I. Kirish II. Asosiy qism Musiqiy faoliyatda menejment
О‘zbekistonda faoliyat kо‘rsatayotgan badiiy jamoalar va ularning faoliyati
Download 167.82 Kb.
|
konsert tashkilotlari
О‘zbekistonda faoliyat kо‘rsatayotgan badiiy jamoalar va ularning faoliyati.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qator islohotlar orasida aynan madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor masalasi sifatida eʼtirof etilib, bu borada uzluksiz ravishda yangilanishlar, taʼbir joiz boʻlsa rivojlanishlar kuzatilmoqda. Har qanday xalq, millat bor ekan, albatta uning oʻziga xos mentaliteti, urf-odatlari va anʼanalari mavjud boʻladi. Butun dunyoda “Ommaviy madaniyat” xavf solib turgan bir vaziyatda xalqlarning oʻz milliy madaniyatlarini saqlab qolishi va rivojlantirishi qiyin masala boʻlib turibdi nazarimda. 15 Oʻzbek xalqi ham butun dunyoda oʻzining beqiyos madaniyati va sanʼati, urf-odat va anʼanalari bilan maʼlum va mashhur. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan va butun hayotimizni sovuq robot va texnikalar egallab olayotgan ayni XXI asr sharoitida dunyo nigohi oʻz madaniyatini va qadim anʼanalarini saqlab qolgan Oʻzbekiston kabi serquyosh oʻlkaga qaratilmoqda. Bugun respublikamizda betakror milliy madaniyatimizni rivojlantirishda oʻziga xos ahamiyatga ega boʻlgan qator omillarni sanashimiz mumkin. Ular orasida koʻplab insonlarni birlashtirishga xizmat qilayotgan, milliy madaniyatimiz rivojiga salmoqli hissa qoʻshayotgan badiiy havaskorlik jamoalarini ham taʼkidlab oʻtish joizki, ularning bugungi kundagi faoliyatidan asosiy maqsad shonli tariximizdan meros anʼanalarimiz, madaniyat va sanʼatimizni saqlab qolish, el orasida targʻib qilish va kerak boʻlsa, kelajak avlodga yetkazish desak ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz. Badiiy havaskorlik - yakka jamoa boʻlib ishlanadigan, ishdan ajralgan holda mashgʻulotlar, toʻgaraklar ijod qilinadigan xalq ijodiyotining shakllari. Badiiy havaskorlik jamoalariga ashula va raqs ansambllarini, shuningdek, folklor-etnografiya ansambllari, raqs ansambllari, vokal, cholgʻu-estrada ansambllari, sirk jamoalari, dorbozlar guruhi, xalq filarmoniyalari, karnay va surnay jamoalari, xalq hunarmandchiligi, naqqoshlik studiyasi, tasviriy sanʼat studiyasi, cholgʻu asboblari jamoalari, milliy estrada guruhlari, qiziqchilik guruhlari kabilarni misol qilish mumkin. Bu kabi jamoalar uchun Madaniyat vazirligi tomonidan taʼsis etilgan “Xalq havaskorlik jamoasi” va bolalar jamoalari uchun “Bolalar namunali jamoasi” unvonlari aholi orasida havaskorlik sanʼatiga boʻlgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilmoqda va ular orasidan yetishib chiqayotgan yosh sanʼatkorlar esa professional sanʼatkor boʻlib yetishmoqda. Badiiy havaskorlik jamoalari faoliyatiga toʻxtalib oʻtar ekanmiz respublikamizda faoliyat yuritayotgan jamoalar statistikasiga ham toʻxtalib oʻtsak ayni muddao boʻladi. Bugungi kunda respublikamizda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan aholining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, estetik talablarini qondirish va milliy madaniyatimizga mehr ruhida tarbiyalashga xizmat qilishga qaratilgan 597 ta badiiy havaskorlik jamoalari mavjud. Ularda mavjud shtat birliklari soni esa qariyb 1500ga yaqin. Ushbu jamoalarga “Xalq havaskorlik jamoasi” hamda “Bolalar namunali jamoasi” unvoni berilgan. Oxirgi maʼlumotlarga qaraganda, 160 ga yaqin ashula va raqs, 170 ga yaqin folklor ansambli, 50 ga yaqin raqs ansambli, 30 ga yaqin maqom ansambli, 30 ga yaqin vokal-cholgʻu estrada ansambllari xalqimizga xizmat qilib kelmoqda. 16 Raqamlar miqdori yetarlicha boʻlsa ham, tan olish kerakki, bugungi kunda bu jamoalarning chiqishlari xalqni oʻziga jalb qila olmayapti. Koʻpchiligimiz esa hatto viloyatimiz yoki tumanimizda badiiy havaskorlik jamoalari borligi haqida ham tushunchaga ega emasmiz. Shunga qaramay bir qancha jamoalarning faoliyatini eʼtibordan, eʼtirofdan chetda qoldirmasligimiz joiz. Masalan, Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi “Boysun” folklor-etnofgrafik jamoasi respublikamiz miqyosida oʻtkazilgan tadbirlardan tashqari, Polsha, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi 20ga yaqin xorijiy davlatlarda oʻz dasturlarini namoyish qilib kelmoqda. Shuningdek, Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi “Besh qarsak” folklor-etnofgrafik jamoasi Janubiy Koreya, Germaniya, Ozarbayjon kabi mamlakatlarda noyob nomoddiy-madaniy merosimizni targʻib qilib keldi. Bulungʻur tumanidagi “Chavqi” folklor-etnofgrafik xalq ansambli, Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi “Sayxun yigitlari”, Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanidagi “Toʻrgʻay”, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi “Momogul” folklor-etnofgrafik xalq ansambllari ham bir nechta davlatlarda ijodiy safarlarda boʻlib, millatimizning beqiyos anʼanalarini dunyoga yoyishda oʻz hissalarini qoʻshib kelishdi. Sanʼat ahlining taʼsir kuchi hamma davrda ham yuqori boʻlgani barchamizga maʼlum. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2017-yil 3-avgustda mamlakatimiz ijodkor ziyolilari bilan tashkil etilgan uchrashuvda ham xalqimizning maʼnaviy kamolotini yuksaltirishda soha vakillarining xizmati beqiyos ekanligiga urgʻu berildi. “Azalazaldan xalq ijod ahliga katta ishonch bilan qarashi maʼlum” - deb taʼkidladi Prezidentimiz uchrashuvda. “Millionlab odamlarning e’tiborida bо‘lgan madaniyat, adabiyot va san’at degan muqaddas dargohga qadam qо‘ygan har bir ijodkor avvalo о‘z xalqining qalbiga quloq solib uning dardiga darmon bо‘lishga intiladi. Sizlarni barchangizni men о‘z ijodiy faoliyati bilan mana shunday hayotiy e’tiqodga umrbod amal qilib kelayotgan fidoyi insonlar deb bilaman. Va men ishonaman nasib etsa hava qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz bо‘ladi” - degan soʻzlardan esa davlat rahbarining soha vakillariga boʻlgan yuksak ishonchni bilishimiz mumkin va albatta bu ularga katta motivatsiya boʻlishi tabiiy. Albatta har qanday ijodiy faoliyat oʻziga xos qobiliyat va ishtiyoq talab qiladi. Uni kimdir yoshlikdan shakllantiradi, kimdir esa yoʻq. 17 Baʼzilarda esa sanʼatga boʻlgan qobiliyat va ishtiyoq keksayguncha yashirin holda saqlanadi. Badiiy havaskorlik jamoalari tarkibi ham asosan ana shunday havaskor kishilardan iborat holda tashkil qilinadi va badiiy rahbar tomonidan yanada takomil holga keltiriladi. Va albatta, ijodiy faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish va boshqarishni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish hamda amaliyotda ijroni taminlashga erishish uchun masʼul boʻlgan xodimdan, mutaxassis yoki boshqaruvchi rahbardan talab etiladigan oʻziga xos xususiyatlar boʻladi [3:10]. Badiiy havaskorlik jamoalari faoliyati bilan tanishish juda qiziqarli jarayon boʻlib, bevosita kuzatish ayniqsa maroqlidir. Chunki boshqa-boshqa soha vakillarining bir jamoada boʻlishi va sanʼat uchun yonib kuyishi, birdamlikda ijod qilishi ham murakkab, ham qiziqarli hamda zavqli jarayondir. Respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan badiiy havaskorlik jamoalari orasida oʻz ijod namunalari bilan ajralib turadigan bir qator jamoalar ham borki, ularni misol qilib keltirishimiz ayni muddao boʻladi. Ulardan biri Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Shahrisabz shahar madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan Qori Zokir Sodiqov nomidagi xalq teatr jamoasi boʻlib, uning tarixi oʻtgan asrning 20-yillariga borib taqaladi. Koʻp yillar davomida oʻz faoliyatini toʻxtatmasdan, barakali ijod qilib kelayotgan ushbu jamoaga bugungi kunda tajribali rejissyor, dramaturg Sabur Yadgarov rahbarlik qilib kelmoqda. “Bugungi texnika asrida - deydi ustoz Sabur Yadgarov, - yoshlarning sanʼat sohasiga qiziqishlari katta, ammo ularning ota-onalari, atrof muhit va jamiyat taʼsirida hayollarida maʼlum kasbni faqat moliyaviy taraflama qarash orqaligina tanlashyapti, oxir oqibatda esa ularda mavjud isteʼdod ham yashirin holda saqlanib qolmoqda.18 Biz ana shunday aholini oʻzimizga chorlaymiz, ularni bir jamoada birlashtiramiz”. Darhaqiqat jamoaning shu kunlarda xalqqa taqdim etayotgan ijod namunalari haqiqatan maqtovga arzigulik va professional darajada desak ham boʻladi. Tarixdan hozirga qadar Shahrisabz vohasida teatr sanʼati yoʻlida fidokorona xizmat qilib kelayotgan ushbu teatr keyingi yillarda yana avvalgidek oʻz soʻzini aytishga bel bogʻlab repertuarini ketma-ket yangi, muvaffaqiyatli, yashovchan spektakllar bilan boyitmoqda. Bular - kattalar uchun “Dadajonisi, kechiring” (A.Rahmatov asari), “Uylanish” (S.Yadgarov asari); bolalar uchun - “Sportchi quyon” (S.Yadgarov asari), “Oʻjar oʻrdakcha” (S.Yadgarov asari) spektakllari boʻlsa, yaqinda premyerasi jamoatchilik tomonidan yuksak eʼtirof etilgan A.P.Chexovning “Oqqush qoʻshigʻi” (ikkinchi nomi “Kalxas”) asaridir. Ushbu kichik dramatik etyud shaklida yozilgan bu mumtoz asar bir qarashda unchalik katta spektaklga aylanmasligi kerak edi, lekin Sabur Yadgarovning rejissorcha talqini tufayli toʻlaqonli bir pardali zalvorli asarga aylangan. Madaniyat va sanʼat xodimlari sifatida eng avvalo biz oʻzimiz milliy madaniyatimizni yuksaltirish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni maʼno mazmunini anglab yetmogʻimiz joiz deb bilaman. Chunki sanʼatning qaysi sohasiga nazar tashlamaylik, qadim anʼanalarimiz asosida vujudga kelganligini guvohi boʻlamiz. Bizgacha yetib kelgan milliy madaniyatimiz, anʼana va qadriyatlarimizning uzoq yillar barhayot boʻlishi, kelajak avlodlarga oʻz holida yetkazish kabi vazifalar bizga oʻziga xos maʼsuliyat yuklaydi. Maqolada tilga olingan badiiy havaskorlik jamoalari xususidagi fikrlar, maʼlumotlar ham aynan soha rivoji uchun hissa qoʻshsa ajabmas. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonunlar soha mutaxassislarini xursand qilmay qoʻymaydi albatta. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yilgi 588-sonli qarorida badiiy ijod, shu jumladan, teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy san’atini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish, xalqimiz tarixi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama yordam berish, shuningdek, madaniyat markazlarida xalq badiiy havaskorlik va ijrochilik san’atini rivojlantirishga, ularning shakl va usullarini takomillashtirishga ko‘maklashish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi zimmasiga yuklatilgan boʻlib, shu kungacha soha yuzasidan vazirlik tizimida ham qator ishlar olib borilmoqda. Endilikda badiiy havaskorlik jamoalarining faoliyati faqatgina madaniyat markazlari bilangina emas, balki xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida ham joriy qilish koʻzda tutilmoqda19. Darhaqiqat, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yildagi F-22 sonli farmoyishida ham maktablarda, ularning joylashgan hududi hamda o‘quvchilarning qiziqishlariga qarab baxshichilik, maqom, estrada, teatr, rassomchilik yo‘nalishlarida to‘garaklar va badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish belgilab qoʻyilgan. 2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyich tuzilgan “Yoʻl xaritasi”da esa mahalliy byudjet mablagʻlari, homiylik xayriyalari hisobidan mahallalarda, maktablarda hamda madaniyat va sanʼat muassasalarida faoliyat yuritayotgan badiiy havaskorlik jamoalarining konsert dasturlarini tashkil qilish belgilab qoʻyilgan. Jamoalarni shakllantirish murakkab jarayon boʻlganidek, ularni xalqqa namoyish qilish, ijod jarayonlaridan barchani xabardor qilib borish ham, albatta, oʻziga xos qiyinchiliklar tugʻdirishi tabiiy.20 Mavjud badiiy havaskorlik jamoalarining aksariyati xalqqa maʼlum emas. Bu borada ham bir necha yillardan beri davlatimiz tomonidan chora tadbirlar koʻrilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yildagi “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunida eng yaxshi xalq ijodiyoti jamoalarini viloyatlar, hududlar, respublika bayramlarida, xalqaro bayramlarda, tanlovlarda, festivallarda ishtirok uchun jalb qilish orqali ularni ommalashtirish koʻzda tutilgan edi va bu borada ham qator amaliy ishlarni guvohi boʻlmoqdamiz. XULOSA. Ta’kidlash joizki, Prezidentning oqilona siyosati tufayli О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli “О‘zbekkonsert” davlat muassasasi, davlat teatrlari, О‘zbek davlat sirki, “О‘zbekiston davlat filarmoniyasi” davlat muassasasi, “Xalqlar dо‘stligi” saroyi, Islom Karimov nomidagi Farg‘ona viloyat teatr va konsert saroyi, “Diydor” va “Tomosha” teatr-studiyalari, “Yoshlar madaniyat va san’at markazi” davlat korxonasi, Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab-chiqarish bosh boshqarmasi va uning hududlararo inspeksiyalari, Badiiy ekspertiza boshqarmasi va uning hududlararo bо‘limlari, “Sharq taronalari” musiqa festivali bosh direksiyasi, vazirlik tizimidagi muzey-qо‘riqxonalar, hayvonot bog‘lari, davlat muzeylari, uy muzeylari va kо‘rgazmalar, kо‘zi ojizlar respublika markaziy kutubxonasi, “Guliston”, “Teatr”, “Moziydan sado” jurnallari tahririyatlarining, barcha-barcha madaniyat va san’at sohasi muassasalarining faoliyatlari qayta kо‘rib chiqildi, yetarli shart-sharoitlar hozirlandi. Bu esa о‘z navbatida mamlakatda madaniyat va san’atga bо‘lgan e’tiborning yangicha qirralarini boyitishga xizmat qildi. Sohaga oid yangicha yondashuvlarning yana biri – 2018 yildan boshlab, har ikki yilda bir marta Navoiy viloyatining Nurota tumanida о‘tkazilishi mо‘ljallangan “Nurli navolar” xalqaro folklor festivalini tashkil etish va о‘tkazish tо‘g‘risida”gi 2018 yil 27 iyunda imzolangan Vazirlar Mahkamasining 486-sonli qaroridir. Folklor festivalini о‘tkazish tartibi tо‘g‘risidagi Nizomda ta’kidlanganidek, milliy an’analarni asrab-avaylash, yoshlarda san’atga bо‘lgan muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, xalqaro miqyosda ijodiy aloqalar doirasini kengaytirish, tinchlik va birdamlik g‘oyalarini ulug‘lash, о‘zaro madaniy- ma’naviy hamkorlikni yanada mustahkamlash, turli millat vakillarini ma’naviy muloqotga jalb etish, milliy an’analar va estetik ideallar umumiyligi asosida xalqaro madaniy hamkorlikni mustahkamlash, madaniy turizmni rivojlantirish, xorijiy davlatlar bilan milliy madaniyatlar uyg‘unligi va turfa xilligini saqlash va rivojlantirish, nomoddiy madaniy merosning eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish, muhofaza qilish va rivojlantirish borasidagi faoliyatga katta rag‘bat beradi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalqaro maqom san’ati anjumanining ochilish marosimidagi nutqida milliy madaniyatimiz, milliy madaniyatimizning ajralmas qismi hisoblanmish maqom san’ati haqida benihoya tо‘g‘ri ta’rif berdi. Tabrikda shunday satrlar bor: “Sharq mumtoz adabiyoti, tasviriy san’ati, ilmu ma’rifat, islomiy qadriyatlardan oziqlangan maqom san’ati-ana shunday madaniy meros rivojiga о‘zbek xalqi ham munosib hissa qо‘shgani bilan biz haqli ravishda faxrlanamiz. Bu noyob boylikni kо‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, undan dunyo ahlini bahramand qilish,kelgusi nasllarga bezavol yetkazish turli qit’a va mamlakatlar vakillarini bu gо‘zal maskanda mujassam etgan anjumanimizning asosiy maqsadidir. Agar biz asl, haqiqiy san’atni bilmoqchi, о‘rganmoqchi bо‘lsak, avvalo mumtoz maqom san’atini bilishimiz, о‘rganishimiz kerak. Agar biz san’atni, madaniyatni kо‘tarmoqchi bо‘lsak, avvalo mumtoz maqom san’atini kо‘tarishimiz kerak.” Bu sо‘zlar milliy madaniyatni irvojlantirish borasida о‘tkazilgan, 73 davlatdan 300ga yaqin mehmonlar ishtirok etgan xalqaro anjumanda yangradi. Bu munavvar tadbirlarga ancha oldinroq tamal toshi qо‘yilgani rost. Download 167.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling