Mavzu: O`zbek davlatchiligi tarixi faniga kirish


Download 190.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana28.10.2023
Hajmi190.73 Kb.
#1731297
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 ma\'ruza



Mavzu: O`zbek davlatchiligi tarixi faniga kirish.
Reja: 
1. Davlat tushunchasi, mohiyati, belgilari, tiplari, shakllari, funktsiyalari.
2. O`zbek davlatchiligi tarixi fanining predmeti. 
3. Maqsad va vazifalari. 
4. O`zbek davlatchiligi bosqichlari. 
Adabietlari: 
1. Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T.,»Sharq»1998. 
2. Karimov I.A. O`zbekstonning o`z istiqlol va taraqqiet yo`li. T.»O`zbekiston», 
1992. 
3. O`zbek xalqi va davlatchiligi tarixi kontseptsiyasi.\\ O`zbekston tarixi, 1999 yil, 
1-son. 
4. Azamat Zie. O`zbek davlatchiligi tarixi. T. «Sharq». 2000. 
5. Sagdullaev A. va boshq. O`zbekston tarixi: davlat va jamiyat taraqqieti. T., 
«Akademiya», 2000. 
6. Shamsutdinov R., Karimov SH., Xoshimov S . Vatan tarixi. T.Sharq. 2016 
7. Eshov B. O`zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi. Toshkent - 2012 
Davlat ibtidoiy jamoa tuzumining emirilishi, sinflarning paydo bo`lishi 
bilan hukmiron sinfning qurali sifatida unga qarshi kurashish uchun maydonga 
chiqdi. Davlatning iqtisodiy sohadagi mohiyati ishlab chiqarish vositalariga 
egalikni bildirsa, siesiy hukmronlik butun aholining davlat apparati va muayyan 
qonunlar erdamida hukmron sinf uchun barchani bo`ysinishga majburiyatidan 
iboratdir. 
Davlatning belgilari: 
1. Aholining hudududiy belgilari bo`yicha bo`linishi. 
2. Ommaviy hokimiyatining paydo bo`lishi. 
3. Soliqlarning mavjudligi. 
4. Huquqning mavjudligi. 
5. Siesiy hokimiyatining mavjudligi. 
Davlat tiplari: Davlat va huquq nazariyasida davlatni tiplarga ajratishda yagona 
endoshuv yo`q. Tiplar shartli ravishda quydagilarga: 
1. Monarxiya- oliy davlat hokimiyatining monarx tomonidan idora qilinishi. 
2. Respublika- davlatdagi oliy hokimiyat muayyan muddatga saylanadigan 
organlar orqali ifodalanadi. 
3. Oddiy eki unitar -davlat suverenitetini amalga oshiruvchi yagona davlat 
hokimiyati mavjud bo`ladi. 
4.Murakkab davlat mustaqillikdan foydalanuvchi alohida davlat tuzilmalaridan 
iborat bo`lgan davlat (imperiya, federatsiya kabilar 
5. Imperiya- zo`rlik eki kuch ishlatish yo`li bilan tashkil etilgan murakkab 
davlat. 
6. Federatsiya- ixtieriylik asosidagi bir necha davlatlar tuzilmasidan iborat davlat. 
7. Konfederatsiya- davlatlar ittifoqi. 
8. Davlatlar hamdo`stligi.


Funktsiyalari: davlatning funktsiyasi uning vazifalari va maqsadlari bilan 
mustahkam bog`liqdir. Shundan kelib chiqqan holda davlat funktsiyalari: Ichki 
funktsiyalarga va Tashki funktsiyalarga bo`linadi. 
O`zbek xalqi davlatchiligi,dastlabki siesiy tizimlar o`rtoq, sun`iy sug`orma 
dexkonchilik va chorvachilik xo`jaligi zaminida bronza asridaeq Amudare va 
Sirdare xavzalarida vujudga kela boshlagan. Uning tadrijiy davomida millodan 
avvalga I ming yillik boshlarida yirik davlat uyushmalari sifatida rivoj topgan:
-O`zbek xalqi va davlatchilik tarixi salkam 3000 yillik tarixga ega bo`lib, 
umumjaxon tarixining ajralmas qismi bo`lib kelmoqda, tu`rli nomlar bilan atalishi, 
sulolarning almashinuvi va o`zgarishlari uning butunligini va moxiyatini 
o`zgartirmaydi: 
-O`zbek halqi O`zbekistonning mahaliy tub axolisi bo`lib, ularning tarixi eng 
qadimgi davrlarga borib taqaladi: 
-O`zbekiston xududida yashagan xalqlar jaxon tsivilizatsiyasiga ulkan hissa 
qushib kelganlar: 
Yuqorida keltirilgan jaraenlarning tahlili o`zbek davlatchiligi tarixining 
predmetini tashkil etadi. 
O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish jaraenida o`tmishning 
tarixiy tajribasi, o`zbek xalqining qadimiy davlatchilik an`analari beqies axamiyat 
kasb etishi O`zbekston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning asarlarida o`z 
aksini topgan. Shundan kelib chiqqan holda, o`zbek davlatchiligi tarixini xolisona, 
xaqqoniy ravishda yaratish maqsadi belgilangan. Vazifasi esa quydagilardan 
iborat: 
-O`zbekistonda ilk shaxar madaniyatining shakllanishi va eng qadimgi 
davlatchilikning kelib chiqishda azaliy o`rtoq aholining madaniyati hal etuvchi 
omil bo`lganligi ko`rsatib berish. 
-Miloddan avvalgi IX-VIII hamda VII-VI asrlarda ilk davlatchiligimiz 
taraqqieti jaraenlarini chuqur va izchil tadqiq qilish va boshqalar. 
Mavjud ma`lumotlarga asosan, o`zbek xalqi tarixida davlatchilik tizimiga 
o`tish bosqichi, O`zbekston xududlarida ilk davlatlarning shakllanish va rivojlanish 
jaraeni bosqichlari quyidagi davrlar bilan belgilanadi: 
1. Bronza davri. Miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmi 
va o`rtalari. Unchalik katta bo`lmagan dexqonchilik vohalari asosida ilk 
davlatchilik tizimga o`tish davri. 
2. Bronza davridan temir asriga o`tish davri. Millodan avvalgi IX-VIII 
asrlar. Mayda davlat tashkilotlorining rivojlanishi va yirik harbiy-siesiy 
uyushmalarining vujudga kelishi. 
3. Ilk temir davri Miloddan avvalgi VII-VI asrlar. Qadimgi Xorazm va 
Qadimgi Baktriya kabi yirik davlat uyushmalarning shakllanishi. 

Download 190.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling