Mavzu: O`zbek davlatchiligi tarixi faniga kirish
Boshqaruvdagi qonuniylik va tartib-intizom
Download 190.73 Kb. Pdf ko'rish
|
1 ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vakolatlar – davlat organi yoki mansabdor shaxslarning belgilab qo`yilgan vazifa-vakolatlarini bajarish uchun ularga berilgan huquq va majburiyatlar yig`indisidir. Vazifa
Boshqaruvdagi qonuniylik va tartib-intizom. Huquqiy davlat va fuqarolik
jamiyatining demokratik qadriyatlari hukmron bo`lgan hozirgi davrda erkin va mas`uliyatli shaxslarni kamol toptirish uchun davlat boshqaruvining ijtimoiy munosabatlarini tartibga solish boshlang`ich nuqta bo`lib xizmat qiladi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruvga huquqiy hodisa sifatida qarash davlat boshqaruvining ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishning asosiga aylanadi. Tadqiqotlarga ko`ra, insonlar ijtimoiy hayoti faoliyatining turli ko`rinishlari huquq yordamida ularning shaxsiy, jamoaviy va jamoatchilik aloqalarida tartibga to`shadi. İjtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish amaliy va bunyodkorlik ahamiyatiga ega bo`lib, shaxsiy va jamoaviy, xususiy va ijtimoiy, shaxsiy va jamoatchilik manfaatlarini o`zaro murosaga keltiradi. Davlat fuqarolikning huquqiy asoslari bilan bog`liq jamiyat shakli, insonlar hamjamiyati sifatida, hokimiyat va boshqaruv vazifalarini amalga oshirish bilan band professionallar apparati sifatida huquqiy majburlash mexanizmlaridan foydalangan holda ijtimoiy munosabatlarni normallashtirish va umumiy ehtiyojlar, manfaat va farovonlikka uyg`unlashtirish maqsadida o`zining boshqaruvchilik, tashkil etuvchilik va tartibga soluvchilik borasidagi ta`sirini o`tkazadi. Davlat boshqaruvining huquqiy munosabatlari – bu davlat va jamiyat ishlarini boshqarish zarurati munosabati bilan davlat hokimiyatini amalga oshiradigan, huquq me`yorlari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlardir. Ushbu munosabatlardan huquqiy me`yor shakllanadi. Huquqiy me`yor – bu davlat tomonidan o`rnatilgan, davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan, o`zgaradigan va barham topadigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish maqsadlarini ko`zlaydigan xatti-harakat qoidalaridir. Huquqiy me`yorning o`ziga xos tomoni shundaki, sub`ektlarning davlat tomonidan belgilab qo`yilgan xatti- harakat qoidalari ma`muriy choralar va tartib-intizom mas`uliyati bilan himoya qilinadi. Huquqiy munosabatlar sub`ektlari – bu ma`lum harakatlar sodir etish huquqi va majburiyatiga ega bo`lgan shaxslardir. O’zining mazmun-mohiyatiga ko`ra huquqiy munosabatlar moddiy (boshqaruv sohasida paydo bo`ladigan) va protsessual (boshqaruv jarayonida uni amalga oshirish qoidalarini tartibga solgan holda shakllanadi) huquqiy munosabatlarga bo`linadi. Moddiy munosabatlar protsessual munosabatlar vositasida tartibga solinadi. Davlat boshqaruvida vakolatlarni belgilash va ularni amalga oshirish uchun tegishli shaxslarga davlat-hokimiyat vakolatlarini berish – davlat boshqaruvini huquqiy tartibga solishning muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Vakolatlar – davlat organi yoki mansabdor shaxslarning belgilab qo`yilgan vazifa-vakolatlarini bajarish uchun ularga berilgan huquq va majburiyatlar yig`indisidir. Vazifa- Download 190.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling