I kirish II. Asosiy qism maktabgacha ta’lim muassasasida aqliy va axloqiy tarbiya


Download 463.69 Kb.
bet7/11
Sana14.12.2022
Hajmi463.69 Kb.
#1006845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
15 Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiya turlari va uning mazmuni.

Axloqiy odatlarni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
I- Axloqiy tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish, ya’ni pedagog va bolalarning o’zaro munosabatlari bolaning shaxsiga nisbatan xurmat bilan qarashga asoslanishi kerak.
-I- Pedagogik jarayonni shunday tashkil etish kerakki, unda bolaning o’zi ijobiy odatlarni egallab borish, salbiy xususiyatlarni yo’qotishga intilsin.
-1- Axloqiy tarbiya bolaning ijobiy xulqiga asoslanib amalga oshirilishi zarur.

-I- Bolani tarbiyalash uchun yaxshi xissiy muhit yaratish kerak. Jazolash va qo’rkitish bilan ijobiy axloqiy sifatlarni tarbiyalab bo’lmaydi.


-I- Bolada axloqiy odatlarni shakllantirish uchun undagi ma’lum odatlarga asoslanish kerak.
-I- Ijobiy odatlarni yuzaga keltirish uchun qiziqarli faoliyatlarni tashkil etish kerak.
Shunday qilib, bolalarning axloqiy tasavvur va tushunchalarni egallab olib, uni kundalik odatga aylantirishlari uchun bolalarning kattalar raxbarligidagi faoliyatni tashkil etish lozim. Demak, tarbiyachi bola shaxsida axloqiy xis-tuyg’ularni tarbiyalash uchun hamma vosita va metodlarni qo’llasa, yaxshi xulq na’munalarini o’rgatish ancha oson kechadi. Bola hayotida jismoniy tarbiyaning о‘rni. Jismoniy tarbiya deganda organizmning morfologik va funksional rivojlanishini jamiyat talablari darajasida amalga oshirish, jismoniy sifatlarni, qobiliyatlarni rivojlantirish, jismoniy madaniyat va sport soxasiga taalluqli maxsus bilimlarni o’zlashtirib olish tushuniladi. Jismoniy tarbiya - tarbiyalanuvchilarning jismoniy va sportga oid faoliyatlarini maqsadga yo’naltirilgan aniq tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga oshirish tizimi. Maktabgacha ta’lim davrida bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashning asosiy maqsadi bolalardagi turli ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlikni amalga oshirish, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir.
Muntazam ravishda o’tkaziladigan jismoniy mashg’ulotlar bolalarning o’sish va rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir qilib, ijodiy imkoniyatlarini oshiradi. Bolalarning jismoniy madaniyatini shakllantirish ko’pgina vazifalarda muvaffaqiyatli xal etishni talab etadi. Jismoniy tarbiyaning vazifalari xilma-xil bo’lib, pedagogikada qator tasniflar yaratilgan.
Jumladan, V.A.Slastenin, I.F.Isayev, YE.N.Shiyanovlar jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko’rsatishadi: bolalarning jismoniy to’g’ri rivojlanishiga yordam berish - organizmning morfologik va funksional rivojlanishini ta’minlovchi ishchanlik qobiliyatini oshirish, uning tashki muhitning noqulay vaziyatlariga barkaror qarshi tura olishini mustaxkamlash; asosiy harakatlantiruvchi sifatlarni rivojlantirish - bolaning xilma-xil harakatga doir faoliyatga qobiliyatliligi uning barcha jismoniy sifatlari — kuchlilik, chidamlilik, chaqqonlik va epchillikni yuksak uyg’unlikda rivojlanishini ta’minlaydi; hayotiy muhim harakatga oid ko’nikma va malakalarni shakllantirish - bolada maxsus harakatga doir bilim, ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish. Harakatga doir tasavvurlarga tayangan xolda bola turli sharoitlarda o’z xatti-harakatlarini boshqara olish imkoniyatgaa ega bo’ladi; jismoniy madaniyatning tizimli mashg’ulotlariga barkaror qiziqish va extiyojlarni tarbiyalash. Sog’lom turmush tarzi asosida bolaning doimiy ravishda o’z-o’zini jismonan rivojlantirishga ichki tayyorligi yotadi. U muntazam jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish va bolalarning jismoniy mashg’ulotlarga faol munosabati natijasida yuzaga keladi; jismoniy madaniyat va sport, tibbiy va gigiyena soxalariga oid minimum nazariy bilimlarni egallash zarurligi. Bolalar kun tartibi va shaxsiy gigiyena haqida. jismoniy madaniyat, sportning salomatlikni mustaxkamlashdagi ahamiyati aniq tasavvurlarga ega bo’lishi zarur. Pedagog olim P.Yusupovaning fikricha, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar organizmining o’ziga xos tomoni shundaki, u juda tez o’sadi va rivojlanadi. Shu bilan birga organizm funksiyalari va sistemalarining shakllanishi hali tugallanmagan bo’ladi, shunga ko’ra u tez jaroxatlanadi. Shuning uchun bolalarni jismoniy tarbiyalashda quyidagilar birinchi darajali vazifalar xisoblanadi: Sog’lomlashtiruvchi vazifalar.
Bolalar sog’ligini mustaxkamlash, organizmning shakl va funksiyalarini uyg’un rivojlantirish, ish qobiliyatini oshirish, har xil tashqi ta’sirlarga chidamlilikni kuchaytirish, uzok umr ko’rishini ta’minlash.

Download 463.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling