiymatini oyoq osti qilish uchun kerak bo'lgan edi. Buni anglamagan, ayrim mahalliy rahbar xodimlar o'zboshimcha qonunbuzarlarga yordamlashdilar. Ommaviy axborot vositalari xalqni dalil-isbotsiz tahqir qilish, halol mehnatkashlarni ma'naviy ezishga yo'naltirilgan ko'plab xabarlar, maqolalar berar edilar. Natijada, butun bir mamlakat va millat badnom qilindi, poraxo'r, olib-sotar sifatida sharmanda qilindi. Butun SSSRda bo'lganidek, O'zbekistonda ham kamchiliklar, qo'shib yozishlar, poraxo'rlik illatlari va boshqa jinoyatchiliklar bor edi. Lekin bu illatlarni o'zbek xalqi emas, balki Sovet hokimiyatining ij'timoiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi. O'zbekiston fuqarolari o'z haq-huquqlarini himoya qilishlarini so'rab tuman, viloyat va respublika partiya va sovet organlariga murojaat qildilar. 1966-78— yillarda faqat O'zbekiston Kompartiyasi MQga fuqarolardan 50 mingdan ortiq xat va shikoyatlartushdi. 20 mingdan ortiq kishi Markazqo'm kotiblari va bo'lim boshliqlari qabulida bo'lib, o'zlarining arz-dodlarini bildirdilar. Poytaxtga yetolmagan 100 minglab fuqarolar mahalliy hokimiyat organlariga o'z haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarining buzilganligidan shikoyat qilib koridorma-koridor, eshikma-eshik turtinib yurdilar. Norozilik, ayniqsa, xotin-qizlar orasida ko'paydi. 1976-77— yillarda respublikada 270 ayol o'zini-o'zi yondirib yubordi. Bu holat ularning sha'ni, qadr-qiymatining toptalashi, haq-huquqlarining buzilishiga nisbatan ko'rsatilgan norozilik edi. Haqiqat va adolat, keyinroq, Islom Karimov O'zbekiston rahbari bo'lgach ro'yobga chiqdi. Islom Karimov tashabbusi bilan «Paxta ishi»ni ко'rib chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. Pirovardida 3,5 mingdan ko'proq kishi oqlandi Ijtimoniy-siyosiy hayot. Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o'lkaning o'ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni istamagan kelgindilar mahalliy xalqning urf-odatlari, an'analarini oyoq-osti qildilar. Xalqimizning boy madaniyati va ma'naviy qadriyatlari kamsitildi. Ona tilining qo'llanilishi yanada cheklab qo'yildi. Hatto milliy libos kiyib yurish ham qoralandi. Milliy an'analar bo'yicha to'y qilgan, qarindosh-urug'larini milliy, diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi, shafqatsiz jazolandi. Bunday vaziyat xalqni ranjitdi, hafsalasini pir qildi, siyosiy loqaydlikni kuchaytirdi. Ko'plab olimlar, yozuvchilar va boshqa ijodiy xodimlar aziyat chekdi. Ularning ko'pchiligi mahalliychilikda, milliy cheklanganlikda, xurofot-bid'atga berilganlikda, sinfiy va partiyaviy tamoyillardan og'ishlikda, o'tmishni, xonlar va amirlar hayotini bo'rttirib ko'rsa-tishda ayblandilar. Siyosiy va mafkuraviy zug'umlarga qaramasdan ijtimoiy ong o'zgara boshladi. O'tmish va hozirgi zamon muammolari to'g'risida munozaralar, turli qarashlar, nuqtayi nazarlar bildiriladigan bo'l-di. Jamoatchilik paxta yakkahokimligini tugatish, o'zbek tiliga davlat tili maqomini berish, ekologik holatni sog'lomlashtirish kabi masa-lalarni ko'tara boshladilar. «Norasmiy» guruhlar va tashkilotlar paydo bo'la boshladi. Ular asta-sekin siyosiy tusga kirdi. 1989—yildatashkil topgan «Birlik» xalq harakati (rahbari Abdurahim Po'latov) respublikadagi dastlabki «norasmiy» harakat edi. Shuningdek, «O'zbekiston erkin yoshlar itifoqi», xotin-qizlarning «To'maris» nomli tashkiloti, rusiyzabon ziyolilarning «Intersoyuz» deb atalgan harakati tuzildi. Bu harakatlar dastlabki paytlarda xalqning ma'naviy qadriyatlarini tiklash, Orol fojiasini oldini olish, o'zbek tiliga davlat tili maqomini berish, boshqaruvning ma'muriy buyruqbozlik usulidan voz kechish kabi dolzarb masalalarni ko'tardilar. Biroq bu harakatlar g'oyaviy, siyosiy, tashkiliy jihatdan etarli darajada uyusha olmadi. «Birlik» xalq harakati rahbarlari mamlakat manfaatlaridan kelib chiqadigan dasturlar ishlab chiqish va aniq maqsadlami amalga oshirish yo'lida siyosiy kurash olib borish o'rniga, namoyishlar va mitinglar uyushtirish, ko'cha va maydonlarda to'plangan olomonda ehtiroslarni avj oldirish bilan shug'ullandi, hokimiyatni egallashga intildilar. Oqibatda «Birlik» bo'linib ketdi. Mirzacho'l, Jizzax, Qarshi cho'llarida yangi yerlami o'zlashtirish bilan bog'liq ravishda 1962— yilda Jizzax- Mehnat (133 km), 1970— yilda Samarqand-Qarshi (144 km) temir yo'llari qurildi va yangi tashkil etilgan xo'jaliklar Respublika markazi va sanoat markazlari bilan qisqa masofada tutashtirildi. 1974— yilda Termiz-Qo'rg'ontepa (218 km), 1975— yilda Taxiatosh-Nukus (13 km) temir yo'llari qurilib ishga tushirildi va Qoraqalpog'iston poytaxti respublikaning temir yo'l tarmog'i bilan bog'landi.1972— yil Qo'ng'irot-Beynov (408 km) tcmir yo'lining qurilishi natijasida O'zbekiston va boshqa O'rta Osiyo respublikalaridan sobiq SSSRning Yevropa qismi va Kavkazga ikkinchi temir yo'l ochildi. Respublika temir yo'Ilarining uzunligi 1985— yilda 3,5 ming kmni tashkil etdi.Avtomobil transport! tez sur'atlar bilan o'sdi. 50-70— yillarda respublikada zamonaviy avtomobil yo'llari -Katta O'zbekiston trakti (Toshkent-Termiz) ta'mirlandi, Toshkenl-Olmaliq, Toshkent-Buxoro-Nukus, Mo'ynoq-Zarafshon, Samarqand-Chorjo'y, Farg'ona xalqa yo'li, Toshkent xalqa yo'H qurilib foydalanishga topshiriidi. To'rtko'l shahridan Anuidaryoning so'l sohiii bo'ylab Nukus shahri orqali Taxtako'pirga olib boruvchi Qoraqalpog'iston trakti qurildi. Qizilqum cho'lini kesib o'tuvchi va qorako'lchilik xo'jaliklarini viloyat va respublika markazlari bilan bog'Iovchi Buxoro-Gazli-Sazakino avtomagistrali, Qamchiq davoni orqali respublika poytaxtini qisqa masofada Farg'ona vodjysi bilan bog'Iovchi Toshkent -Angren-Qo'qon avtomobil yo'li qurildi.Toshkentdan barcha viloyat markazlariga va yirik shaharlarga, tuman markazlaridan kolxoz va sovxozlarga, posyolka va qishloqlarga qatnay-digan avtomobil marshrutlari tashkil etildi. Respublikada 70 dan ortiq avtobus va taksomotor parklari barpo etildi va ular o'z davrining texnika vositalari bilan ta'minlandi. Respublikaning avtomobil yo'llari uzunligi 80,4 ming km ni, shu jumladan, usti qattiq qopfama bilan qoplangan yo'llar 66,7 ming km ni tashkil etdi. Mustabid tuzumning oxirgi o‟n yilligi davomida o‟zbek adabiyoti har qanday siyosiy-ijtimoiy “qoliplar ” ichida turib bo‟lsa-da, rivoj topdi, qator sermazmun asarlar vujudga keldi. Ayni paytda iste‟dodli ustoz adiblar qatoriga o‟nlab yangi, isyonkor ijodkorlarni olib kirdi. O‟sha yillarda O‟zbekistonda adabiyotning tarixiy mavzusi ancha boyidi. Jumladan, Nazir Safarovning “Navro`z”, Hamid G`ulomning “Mangulik”, “Mashrab”, Mirmuhsinning “Me‟mor”, “Temur Malik”, “Movarounnahr”, Odil Yoqubovning “Ulug`bek xazinasi”, “Ko`hna dunyo”, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni”kabi romanlari o`zbek adabiyotining tarixiy mavzusini yoritdi5. O`zbek adabiyoti 80 -yillarda ham ancha qalamkash iste‟dodlarni yetishtirib berdi. O`lmas Umarbekov, Xudoyberdi To`xtaboyev, O`ktam Usmonov, O`tkir Hoshimov, Uchqun Nazarov, Shukur Xolmirzayev, Ne‟mat Aminov, Temur Po`latov, Omon Muhtor, Farhod Musajonov singari ijodkorlar o`z asarlarida insondagi ma‟naviy-axloqiy fazilatlarni ardoqlashga, ular o`rtasidagi mehr-oqibat va sadoqatni ehtiyot qilishga, shavqatli bo`lishga chorlab keldilar.“70-80yillar she‟riyatda ham inson va jamiyat muammosi bosh mavzu bo`lib qoldi. She‟riyatda tabiat haqida, paxta va paxtakor haqida falsafiy mushohazalar o`rtaga qo`yildi, Katta avlod shoirlari – Uyg`un, Mirtemir,Sobir Abdulla, Habibiy, G`ayratiy, Charxiy, Zulfiya, o`rta avlod shoirlari –Mamarasul Boboyev, Asqad Muhtor, Hamid G`ulom, Shuhrat, Turob To`la, Shukrullo, Ramz Bobojon, O`tkir Rashid va bir muncha iste‟dodli shoirlar –Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Jamol Kamol, Jumaniyoz Jabborov, Omon Matjon, Rauf Parfi, Azim Suyun, Usmon Azimov, Halima Xudoyberdiyeva va boshqalar she‟riyatining mazmuni va ma‟nosi nihoyatda keng va chuqurdir. Ular yaratgan asarlar o`zbek she‟riyati xazinasidan munosib o`rin egalladi”Mustabid tuzum va u tufayli jamiyatda sodir bo`lgan salbiy holatlar o`zbek adabiyotiga ham ta‟sirini o`tkazdi. Adabiyot vakillari kommunistlarning keng xalq ommasi ongiga kommunistik mafkura g`oyalarini singdirish, ularni kommunistik ruhda tarbiyalash singdirish, ularni kommunistik ruhda tarbiyalash kabi ijtimoiy buyurtmalarni bajarishga majbur etdilar. Yaratilgan asarlar aksariyati zamonni maqtash, olqishlarga bag`ishlandi. Ularda hayotiy voqealarni talqin qilishga partiyaviylik,sinfiylik nuqtayi nazaridan turib yondashildi. Jamiyat hayotiga ana shunday yondashish turli illatlarni va saviyasi past asarlarni adabiyotga olib kirdi.Zo`ravonlik, tazyiq va tanqidlar tufayli jamiyatni to`lqinlantirib kelayotgan ko`pgina ijtimoiy muammolar asarlarda o`z ifodasini muammolar asarlarda o`z ifodasini topmadi. Shunga qaramasdan, oz bo`lsada, o`zbek adabiyotida milliy ruh singdirilgan yaxshi asarlar dunyoga keldi.Urush yillari voyaga yetgan ko`plab ijodkorlar adabiyotga kirib keldilar. Said Ahmad,Asqad Muhtor, Ozod Sharafiddinov,Turob To`la,Shukrullo, Ramz Bobojon, Rahmat Fayziy, Mamarasul Boboyev, Ibrohim raim, Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubov, Saida Zunnunova, Erkin Vohidov kabi yozuvchilar adabiy jarayonni jonlantirib yubordilar.“XX asrning 70-yillarida o`zbek adabiyotiga bir qator iste‟dodli shoir va yozuvchilar kirib keldilar. Ular orasida Murod Muhammad Do`st, Erkin A’zamov, Xayriddin Sultonov, Tog`ay Murod kabi nosirlar,Shavkat Rahmon,Xurshid Davron, Usmon Azim, Muhammad Rahmon singari shoirlar bor edi. Bu avlod o`zlaridan avvalgi ijodkorlar boshlab bergan eng yaxshi an‟analarni davom ettirgan holda, adabiyot sahnasiga ko`proq oddiy odamlar obrazini, ularning orzu-armonlarini talqinini olib chiqdilar. Bu davrda M.M.Do`st tomonidan “Bir toychoqning xuni”, “Galatepaga qaytish”, Erkin A‟zamov “Otoyining tug`ilgan yili”, “Javob”, X.Sultonov tomonidan “Yozning yolg`iz yodgori”, “Ko`ngil ozodadur” asarlari yaratildi.Bu asar qahramonlari bir qaraganda boshqalardan keskin farq qilmaydigan,har qadamda uchraydigan oddiy odamlar.Ular katta tarixiy o`zgarishlarga boshchilik qilishmaydi, favqulotda qahramonliklar ko`rsatib boshqalarga o`rnak bo`lishmaydi. Lekin shunisi muhimki, yosh o`zbek adiblari dunyoning omonligi, jamiki shu oddiy odamlar tufayli ekanini ko`rsata oldilar” “70-80 yillarda Odil Yoqubov tomonidan “Ulug`bek xazinasi” (1973), “Ko`hna dunyo” (1982), “Diyonat” (1977) , “Oqqushlar, oppoq qushlar” (1988) romanlari yaratildi. Bu davrda Said Ahmad ham sermahsul ijod qildi.1988-yilda adibning “Jimjitlik” romani nashrdan chiqadi. 70 -80 yillarda o`z hikoyalari asosida “Kelinlar qo`zg`oloni”, “Kuyov” nomli pyesalar yozdi.“Said Ahmad – o`tkir kulgu ustasi. Bu xususiyat uning barcha janrlardagi asarlariga ko`chgan deyish mumkin. Jumladan, adibning “Kelinlar qo`zg`oloni” (1976) komediyasi dovrug`i olamga ketgan sahna asari hisoblanadi. Asar o`zining samimiy tili, sharqona lutf va kulgiga boyligi, tarbiyaviy ruhi bilan ko`plab mamlakatlarning tomoshabinlarining ko`ngligini ham rom etdi”Yana bir adib Mirtemir hisoblanadi. Mirtemirning 70-yillarda yozgan she‟rlaridan biri “O`zim bilaman...” deb nomlanadi. Shoir bu she‟rda ifodalangan mazmunni ifodalash maqsadida, sarlavhadan keyin, “Tagorga ergashib...” deya she‟rga izoh bergan. Bu she‟r 1974-yilda yozilgan. Shoir xuddi yilda “Ona tilim” she‟rini yozadi. Mirtemirning ijodiy qiyofasini belgilaydigan, uni kitobxon uchun ardoqli qilgan narsa – uning she‟riyati edi.Yana bir qalamkash ijodkor Primqul Qodirov hisoblanadi. U “Meros” qissasida el-yurtni doimo to`lqinlantirib yurgan muammo – paxtachilik mashaqqatlarini qalamga oladi.“Meros” yozilgan o`tgan asrning 70-yillarida bunday mavzuni yoritish qiyin edi. Sho`ro siyosati va mafkurasi bunga yo`l qo`ymasdi. Bulardan qat’iy nazar, qissadagi Yolqin Otajonov obrazi yozuvchining mahorat bilan yaratgan jonli, intiluvchan, jozibali qahramonlari qatorida turadi.Bundan tashqari romanlar ham yozdi. “Qora ko`zlar” romanida qishloq hayoti tasvirlangan bo`lsa, “Olmos kamar”da (1977) yozuvchi shaharliklar hayotiga murojaat etdi. Asar 1987-yilda qayta ishlandi va ayrim o`rinlar tahrirda qisqartirildi, ba‟zi lavhalar bilan boyitildi.“Yulduzli tunlar” romani Pirimqul Qodirovning yirik asarlaridandir. “Yulduli tunlar” romani Sho`ro davrida yozilgan bo`lib, olti -yetti yil chop etilmadi. Nihoyat 1978-yilda yozilib chiqdi, hatto 1981-yilda O`zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi. Roman matbuotda feodalizmni targ`ibqiluvchi asar sifatida qoralandi. Muallifga millatchi, burjua yozuvchi deb tuhmat qilindi. Yangi zamon mustaqillik adibni ham, romanni ham xalqqa qaytardi. Bu davrning zabardast vakillaridan Erkin Vohidovdir. “70-80 yillarga kelib shoir sevgi, “hayot kuychisi”gina emas, ko`proq hayotning, inson qalbining badiiy tatqiqotchisi sifatida ko`rina boshladi. “Hozirgi yoshlar”, “Inson”, “Sirdaryo o`lani”, “Arslon o`ynatuvchi” she‟rlari, “Ruhlar isyoni”, “Istambul fojeasi” singari dostonlari bu jihatdan shoir ijodida olg`atashlangan qadam bo`ldi”Bundan tashqari “Palatkada yozilgan doston”, “Quyosh maskani” dostonlari ham muallifidir. A.Oripovning “Onajon”, “Yuzma-yuz”, “Yillar armoni” (1984) to`plamlari, ulardagi she‟rlari bilan XX asr o`zbek adabiyotining zabardast vakillari qatoridan o`rin egalladi. She‟riyat pillapoyalarida orttirilgan tajriba va ehtiyoj hayotni, qahramonni kengroq, chuqurroq tasvirlashga undadi. Shoir o`zbek adabiyotini “Jannatga yo`l” (1978), “Hakim va ajal”, “Ranjkom” dostonlari bilan boyitdi. Adib lirikada ham sermahsul ijod qildi. 1976-yilda “Malomat toshlari” nomli she‟r yozadi. “Keyingi paytlarda tariximizning o`lmasqadriyatlaridan foydalanib, ta‟sirlanib, “Hikmat sadolari” nomli she‟riy kitob yozdim.Shu davrga mansub vakillardan yana biri Shukur Xolmirzayevdir.Sh.Xolmirzayev tomonidan “Yo`llar, yo`ldoshlar” (1973), “Yur, tog`larga chiqamiz” (1973), “Cho`loq turna” (1978), “Tuproq ko`chalar” (1978), “Qush tili” (1982), “Qahramonning so`nggi kunlari” ()1984 , “Tog`larga qor tushdi” (1986), “Abdulla Nabi o`g`lining so`nggi kunlari” (1983), “Esiz, Eshniyoz!” (1988) kabi hikoya va qissalar yaratdi. Adibning “So`nggi bekat” (1976), “Qil ko`prik” (1984), “Yo`lovchi” (1987) asarlari o`zbek romanchiligi taraqqiyotida o`ziga xos o`rin tutadi. “Qil ko`prik” asarida “qizil”larning istiqlolchilarga (davr tili bilan ayganda “bosmachi”larga) qarshi olib borgan kurashi va ularni mavh etish yo`llari, jarayonlari tasvirlanadi6. Yozuvchi 1987-yilda “Qora kamar” dramasini yozdi. Asarda yolg`on e‟tiqod insonlarni qay kunlarga solishi va e‟tiqodsizlik millatni qanchalar tubanlashtirishi mumkinligi yorqin obrazlar orqali haqqoniy aks ettiriladi.Asqad Muxtor tomonidan ham bu davrda ko`plab asarlar yaratildi. Uning ijodida “Quyosh belanchagi” (1971), “Sizga aytar so`zim” (1978) singari she‟riy to`plamlar, “Buxoroning jin ko`chalari” (1980), “”Bo`ronlarda bordek halovat, “Jar yoqasidagi chaqmoq” (1982), “Kumush tola” (1987) singari qissalarni, “Chinor” (1969-1973), “Amu” (1984) kabi yirik romanlarini kuzatishimiz mumkin.1975-yilda Moskvadagi tahsilni tamomlagan Shavkat Rahmon Toshkentga keladi. U bir qator mashriyotlarda muharrirlik qildi. Deyarli hamisha qizg`in ijod bilan mashg`ul bo`lgan talabchan shoir “Rangin lahzalar” (1978), “Yurak qirralari” (1981), “Ochiq kunlar”(1984), “Gullayotgan tosh” (1985), Uyg`oq tog`lar“ (1986), “Hulvo” (1897) singari she‟riy kitoblarni chop ettirdi. Sh.Rahmon 1979-yilda atoqli ispan hoiri Federiko Garsia Lorka she‟rlaridan iborat kitobni rus tilidan o`zbekchaga ag`darib, “Saylanma” nomi bilan chop ettirdi.70-80 yillarda Turob To`la ham samarali ijod qildi. “Oftob nayzada” (1974), zamondosh o`zbek adabiyoti va san‟ati namoyondalariga bag`ishlangan “Kamalak” (1972) nomli adabiy portret va xotiralar kitobi o`quvchilar qo`liga yetib bordi. Jumladan shoirning “Qanotlan, qo`shiqlarim” to`plamidan o`rin olgan aksariyat she‟rlari respublikamizning ko`plab iste‟dodli san‟atkorlari tomonidan qo`shiq qilib kuylanib, xalqimiz qalbidan chuqur o`rin egalladi. T.To`la shu tariqa zamonaviy o`zbek qo`shiqchilik san‟ati rivojiga salmoqli hissa qo`shgan ijodkor sifatida taniladi.Xudoyberdi To`xtaboyev 70-yillar boshida o`z ijodiy faoliyatini bolalar hayotini keng tasvirlagan asarlar yaratishga yo`naltiradi. Yozuvchi o`zining tarjimayi holida bu qarorini shunday izohlaydi: “Ruhi dunyosi pok bo`lgan, tarbiyaga quloq soladigan, savob va gunohni bilishga intiladigan, ruhi go`zallikka talpinayotgan bolalar dunyosida ishlasa m qanday bo`lar ekan, deb o`ylay boshladim va qaror ham qabul qildim, bolalar, o`smirlar dunyosiga paqqos o`tib ketdim”. Adib qalamiga mansub “Omonboy va Davronboy sarguzashti” qissasi (1974), “Sariq devning o`limi” (1973), “Besh bolalik yigitcha” (1976), “Qasoskorning oltin boshi” (1981), “Yillar va yo`llar” (1983), “Shirin qovunlar mamlakati” (1986), “Mungli ko`zlar” (1988) kabi romanlari ana shu xayrli faoliyat mevasidir. XX asr 70-80-yillarida Ekologik muammolar va ularning ijobiy yechimi Ekologik muvozanatning Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi asosan inson faoli yati natijasida, ya‘ni insonning tabiiy jarayonlarga aralashuvi kengayib va chuqurlashib borishi sababli paydo bo‘ldi . 1970-1985-yillarda bu muammo bashariyat uchun katta tashvish tug‘dirdi Insonning xo‘jalik faoliyati yildan-yilga kuchayib bordi , qo‘riq yer-lar o‘zlashtirildi ,elektr stansiyalari , zavodfabrikalar qurildi , yangi shaharlar soni ko‘paydi . Yangi yerlarning o‘zlashtirilishi,sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalari , transport faoliyatining nazoratdan chetga chiqib ketishi esa tabiatda mavjud muvozanatni buzib, noxush ekologik vaziyatnivujudga keltirdi.Butun dunyoda olimlar ekologik muvozanat buzigan, buning xavf-xatari yadro urushi xavfidan qolish-maydi , deb turgan bir paytda sovet hukumati , KPSS bizning mamlakatimizda ekologiya muammosi yo‘q, deb bu tahdidning oldini olish uchun hech qanday chora ko‘rmadi.O‘zbekiston olimlariga bu xavf to‘g‘risida gapirishga yo‘l berilmadi.Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid,barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari » asarida shunday deydi : « Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik falokatning g‘oyat xavfli zonalari -dan biri vujudga kelganligini alam bilan ochiq aytish mumkin. Vaziyatning murakkabligi shundaki , u bir necha o‘n yilliklar mobaynida ushbu muammoni inkor yetish natijasidagina emas balki mintaqada inson hayot faoliyatining deyarli barcha sohalari ekologik xatar ostida qolganligi natijasida kelib chiqqandir.Tabiatga qo‘pol va takabburlarcha munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi . Biz bu borada achchiq tajribaga egamiz. Bunday munosabatni tabiat kechirmaydi . Inson-tabiatning xo‘jayini , degan soxta sosialistik mafkuraviy da‘vo, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida ko‘plab odamlar, bir qancha xalqlar va millatlarning hayoti uchun fojiaga aylandi . Ularni qirilib ketish, genofondning yo‘q bo‘lib ketishi yoqasiga keltirib qo‘ydi ».O‘zbekistondagi barcha yirik og‘ir sanoat tarmoqlari - metallurgiya, gaz-neft,energetika, kimyo korxonalari Ittifoq vazirliklari , mahkamalari qaramog‘ida edi.Ekologiyani asosan o‘sha tarmoqlar korxonalari buzib keldi . Lekin Markaz idoralari respublika aholisi salomatligini emas balki kam sarf qilib, ko‘p daromad olishni o‘ylardi . Shuning uchun bu korxonalarning rahbarlari atrof-muhitni ifloslantirishga qarshi zarar choralar ko‘rmadi.Shaharlarda sanoat korxonalari atrof-muhitni zaharli gazlar, chiqindilar bilan ifloslantirardi.Ayniqsa, kimyo zavodlari va kombinatlari ekologik vaziyatga juda katta salbiy ta‘sir ko‘rsatardi . Bu zavodlarning xavfli tomoni shunda ediki,O‘zbekiston aslida aholi zich yashaydigan mintaqalardan hisoblanardi . Kimyo zavodlari asosan aholisi ko‘p shaharlarda qurilgan edi . Masalan, ko‘zdan kechirilayotgan yillarda Chirchiq shahrida Chirchiq elektr kimyo kombinati yoki SSSRda ahoh eng zich joy lashgan shahar hisoblangan Andijonning qoq o‘rtasida gidroliz zavodi faohyat ko‘rsatardi . Respublikaning ko‘pchilik yirik shaharlarida kimyo zavodlari ishlab turardi . Aholi zich bo‘lgan shaharlarda joylashgan mazkur korxonalar xalq xo‘jahgining u yoki bu tarmoq larini zarar kimyoviy mahsulotlar bilan ta‘minlab , ayni vaqtda atrof-muhitni ifloslantirib , respublika aholisiga, tabiatiga ekologik tahdid solardi.Atmosferaga chiqarilgan zararh chiqindilardan o‘simliklar va hayvonot dunyosi zarar ko‘rdi , havo, suv, qishloq xo‘jalik mahsulotlari zaharlandi . Kimyo sanoati korxonalarida o‘sha yillari changlarni ushlab qoladigan va gazlarni tozalaydi gan qurilmalar yetarli darajada o‘rnatilmagan edi . Bular aholi istiqomat qiladigan punktlar va sanoat mintaqalari havosining ifloslanishiga sabab bo‘lib keldi . Bu holat aholining salomatligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatdi .Sovet hukumati amalga oshirgan agrar siyosati tufayli yillar osha mustahkamlanib borgan paxta yakkahokimligi O‘zbekiston tabiati muvozanatining buzilishiga sabab bo‘ldi.Paxta yekin maydonlarining beda va oziq-ovqat ekin yerlari hisobiga kengayishi almashlab yekishni cheklab qo‘ydi.Monokultura g‘o‘zaning yoppasiga kasallanishiga ohb keldi.G‘o‘za zararkunandalari va kasal liklariga qarshi kurashda Markaz ko‘rsatmasi bilan o‘ta zaharh kimyoviy moddalar ishlatildi . 80-yillar o‘rtalarida respublikada 90 ming tonna pestisidlar qishloq xo‘jaligi-da qo‘llanildi.Zaharh moddalar bilan ishlab berish maydonlarning taxminan yarmida samolyotlarda bajarildi.Zaharli moddalarning paxta dalalariga samolyotda sepishi havoni, suvni zaharlab, aholi salomatligiga, tabiatga, hayvonot dunyosiga zarar yetkazdi.Zaharlilik darajasi yuqori bo‘lgan kimyoviy modda-butifos g‘o‘zani defolyasiya qilish uchun 20 yilga yaqin ishlatildi. Defolyasiya asosan samolyotlarda bajarilar edi. Ko‘p hollarda butifos har gektar paxta maydoniga belgilangan me‘yordan 2 -3 baravar ko‘p ishlatilardi. Zaharh butifosning defolyasiyada keng qo‘llanilishi atrofmuhitga va odamlar salomatligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatdi. Respubhka rahbar organlari 1981-yili bu zaharli kimyoviy moddadan foydalanishni taqiqladi. Biroq butifosdan g‘o‘zani defolyasiya qilishda ayrim xo‘jaliklar keyingi yiUarda ham foydalandilar.Pestisidlarni tashish, saqlash qoidalariga xo‘jaliklar yetarh ye‘tibor bermas edi. Respubhka xo‘jaliklarida pestisidlar saqlanadigan omborlarning uchdan ikki qismi zaharli kimyoviy moddalar saqlash uchun belgilangan sanitariya normalariga mos kelmasdi. Ularning ko‘plari aholi istiqomat qiladigan joylarga, transport yuradigan yo‘llarga, ariqlarga yaqin yerlarga qurilgan edi. Bu ho l odamlarning va ichimlik suvlarining zaharlanishiga olib keldi. O‘sha davrda qishloqlarda vodoprovodlar juda kam bo‘lganligi tufayli ko‘pchihk qishloq aholisi ariq va hovuzlardan suv ichar edi. Pestisidlarni saqlash va qo‘llash qoidalariga rioya qilmas li k ariq suvlarining zaharlanishiga, aholi orasida sariq, anemiya (kamqonlik), sil, yurak-qon-tomir va boshqa og‘ir kasalliklarning keng tarqahshiga olib keldi.O‘zbekistondagi irrigasiya tarmoqlarining ko‘p qismi zamonaviy texnik talablarga javob bermas edi. Ariqlarning suv shimilishiga qarshi qoplamalari yo‘qligi natijasida suvning ko‘pi yerga singib ketardi. 1978-1982-yillarda respubiikamizda har gektar yerga sarflangan suvning o‘rtacha miqdori normadagidan ikki baravar ko‘p bo‘ldi. Markaziy idoralar aybi bilan Orol dengizi havzasida tashvishi va halokatli murakkab ekologik vaziyat yuzaga keldi. O‘zbekistonda yuzlab, minglab gektar yerlarning mel iorativ holati yomonlashdi. Natijada umumdavlat manfaatlariga ham, milliy manfaatlarga ham mos bo‘lmagan ahvol vujudga keldi.Ana shunday bir sharoitda qurilgan suv omborlarining ta‘siri ahvolni og‘irlashtirdi. Uzoq yillar qishloq xo‘jalik muammolari bilan shug‘ullangan akademik M. Muhammadjonovning ma‘lumotlariga qaraganda, jamiyatimizda ekologik fojianing yuzaga kelishida, ya‘ni atrof-muhitning yomonlashuvida suv omborlarining ham ulushi bor. Markaziy Osiyodagi eng yirik Tuyamo‘yin suv ombori kuybishevlik loyihachilar takrifiga asosan Sulton Sanjar tuz koni va ko‘mko‘k o‘rmonzorlar usti -ga qurildi. Oqibatda asrlar davomida Xorazm vohasini tuz bilan ta‘minlab kelgan kon suv ombori tagida qolib ketdi. Ombordagi sho‘r suv esa vohaning paxta dalalari tomo n oqizildi.Bu esa Xorazm viloyatida ekologik vaziyatni juda og‘irlashtirib yubordi.1985-yilga kelib suv omborlari soni yana ham ko‘paydi. Ularning ta‘siri ostida daryolarning suvi tarkibida tuz va zaharli moddalar ko‘payib ketdi. Natijada yerlarning sho‘rlanishi milliy fojia sifatida har tomonla-ma xavf sola boshladi. Namangan yerlarining 48 foizi, Andijon yerlarining 23 foizi, Sirdaryo yerlarining foizi kuchli sho‘rlandi. Respubiikamizda l,5 mm gektardan ortiq yerlar sho‘rlangan edi.Suv inshootlarini kengaytirib borish respublika iqti sodiyoti uchun muhim ahamiyatga ham ega bo‘ldi. Qo‘riq yerlar suv bilan ta‘minlandi, yangi yerlar tashkil yetildi. Biroq ular iqtisodiy samara berishdan tashqari sal biy ta‘sir ham ko‘rsatdi, ularning natijasida yer osti suvlarining sathi yuqoriga ko‘tarilib,haydaladigan yerlarni sho‘r va botqoq bosdi, bog‘ -rog‘lar va tokzorlar qurib qoldi.Orol dengizi fojiasi sovet hukumati va KPSSning atrof-muhit, tabiiy resurslardan foydalanishda o‘ylamasdan yuritgan siyosati natijasi bo‘ldi. Buning bosh sababi Amudaryo va Sirdaryodan sug‘orish uchun haddan tashqari ko‘p suv olish edi. Bu holat Orol dengizining qurib borishiga olib keldi va Markaziy Osiyo mintaqasi hamda qo‘shni davlatlar ekologiyasiga misli ko‘rilmagan tarzda salbiy ta‘sir ko‘rsatdi.Islom Karimov Orol fojiasi haqida shunday degan: «Markaziy Osiyoning hududi bo‘ylab sug‘orish tizimla-rini jadal sur‘atda qurish ko‘plab aholi punktlariga va sanoat korxonalariga suv berish barobarida keng ko‘lamdagi fojia - Orol halok bo‘lishining sababiga ham aylandi. Yaqin-yaqinlargacha cho‘ l -u sahrolardan tortib olingan va sug‘orilgan yangi yerlar haqida dabdaba bilan so‘zlanardi. Ayni chog‘da ana shu suv Oroldan tortib olinganligi, uning «jonsizlantirib qo‘yilganligi» xayolga kehnasdi. Yendilikda Orolbo‘yi ekologik kulfat hududiga aylandi».Suvning tobora kamayib ketayotgani va sifatining yomonlashuvi tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosidagi o‘zgarishlarga, baliqni qayta ishlash sohasining yo‘qolib ketishiga, shuni ngdek, sug‘oriladigan yerlar samaradorhgining pasayishiga olib keldi. Ekologik vaziyatning yomonlashuvi Orol dengizi havzasidagi 35 millionga yaqin aholining tunnush sharoitiga, ularning salomatligi-ga bevosita va bilvosita salbiy ta‘sir ko‘rsatdi, xo‘jal ik faoliyatini buzib yubordi. Bularning barchasi mazkur mintaqadagi migrasion jarayonlarning kuchayishiga olib keldi.Mustabid sovet tazumining mudhish xatosi bo‘lgan Orol fojiasi kun sayin murakkablashib boraverdi. Orol dengizi suv rejimining buzilganligi, sathining halokatli darajada pasayganligi va 2,2 mln gektardan ortiq sho‘rxok maydonning qurishi Qoraqalpog‘iston uchun, butun O‘zbekiston va qo‘shni respublikalar uchun ekologik kulfat bo‘ldi.Orol dengizining chekmishi natijasida bu mintaqada tuz-qumli bo‘ronlar soni bir necha baravar oshdiki, nati jada har uSh osmonga 70 mln t dan ziyod zaharli aralashmalar ko‘tarildi.O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati va Turkmanistonning Toshhovuz viloyatining har gektar yeriga yiliga 600-700 kg dan tuz-qum changlar yog‘ilardi. Ko‘zdan kechirilayotgan yill arda Orol dengizining qurib borishi Orolbo‘yi respub likalari, shu jumladan, O‘zbekiston uchun ham katta iqtisodiy zarar keltirdi. Amudaryo quyi oqimi mintaqasida baliqchihk, ondatrachilik,ovchilik xo‘jaliklari deyarli yo‘q bo‘lib ketdi. Paxtachilik va chorvachilik 1980-1985-yillarda har yili 30 mln so‘mdan ortiqroq zarar ko‘rdi.Biroq pul bilan o‘lchab bo‘hnaydigan ijtimoiy ziyon-lar ham borki, ularni raqamlarda ifodalab bo‘hnaydi. Bu inson salomatl igidir. Orolbo‘yi mintaqasida vujudga kel gan og‘ir vaziyat yerli xalq ahvolini nihoyatda tang qilib qo‘ydi. Bu yerda turli xil kasalliklar ko‘paydi. yosh bolalar o‘rni ortib bordi. Nogiron tug‘ilgan bolalar soni ham ortdi, bir yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida o‘lim har ming bolaga nisbatan 1980-yildagi 46,5 nafardan Yuqumli kasalliklar bilan, ayniqsa, sil bilan og‘riganlar soni oshdi.Orolbo‘yi mintaqasida vujudga kelgan og‘ir ekologik vaziyatda, ayniqsa, bu dengizga yaqin bo‘lgan Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Chimboy kabi shaharlar va ular atrofidagi qishloqlar ko‘p aziyat chekdi. 70-yillar boshlarida ham baliqchilik bilan nom chiqargan mo‘ynoqliklarning ko‘p chiligi oradan o‘tgan o‘n yil ichida ishsiz,nochor ahvo1-ga tushib qoldi. Shahar rivoj topib turgan paytlarda boshqa joylardan kelib qolgan ahoUning 80 - 90 mingdan ortiqrog‘i so‘nggi vaqtdagi ekologik talafot tufayli yana o‘z yurtlariga qaytib ketdi. Qiyinchihklarga qaramasdan o‘z yerida qolgan bardoshli mahalhy xalq murakkab muammolar iskanjasida qoldi.Orol fojiasi oqibatlariga to‘xtalib, Islom Karimov shunday degan: «Orol dengizining qurib borishi va shu jarayon tufayli Orolbo‘yi mintaqasidagi tabiiy muhitning buzi lishi ekologik fojia sifatida baholanmoqda7. Chang va tuz bo‘ronlarining paydo bo‘lishi, faqat Orolbo‘yida emas balki dengizdan ancha naridagi bepoyon hududl arda yerlarning cho‘lga aylanishi, iqlim va landshaftning o‘zgarishi - bular ana shu fojia oqibatlarming to‘liq bo‘hnagan ro‘yxatidir».Sovetlar saltanatining O‘zbekistonda olib borgan qabohatli mus tamlakachilik siyosati, boylik orqasidan quvish, ishlab chiqarishning yekstensiv yo‘ldan rivojlantirilishi, paxta yakkahokimligi, turli xildagi ximiyaviy zaharli moddalaming ishlab chiqarilishi va ulaming qishloq xo‘jaligida haddan ziyod ishlatilishi mamlakatimizda ayniqsa 80-yil larda halokatli tus olgan ekologik buhronni keltirib chiqardi. Aslida shu pul berilmagan edi. «Inqilo!ydohiysi» bu ajratilgansummani Mirzacho‘l yerlarini o‘zlashtirishga sarflashni nazarda tutib, o‘tgan asming 70-yillarda bu hududlarni «ilmiy tadqiqot» qilgan rus olimi N.F.Ul yanov, P.P.Semyonov-Tyanshanskiy xulosalariga suyangan. Ayni paytda Markaziy Osiyo sharoitidagi tog‘ relefi, dasht zonalarining yaqinligi, yuqori quyosh harorati va boshqa shuning singari geografik va iqlimiy xususiyatlar yildan yilga ortib bordi. Urbanizasiya jarayoni kuchayib sug‘orma qishloq xo‘jalik yekinlari maydonlari kengaydi, kommunikasiyalar o‘tkazildi, o‘rmonlar kesib yuborildi, suv resurslaridan oqilona foydalanilmadi, yerosti qazilma boyliklari ochiq usulda qazib olindi. Bu ishlar amalda tabiatga nisbatan shafqasizlik, zug‘um edi. Tabiat ham albatta insondan o‘ch olishi tabiiy bir holdir. O‘zb ekiston ekologiyasining buzilishini quyidagi tabiiy holatlar belgilaydi:Birinchidan, atmosfera havosining haddan tashqari bulg‘anayotganligidandir.O‘zbekiston shaharlarining deyarlik hammasida havo ning ifloslanish darajasi sanitariya talablari darajasidan ancha yomonlashdi. Bu ayniqsa O‘zbekistonning sanoat markazlarida xavfli tus oldi.Jumladan olimlaming hisob -kitoblariga qaraganda havoga chiqarilayotgan zaharli gazlar Olmaliq shahri aholisining har biriga 1374 kg, Farg‘onada 676, Navoiyda 606, Angrenda 509 klogrammdan to‘g‘ri kelar yekan. Andijon, Guliston, Qo‘qon, Qarshl, Toshkent, Chirchiq va boshqa shaharlar havosi eng ifloslangan soaharlardan hisoblanadi8. 1990 -yilda respublika ahohsining har bmga hisoblaganda zaharli moddalar chiqiti 203 kilogrammni tashkil yetgan. Bu zaharli moddalarning asosiy manbalari sanoat korxonalari va transport vosi talaridir. O‘zbekistonnig sanoat korxonalan har ylli millon tonna, avtotransportdan 2,2 million tonna. zaharli chiqindilar tarqatgan.Birgina Toshkent shahri transporti yiliga 360 ming tonnadan ortiq turli chiqindi gazlarn atrofga purkadl. Ular tarkibida 100 xildan ortiq zaharli moddalar mavjud edi.Zaharlanish faqat shaharlargagina xos bo‘lmasdan O‘zbekiston qishloqlarida ham xavfli tus oldi. Ayniqsa qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan zaharli ximikatlar tablatm xarob qlldl. 1987-1990-yillarda dehqonchilik maydonlarida pestisidlardan foydalamsh. har gektar erga 19,5-24 kilogrammdan bo‘lgan holda 79-84 ming tonnani tashkil yetdi. Jami bo‘lib qishloq xo‘jaligida 70 xilga yaqin turli zaharli kimyoviy moddalar ishlatildi. Ye‘tiborli joyi shundaki, bu zaharh kimyoviy moddalaming faqat lfoizigina zararkunanda hasharotga ta‘sir qilar yekan, qolgan 99 foizi tuproq, yer, suv, havo, o`simlik va boshqa oziq -ovqat mahsulotlarini zaharlagan.Ahvol shu darajada fojiali tus oldiki, g‘o‘zalarni defolyasiya qilish bahonasida ming-ming tonnalab zaharli ximikatlarni odamlar boshi uzra samolyotlarda sepildi. Bu har qanday fashizmdan ham dahshatliroq fojia edi. O‘zbekiston ekologiyasi buzilishining ikkinchi sababi bu suvga bo‘lgan munosabat bilan bog‘liqdir. Sovetlar hukumatining ochko‘zligi, Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq, Zarafshon daryolari suvlaridan hisob -kitobsiz foydalanish oxiroqibatda Orol fojiasini keltirib chiqardi. Ayniqsa, Amu va Sirdaryoga keyingi 20-30-yil davomida kollektor-zovur sanoat va kommunal xo jaliklammg tashlandiq va zaharlangan suvlarni oqizishlari bu fojiani yanada kuchaytirdi .. Shu davrda Orolning suv hajmi 60 foizdan ortiq kamaydi, Uning quruqlikka aylangan sathi 2 million gektami tashkil yetadi. Ilgan tuz miqdori har bir litr suvda 9 grammgacha bo‘lgan bo‘lsa, 90-yillar boshlarida u 2,53 barobar ortdi.Aholi dengiz atroflaridagi o‘z makonlarini tashlab ketishga majbur bo‘ldilar. Masalan, Mo‘ynoq tumanida aholi 50-yil larga nisbatan ikki barobar kamaygan. Orol fojiasi tufayli o‘simlik va hayvonot dunyosi ham halokat yoqasiga kelib qoldi. 1970-yillardan keyingi davrda faqat Amudaryo mansabida qamishzorlar maydoni 7 barobar kamaydi, 50 dan ortiq ko‘l qurib bitdi. Ekologik qabohatning uchinchi sababi tuproq tarkibining o‘zgarishi bo`ldi. O`zbeklstonda 1990-yilga kelib o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan yerlar 853 ming gektami tashkil yetdi. Tuproq tarkibining o‘zgarishiga hisob -kitobsiz ishlatilgan mineral o‘g‘itlaming halokatli ta‘siri ham katta bo‘ldi. Chunki mutaxassis olimlaming xulosalariga ko‘ra fosfor o‘i‘iti bilan birgalikda tuproqqa ftor, uran,toriy, og‘ir metall tuzl.ar hayn o‘tar yekan. Ekologiya buzilishining to‘rtinchi sababi, respublika hayvonot va nabotot olamining o‘zgarishi bo‘ldi. O‘zbe kistonda yovvoyi hayonlaming - 99, parrandalarning - 410, baliq larning - 79 turi mavjud. 1990-yilga kelib 32 hayvon, 31 parranda, 5 baliq respublika «Qizil kitobi»ga kiritilgan. «Qizil kitob»ga kiritilgan o`simliklarning soni esa 163 taga yetdi. Mamlakatdagi ekologik qabohat aholi o‘rtasida har xil kasalliklaming ko‘payishiga olib keldi va katta fojialarga sabab bo‘ldi. Katta yoshdagi kishilar va o‘smirlar o‘rtasidagi umumiy kasallanish 1976yildagi 2466,5 kishidan 1990-yilda 3598,6 kishiga yetdi. Ma‘lumotlarga ko‘ra, 1989-yilning o‘zidagina asab sistemasi, teri, teri osti hujyralari kasalliklari 1,4 barobar, qon aylanishi sistemasining kasallani sh l,3 baravar ko‘paygan9. Faol sil kasalligiga chalinish 3 foiz oshgan.Oshqozon-ichak, virusli gepatit kasalliklari ko‘paydi, har xiI shish kasalliklari kelib chiqdi. Xotin-qizlarda kamqonlik kasalligi avjiga mindi, bolalar o‘limi ko‘paydi.Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat og‘ir bo‘lgan mintaqalar Orolbo‘yi, Toshkent viloyati, ayniqsa Angren, Olmaliq, Chirchiq va Toshkent shahrida, Farg‘ona vodiysining ko‘pgina shaharlarida turli kasalliklarga chalinish yuqori darajadadir «Oro1-88» ekspedisiyasi a‘zolarining bergan ma‘lumotlariga qaraganda Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatov tumanida har 1000 go‘dakdan 260 tasi nobud bo‘lgan. O‘zbek ayollarining 80 foizi kamqonlik kasal ligiga chalingan, har uch nafar o‘zbek yigitlaridan bittasi salomatligi tufayli harbiy xizmatga noloyiq deb topilgan. O‘zbekistonda har yili ruhiy nuqsonli 6 mingdan ortiq bola tug‘ilardi.Xullas, 90-yillarda mamlakat boshiga tushgan ekologik qabohat uzoq davom etishi mumkin emas edi. Vujudga kelgan og‘ir vaziyat yaxlit ijtimoiy-adolatli ekologik siyosat yuritishni talab qilayotgan edi. XULOSA Ajdodlarimiz hayotini, tarixiy jarayonlarni tahlil qilish, yoritish, o'rganishda Vatan manfaati nuqtayi nazaridan yondashish, milliy istiqlol g'oyasi tamoyillariga tayanmoq lozim.Vatanimiz tarixini o'rganishda O'zbekiston Respublikasi Prezi-denti Islom Karimovning asarlari, ma'ruza va nutqlari, farmon va farmoyishlari, mustaqillik davrida qabul qilingan qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlar muhim nazariy- metodologik asos bo'lib xizmat qiladi.Tarixni o'rganishda yuqorida qayd etilgan metodologik tamoyillar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, falsafiy tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlarni o'tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalanish zarur.Vatanimiz tarixini tadqiq yetish, o'rganishda uni to'g'ri davr-lashtirishning ahamiyati kattadir. Sovetlar hukmronligi davrida sobiq SSSR tarkibidagi yuzdan ortiq xalqlar tarixi, jumladan, Vatanimiz tarixi sinfiy kurash, inqilobiy harakatlarga asoslangan marksistik formatsion g'oyaga bo'ysundirilgan holda davrlashtirildi. Barcha xalqlar tarixi besh davrga: ibtidoiy jamoatuzumi, quldorlik tuzumi, feodalizm, kapitalizm, sotsializmga bo'lindi. Bunday davrlashtirishning maqsadi «jamiyat taraqqiyoti insoniyatni albatta kommunizmga olib boradi» degan g'oyani ilgari surish va oqlashdan iborat edi. Bu g'oyaning qanchalik to'g'riligi XX asrda ko'pgina xalqlar taqdirida sinab ko'rildi, pirovard natijada salbiy oqibatlarga olib keldi. Hammani tenglashtirish g'oyasi amalda kambag'allar, yo'qsillar uchun erkin va farovon turmush yaratolmadi, mulkdorlar, badavlat tabaqalarni kambag'allar, yo'qsillar darajasiga tushirdi. Jamiyatda ommaviy loqaydlik, boqimandalik kayfiyatini keltirib chiqardi. Shu bois, insoniyat XX asr oxirlariga kelib bu soxta g'oyani o'z yelkasidan uloqtirib tashladi, butun dunyoda «sinfiy qadriyatlar»dan milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi e'tirof etildi Download 85.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling