I. Kirish II. Asosiy qism Jismoniy tarbiya tizimida voleybol oʼyinining tutgan oʼrni
Download 72.08 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Voleybolchining texnik harakatlari III.Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
- Mavzuning dolzarbligi
Mavzu: Dastlab voleybolni o’rgatishda tezkorlik-kuch sifatlarini tarbiyalash. Reja: I.Kirish II.Asosiy qism 1. Jismoniy tarbiya tizimida voleybol oʼyinining tutgan oʼrni 2. Voleybol mashg’ulotlarda voleybolchi oʼquvchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi 3. Voleybolchining texnik harakatlari III.Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Jismoniy madaniyat komil insonni tarbiyalashdek muqaddas vazifani bajarishda barcha oʼquv yurtlari taʼlim tizimida yosh avlodni jismoniy baquvvat irodali chaqqon vatanparvarlik ruhida tarbiyalab voyaga yetkazish uchun jismoniy tarbiya mashgʼulotlarini Oʼzbekiston Respublika “Talim toʼgʼrisida”gi qonuni, “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” hamda “Oʼzbekistonda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish toʼgʼrisida”gi Qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002- yil 24-oktyabrdagi PF-31-54-sonli “Oʼzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamgʼarmasini tuzish” toʼgʼrisidagi farmoni va uni bajarish tadbirlariga suyangan holda yangi usullarni tashkil qilish va oʼtkazish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ishlarni samarali bajarish uchun bolalarni eng kichik yoshdan boshlab jismoniy-tarbiya bilan jismonan salomatlik poydevorini qurishni amalga oshirish mumkin. Oʼzbekistonda Jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish toʼgʼrisida kadrlar tayyorlashdagi oqilona tizim muhim ahamiyatga ega. Shu bois respublikamizda jismoniy madaniyatning maqsad va vazifalari hukumatning hamda Respublika jismoniy – tarbiya va sport qoʼmitasining qaroridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Mavzuning dolzarbligi:Respublikamizda amalga oshirilatyotgan jismoniy madaniyatni oʼz oldiga qoʼygan maqsadi sogʼlom - ruhan tetik va bunyodkor insonni hayotga tayyorlashdan iborat. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Biz sogʼlom avlodni tarbiyalab yetkazishimiz kerak, Sogʼlom kishi deganda faqat jismoniy sogʼliqni emas balki sharqona odob-ahloq va umumbashariy gʼoyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz”, -deydi Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-yigʼilishidagi maʼruzasida. Jismoniy madaniyatning maqsadi jamiyatning sogʼlom, hushchaqchaq har tomonlama jismonan rivojlangan mehnat va vatan himoyasiga tayyor turgan qoʼriqchilarni tarbiyalashdan iborat uzoq muddatli uyushtirilgan pedagogik jarayondir. Prezidentimiz I.А.Karimov “Sogʼlom avlod uchun” ordenini topshirish marosimida soʼzlagan nutqlarida alohida taʼkidlab oʼtganlar: “Biz asrimizning kelajagi avlod uchun kurash boshladik. Shu nom bilan orden taʼsis etdik va maxsus halqaro jamgʼarma tuzdik. Sogʼlom avlod deganda biz faqat baquvvat farzandlarimizni emas balki maʼnaviy boy avlodga ega boʼlgan halqni tushunishimiz kerak. Bunday halqni hech kim hech qachon yenga olmaydi. Buni hammamiz yaxshi anglab olmogʼimiz kerak”. Download 72.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling