I. Kirish II. Asosiy qism a O’zbekistonda XX asr 70-yillaridagi Iqtisodiy ahvol b


Download 85.6 Kb.
bet1/4
Sana03.12.2023
Hajmi85.6 Kb.
#1796905
  1   2   3   4
Bog'liq
70-YILLAR


Mavzu:XX asr 70-yillarida yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar davri tarixshunosligi
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
a) O’zbekistonda XX asr 70-yillaridagi Iqtisodiy ahvol
b) XX asr 70-yillaridagi O'zbekislonning ijtimoiy-siyosiy hayoti
c) XX asr 70-yillarida Ekologik muammolar va ularning ijobiy yechimi
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Mustaqillik qo’lga kiritilgach.O‘zbekiston brinchi Prezidenti I.A.Karimov 1998-yil tarixchi olimlar bilan uchrashuvidagi maruzasida Tarixchilarga shunday takidlaydi: «madomiki o‘z tarixini bilgan undan ruxiy quvvat oladigan halqni yengib bo‘lmas ekan,biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz,xalqimzni millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur,tarix bilan qurollantirish,yana bir bor qurollantirish zarur.Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16-dekabrdagi «O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish» to‘g‘risidagi hamda «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 1998 yil 27 iyuldagi qarorlari juda katta ahmiyatga ega bo‘ldi1. Qarorda tarix soxasida o‘z yechimini kutib yotgan asosan nazariy va amaliy masalalar bilan bir qatorda «jamiyat taraqqiyotining asosi,uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch»-marifatning asosiy ustunlaridan biri bo‘lgantarix fanini rivojlantirish maqsadida,Vatan tarixining dolzarb muommolarini yorituvchi davriy to‘plam nashr etish ko‘zda tutilgan edi. Undan tashqari qarorda yana bir asosiy masala tarix fanida «o‘zbek halqining tarixi,uni o‘rganish davlatchiligi tarixi, jumladan xalqning ijtimoiy- iqtisodiy,madaniy tarixini yoritishga ham katta etibor qaratildi Tarix fanida muhim,hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalardan biri, O‘zbekistonning XX asr 70-yillarida ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi sodir bo’layotgan o’zgarishlar, ularning bosqichlari, sabablari hamda ularning halqimiz hayotiga olib kelgan salbiy oqibatlari masalasidir.Chunki XX asr 70-yillarida butun SSSR bo’ylab turli iqtisodiy muammolar yuzaga kelayotagan edi.Buning asosiy sababi qurollanish poygasiga bog’lanib qolgan SSSR ning iqtisodiyoti jar yoqasiga kelib qolgan edi.Markaz esa bu muammolarning yechimini Zahmatkash mustamlakalar yelkasiga tashlagan edi.

Download 85.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling