Mavzu: O`zbek davlatchiligi tarixi faniga kirish


Davlat boshqaruvi tushunchasi va boshqaruv tasnifi


Download 190.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana28.10.2023
Hajmi190.73 Kb.
#1731297
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 ma\'ruza

Davlat boshqaruvi tushunchasi va boshqaruv tasnifi 
Tadqiqotlarga ko`ra, jamiyatdagi inson faoliyati ta`sirida ro`y beradigan 
jarayonlar hamda voqea-hodisalar bevosita boshqaruv faoliyati bilan bog`liq holda 
kechadi. Boshqaruv – bu muayyan jamoa yoki tashkilot a`zolarining faoliyat 
yo`nalishini ta`minlaydigan, butun tashkilot va uning bo`limlarini belgilangan 
maqsad doriasida ushlab turadigan, faoliyat turlariga ko`ra, jamiyatning barcha 
jabhalarida o`ziga xos tuzilmaga ega bo`lgan, muayyan rahbar kadrlar tomonidan
amalga oshiriladigan vazifadir. 
 
İjtimoiy jarayonlar va boshqaruvning paydo bo`lish asoslari 
Shuning uchun ham lotincha “adminis-tratio” atamasi rahbarlik qilishni 
(kimgadir, nimagadir), boshqaruvni anglatadi. Boshqaruv – tegishli ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo`lgan maqsadlarga erishish yo`lida amalga oshiriladigan 
faoliyatlarni o`zida mujassam etadi.
Hozirgi kunda boshqaruv nafis san`at, shafqatsiz musobaqa, yuksak ilm-fan 
bilan barobar bo`lib, soha tadqiqotchilarining fikricha, zamonaviy boshqaruv 
vazifalari tizimi quyidagicha belgilanishi mumkin:
1. Tashkil etilgan tashkilot (jamoa, birlashma, idora va h.k.) rahbari va 
etakchisi sifatidagi faoliyati, a`zolarning birlashuvi. 
2. O`zaro hamkorlik – muloqotni yo`lga qo`yish va doimiy muloqot. 
3. Axborotni qabul qilish, saralash va tarqatish. 
4. Yangi texnologiyalarni muntazam joriy etib borish. 
5. Mavjud zahiralarni taqsimlash. 
6. Qoida bo`zilishlarining oldini olish va kadrlar qunimsiz-ligini boshqarish.
7. Mo`zokaralar olib borish, shartnomalar tuzish. 
8. İnnovatsiyalar o`tkazish, raqobatbardosh loyihalar ishlab chiqish. 
9. Doimiy reja asosida ish olib borish (rejalashtirish). 
10. Xodimlar faoliyatini nazorat qilish va ularni yo`naltirish bo`yicha 
mutaxassis amalga oshirishi mumkin va lozim bo`lgan vazifalarning barchasi 
emas. Bulardan tashqari, boshqaruvchi reklama ishlari, qo`shimcha mablag`lar 
undirish, tashqi aloqalar (turli ko`rinishlarda) ni yo`lga qo`yish kabi faoliyat turlari
bilan ham shug`ullanishlari lozim bo`lgan vazifalarnnng barchasi emas. Bulardan 
tashqari, boshqaruvchi reklama ishlari, qo`shimcha mablag`lar undirish, tashqi 
aloqalar (turli ko`rinishlarda) ni yo`lga qo`yish kabi faliyat turlari bilan ham
shug`ullanishlari lozim bo`ladi.
Tadqiqotchilar insonning hayotning turli jabhalariga ta`sir ko`rsatish nuqtai 
nazaridan quyidagi boshqaruv turlarini ajratib ko`rsatadilar:
1. Hayvonot va o`simlik dunyosiga zarur shaklda ta`sir ko`rsatish yo`lini 
tanlash bilan bog`liq bo`lgan biologik boshqaruv
2. Texnologik jarayonlar, mexanizmlar va shunga o`xshash holatlarni
boshqarish bilan bog`liq texnologik boshqaruv
3. İnsonning insonga ta`sir qilish vositalarini shakllan-tiruvchi jamiyat 
boshqaruvini nazarda tutadigan ijtimoiy boshqaruv. İjtimoiy boshqaruv o`z 
xususiyatlari bilan qolgan ikkita boshqaruv turlaridan ajralib turadi. 


Hozirgi kunda jahon xalqlari o`rtasida integratsiya jarayon-larining tobora 
chuqurlashib borishi, iqtisodiy munosabatlar, axborot almashinuvi, yangi 
texnologiyalarning jadallik bilan kirib kelishi har bir to`zum, jamiyat, tashkilot 
yoki jamoa oldiga o`z faoliyatlarini ushbu hodisalarning buguni va kelajagini 
hisobga olgan holda tashkil etish vazifasini yuklamoqda. Shunga qaramasdan, 
boshqaruv organlarining faoliyat yuritishi hech qachon o`z ahamiyatini
yo`qotmaydi. Davlatdagi boshqaruv organlari mavjud erda esa, tabiiyki rahbar
kadrlar ish olib boradi. 
Davlatning qonunlar asosida ish yuritishi va mehnatni samarali tashkil etishi 
ma`lum tashkilotlar, jamoalar, idoralarning yashovchan-ligini ta`minlovchi 
omillari sifatida maydonga chiqadi. Ushbu omillarga ajralmas darajada bog`lanib 
ketgan uchinchi omil – bu davlat boshqaruvida rahbarlik faoliyatidir. Tashkilot 
taraqqiyoti va uning barcha munosabatlari, shu jumladan, tashkilotning ichki 
munosabatlari ham uni boshqarayotgan rahbar yoki tashkilot tizimida faoliyat 
ko`rsatayotgan turli darajadagi rahbarlar – rahbariyatning xatti-harakatlari
natijasida amalga oshadi. Shuning uchun ham tashkilot samarali mehnat va uni
rag`batlantirishni yo`lga qo`ymasa, rahbar tashkilotga munosib faoliyat
yuritmasa, u tanazzulga uchraydi.
Aynan mana shu sabablarga ko`ra hozir biz yashayotgan jamiyatda rahbar 
kadrlar faoliyatini nazorat qilishda amaliy ish olib boruvchi tizimlar – komissiya, 

Download 190.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling