I kirish. II. Asosiy qism. Boshlang'ich sinflarda mantiqiy mashqlar ustida ishlash va uni amalga oshirish tartibi
Download 88.73 Kb.
|
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA MANTIQIY MASHQLAR USTIDA ISHLASH JARAYONIDA
Elektron darslikda fan mazmuni quyidagicha ifodalanadi: o‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklida; o‘quv materiallar verbal (matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklida; multimedia qo‘llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o‘lchamli grafik ko‘rinishida, ovozli, video, animastiya va qisman verbal (matn) shaklida; taktil (his qilinuvchi) xususiyatli, biror jarayonning amalga oshish faoliyati yoki ob’ektning harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.
Videofilm – boshlang‘ich ta’lim o‘quv kursining biror bo‘limi yoki mavzusini oynaijahon orqali ko‘rsatishga moslashtirilgan videotasvir asosida yaratilgan metodik vosita hisoblanadi. Boshlang‘ich ta’limdan audio darslarni ishlab chiqish o‘quvchilarga ta’lim mazmunini o‘zlashtirish, atrof-muhitga hissiy-qadriy munosabatni tarkib toptirishga mo‘ljallangan metodik vositani yaratishdir. Audio darsni ishlab chiqish aniq ifodalangan “personajli” xarakterga ega bo‘lishi kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun, ayniqsa, syujetli, rolli o‘yin texnologiyalari asosida o‘simlik, hayvon personajlarini yaratish, material mazmunini ochib berishda personajlarining ovozlari o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi uchun bir-biridan farqli bo‘lishi kerak. O‘quvchilarga materialni eshittirish orqali ular tomonidan mavzu mazmunini bemalol tushunishlariga imkoniyat yaratiladi. Audio va videokassetalar, videodisklarda o‘quv materiallari joylashtirilib, o‘quvchilarning alohida yoki jamoaviy qo‘llashlari uchun o‘quv xonalariga qo‘yiladi. Jamoaviy foydalanilgan holda, o‘quvchilar orasida muloqot va muhokama etish imkoniyati ham mavjud. Darsliklar o‘quv materiallarining mazmuni va metodik strukturasi qanchalik mukammal, to‘g‘ri, ilmiy asoslangan (yangi pedagogik texnologiyaga rioya qilingan) va amaliyotda tekshirib ko‘rilgan bo‘lsa, o‘qituvchining kafolat bilan yuqori samarali dars berishi shunchalik aniq bo‘ladi. Mazkur o‘rinda o‘qituvchining kasbiy mahorati, u tomonidan dars loyihasi hamda o‘quv materiallarini tarkiblashtirish shakl, metod va vositalarining to‘g‘ri tanlay olishi ham muhim o‘rin tutadi. O‘quv faoliyatini boshqarish, o‘quvchilarning o‘quv materiallarini DTS talablari darajasida o‘zlashtirishlari, shuningdek, ularning bilish tafakkurini kengayishida o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi, ijodiy izlanishi, o‘quv jarayonini loyihalash va uning bosqichlarini to‘g‘ri belgilay olishi katta ahamiyatga ega. Dars jarayonida o‘quvchilar diqqatini yo‘naltirishga imkon beradigan muammoli vaziyatlarning yaratilishi, muammoning qo‘yilishi, avval o‘rganilgan materiallarni eslash, yangi material mazmunida ilgari surilayotgan asosiy g‘oyalarni mustaqil ravishda ajratish, ziddiyatlarni oqilona hal etish va ularning ijodiy izlanishga undash mavjud imkoniyatlarning kengayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mustaqil faoliyatni tashkil etish va o‘quvchilar harakatini boshqarish o‘qituvchining o‘quv materiali mohiyatini mantiqiy tahlil qilishdan boshlanadi. Shu tarzda o‘qituvchi bir soatlik dars loyihasini ishlab chiqadi. Dars loyihasini ishlab chiqishda uning elementlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, ketma-ketlik, uzviylik, darsning aniq maqsadi, o‘quv materialining mazmuni, o‘quvchilarning yosh, psixologik va fiziologik xususiyatlari hamda maktab sharoiti hisobga olinadi. O‘rganiladigan tabiiy hodisalar, nazariya, qonun va jarayonlarning mohiyatini o‘quvchilarga tushuntirishda fanlararo uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash o‘quv materiallarini yuqori darajada o‘zlashtirishga yordam beradi. Boshlang‘ich sinf darsliklari o‘quv materiallari tarkibining mantiqiy izchilligi uni tashkil etgan tushuncha va fikrlarning ichki aloqalarini ochib beradi.. ХULOSA Xulosa qilib aytganda, bugungi shiddatli davrda chinakam ma'naviyatli va ma'rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o’z milliy qadriyatlarini, milliy o’zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib o’rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurasha olishi mumkin. Ona tili darslarida o’quvchilarninf nazariy bilimlaridan amalda foydalanish orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarning ona tili grammatikasi bo’yicha bilim va ko’nikalarini o’stirish boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan o’qitish jarayoniga katta mas'uliyat bilan yondashishni talab qiladi. Chunki endigina o’z ona tilisining grammatik qonun-qoidalarini o’rganayotgan, harflarni bir-biriga qo’shib, so’zlarni esa bir-biriga qo’shib gap yasashga o’rganayotgan, matnni ifodali o’qish qoidalari bilan tanishayotgan boshlang’ich sinf o’quvchisiga bir vaqtning o’zida ta'lim va tarbiya bеrish, ularga sharqona odob-axloq, iymon-e’tiqod, mehnatsevarlik, tinchliksevarlik kabi insoniy fazilatlar haqidagi tushunchalarni singdirish bilan birga ularning ona tilining murakkab grammatikasi yuzasidan tushunchalarini o’stirish bir muncha murakkablikni o’z ichiga oladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yoshi, saviyasi va bilimni qabul qila olish qobiliyatlarini hisobga olgan holda dars mashg’ulotlarini tashkil qilish, o’qitish prinsiplari va mеtodlariga qat'iy amal qilish maqsadga muvofiqdir. Biz tajriba-sinov mashg’ulotlarini olib borish jarayonida shunga amin bo’ldikki, darslarda noan'anaviy mеtodlarni qo’llash, yangi pеdagogik tеxnologiyalardan unumli foydalanish, dars qismlarida sport o’yinlaridan, turli xil musobaqalardan yoki qiziqarli o’yinlardan foydalanish o’quvchilarda, nafaqat, chuqur bilim va ko’nikmalarini hosil qilishda, balki insoniy fazilatlarini o’stirib borishda samarali natijalar bеradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining qiziqarli o’yinlarni o’ynashga bo’lgan qiziqishlaridan unumli foydlanib, dars jarayonlarida, ayniqsa, ona tili darslarida til;ning grammatik qurulishi bilan tanishtirib borish, mavzuga oid mashqlar bajarishda, qolavеrsa, uy vazifalarini tеkshirishda ko’proq qiziqarli o’yinlardan foydalandik. Qo’llagan usullarimiz orqali o’quvchilarning ona tili grammatikasiga oid tushunchalarini o’stirishga harakat qildik. Natija esa yomon bo’lmadi. Ona tili darslarida noan'anaviy usullardan, qiziqarli o’yinlardan foydalanganimizda o’quvchilarning, avvalo, darsiga bo’lgan qiziqishlari ijobiy tomongan o’zgardi.Ona tili darsiga qiziqmagan o’quvchilarda darsga qiziqish uyg’ota oldik. Eng asosiysi, turli xil qobiliyatlari, talant qirralarini rivojlantirishga, bilim va ko’nikmalarni tеz o’zlashtirib olishlariga, ona tili darsi oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishga, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an'analarimiz, sharqona odob-axloq normalarini rivojlantirishga erishdik. O’z ona tilisiga bo’lgan mеhr-muhabbatlari oshirildi; Bilim va ko’nikmalarni egallashga bo’lgan qiziqishlari oshirildi; Mashg’ulotlar davomida faol ishtirok etish xususiyatlari rivojlantirildi; O’zlashtirish ko’rsatkichlarining oshirilishiga erishildi; Boshlang’ich sinf ona tili darslarini noan'anaviy usullardan, didaktik o’yinlardan foydalangan holda tashkil etish o’quvchilarning jajji qalblarida milliy iftixor va milliy g’ururni shakllantirish bilan birga kamtarlik, rostgo’ylik, hushmuomalalik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarini rivojlantirish hamda komil inson bo’lib yеtishishlarida katta yordam bеradi. Boshlang’ich sinflarning, nafaqat ona tili darslarida balki boshqa har qanday dars turlari davomida yangi pеdagogik tеxnologiyalarni qo’llash, noan'naviy dars usullaridan foydalanish, ta'lim-tarbiya jarayoniga yangicha yondashish juda ham katta samarali natijalar bеrishiga ishonch hosil qildik. Download 88.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling