I kirish. II. Asosiy qism: Insonning ijtimoiylashuvi, biologik mavjudotdan ekanligi. Ibtidoiy sinkretizm


Download 83.13 Kb.
bet1/2
Sana23.12.2022
Hajmi83.13 Kb.
#1048903
  1   2
Bog'liq
Mehnat kurs ishi




I.KIRISH.
II.ASOSIY QISM:
1.Insonning ijtimoiylashuvi, biologik mavjudotdan ekanligi.
2.Ibtidoiy sinkretizm.
3.Ma’naviyatning vujudga kelishi to‘g‘risida turli nazariyalar va qarashlar.
4.Ma’naviyat genezisida mehnatning o‘rni. Mehnatning tarixiy taqsimotlari va ma’naviyat rivojlanishi.
III.XULOSA.
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

KIRISH.
Bugungi kumda fanda odam deb ataluvchi yagona biologik turga mansub bo‘lgan tirik mavjudotning insonga aylanish jarayoni uzoq vaqt davom etgan evolutsion jarayon degan fikirlar ilgari surilgan. Ona tabiatning o‘zi yangi turlarni yaratish hamda o‘zining yangi holatiga moslasha olmagan turlarni yo‘qotib yuborish imkoniyatiga ega. Odamning paydo bo‘lishi to‘g‘risidgi nazariyalar ilmiy tadqiqot olib brogan olimlarning isbotlashicha, bundan 5 million yillar oldin vujudga kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, kosmosdagi radiatsiya va yerda magnit maydonining o‘zgarishi tufayli driopitek toifasidagi odamda bir tur miyya xujayralari xromasomalari yiriklashib ularda ong paydo bo‘lgan. Lekin, ong elementlari hayvonlarda ham mavjud.
Yer ostidan topilgan odam skaletlari dastavval, Janubiy Afrikadan topilgani uchun u odam tipi fanda avstropitek deb ataladi. Avstrolopitek so’zining ma’nosi esa janubiy maymunsimonlar deganidir. Ularning miyyasini hajmi 350 kub sm bo‘lgan. Ongli mehnat tufayli 3-4 mllion yil davomida ularning miyya hajmi 700 kub smgacha kengaygan. Miqdor o‘zgarishlari yangi sifatni yuzaga keltirgan. Ongli mehnatning vujudga kelganligi sababli miyya hajmi tobora kengayib, olamni anglash imkoniyati ham kengayib brogan. Buning natijasida esa 1,7 - 2 million yillar muqaddam pitekantrop, keyinroq sinantrop va neandertal toifadagi odam tiplari shakillangan. Eng dag‘al tosh qurollarini yasash pitekantrop tipidagi odamlar tomonidan amalga oshirilgan. Fanda bu tipdagi odamlar - Noma habilis, ya’ni uquvli odam nomini olgan. Bu tiplarda tovush, harakat, mimika tillari bilan birga nutq tili unsurlari ham mavjud bo‘lgan. Ammo ular rivojlangan nutq tiliga ega emas edilar. Odamning hozirgi fiziologik va intelektual salohiyatiga ega tipi dastavval, Farnsiyadagi Karmanon g‘oridan topilgani uchun bu tipdagi odamlarni kormononlar deb nomlangan. Mana shu –kromonon tipdagi odamlargina ona tabiatning yangi muhitiga moslashib, yashab qola boshlagan hamda jamiyat bo‘lib yashashga o‘tganlar. Bu tipdagi odamlarga fanda Noma Sapines – aqilli odam deb ta’rif berilgan. Ularning miyya hajmi 1000 kub smdan 2000 kub smgacha boradi. O‘rtacha aqilli odam tipining miyya hajmi 1446 kub sm. Ongning olamni anglash qobiliyati miyya ilang-bilanglarining zichligiga ham bog‘liqdir.
Inson bu insoniyat tarixida kishilar eng ko‘p o‘ylangan va o‘rganishga ehtiyoj sezilgan muammolardan biri hisoblanadi. U o‘zining keib chiqishi, mohiyati, dunyoqarishi, o‘zining bu yorug‘ olamda tutgan o‘rni hamda o‘zining aqli darajasida bajara oladigan vazifalari haqida har doim qiziqib kelgan. Qadimdan insonga nisbatan koinotning buyuk mo‘jizas, marvaridi sifatida ham sharq, ham g‘arb mamlakatlari tasavvurida saqlanib qolgan. Shaxs va jamiyat kitobida keltirilishcha yunon dramaturgi Sofokl o‘zining «Antigona» fojiasida insonga shunday ta’rif bergan: «Mo‘jizalar ichida eng ajoyibi – insondir»1.
Inson atamasiga aniq ta’rif berish uchun dastavval, uni boshqa biologik mavjudotlardan ajratib turuvchi eng muhim xususiyatlarini aniqlash zarur. Bunday xususiyatlar qatoriga quyidagilar kiradi:
Birinchidan, inson eng avvalo boshqa mavjudotlardan o‘zining ongi, xotirasi, tafakkuri, tili, rivojlangan nutqi bilan ajralib turadi. Bunda til asosiy o‘rin egallaydi. U insonning avlodlari va ajdodlari orasida vorisiylik vazifasini bajaradi.
Ikkinchidan, boshqa mavjudotlardan insoniyligini belgilovchi eng muhum hususiyati ya’niy mehnati bilan farqlanadi. Inson o‘zining faoliyatini tartibga sola bilishi, yo‘naltirishi, dunyoqarashi bilan bog‘liq g‘oyalar asosida shakillngan. Shuningdek, inson jamoa va jamiyat bo’lib yashahsi uning ma’naviyati tufaylidir. Bunda asosan g‘oyaviy birlik katta ahamiyatga ega, chunki g‘oyaviy birlik – bir maqsadga ega bo‘lgan maslakdosh insonlar jamoasini shakillantiradi. Buning natijasida inson har bir tarixiy sharoitda o‘z oldiga bitta maqsad qo‘yib, doimo uni amalga oshirish uchun hamkor bo‘lib mehnat qilgan.
Uchinchidan, insonning yana bir hususiyatlaridan biri o‘z turmushi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati ya’niy mehnatidir.
Mehnat tufayli inson o‘zi yashayotgan tabiatga ta’sir etadi, uni o‘zgartiradi, moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratadi. Amerikalik olim B.Franklin “Inson mehnat qurollarini yaratuvchi jonzotdir”, deb ta’riflagan. Insonni hayvondan farq qiluvchi eng muhum hususiyati bu oilaviy munosabatlar hamda me’naviy-ahloqiy me’yorlardir. Inson butun koinotda, tabiatda o‘z aqli sababli buyuk yaratuvchi kuch ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunda ijamiyatning takomillashuvi va kishilarning har tomonlama kamol topishi uchun inson faoliyati va tajribalari asos bo‘lib xizmat qiladi. Inson o‘zining tabiat va jamiyatdagi o‘rni, ahamiyati, yaratuvchanlik qobiliyati, oliy mavjudot ekani, vorislikni davom ettirishi, o‘zida barcha ijobiy shuningdek, foydali yutuqlarni ham saqlashi, ularni targ‘ib qilish kabi xususiyatlari, qobiliyatlari sababli muqaddas va tabarruk hisoblanadi.
Xozirgi zamonda faylasuflar tomonida inson uchta buyuk qudrat – tana, ruhiyat va ma’naviyatning yig‘indisidan iborat deb ta’kidlamoqda. Inson – o‘zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Biz insonni biologik hamda ijtimoiy mavjudot deb ta’rif berdik, bu jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanishi, himoyalanishi, o‘zidan nasil qoldirishi, har qanday sharoitga moslashish kabi xususiyatlar kiradi. U boshqa mavjudotlardan sotsial jihatlari bilan farqlanadi. Uning ijtimoiy xususiyatlariga esa tili, nutqi, muomalasi, bilimi, ongi, tafakkuri, xotirasi, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol qilish, boshqarish kabilar kiradi. Insonning psixikasini esa uning ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g‘am-tashvish, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar tashkil etadi. Inson yaxlit mavjudod bo‘lib, u bu yaxlitlik natijasida o‘z ehtiyojlarini qondiradi va insoniyat davomiyligini ta’minlaydi.
Bugungi kunda G‘arb falsafasining yirik oqimlaridan biri hisoblangan eksiztensializm vakillari inson mohiyatini bilishda quyidagi qoidalarga asoslanadilar – inson borlig‘i moddiylik va ma’naviayning borligidan iboratdir, inson hayoti o‘tkinchi va cheklangandir. Inson hayoti tug‘ilish va o‘lim oralig‘ida kechadi. Shu boisdan moddiy va ma’naviy birlikka hos bo‘lgan abadiylik tushunchasini insonga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydi. Koinot mezonlari inson borlig‘ini o‘lchashga yaramaydi. Inson borlig‘i makonda cheklangandir. Inson uchun tabiiy va ijtimoiy hayot sharoitlari muhum tuyilsada uning konkret meghnat sharoiti, turmush tarsi, individualligi, kayfiyat va kechinmalari undan ham muhimroqdir. Inson borlig‘i moddiylik va ma’naviylikning uzviy birligidan iborat bo‘lsada, unda psixolog va ruhiy holat ustuvor mavqeyni egallaydi. Z. Freyd va E.Frommning ta’kidlashicha, faqat ong, aql va ruhgina emas, balki ongsizlik instinktlari va mayillar inson hulq-atvori shakillarini qamrab oladi.
Hozirgi zamon falsafasi inson borlig‘ining individual harakterini, uning ko‘p qirrali psixikasi xususiyatlarini, inson borlig‘ining ma’nosizligini, insonning boshqa odamlar ustidan yakka hukumronlikka intilishining sabablarini o‘rganish kerak.
Inson umri davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga harakat qilib yashaydi. Insonni yashashining asosiy sharti bu tana ehtiyojlarni qondirishdir. Ammo, moddiy ne’matlardan bahramand bo‘lish, qorin to‘yg‘azish, lazzatlanish, boylikka ruju qo‘yish hayotning asosini tashkil etmaydi, ya’ni hayot bulardan iborat emas. Bu jarayonda insonning ruhi ham o‘ziga xos ozuqaga ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj insonda ma’rifatparvarlik, odamiylik, adolatlilik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, oliy himmatlilik, vatanparvarlik kabi ma’naviy fazilatlarni shakllanishiga olib keladi.
Inson uzoq yillik evolutsion taraqqiyot jarayonida va jamiyatda inson sifatida shakillanadi.Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar uning inson sifatida shakillanishiga imkon yaratishi yoki, shaxs sifatida barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Inson – ijtimoiylashgan induviddir. Inson ijtimoiy-tarixiy mavjudod. Ana shu hususiyati bilan barcha boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi. Undagi barcha hislatlar, fazilatlar taraqqiyot tufayli vujudga kelgan.
Insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutga o‘rni falsafiy muommolar tizimida muhum o‘rin tutdi. Turli falsafiy ta’limotlarda bu masala turlicha talqin etib berilgan. Ana shunday bo‘lishi tabiy ham edi, chunki inson mohiyatdan ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixy sharoitda o‘zligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini ro‘yobga chiqarishga intilaveradi. Suqrotning “o‘zligingni bil” degan hikmatli so‘zi har bir tarixiy davirda yangicha ahamiyat kasb etadi.
Inson sharq falsafasi tarixining ham bosh mavzulardan biri hisoblanadi. Bunga misol sifatida, Farobiy falsafasini olishimiz mumkin. Uning falsafasida inson butun borliq taraqqiyotining mahsuli sifatida talqin etilgan. Farobiy insondagi jamiki oliyjanob fazilatlari ilm tufayligini, inson hayotining mazmuniga aylanib qolgan – baxtli bo‘lish va baxtli qilishga intilish kabi jarayonlarga ham faqat ilm va ma’rifat orqali erishish mumkinligini ko‘rsatgan.
Shuningdek, ya’na boshqa mutaffakir olimlarimizdan Beruniy va Ibn Sino ham inson to‘g‘risida o‘z fikirlarini bayon qilgan. Ular ham insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi sifatida uning aqli va tafakkuri ekanligini isbotlashga harakat qilganlar. Abu Hamid G‘azzoliy esa bu ustunlikni aqldan emas balki, inson qalbidan ekanligini ko‘rsatadi. Bu fikirlar albatta aql imkoniyatlari cheklanganligini isbotlashga harakat qilgan tasavvuf ta’limotida komil inson asosiy g‘oyalardan biri edi. Bu komillik quyidagi jihatlarni: ma’naviy barkamollik, ruhiy yuksalish, jismoniy orzu-istaklarni idora qila olishda namoyon bo‘lishini uqtirganlar. Sharq falsafasidagi inson to‘g‘risidagi qarashlar asosan islom dini, uning g‘oyalari, shuning bilan birga sharqona tafakkur va turmush tarzi bilan bog‘liq holda rivojlangan edi
Sharq mutaffakirlari insonga umumfalsafiy muommolarning bir qismi sifatida qarashgan. G‘arb falsafasida sharq falsafasidan farq qiladigan jihatlari shundan iboratki, insonga, asosan, biologik mavjudot, tabiatdagi evolutsion o‘zgarishlarning mahsuli deb qaraldi. Chunonchi, rus tabiatshunosi V.A.Vernardiskiyning ham o‘z ta’limotlarida insonning aqli biologik omil sifatida tabiat taraqqiyotni tezlashtirganligini, butun borlianing taqdiri insonning aql zakovati va axloqiga bog‘liq ekanligini isbotlashga harakat qilgan. Bugungi kunda, falsafasining yirik vakillaridan biri bo‘lgan E.Fromm ham butun yer yuzi xalqlari o‘rtasida tinchlik, totuvlik, hamkorlik munosabatlarini qaror toptirishning muhum omili deb insondagi sof va samimiy muhabbatni e’tirof etgan. Faylasuflar insonning sevish qobiliyatini eng muhum qobliyat ekanligini, sevish san’ati esa eng muhum san’at ekanligini ko‘rsatadi. Bu fikirlardan ko‘rinib turibdiki inson boshqalardagi sevish qobiliyatini ham tarbiyalashi va takomillashtirishi mumkin.
Bugungi kunda antropolog falsafasining inson mohiyati to‘g‘risidagi hulosalari quyidagicha:
1.Inson tabiatdan noyob hamda unversaldir mavjudotdir. Bunday deyishimizga sabab u tabiat rivojining buyuk mahsuli, noyob qobiliyat sohibi hisoblanadi. Insonga xos bo‘lgan jihatlar esa: instinkit, nozik did, ulug‘vorlik va yarashtiruvchanlik kabi hislatlardir.
2.Insonda ichki va tashqi olam mujassamlashgan. Insondagi tashqi olam hammamizga ma’lum bo‘lgan tshqi ko‘rinish bo‘lsa, undagi ichki olam esa faoliyatining turli shakillarida – mehnat, muloqot, badiiy ijod, xulq-atvor va shu kabilarda nomoyon bo‘ladi.
3.Inson juda ko‘p qisimlardan tashkil topgan yaxlit birlik hisoblanadi. Har bir insonda tabiiylik, ijtimoiylik, aqllilik, hissiylik, axloqiylik mujassamlashgan.
4.Inson tarixiydir. U o‘zining tarixiylik hususiyati bilan o‘z kelajagini yaratadi. Inson o‘zini har doim omadsizliklar, baxtsizliklar, inqirozlar ta’qib etgani uchun ertangi kunga tashvish bilan qaraydi.
5.Inson ma’suliyatlidir. U hech qachon ma’suliyat hissidan qochib qutulmaydi. Faqatgina gumanistik pazitsiya va induviduallikni uyg‘unlashtirish orqaligina shunday vaziyatdan chiqa oladi. Inson nihoyatda murakkab ko‘p qirrali va ko‘p o‘lchamli mavjudot bo‘lib uning mohiyatini anglash uzoq vaqt davom etadigan jarayondir.
Bugungi kunda fan ham odamni antroposotsiogenez jarayonining mahuli ekanligini tasdiqlamoqda. Shu sababdan ham odamdagi tabiylik bilan ijtimoiylik orasidagi aloqadorlikni bilish muhum ahamiyatga ega.
Antroposotsiogenez tushunchasiga to‘xtaladigan bo‘lsak dastavval, antropogenez so‘zini tahlil qilib, mohiyatini tushunib olishimiz kerak. Antropogenez yunonchadan olingan bo‘lib, insonning kelib chiqishi degan ma’noni anglatadi. Bu tushuncha insoning kelib chiqishi, bu jarayondagi shart-sharoitlar va uning mexanizmlarini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. Sotsiogenez jarayoni esa lotinchadan olingan bo‘lib, socials –umumiy, ijtimoiy hamda genezs-kelib chiqish degan ma’noni anglatadi. Antropogenez jarayonini biz tabiatshunoslik, asosan, biologiyaviy fanlar bilan izohlasak, sotsiogenez esa insonlar hayotini turlicha tashkil etilganligini o‘rganadigan ijtimoiy-gumanitar fanlar orqali tushuntiriladi.
Antropogenez jarayoni bir necha million yil avval boshlangan bo‘lib, bu jarayonda dastlab, tayoqlar va toshlardan faqat himoya va hujum vositasi sifatida foydalanganlar. Sotsiogenez jarayon 2 million yildan beri davom etib kelayotgan jarayon bo‘lib, kishilarning muayyan vaqtda muayyan hududdagi turli-tuman munosabatlaridan tashkil topgan turmush faoliyatini ifodalaydi.
Insonning kelib chiqish sotsiogenezi quyidagilardan iborat:

  • qanday ijtimoiy omillar kishilarning kelib chiqishiga ko‘mak berishi

  • inson hayoti davomida qanday bosqichlarni bosib o‘tishi

  • insonning ijtimoiy jihatdan qanday mexanizm asosida shakillanishi

  • yer yuzida kishilar qanday shart-sharoitda tarqalganligi va uning mexanizmi qanday ekanligi.

Antropogenez jarayonining sotsiogenez bilan aloqadorligi hamda bir-birini taqozo etishi ularni yaxlit holda –antroposotsiogenez tarzida shakillanish imkoniyatini beradi. Bu jarayonda insonning kelib chiqishidagi o‘ziga xos sifatlari yo‘qolib ketmaydi. Aksincha bu inson hayoti davomida ham, shuningdek uning butun borlig‘ida ham tabiiy-biologik va ijtimoiy-ruhiy ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi. Inson tabiatning uzviy bir bo‘lagidir. Shu ma’noda uning tanasi nafaqat biologik, balki fizik va kimyoviy jarayonlari ham o‘zida aks ettiradigan manba hisoblanadi.
Fanda inson eng aqilli, o‘z-o‘zini anglovchi, ma’naviyatli mavjudod deb ta’rif berilgan. Odamning insonga aylanishi va tabiatga birlashishi antroposotsiogenez jarayonining natijasidir. Insonda tabiat hamda butun olamning mohiyati mujassamlashgan. Ulug’ mutassavuf Abduxoliq G‘ijduvoniy insonni “kichik olam” deb hisoblagan, falsafada baxs yuritiladigan barcha masalalar inson muommosiga bevosita daxildor hisoblanadi. Umuman olganda insonga daxildor bo‘lmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning og‘irini yengil qilmasa unday fanning keragi bormikan?
Shu ma’noda inson avvalo, o‘zi uchun zarur bo‘lgan fanlarni ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan. Tabiat, madaniyat, siyosat, svilizatsiya bilish kabi masalalarni inson manfaatlari va insoniy mohiyatining namoyon bo‘lish shakillaridir. Ularning barchasi inson tabiati va mohiyati bilan bog‘liqdir. Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o‘rganadi. Inson shunday murakkab va ko‘p qirrali mavjudotki uning mohiyati yaxlit bir butunlik sifatida inson ma’naviyaltli inson, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga yaqin va ma’nodosh bo’lsa ham, bir- biridan farqlanadi.
Inson dunyoga kelgan vaqitdan boshlab jamiyat, siyosiy tuzum, madaniyat, ishlab chiqarish, oila, ommaviy axborot vositalari, mafkura kabi ijtimoiy tuzulmalar mavjud bo‘ladi. Inson ta’li-tarbiya, mehnat, muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar, siyosiy g‘oya, milliy mafkura kabi omillar ta’sirida yashaydi, ularni o‘zlashtiradi va shu jarayonda uning ma’naviyati shakillanadi. Natijada insonda yangi fazilatlar paydo b’ladi. U yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat ko‘rsata boshlaydi. O‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, yuksak masuliyatni his qilish, g‘oya uchun kurashish, mustahkam e’tiqodga ega bo‘lish, o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon etish va ijtimoiy-siyosiy faollik ma’naviyatga hos belgilardir. Insonning maqsad, g‘oya va ideallari jamiyatdagi mavjud g‘oya va mafkura bilan uzviy bog‘liq ravishda shakillanadi. Milliy g‘oya va mafkurani amalga oshirish, ezgu g‘oyalar yo‘lida hayotini qurbon qilish ham inson ma’naviyatining bosh maqsadiga aylanadi.

Jamiyatning asosini tashkil etuvchi insonlarning ichki dunyolari bir tomondan o‘zlariga tegishli hisoblansa, ikkinchi tomondan esa eng sodda his-tuyg‘u, hayajon, hissiy bilish, tajriba, odatlardan tortib ruhiyatning oliy bosqichi hamda darajalaridan iborat. Ma’naviyat bu insonlarning ma’naviy olami, ularning borlig‘ini ifodalaydi.


Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi ma’naviyatdir. Ma’naviyatning jamiyatda tutgan o‘rni haqida so‘z yuritishdan oldin ma’naviyat o‘zi nima ekanligini, ma’naviyat atamasining mazmun-mohiyatini bilib olish kerak. Ma’naviyat atamasi arabchadan olingan bo‘lib «ma’no», «ma’ni» kabi so‘zlar tashkil etadi. “Ilk islom islohotchilari ta ’limoticha, Kalom bir talay qismlarga bo'lingan: borliqdan avvalgi hayot — qummun, atomlar haqidagisi — javhar al-fard, sababiy bog‘lanish to‘g‘risidagi ta’limot — tavallud, mohiyat to‘g‘risidagi ilm — m a’na hisoblang”1. Bundan ko‘rinib turibdiki, hayotdagi barcha narsa, tabiat va jamiyat, hatto «ma’na» ya’ni, Ollohning mohiyatida ham o‘z ifodasini topgan. Ma’naviyatga berilgan ta’riflarning rang-barangligi, uning murakkab va serqirrali bo'lganligi sabablidir. Bu fikrlardan ko‘rinib turibdiki, ma’naviyat bepoyon hamda cheksiz borliqning inson ruhiyatida namoyon bo‘lishidir. Demak ma’naviyat ko‘p qirrali tushunchadir.
Ma’naviyat atamasini kundalik hayotda biz moddiy ishlab chiqarishga aloqasi bo‘lmagan aqliy faoliyatga hamda, axloqiy-diniy qarashlarga, iymon-e’tiqodaga nisbatan ishlatiladi. Ma’naviyat to‘g‘risida ko‘plab olimlar o‘z fikirlarini bildirganlar shulardan biri M.Imomnazarov ma’naviyatga quyidagicha ta’rif bergan: “Ma’naviyat inson qalbidagi ilohiy nur. Oliy haqiqat nuri bo‘lib, shu sababdan buyuk bobokalonlarimiz inson qalbini “Haqiqat asrorining ganjinasi” deb ataganlar.Haq asrori esa shunday sehirli tilsimki, uni tugal yechishga ahli bashar qudrati yetmaydi”1. Ma’naviyatning eng muhim belgilaridan biri kishilarga nisbatan eng yuksak mehr-oqibat va ezgulik ko‘rsatishga intilish bo‘lar ekan, fan arboblari, olimlarning fikr va faoliyatlari, shubhasiz, chuqur ma’naviylik kasb etadi.
Albatta inson va jamiyatning ma’naviyat olami sirli emas. Ma’naviyat – insonni jamiki boshqa mavjudotlardan ajratib turadigan eng baquvvat ma’naviy-ruhiy omil hisoblanadi. Inson – tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda uning ushbu xislati, ya’ni yuksak ma’naviyat egasi bo‘la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni boshqa jonzotlarda ko‘rmaymiz. Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag‘ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlanish bilan kifoyalanish – ongsiz va ruhsiz mahluqotlarga xos. Ma’naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo‘lmish insongagina xos fazilatdir. Ma’naviyat odamning aqliy va ruhiy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir.
Ma’naviyat juda keng qamrovli tushuncha bo‘lganligi uchun ham, yuqorida ta’kidlaganimizdek uni bir jumla bilan ifodalashning imkoni yo‘q. Ma’naviyat ko‘proq inson qalbiga, botiniy dunyosiga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Shu ma’noda ma’naviyat inson qalbidagi ilohiy bir nur sanaladiki, bu ilohiy nur hech bir jonzotda yo‘q. Shunday ekan, « ma’naviyat» tushunchasiga bir yo‘la mukammal ta’rif berib bo‘lmaydi.
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgunga qadar ilmiy adabiyotlarda “Ma’naviyat” mustaqil ilmiy tushuncha sifatida qo‘llanilmagan edi. Shu bois bu tushunchani chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ayniqsa Prezidentimizning unga bo‘lgan e’tiboridan keyin oshib ketdi. Shuning uchun ham ma’naviyatga ta’rif berishda birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning ta’riflarini keltirib o‘tish ham muhumdir: «Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon – e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”1 deb ta’riflagan edilar. Bu ta’rifdan inson ma’naviyatining barcha qirralari ko‘rinib turibdi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ma’naviyatga juda chiroyli ta’rif berganlar: “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir.”2
Bir qator olimlarimiz anjumanlarda qilgan ma’ruzalarida ma’naviyatga insondagi axloq, odob, bilim, ilm, iymon, ixlos va insoniyat kamoloti uchun ijobiy ta’sir qiluvchi tizim yoki ma’naviyatinsonning aqliy, axloqiy, ilmiy, amaliy, mafkuraviy qarashlar yig‘indisi hisoblanib, diniy va dunyoviy qarashlarning aks etish darajasidir, deb ta’rif berib kelmoqda. Bugungga qadar ma’naviyat tushunchasiga mukammal ta’rif shakllanmaganligiga sabab uning keng qamrovli, murakkab va ayni vaqtda «sodda» tushuncha ekanligida. Ma’naviyat ko‘proq insonning ichki, botiniy, yashirin dunyosini aks ettirishidir. Inson ichki, botiniy dunyosi esa gavhar to‘la tubsiz dengiz singaridir. Bu dengizdan qancha gavhar olsangiz tugamagani singari inson ichki dunyosi ham tubsiz va o‘zini rang-barang tarzda namoyon etadi. Inson qalbiga, botiniy dunyosiga qanchalik chuqur kirib borsangiz, shunchalik turli-tumanlik bilan toblanib, o‘zining yangidan-yangi qirralarini namoyon etadi. Mana shuning uchun ham ma’naviyat tushunchasiga mukammal, har taraflama to‘liq ta’rif berish mushkulroq. Ammo Respublikamiz olimlari tomonidan «Ma’naviyat» tushunchasiga berilay otgan ta’riflarni va uning inson, millat, xalq, jamiyat hayotida tutgan o‘rni to‘g‘risida ilgari surilayotgan g‘oyalarini umumlashtirgan holatda ma’lum bir umumlashgan xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi.
Shunday qilib ma’naviyat –insonning ruhiyatini, uning o‘z-o‘zini anglashi, didi, farosati, adolat bilan razillik ni, yaxshilik bilan yomonlikni, go‘zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish qobliyatini, aql-zakovatini, yuksak maqsad va g‘oyalarni qo‘ya bilish, ularni amalga oshirish uchun harakat qilish va intilish salohiyatidir, deb ta’rif berish o‘rinli deb hisoblaymiz. Albatta, bu ta’rifni eng oxirgi, qiyomiga etgan, mukammal deb aytishimiz mumkin emas.
Ma’naviyatning moddiy kuchga aylanishi har bir insonning xatti-harakatlarida, o‘z oilasi, millati va Vataniga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ma’naviyatning shakllanishida ota-ona, inson yashayotgan atrof – muhit, milliy, diniy qadriyatlar, jamiyatdagi insonparvarlik va adolatparvarlik siyosati muhim ahamiyatga ega. Odam ota – onadan tug‘iladi, ammo uning axloqi, odob borasidagi fazilatlari, ya’ni ma’naviy dunyosi jamiyatda, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy munosabatlar ta’sirida shakllanadi. Insonning ma’naviy olami asosan ijtimoiy taraqqiyotning mahsuli bo‘lsa ham, u o‘z navbatida, jamiyat taraqqiyotiga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi, uni belgilab beradigan omillardan biri sanaladi. Odamlarda axloq, odob, iymon, vijdon, xalollik, mehnatsevarlik, milliy va insoniy g‘urur tuyg‘usi, burch va mas’uliyatni his qilishi qanchalik kuchli va yuqori bo‘lsa, jamiyat taraqqiyotining zaminlari ham kengayishiga, tinchlik, osoyishtalik, hamjihatlik barqaror bo‘lishiga olib keladi.
Ijtimoiy hayotimizning tarkibiy qismini tashkil etuvchi ma’naviyat hodisasining mohiyatini anglab yetish mumkin, butun fan olami hamon bu sehrli hodisaning mazmunini yoritishga intilib kelmoqda, qadimdan uni faylasuflar, sotsiologlar, psixologlar, tibbiyot xodimlari, fiziklar, kimyogarlar o‘rganishga harakat qilib
keladilar. Har bir ixtisos sohibi uni o‘z fanining predmeti nuqtayi nazaridan va uning o ‘ziga xos xususiyatlari jihatidan o'rganishni amalga oshiradi. Masalan, psixologlarni ma’naviy jarayonlarning ruhiy in ’ikos etilishi, insonning xarakteri, teftiperamenti, hissiyot lari, tarbiyachini esa insonni tarbiyalashning m a’naviy qadriyatlarda ifodalanadigan jihatlari, ularning shaxs shakllanishiga ta ’siri masalasi o ‘ziga tortib keladi.
Demak, bugungi kunda tilimizda qo'llaniladigan hamda ma’naviyatning tabiati va mohiyatini ifodalaydigan asosiy tushunchalar kishilik tafakkurining mahsulidir. Bu tushunchalar yaxlit holda ma’naviyatning serqirra olamini, shakllari va turlarini, uning boshqa ijtimoiy hodisalar bilan aloqadorligi masalalarini yoritadi va bizning m a’naviyat to ‘g‘risidagi bilimlarimizning rivoj topishiga olib keladi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, hozirgi adabiyotlarimizda, maqola va chiqishlarimizda «ma’naviyat» atamasini tushuntirishga alohida e’tibor berish ustuvor vazifalardan bo‘lib turibdi. Vaholanki, kishilik jamiyati tarixida, xalqimiz tafakkuri silsilalarida shunday tushunchalar ham shakl topganki, ularning mazmuni va tabiati haqidagi masalani hal etmasdan turib, «ma’naviyat» hodisasini tahlil qilib bo‘lmaydi. Bunday tushunchalar nihoyatda ko‘p, biroq biz ularning hammasi haqida emas, asosiylari to‘g‘risida fikr yuritishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
Ma’naviyat haqida berilgan ko‘plab ta’riflarni yuqorida ko‘rib chiqdik. Bularning hammasini jamlab aytishimiz mumkinku, ma’naviyat tushunchasi juda ham serqirra va rang-barangdir. Ma’naviyat haqida ko‘plab ya’na boshqa ta’riflarni ham keltirishimiz mumkin. Biz ma’naviyatni ulkan bir daraxt deb qiyoslab oladigan bo‘lsak albatta undagi hamma ijobiy jihatlar bu uning mevalaridir. Ma’naviayatli insonda esa bu mevalarning har biri bo‘lishi kerak. Ma’naviyatli inson esa mustahkam iymon-e’tiqod, g‘oya va insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan, Vatan, millat tuyg‘usi bilan yashaydigan, o‘zida davr xususiyatlarini ifoda etadigan insondir. Jamiyat o‘z taraqqiyoti davomida vujudga kelgan muommolarni hal etish uchun ma’naviyatli insonning muayyan tarixiy namunalarini yaratadi. Har bir davirda ma’naviyat inson mohiyati va mazmunini yangicha tushunishni taqazo etadi.

Antropogenez jarayonida ongli mehnat asosiy rol o‘ynaydi. Mexnat tufayli inson o‘zi yashayotgan tabiiy muhitni o‘zgartiradi, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratadi, shu jarayonda o‘zini ham o‘zgartiradi. Mehnat antroprognoz ( ya’ni odamning fiziologik va intelektual shakillanishi) va sotsiogenez jamiyatning kelib chiqishi, odamning insonga aylanishi jarayonining markaziy omilidir. Antroposotsiogenezning ikkinchi muhum omili til va nutq tili. Antroposotsiogenezning uchinchi muhum omili odamni takror ishlab chiqarish, uning son jihatidan tobora ko‘payib borishidir. Ijtimoiy-axloqiy me’yorlar va normalarning vujudga kelishi antroposotsiogenezning muhum tomoni, odamlarning jamoa va jamiayat bo‘lib yashahslarining zarur shartlaridan biridir.


Hozirda insonning maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyati sifatida mehnatning uch jihati mavjud.
1. Hodimlarning ijtimoiy kuch-gʻayratlarini sarflashlari, yaʼni mehnat faoliyatining fiziologik, psixologik va psixofiziologik jihatlaridir.
2. Mehnatning tashkiliy-texnologik jihatlari - ishlab chiqarish vositalari bilan oʻzaro aloqada boʻlish.
3. Hodimlarni bir- biri bilan ishlab chiqarishdagi aloqalari, yaʼni mehnatning to‘g‘ri tashkil etilganligi.
Mehnatning birinchi belgisi – ongli faoliyatdir.Ongli faoliyatni mehnat va mehnat hisoblanmagan qismlarga bo‘lish mumkin. Ongli faoliyatning mehnat qismi o‘z navbatida quyidagi belgilarni qamrab oladi:
a)aniq maqsadga yo‘naltirilganligi;
b)maqsadga muvofiqligi;
c)qonquniyligi;
d)foydaligi;
e)bunyodkorligi;
f)ehtiyojga muvofiqligi.
Mehnatning aniq maqsadga yo‘naltirilganligi insonning faoliyatida puxta o‘ylangan maqsad mavjudligini anglatadi. U bir ishga kirishdan oldin reja tuzadi. Mexnat amaliyotini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘radi. Ana shu tayyorgarlik paytida eng avvalo bo‘lajak faoliyatining maqsadi aniqlab olinadi. Bu o‘rinda maqsadsiz faoliyat “mehnat” faoliyatiga aloqasi yo‘qligini ta’kidlash kerak.Hozirgi kunda mehnat qonuniy bo‘lishi shart. Noqonuniy faoliyat, masalan iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar jamiyat xavfsizligi va tartibiga qarshi qilmishlar (noqonuniy qurol-yaroq, narkotiklar, inson hayotiga zararli mahsulotlar ishlab chiqarish, o‘g‘rilik qilish, odam savdosi) “mehnat” tushunchasiga kirmaydi. Mehnatning eng muhum mezoni uning ijtimoiy foydali ekanligidir. Shu bilan birga mehnat bunyodkorligidir, ya’ni moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish yoki boy berilgan ne’matlar ni tiklashdir. Olim, muhandis, ishchi, fermer, rassom, shifokor va boshqa bunyodkor shaxislarimizning mehnati huddi anashunday faoliyatdir.
Mehnat ayni payitda jamiyatda ehtiyojga ega va talab etilishi kerak. Agar inson hech kimga kerak bo‘lmagan isni ongli ravishda aniq maqsadni ko‘zlab amalga oshirgan bo‘lsa ham, u mehnat hisoblanmaydi.
Ayni payitda mehnatning boshqa turli shakillari ham farqlanadi, xususan

  • jamoatchilik asosidagi mehnat;

  • g‘amxo‘rlikka yo‘naltirilgan mehnat (homiylik, vasiylik, ko‘ngilli faoliyat va boshqalar)

  • shaxs o‘zligini namoyon qilish vositasi sifatidagi mehnat (badiy ijod, san’at va sport bilan haq olinmasdan amalaga oshiriladigan faoliyat va boshqalar)

Mehnat inson va jamiyat hayotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mehnat faoliyati tufayli ishlab chiqaruvchi kuchlarning beqiyos resurslari, moddiy va ma’naviy boyliklari yaratiladi va jamiyat farovonligi ta’minlanadi. Jamiyatning bundan keying taraqqiyotini ham mehnat faoliyatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
“Mehnat” hamda “ish” tushunchalari mavjud bo‘lib ular bir-biridan farqlanadi.
Ish deyilganda inson faoliyati bilan bir qatrda foydalaniladigan hayvonlar, mahina va mexanizmlarga shuningdek tabiat kuchlariga nisbatan qo‘llaniladi. Mehnat esa yuqorida qayd qilinganidek faqat insonning ijtimoiy foydali faoliyatidir. Bu bilan insonning ongli bunyodkorlik rolining hayvonlarning rolidan prinspial farqi ta’kidlab ko‘rsatishimiz lozim.
Turmushda mehnat tushunchasi bilan birgalikda ish tushunchasi ham keng tarqalgan. “Odam ishaga ketdi”, “u falon joyda ishlaydi”, “ish joyi’, “ish vaqti”, “uning ishi” so‘zlari ham ishlatiladi. Mehnat va ishning miqdorini sarflangan vaqt hamda energiyaga qarab o‘lchaydigan bo‘lsak, ularni tenglashtirib bo‘lmaydi. Misol uchun biror mahsulot ishlab chiqarishda sarflangan mehnat va ishni miqdorini solishtiradigan bo‘lsak, ish mehnat sarfining bir qisminigina (20 – 30%) ba’zan esa undan ham kam miqdorini tashkil etadi. Mehnat insonning ham aqliy ham fiziologik faoliyati hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki ish mehnatning mahsulidir.
Mehnat – maqsadga muvofiq faoliya; ishlab chiqarishning asosiy omillaridan biri; ongli faoliyat; say-harakatlar qilishni, kch g’ayrat sarflashni talab etadi. Ehtiyojlarni qondirish maqsadida amalga oshiriladigan ijtimoiy foydali faoliyat.
Mehnat bu – inson hayotining asosiy va eng muhum sharti hisoblandi. Insonlar tabiatga ta’sir o‘tkazib, o‘zlashtirib, ehtiyojlariga moslashtirish orqali faqat trikchiligi uchun emas, balki, jamiyatning rivojlanishi va taraqqiy topishi uchun shart-sharoit yaratadi. O‘zbek mutaffakirlari ham mehnatning jamiyatdagi o‘rniga, mehnatkash insonga yuqori baho berganlar. Yusuf Xos Hojib: «Xizmat ahli o‘z mehnati natijasidan umidvor turadi... Xizmatiga loyiq taqdir ko‘rgan xodimning boshi ko‘kka yetadi»1 deb aytgan. Buyuk sarkarda Amir Temur ham o‘z saltanatida mehnatkashlar jamoasini, mehnat egalari hurmatini joyiga qo‘yilishiga e’tibor bergan: «Agar kasbu hunar va ma’rifat ahllaridan bo‘lsalar, bundaylarga saltanat korxonalaridan yumush berilsin. Bulardan boshqa bilagida kuchi bor faqir-miskinlar esa o’z ahvoli va kasbu koriga qarab ish tutsinlar”2
Mehnatga berilgan ta’riflar juda ko‘p. Shulardan biri: Mehnat – insonning ongini, salohiyatini sarflaydig, maqsadga muvofiq harakat bo‘lib, ishlab chiqarishning to‘rt asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to‘rt asosiy omillari esa quyidagilardir: yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik layoqati. Bulardan yer va kapital1 moddiy omillar, mehnat va tadbirkorlik layoqati esa inson omili asosida amalga oshiriladi. Bizning fikrimizcha esa mehnat – odamning muayyan ehtiyojlarini qondiradigan va o‘ziga kerak bo‘ladigan moddiy yoki ma’naviy ne’matlardan iborat bo‘lgan narsa, buyum, tovar, xizmat, fan, madaniyat, adabiyot, san’at asarlari va boshqalarni ishlab chiqarish bo‘yicha ongli, maqsadli va taqiqlanmagan faoliyat hisoblanadi.
Mehnat - hozirgi kunda maqsadga muvofiq ijtimoiy-foydali faoliyat hisoblanadi. Shuni hisobga olib biz mehnatni 3 ta jihatdan iborat deb olishimiz mumkin:
1. Hodimlarning ijtimoiy kuch-gʻayratlarini sarflashlari, yaʼni mehnat faoliyatining fiziologik, psixologik va psixofiziologik jihatlaridir.
2. Mehnatning tashkiliy-texnologik jihatlari - ishlab chiqarish vositalari bilan oʻzaro aloqada boʻlish.
3. Hodimlarni bir- biri bilan ishlab chiqarishdagi aloqalari, yaʼni mehnatning to‘g‘ri tashkil etilganligi.
Mehnat jarayoni ham o‘z shakillanish bosqichida turli fikirlar ilgari surilgan. XVII asrda yashagan ingliz olimi Uilyam Petti mehnatga “mehnat boylikning otasi, yer esa boylikning onasi”1 deya ta’rif bergan. U bu ta’rif orqali tovar qiymatining asosini mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan kuch, ya’ni mehnat yotadi deb hisoblagan. Shu bilan birga U.Petti mehnatni 2 turga ya’ni unumli va unumsiz mehnatga ajiratgan. Yana bir ingliz olimi Adam Smit ham mehnatni unumli va unumsiz turlarga ajiratgan. U mehnatgaquyidagichata’rifbergan«...mehnat qiymatning yagona umumiy, shuningdek yagona aniq mezonidir yoki biz barcha vaqtlarda va barcha joylarda turli tovarlarning qiymatinio‘zaro taqqoslay oladigan yagona o'lchovidir»2
Mehnat faoliyati haqida gapirilganda insonning biror mehnat bilan shug‘illanishi tushuniladi. Mehnat faoliyati insondan quyidagi talablarga javob berishni nazarda tutadi:

  1. onglilik;

  2. maqsadgamuvofiqlik;

  3. samaradorlik;

  4. ijtimoiyfoydali;

  5. kuch-quvvatsarfqilinishini talab etadi

Dastlab inson o‘z bajarayotgan harakatlarining maqsadini tushunadi. Misol uchun ongli mavjudot bo‘lgan inson mehnati ot yoki mashina bajaradigan mehnatdan ajiralib turadi, ya’ni inson tabiatning mahsuli — bug'doy yoki javdar, paxta tolasi, jun yoki teridan foydalanib, yangi mahsulotlar yaratadi. O‘zining aqliy quvvati va jismoniy kuchidan foydalanib mehnat qiladi. Inson o‘zi qilayotgan mehnatidan asl maqsadi, uning usuli va natijasini aniqlash bilan birga, qanday mahsulotlarni qancha miqdorda va qaysi payitda chiqarilishi kerakligi, bu mahsulotlarni qanday resurslardan, qay holatda, qaysi texnologiya yordamida ishlab chiqarish, hamda bu mahsulotlar kimlar uchun ishlab chiqarilishini tushuna boshladi.
Mehnat inson va jamiyatni rivojlantirishda juda katta rol o’ynaydi. Mehnat jarayoni faqat insonlar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratilib qolmasdan, yangi bilimlar, ko‘nikma, malakaga ega bo‘lgan, mahorati hamda iste’dodini ko‘rsatadigan xodimlaming rivojlanishida ham aks etadi.
Shuning uchun mehnat faoliyati natijasida, birinchidan, bozorlar mahsulotlar, xizmatlar bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, ikkinchidan ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida yangi ehtiyojlar tug’ula boshlandi va ualrni qondirishga kirishildi. Mehnat o‘zining mazmuniga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
a)oddiy mehnat – bu mehnatda odatda oddiy ish kuchi sarflanadi;
b)murakkab mehnat – oddiy mehnatga qaraganda ikki martta ko‘proq kuch sarflanadi. Misol uchun, bir soatlik murakkab mehnat qilishda bir necha soatlik oddiy mehnat umumlashgan bo‘ladi;
d)reproduktiv mehnat – takrorlanadigan mehnat, avval boshidan ma’lum
bo‘lgan mehnat;
e)ijodiy mehnat – bunyodkorlik natijasi bo‘lib, uning asosida sifat jihatidan ko‘plab yangi, noyob, moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratiladi;
f)funksional mehnat – o‘zining funksiyasiga qarab tarkibi va xususiyati bilan
farqlanadigan mehnat. Masalan:ishlab chiqarish, muhandislik, boshqaruv, ilmiy va boshqalar;
g)kasbiy mehnat – mehnat jarayoni alohida sohalar bilan farqlanadi ya’ni, muhandis-texnolog, muhandis-konstruktor, muhandis-quruvchi va boshqalar.
Mehnatni tahlil etishning eng muhim jihatlari uning funksiyalarini bilishdir. Bu funksiyalar xilma-xildir. Mehnatning ijtimoiy funksiyalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1.Ehtiyojlarni qondirish funksiyasi – bu mehnatning birinchi va eng muhim
usulidir. Odamning ijtimoiy tarizda turmush kechirishi shundan boshlanadi;
2.Ijtimoiy boylikning yaratuvchi funksiyasi – mehnat shunday faoliyatki, uning natijasida odam o‘zinig ehtiyojlarini qondiradi, ya’ni o‘zi bilan tabiat o'rtasidagi moddalar almashinuvini ifodalaydi, tartibga soladi, nazorat qiladi;
3.Jamiyat ijodkori va ijtimoiy taraqqiyot omillari funksiyasi – mehnat ehtiyojlarni qondirish va boylik yaratish natijasida rivojlanishga asos bo‘ladi. Jamiyatning
ijtimoiy qatlamlarini va ulaming o‘zaro hamjihatligini taminlaydi;
4.Insonning yaratuvchisi – inson mehnati orqali insonlar turmushining barcha boyliklarini yaratadi, hamda jamiyatni mehnatga jalb qiladi va buning natijasida o‘zini ham rivojlantirib boradi, bilim va kasb malakalarini egallaydi, muomalani hamda yordam ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Mehnat mazmuniga ko‘ra quyidagi xususiyatlarga bo‘linadi:

  • mehnatning murakkabligi;

  • xodimning mehnatga yaroqliligi;

  • xodimning mustaqillik darajasi.

Hozirgi kunda mehnat taqsimotida u yoki bu shakli sof holda qo‘llaniladigan kasbni topish qiyin. Kasbda faqat bitta shaklning ustunligi haqidagina gapirish mumkin. Masalan, yuk ko‘taruvchining mehnati oddiy, jismoniy, bir xildagi mehnat hisoblanadi. O‘qituvchining mehnati esa aqliy, jonli va ijodiy mehnat turiga kiradi. Boshqa kasblarni mehnat taqsimotini ko‘radigan bo‘lsak, ularni shakli bo'yicha aralash mehnat deb atash mumkin. Bunga misol qilib sotuvchi, iqtisodchi, menejer kabi kasb egalarining mehnatini aytishimiz mumkin.
Mehnatning murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa ekanligini inson uning asosida predmetlarini o‘z ehtiyojlariga to’g’rilashi va ta’sir ko‘rsatishidan bilsak ham bo‘ladi. Bunday ta ’sir ko‘rsatish jarayonida inson albatta o‘zining jismoniy va aqliy kuchini sarflaydi. Bunda dastlab, uchta narsani: mehnat predmetini, mehnat qurolini hamda insonning mehnati mavjud bo‘lishini ko‘zda tutadi. Mehnat predmeti va quroli ishlab chiqarish vositasi, mehnat esa ish kuchini ishlatish, ya’ni ish kuchi bo‘lgani uchun, mehnat jarayoniga albatta ish kuchini mehnat vositalari bilan birlashtirish jarayoni deb qarasak to‘g‘ri bo‘ladi. Ammo mehnat jarayonining asosini inson mehnati, ya’ni insonning o‘zi tashkil etadi. Korxona va zavodlarning texnologiya va texnika vositalari qanchalik mukammal bo‘lmasin, baribir ushbu ishlab chiqarish jarayonini tartibga soladigan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan inson faoliyatisiz amalga oshiribbo‘lmaydi. Ushbu jarayonda mehnatni ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi hisoblaymiz.
Mehnatni tashkil etishning o‘ziga xos uchta xususiyati mavjuddir. Bular:
I.Mehnatning umumiy jihatdan tashkil etilishi – bu jarayon alohida shakil hisoblanadi. Unga ko‘ra davlat yoki xalqaro daraja doirasidagi jamiyatda mehnatni tashkil etishdir.
Jamiyatda mehnatni tashkil etish esa jamiyatdagi ish vaqtini jamlanmasini ishlab chiqish, uni har bir soha o‘rtasida taqsimlash, mehnat qilish vaqti hamda dam olish kunlarini umumiy tartibga solish, kadrlar tayyorlashni takomillashtirish va ularni shakillarini belgilash, sanitariya-gigiena normalarini belgilash va boshqalardan iborat.
II. Mehnatning xususiy jihatdan tashkil etilishi — bu shakil mehnatni alohida korxonada tashkil etishdir. Jamiyatda mehnatni tashkil etish har bir tarmoqdagi ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan holda uni tarmoq ichida tashkil etish bilan to‘ldiriladi. Tarmoq ichida mehnatni shakillantirishning dastlabki bo‘g‘ini –mehnatni korxonada tashkil etishdir. Mehnatni korxonada tashkil etish – bu ishni to‘g‘ri tashkil etish va taqsimlash, har hil sifatga ega bo‘lgan mehnatning alohida turlar o‘rtasida oqilona taqsimlash va shu asosda ular joy-joyiga qo‘yish demakdir. Ushbu vazifalar mehnatni taqsimlashning kerakli shakllarini tanlash orqali amalga oshiriladi. Buning uchun malakali xodimlani ish vaqtini behuda sarflamaslik hamda undan oqilona foydalanish maqsadida asosiy ishlarni yordamchi ishlardan ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi.
III. Mehnatni yagona shaklda tashkil etish jarayoni. Bu jarayonda har bir xodimining samara bilan to‘xtovsiz mehnat qilishi uchun kerakli hamma shart-sharoitlarni yaratmasdan turib belgilangan vazifalarning uddasidan chiqish qiyin. Ya’ni bunda alohida olingan xodimning mehnatini tashkil qilish nazarda tutilgan. Xodim natija beradigan mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayoni uchun tayyorligini uning bilim, ko‘nikmalar, tajribasi, malakasi, shaxsiy fazilatlari orqali bilish mumkin.
Mehnatni tashkil qilishning tarkibiy qismi xodimlar bilan ishlashdir, chunki ulaming ishga bo‘lgan layoqatisiz, kasb mahorati va malakasisiz ishlab chiqarishning samarali bo‘lishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Buning uchun dastlab ishni har bir ish joyiga munosib xodim tanlashdan boshlash kerak. Mehnat - insonning biron bir maqsadga boshlovchi ijtimoiy foydali faoliyatdir. Mehnat jarayoning tarkibiy qismlari quyidagicha: mehnat predmetlari; mehnat vositalari; jonli mehnat sarflari. Mehnat mazmuni - xodimning mehnat predmetlari va vositalari bilan o‘zaro munosabatga kirishishi natijasida vujudga keladi.Mehnat mazmuning funksiyalari quyidagicha: mantiqiy, ijro etuvchilik, qayd etish va nazorat qilish, tartibga solish.
Bugungi kunda xodimlarni zamonaviy ishlab chiqarishga jalb qilish maqsadida texnik ularda va ishlab chiqarishning o‘zida o‘qitish orqali qayta tayyorlov kurslarida tayyorlanmoqda. Ishlab chiqarishda xodimlarni tayyorlashdan ko‘zlangan asosiy maqsad ularni ish joylarida zarur ish topshiriqlarni bajara olishi, ko'nikmalarni hamda kerakli malakalarni hosil qilishga o‘rgatishdan iboratdir. Xodimlarni qayta tayyorlash kurslarida o‘qitishdan maqsad ishlab chiqarishda joriy qilingan yangi texnalogiyalarni o‘zlashtirishi hamda ularni yangi kasiblarga o‘qitishdir. Buning natijasida, ya’ni xodimlarni ikkinchi kasbga o'qitish orqali mehnat unumdorligi oshadi, mehnat mazmuni yanada boyitiladi.
Albatta bugungi kundagi zamonaviy ishlab chiqarish xodimlardan kasb malakasini muttasil oshirib borishni talab qiladi. Shuni ham hisobga olgan holda xodimlarning malakasini oshirish tizimi yaratilgan. Bu tizim malaka oshirish kurslaridan iboratdir.
Mehnatni tashkil qilishning muhim belgisi bu mehnat taqsimotidir. Mehnat taqsimotida ishlab chiqarish natijasidan kelib chiqib har bir xodim va har bir ishlab chiqarish bo‘linmasiga xizmat vazifalari, ish turlari, texnologik operatsiyalar taqsimlab beriladi. Mehnat inson va jamiyatni taraqqiy ettirishda faqat odamlaming ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan moddiy va ma’naviy ne’matlarinigina yaratilib qolmasdan, yangi bilim, ko‘nikma hamda malakaga ega bo‘lgan, mahoratli, iste’dodli va shu hislatlarini namoyon eta oladigan xodimlarni ham shakillantiradi.
XULOSA. Ma’naviyat jamiyat hayotining barcha sohalari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan, boshqacha aytganda ijtimoiy hayot, inson faoliyatining biror sohasi yo‘qki u ma’naviyat ruhi bilan bog‘lanmagan bo‘lsa. Ma’naviyat atamasini kundalik hayotda biz moddiy ishlab chiqarishga aloqasi bo‘lmagan aqliy faoliyatga hamda, axloqiy-diniy qarashlarga, iymon-e’tiqodaga nisbatan ishlatiladi. Inson dunyoga kelgan vaqitdan boshlab jamiyat, siyosiy tuzum, madaniyat, ishlab chiqarish, oila, ommaviy axborot vositalari, mafkura kabi ijtimoiy tuzulmalar mavjud bo‘ladi. Inson ta’li-tarbiya, mehnat, muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar, siyosiy g‘oya, milliy mafkura kabi omillar ta’sirida yashaydi, ularni o‘zlashtiradi va shu jarayonda uning ma’naviyati shakillanadi. Natijada insonda yangi fazilatlar paydo b’ladi. U yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat ko‘rsata boshlaydi. O‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, yuksak masuliyatni his qilish, g‘oya uchun kurashish, mustahkam e’tiqodga ega bo‘lish, o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon etish va ijtimoiy-siyosiy faollik ma’naviyatga hos belgilardir. Insonning maqsad, g‘oya va ideallari jamiyatdagi mavjud g‘oya va mafkura bilan uzviy bog‘liq ravishda shakillanadi. Milliy g‘oya va mafkurani amalga oshirish, ezgu g‘oyalar yo‘lida hayotini qurbon qilish ham inson ma’naviyatining bosh maqsadiga aylanadi.
Ma’naviyatli inson esa mustahkam iymon-e’tiqod, g‘oya va insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan, Vatan, millat tuyg‘usi bilan yashaydigan, o‘zida davr xususiyatlarini ifoda etadigan insondir. Jamiyat o‘z taraqqiyoti davomida vujudga kelgan muommolarni hal etish uchun ma’naviyatli insonning muayyan tarixiy namunalarini yaratadi. Har bir davirda ma’naviyat inson mohiyati va mazmunini yangicha tushunishni taqazo etadi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish davrida fozil va barkamol ma’naviyatli insonni shakillantirish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar o‘z oldiga ana shunday ma’naviyatli insonni shakillantirishni maqsad qilib qo‘ygan.
Download 83.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling