I kirish II. Asosiy qism fazoviy egri chiziqlar. Ularga urinma va normallar o‘tkazish


Download 0.86 Mb.
bet3/7
Sana30.04.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1411756
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1476958265 65725

Qo‘sh nuqta. Yarim urinmalar qarama-qarshi yo‘nalishga ega, normallar ustma-ust tushadi, egrilik markazlari esa har xil joylashadi (5-rasm).
Egilib o‘tish nuqtasi. Yarim urinmalar ham, normallar ham qarama-qarshi yo‘nalishda bo‘ladi (6-rasm).
Birinchi turdagi qaytish nuqtasi. Yarim urinmalar ustma-ust tushadi va bir xil yo‘nalishda bo‘ladi, normallar qarama-qarshi yo‘nalishda bo‘lib, bir chiziq ustida yotadi (7-rasm).

5-rasm 6-rasm 7-rasm


Ikkinchi turdagi qaytish nuqtasi. Yarim urinmalar va normallar juft-juft bo‘lib bir xil yo‘nalishga ega bo‘ladi (8-rasm);
Sinish nuqtasi. Yarim urinmalar va normallar har xil yo‘nalishda bo‘ladi (9-rasm);
Tugun nuqta. Tugun nuqtada egri chiziq o‘zini-o‘zi bir va bir necha marta kesib o‘tadi (10-rasm).


3-savol. Ikkinchi tartibli egri chiziqlar.Fryene uchyoqligi.




Ta’rif. Ikkinchi darajali tenglamalar bilan ifodalanuvchi egri chiziqlar ikkinchi tartibli egri chiziqlar deyiladi.

Bunday chiziqlar to‘g‘ri chiziq bilan eng ko‘pi ikki nuqtada kesishadi.Ikkinchi tartibli egri chiziqlar va ularning xususiyatlaridan mashinasozlikda, binokorlikda, umuman muhandislik amaliyotining barcha tarmoqlarida keng foydalaniladi. Shu boisdan ham 2-tartibli egri chiziqlari mukammal o‘rganilgan. Ularga aylana, ellips, parabola, giperbola va ularning xususiy hollari kiradi. Bu egri chiziqlarning tenglamalari va ularning shakllarini aniqlovchi parametrlari analitik geometriyada to‘liq o‘rganiladi. Chizmachilikda va chizma geometriyada esa ularni yasash va hosil bo‘lish usullari o‘rganiladi.


Ikkinchi tartibli egri chiziqlarning nomi, ta’rifi, tenglamasi va ularning shakllari 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval

Aylana
Berilgan nuqtadan teng masofalarda joylashgan nuqtalarning to‘plami aylana deyiladi.
Kanonik tenglamasi
Parametrik tenglamasi





Ellips
Berilgan ikki F1 va F2 nuqtadan uzoqliklarining yig‘indisi o‘zgarmas miqdor bo‘lgan nuqtalarning to‘plami ellips deyiladi. F1N + F2N = AB =const
Kanonik tenglamasi
Parametrik tenglamasi x=a cos t
y=b sin t




Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling