I. Kirish II. Asosiy qism Musiqiy faoliyatda menejment
Download 167.82 Kb.
|
konsert tashkilotlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. О‘zbekistonda faoliyat kо‘rsatayotgan badiiy jamoalar va ularning faoliyati………………………………………………………………………….21. III.Xulosa……………………………………………………………………….27.
MAVZU:KONSERT TASHKILOTLARI VA BADIIY JAMOALAR FAOLIYATI BOSHQARUVI. MUNDARIJA. I.Kirish…………………………………………………………………………….3. II.Asosiy qism 1.Musiqiy faoliyatda menejment……………………………………………..…6. 2. Konsert tashkilotlari boshqaruvi…………………………………………..17. 3. О‘zbekistonda faoliyat kо‘rsatayotgan badiiy jamoalar va ularning faoliyati………………………………………………………………………….21. III.Xulosa……………………………………………………………………….27. IV.Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………29. V.Ilovalar……………………………………………………………………….30. KIRISH. Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari koʻrsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish, madaniyat va sanʼat sohasida isteʼdodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash, taʼlim muassasalarini milliy cholgʻular, musiqa darsliklari, notalar toʻplamlari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlashning yaxlit tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq: Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida:mazkur qarorga muvofiq milliy musiqa cholgʻularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati oʻrgatiladi hamda bu haqda ularning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi; musiqa fani uchun haftasiga belgilangan bir oʻquv soati hamda unga qoʻshimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholgʻularida kuy ijro etish amaliytoʻgaraklari va fakultativ darslari oʻtkaziladi; mazkur qarorga muvofiq milliy cholgʻulardan kamida bittasida, 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega boʻlish musiqa fani oʻqituvchilari uchunmajburiy hisoblanadi; musiqa fani uchun ajratilgan oʻquv soatlari doirasida “Hayotimga hamrohdir cholgʻu” shiori ostida cholgʻu ijrochiligi dars mashgʻulotlari yoʻlga qoʻyiladi; notalar toʻplamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan taʼminlash umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tizimiga kiritiladi; oʻquvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlariga koʻra milliy musiqa cholgʻularida kuy ijro etish mahorati, tasviriy va amaliy sanʼat, hunarmandchilikyoʻnalishlarida amaliy toʻgaraklar (keyingi oʻrinlarda – amaliy toʻgaraklar) tashkil etiladi; amaliy toʻgaraklar rahbarlariga “Barkamol avlod” bolalar maktablari toʻgarak rahbari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari qoʻllaniladi; amaliy toʻgaraklarni olib borish hisobi “Elektron kundalik” dasturi orqali amalga oshiriladi hamda har chorakda toʻgarak ishtirokchilarining hisobot konsertlari tashkil qilinadi; musiqa sanʼati boʻyicha professional taʼlim hamda oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatga ega boʻlgan, kamida 3 ta milliy musiqa cholgʻularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislarni asosiy ish joyidan boʻsh vaqtida u yerdagi mehnatga haq toʻlash shartlarini saqlab qolgan holda oʻrindoshlik asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari musiqa fani oʻqituvchisi va musiqa yoʻnalishidagi toʻgarak rahbari lavozimiga toʻliq stavkada ishga qabul qilishga ruxsat beriladi; musiqa fani oʻqituvchilarini kamida uchta milliy musiqa cholgʻularida kuy ijro etishga oʻrgatish xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi doirasida amalga oshiriladi, bunda qayta tayyorlash (malaka oshirish) kurslarida mashgʻulot olib borish uchun madaniyat va sanʼat sohasi vakillari shartnoma asosida jalb etiladi; b) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida: Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan boshqa madaniyat muassasalari bilan hamkorlikda lektoriy konsertlarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi; lektoriy konsertlari taʼlim va madaniyat muassasalarida tashkil etiladi hamda oʻquvchi va talabalarning musiqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirishga, estetik didi, dunyoqarashini kengaytirishga va musiqani his qilishiga qaratilgan amaliy mashgʻulotlardan iborat boʻladi; lektoriy konsertlarining oʻtkazilganligi haqida tegishli taʼlim, madaniyat muassasasi, tuman (shahar) hokimligi yoki boshqa masʼul tashkilot rahbari va Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori tomonidan dalolatnoma tuziladi; lektoriy konsertlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar mahalliy byudjet mablagʻlari (umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida) va byudjetdan tashqari mablagʻlar (oliy taʼlim muassasalarida) yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan dalolatnoma asosida moliyalashtiriladi; Madaniyat vazirligi hayʼati qarori bilan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida madaniyat va sanʼat sohasidagi davlat mukofotlari bilan taqdirlangan ijodkorlar rahbarligida ularning “mahorat maktablari” tashkil etiladi; “mahorat maktablari” rahbari boʻlgan ijodkorlar Madaniyat vazirligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan asosiy ish joyi orqali har oyda bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorda qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirib boriladi; v) umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, madaniyat markazlari: 2022-2024-yillarda mazkur qarorga 1a-ilovada belgilangan reja-jadvalga muvofiq 3 tadan milliy musiqa cholgʻulari toʻplamlari bilan taʼminlanadi; milliy musiqa cholgʻulari toʻplamlari bilan taʼminlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti va tegishli mahalliy byudjetlardan teng ulushlarda ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi; milliy musiqa cholgʻulari toʻplamlari Madaniyat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan markazlashgan tartibda xarid qilinadi va tegishli davlat muassasalariga yetkazib beriladi, bunda xarid komissiyasining tarkibiga milliy musiqa cholgʻularida kuy ijro eta oluvchi yuqori malakali mutaxassislar kiritiladi, cholgʻular ular tomonidan sinab koʻriladi.1 Download 167.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling