I kirish II. Asosiy qism ishonchlilik nazariyasi togrisida asosiy tushunchalar


Ishonchlilikning iqtisodiy jihati


Download 118.79 Kb.
bet6/11
Sana20.12.2022
Hajmi118.79 Kb.
#1035467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
NAFISAXON KURS ISHI (1)[1]

2.1.3 Ishonchlilikning iqtisodiy jihati
Ishonchlilikning erishilgan darajasini baholash va uni oshirish zarurligi iqtisodiyot nuqtai-nazaridan xal qilinishi kerak, chunki iqtisodiyot ishonchlilik masalalarini yechishda asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi.
Ishonchlilikning talab etilgan darajasiga erishish uchun har xil variantlarni taqqoslayotganda transport vositalarini ishlab chiqarish va ekspluatasiyasi sarf-harajatlarini hamda ulardan foydalanishda olinadigan samaradorlikni hisobga olgan holda eng ko‘p majmuiy iqti-sodiy samara olish sharti bajarilishi kerak.
Transport vositalari ekspluatasiyasi jarayonida majmuiy iqtiso-diy samaradorlikning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi ikkita omilga bog‘liq:
1.Yangi transport vositasiga ketgan sarf-harajatlar (loyihalash, ishlab-chiqarish, sinash, sozlash, transportirovka va x.k)- Qu; va ekspluatasiya sarf harajatlari (TXK,T, profilaktika tadbirlari)- Qe.
Qu+ Qe -samaradorlik tarozusida (balansida) manfiy son.
2. Transport vositasidan foydalanish (daromat) musbat iqtisodiy samaradorlik-foyda beradi (Qp).
Vaqt o‘tishi bilan Qe o‘sa boshlaydi, chunki transport vositasi eskiradi va u yo‘qotgan ish qobiliyatini tiklash uchun sarf-harajatlar ko‘payadi.
Vaqt o‘tishi bilan Qr ning o‘sish sur’ati kamayadi, chunki transport vositasining TXK va ta’mirlarda turib qolishi uning unumdorligini pasaytiradi. Shuning uchun ham majmuiy samaradorlik chizig‘i
Q(t)  Qp(t) - (QuQe(t)),
eng yuqori nuqtaga ega va ikki marta abssissa o‘qini kesib o‘tadi. Q ning o‘sishi bilan tTtq ga teng bo‘lgan vaqtda,
Qu Qe Qp ,
bunda Ttq -sarf-harajatlarni qoplash muddati.
Shunda transport vositasini ishlab chiqarishga ketgan harajatlar qoplangan bo‘ladi.
tTtq dan boshlab transport vositasi foyda keltirishini boshlaydi. Lekin olinadigan foydaning o‘sishi ekspluatasiya harajatlarining tTox gacha bo‘lgan vaqtda kamayadi.(Tox-transport vositasi ishlashining chegaraviy muddati).
Bunda yana QuQeQr holatiga ega bo‘lamiz. t>Tox bo‘lsa, ekspluata-siya harajatlari olinadigan samaradan katta. Transport vositasining iqtisodiy maqbul ekspluatasiya muddati -Te Tmaxepr chegarada yetadi. Demak, transport vositasi variantini ishonchlilik nuqtai naza-ridan tanlanayotganda uni ishlab-chiqarish va ekspluatasiya harajat-larini olinadigan samara bilan taqqoslash kerak. Transport vositasi ishonchliligini baholayotganda iqtisodiy mezon asosiy ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi.

Download 118.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling