Mavzu: O`zbek davlatchiligi tarixi faniga kirish


Download 190.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana28.10.2023
Hajmi190.73 Kb.
#1731297
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 ma\'ruza

İqtisodiy funktsiyalar tizimida ishlab chiqarish va ijtiomiy mehnat taqsimoti 
muhim o`rin tutgan. Jumladan, dehqonchilik ishlari, ishlab chiqarishni tashkil 
etish, jamoa xo`jaliklarida er va suvni taqsimlash, qurilish va sug`orish irrigatsiya
ishlarini yo`lga qo`yish, hishloq xo`jaligi va hunarmandchilik mahsulotlarini
ishlab chiqarish, mahsulot ayirboshlash hamda savdo-sotiq aloqalari shular 
sirasiga kiradi. İshlab chiqarish taraqqiyotining turli bosqichlarida rejalash-tirish, 
tashkil qilish, tartibga solish va nazorat qilish kabi ishlarni bajarish vazifalari
ham yuzaga kelgan. 
İjtimoiy funktsiyalar qadimgi jamoalardagi o`zaro aloqalarni tartibga solish 
va muvofiqlashtirish, munozarali masalalarni hal qilish, jamoaning ichki va tashqi
munosabatlarini huquqiy jihatdan boshqarib turish zaruratiga asoslangan. 
Harbiy-siyosiy funktsiyalar tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish
harbiy qo`shinlarni tashkil etish, vohalar hududlarida mudofaa ishlarini amalga 
oshirish, tuman va vohalar o`rtasida o`zaro aloqalarni o`rnatish hamda munozarali
masalalarni hal qilish kabi vazifalar asosida shakllanib rivojlangan. 
Hududiy funktsiyalar voha, tuman, viloyat hududlarida joylashgan qishloq 
jamoalari, tuman aholisi (bir necha qishloq jamoalari) va viloyat (bir necha tuman) 
aholisining munosabatlarini nazorat qilish hamda boshqarib turish zarratidan 
kelib chiqqan.
Qadimgi davlat boshqaruvining ikkinchi bosqichi jamoalarda o`zini-o`z 
boshqaruv muassasalarining yo`lboshchi hokimiyatiga to`la bo`ysundirilishi
bilan bog`liq bo`lib, bu jarayonda jamoa a`zolari o`rtasidagi ichki va tashqi 
aloqalar, huquqiy tartibot yanada takomil-lashib boradi. Bu holat esa davlat 
tizimidagi turli vazifalarning huquqiy tartibga solinishi va hokimiyatning huquqiy 
jihatdan rasmiylashtirilishiga olib keladi
1

1
Сагдуллаев А.С., Мавлонов ЎюМ. Ўзбекистонда давлат бошқаруви тарихи. Тошкент, Академия, 2006. Б. 
24-28, 35. 



Download 190.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling