I. Kirish. II. Asosiy qism. O’zbek adabiyotida Boborahim Mashrabning hayot yo’li Mashrab ijodining adabiyotdagi tutgan o’rni
Download 45.55 Kb.
|
2 5231225726501393462
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR N.Jumaxo’ja, I. Adizova “ O’zbek adabiyoti tarixi”. XVI XIX asr birinchi yarmi.
yechib berar va o‘zi yalang‘oeh yurar edi. Ota-onasi iztirob bilan buning sababini
so‘raganlarida, u «men onadan libos bilan tug‘ilmaganman. Shunday ekan, yalang‘och yuraveraman» qabilida javob berardi. Bu so‘filik tariqatidagi qalandariya sulukining zohiriy alomati edi. 0 ‘n besh yoshga yetgan Boborahim qaerda go‘riston boisa, ziyorat qilib, odamlarning suyaklarini ko‘rib: «Ey odamzod, oxir o iu b boshingga tushadurgon ish budur», deya yig’lab yurar edi. Inson oxiratini idrok etish, dunyo moliga hamda vafosiga eiiqod qo‘ymaslik kabi bu amallar yosh Mashrab vujudida mavjud avliyolik xislatlaridan dalolat berardi. o‘g‘illaridagi bu xislatlarni tushunmay, ota-ona xavotir va tashvishga tushib, Mashrabni o‘sha davrdagi yirik taqvodor, piru murshidlardan biri - mullo Bozor oxundga uchrashtiradilar. Mashrabning o‘tkir zehnini koigan zamonasining eng ulug‘ shayxlaridan boigan mulla Bozor oxund unga alohida e’tibor bilan qaraydi. Mashrab pirning huzurida diniy va tasavvufiy falsafani oiganadi. Mansur Halloj, Farididdin Attor, Nasimiy, Ibrohim Adham dunyoqarashi bilan tanishadi. Hofiz, Lutfiy, Navoyi she’riyatining fayzosor navolaridan bahramand boiadi. Ularning ko‘plab asarlarini yod oladi. Ulardan ilhomlanib, o‘z tuyg‘ularini, ruhiyatining rang-barang manzaralarini ifodalab o‘ziga xos asarlar yarata boshlaydi. Mashrab «xosayi Xudoyi taolo» boim ish ilmi g‘aybdan «zo‘r masala» soiab, mullo Bozor oxundni ham lol qoldiradi. Mashrab Tangri taoloning muhabbati yo’iida o’rtangan chinakam devonavor oshiq ekanligini birinchi boiib mullo Bozor oxund payqaydi. Chunki Mashrab yurgan yoiid a oshiqona baytu g‘azallar aytib, muhabbat bozorini qizdirayotgan qalandar boiib yetishayotgan edi. Ayni paytda, Mashrab ham mullo Bozor oxunddan zo‘r ixlos bilan ta’lim oladi. «Qissayi Mashrab»da keltirilgan bir g‘azalda ustod Haq yo’lida jon bergan, ichlari nurga toigan oshiqlarning piri murshidi sifatida vasf etiladi: Ma’rifatni gulzori mullo Bozor devona, Oshiqlarni sardori mullo Bozor devona. Yo‘qtur aslo kinasi, bahri urfon siynasi, Nuri Haq oyinasi, mullo Bozor devona. 0 ‘ziga xos fei-atvorga ega boigan Mashrab tabiatini mullo Bozor Oxundgina yaxshi tushunadi va hatto, darveshtabiat shoirning qismat tilsimi Qashqardagi Ofoq xoja qoiida yechilishini ham bashorat qiladi: «Ular kim Mashrabga ozor bersa, man ul kishidin ozor toparman. Har daxl qilmanglar. Isoyi ham o‘z yo‘lig‘a, Musoyi ham o‘z yolig ‘a.Ammo Mashrabning piri ruxsat kunandasi Qashqardadur. Ishi anda tamom bo’lur». Mashrab Namanganda har tomonlama puxta bilim olgandan keyin, undagi g‘ayritabiiy layoqatni koigan ustozi uni Qashqarga Ofoq xoja huzuriga bilimini yanada chuqurlashtirish maqsadida yuboradi.Boborahim Mashrab Qashqarda istiqomat qiluvchi mashhur Ofoq xojaga g‘oyibona ixlos va muhabbat paydo qiladi. «Qissayi Mashrab»da Ofoq xojaning tasavvuf tariqatidagi mavqe-martabasi to‘g‘risida quyidagicha ma'lumot beradi: «Ma’niyi Ofoq uldurki, «Qutbul 0!am» lchgan bo'lur. Dunyoda ikki Ofoq o‘tubdurlar: birlari Xoja Abduxoliq G'ijduvoniy, yana birlari hazrati Ofoq xojamdurlar». Mashrab pir axtarib. Murid tutinish uchun Qashqarga boradi. Baliqchi, Andijon, 0 ‘sh shaharlarini manzil-bamanzil kezarkan, shoh Mashrab qalandarvozlik-11 sarno qilib, baytu g‘azal o‘qib, xaloyiqni harmonicas qoldirib, Qashqarga yetadi. Ofoq xoja ostonasida xokipo boiib, unga qo'l berib, murid tutinadi: Qo‘lum oling, yo pirim, manda toqat qolmadi, Yo’lg‘a soling, yo pirim, manda holat qolmadi... Kimyonazar Ofoq xoja Mashrabdagi ilohiy iste’dodga ravnaq bag’ishlaydi. «Shul podshohim Mashrabni boshini tizzalariga olib,botindin xabar oldilar ersa, Mashrabni dilini charog‘ig‘a yog‘ quyib, filitasini tayyor qilib, ravshan qilg‘oni bir piri komil tobmay yurgan ekan. Hazratim aydilarki: «Ey so‘filar, sizlar guvoh bo’linglar, bu devonaning otini Mashrab qo‘ydum, ollohu akbar», - dedilar». Shundan e'tiboran, Boborahim – Mashrab taxallusi bilan mashhur bo'ldi. Mashrab Ofoq Xoja dargohida 1665 yildan boshlab 7 yil xizmat qildi. Uch yil o‘tin tashidi, yana uch yil mashkda suv tashidi. Bir yil ostonada yotdi. Bu yetti yilni u atigi bitta po‘stin kiyib o‘tkazdi. Yozda uning charmini kiysa, qishda yungini kiyar edi. Muridlik burchi, pirning parvarishi va Tangri muhabbatiga muyassar boiish shunday riyozat chekishni taqozo etardi. Mashrab ilohiy ishqning shunday javonmard oshuftasiga aylanib borardiki, uning turish-turmushi faqat ma’shuqi mutlaq — Tangri taolo hajrida fig’onu nolalar chekish, uning visolini cheksiz o‘rtanish va armon bilan orzulash, jamolini sog’inib, tinimsiz vasf etib, zikru samoga berilish, riyozat chekish, yodini dilida takrorlab, dargohiga yorini izlab, mudom safarda boiishdan iborat edi.Shu yillarda u tariqat bosqichlarini, amaliyotini bosib o'tdi. Tasavvuf ta’lim oti g‘oyalarini she’riyatiga olib kirdi. «Qissayi Mashrab»dagi rivoyatlar orqali biz Mashrabning ruhiy takomil bosqichlari haqida ham xulosalar chiqarib olishimiz mumkin. Tasavvuf taiim otida Olloh asrorini oiganishning ikki yo‘li mavjud: Ilmi qol. U mantiqiy tafakkurga asoslangan. Ilmi hol. U ruhiy takomil darajalariga tayanadi. Mashrab Ofoq Xoja huzurida ana shu ilmi hol tahsilini oldi. Shu yerdagi hayoti paytida shoir buni e iiro f etgan o iin lar bor: «Bildiki, ilmi holni oldida ilmi qol bir kasb».Ofoq Xoja kanizagi bilan Mashrab oitasidagi munozara ham har xil sharhlanadi. Kimdir bu munozarada dunyoviy mazmun ko‘rsa (buni tushunish qiyin emas), kimdir unda ilohiy ishq darajalarini ko‘radi. Valiyi karomatgo‘y bu zot ishqning purxatar dovoniaridan oshgach, Haqning visoliga vosil boiishiga ishonardi. Ammo visol chogida Haqning diydoriga to‘ymay qolishdan xavotirda edi. Oshiq Mashrabning ko‘ngil qushi fano maqomiga talpinardi. U Mansuri Hallojdek ishq y o iid a shahid bo'lish , o'lim vositasida fanoga erishish ilinjida shunday xayol surardi: «Ey Mashrab, bu dargohg‘a kelgoningg‘a etti yil bo’libdi, piring bir yo'li Mashrab dedi, yana bir yo'li Mashrab desalar, ishing tamom bo'lur erdi. Kel, endi bir gunoh qilg'il. Xudoyi taolo begunohni so'ramas ekan. Shoyadki, gunoh qilsam, gunohkorni so'rasalar kerak. Shoyadki, shul tufaylim pirim aytsalar, eltinglar, u Mashrabni osinglar desalar, o'lsam , armonim yo‘q erdi».Darvoqe, shunday bir gunoh qilib, jazoga mahkum boiish Mashrabning peshonasiga azaldan bitilgan bahonayu sabab ediki, ko‘nglidan kechirgan zamoniyoq yuz beradi: «Shoh Mashrab yigiab, charx urub, imo qilib turub erdilarki, podshohimizga obi tahorat beruvchi bir kanizaklari bor erdi, ul kanizak ravoqdin boshini chiqarib, nozu karashma birla dediki: «Ey Mashrab to yetti yildirki, dog’i ishqing mani siynamg‘a joy olibdur. Bukun mening birla bir yerda o’lturmasang, quoined mani qo'lim sening etagingda bo‘lg‘ay». Shoh Mashrab ko'rdilarki, bir nozanin mohtal’at jilva qilib turibdur. Ani ko‘rub bexud yiqildilar. Yana hushlariga kelib aydilarki: «Ey bor Xudoyo, muningdek ofati jon bandalaring bor ekan», - deb yana bexud boiub yiqildilar. Bu voqea hazrati podshohimg‘a avon boidi, qizil libos kiyib shamshiri barahna birla ro‘baro‘ bo’ldilar... Eshoni Ofoq xojam aydilar: «Ey so‘filar, Mashrabni tutunglar, andin Mansuri Hallojning bo‘yi keladur». So‘filar Mashrabni tutub , Shoh Mashrab Xudoyi taolog‘a nolalar qilib aydilarki «Emdi to tirikman, mundog‘ gunoh qilmag‘ayman, bir gunoh qilg'onimg‘a bandangni bandalari muncha so'rasalar. Tongla qiyomat bolg'onida o ‘zung qozi bo'lub shul gunohimrni so'rog‘oningcha ham diydoringg‘a to‘yarman...». Andin so‘ng, Ilohi Mashrab podshohimni oldiga olib keldilar. Shoh Mashrab Ollohi taolog‘a munojot qilib aydilarki: «Iloho, poko parvardigor, Ahado, Samado, Ma’budo, agar sandin amr bo'lmasa, bandalaringni ayog‘larig‘a bir tikan ham kirmas, bas, bu karashmalar sanga ma'lum...». Podshohim buyurdilarki, «Devonani bosinglar», - deb. So‘filar shoh Mashrabnni bostilar. Hazrati Ofoq xojam kissalaridin muhrlarini olib, o‘tg‘a tashlab, qizitib, Mashrabni gardonig‘a bostilar. Valiyulloh karomat birlan toptilarki, odamzodning shahvatining joyi bandi gardan tamuridadur. 0 ‘shal tamumi topib muhr bostilar». Shunday qilib, Mashrab shahvoniy nafs xuruji xavotiridan butkul ozod, uylanish, farzand ko'rish baxtidan benasib bo'ldi. Zotan, u baxtni banda , balki Haq taolo diydoriga muyassar bo’lishda ko’radi. Shuning uchun Mashrab dunyo manfaatlari, orzu-havaslaridan butunlay yuz o‘girgandi.«Ranglar so‘fiy ruhiy holatlari, Olloh tomon safaridagi daraja-bosqichlarini bildirib turadi... Qizil rangda solikning ruhi vujuddan ajrala boshlagani, ma’rifatga yaqinlashgani, ma'naviy mohiyatlar olamini anglagani ma'lum qilinadi. Ammo, bu bosqich hali hirs qutqusidan xalos bo'lmagan bir holatdir»‘.Demak, Mashrabning goh xud, goh bexud boiishi, Ofoq Xojaning qizil libosda tasvirlanishidan shoirning ma'rifatga yaqinlashganini xulosa qilishimiz mumkin. Xuddi shunday ruhiy darajada solikka pirning rahnamoligi zarur bo’ladi. Shuning uchun ham Ofoq Xoja Mashrabga peshvoz chiqadi (Uni to‘g‘ri ruhiy manzilga yo‘naltirish uchun shahvat tomiriga muhr qizdirib bosadi). Bu borada shu vaziyatda aytilgan ayrim she'riy parchalarda ham ishora bor: Bir oh urubon Laylini Majnun qilayozdim, Pirsiz kishilar borgusidur nori adamga. Tasavvuf lug‘atlarida soch – zulf Olloh bilan dunyo o‘rtasidagi bir parda sifatida izohlanadi. Quyidagi baytda devonalik – bexudlik shu pardani parishon qilishi, to‘zitishi haqidagi fikr singdirilgan. Mumtoz adabiyotda Layli va Majnun oshiq va ma’shuq hisoblanadi. Mashrabning shu o'rinda keltirilgan ushbu g‘azalida oshiq va ma’shuq o'rtasidagi masofa yo‘qoladi, ya’ni oshiq ham ma’shuqaga aylanadi ,yagonalik, birlik paydo bo'ladi. Buni «Analhaq»likning talqini. deyish mumkin: Bir hu chekibon Laylini Majnun qilayozdim, Devonalig‘im shona urur zidfi sanamga... Qissaning shu o'rnida Mashrab yuqoridagi she’riy parchalarini aytgandan so‘ng Ofoq Xoja uning shu paytdagi ruhiy holati haqidagi hukmni bayon etadi: “Ey so‘filar, Mashrabni tutinglarki, andan Mansur Hallojning bo’yi keladur”. Shundan so‘ng Mashrab riyozat, ziyorat va sayru sayohatda davom etib, g'amginu parishon ahvolda Yorkentga boradi, hazrat Ali karramullohni vajhaning avlodlaridan hazrat imom Ja’fari Sodiq raziyallohu anhuni ziyorat etish uchun Xo‘tan viloyatida musoflr boiadi. Xo‘tan oxundlarini ilmi hol_ilohiyot sirlarini bilish ilmidagi salohiyati bilan hayratda qoldiradi. Mashrab Iylaga borganida, uning boshidan Navoyining qahramoni Shayx San’on sarguzashtidek ishq savdosi Iyla hukmdori Kuntojixonning qizi Ofoq bilan munosabatda kechadi. Mashrabdagi sidqu safo tarsozodalarni maftun etadi, unga ixlos va muhabbat samarasi o'laroq Kuntoji, uning xotini, qizi Ofoq Islom diniga imon keltirib, musulmonchilikni qabul qiladilar. Kuntoji shoh Mashrabga qizi hamda shahrini nazru niyoz etadi. Mashrab Yorkentga, Ofoq xoja xizmatiga qaytadi. Mashrabning riyozatu ziyoratlari, savob ishlari qabul boiib, Ofoq xojaning hurmatini qozonadi. «Ey Mashrab, Rustamona ish qilding, jon chekmaguncha jonona qaydadur. Ey Mashrab, gunohingni kechtim», - deydi piri komillik Mashrab tariqat pirining afvigagina emas, iltifotiga ham musharraf bo'ladi: «Ey Mashrab, sani iching torlik qildi. Ma’nini oshkora qilding. ( och», — deb Mashrabni og‘ziga tupurdilar. Mashrab oni yutib ko'zlarini ochib, «Lo taqrabus-salota va antum sukaro» deb qaraganlar, zaminu osmon junbushga kirib, hama zikru samog‘a mashg‘uldurlar. Hazrati podshohim aydilar: «Har kishi Mashrabg‘a qo‘shuldi, Xudog'a g'arib bo'ldi». Mashrabni Xudoga yaqin valiyulloh zot sifatida tanish, unga ixlos va muhabbat bog’lash xalqda ana shunday asosida shakllangan.Ofoq xoja Mashrabning Mansuri Halloj maqomiga yetganini bashorat qiladi. «Qissayi Mashrab»da rivoyat qilinishicha, Mashrab Ofoq Xoja topshirig’i bilan borayotib, Xizr alayhissalomga yo’liqadi. Xojayi Xizr duoyi xayr qilib, ma’rifat va tariqatdan bir necha nukta bayon qiladi.Pir va payg‘ambar duosini olgan Mashrab xoja Nuriddinga xuruj qilayotgan shayton bilan kurashadi, uni mag’lub etib, zafar qozonadi, Xoja imonini salomat saqlab qoladi. Pir karomatgo‘y Ofoq xoja Mashrab Mahmud Qatag‘on qo'lida halok bo'li lishini ham bashorat qiladi: «Hazrati podshohim marhamat qilib aydilar: « Ey Mashrab, anongni ziyorat qilgil. Saning kushandang Balxshahrida, podshoh Mahmuddur». Rivoyat qilinishicha, o‘n sakkiz yillik ayriliqdan keyin Mashrab Andijonga qaytib, onasi va stngiisi bilan diydor ko‘rishadi. Onasi bilan vidolashadi. 1673 yilda Mashrabning onasi vafot etadi. Mashrab onasining qabrida qirq kun qur’on tilovat qiladi, so‘ng bir kecha tushida ayon bo'ladimi, Buxoroda ko‘kaldosh madrasasida Mavlaviyi Sharif yetti tuman kishiga dars berayotgan emishlai Piri buzrukvor Mavlaviyi Sharifni ziyorat qilish ishtiyoqi Mashrabni o‘rtab, u Buxoro safariga otlanadi. Safar davomida u X o‘jandga borib, Oqbo‘tabiy bilan uchrashadi, Toshkent va Turkistonga sayohat qiladi. Yana Turkistondan Toshkentga, Toshkentdan Xo‘jandga kelib, Oqbo'tabiy bilan uchrashadi. U shundan keyingi hayotini qalandarlik bilam o'tkazadi. Ko‘p viloyat va shaharlarga boradi. Hamma joyda xalq uni ulug‘ avliyo, so‘fi shoir sifatida qabul qiladi. U qayerga bormasin, zamondoshlariga olamning va hayotning mohiyatini tushuntirishga xizmat qiladi. To‘g‘ri yo'ldan adashgan, nafsiga mag'lub kimsalarni hushyorlikka, uyg‘oqlikka da’vat etadi. Insoniyatni mudroqlikdan, ma'naviy so‘qirlikdan ogohlantiradi. Mashrab qayerga bormasin, muridlari bilan birga xalqning qurshovida bo'lib, ajoyib karomatlar ko’rsatadi. Karomatlaridan eng ajoyibi shuki, Mashrab Haj orzusini qilib, Makkaga bormay qaytganida, ergashib borgan muridlari: «biz Koshg‘ardin ergashib kelib, Makkani Tavof qilolmay qaytarmizmu ? Bizlarni mahrum yondurdingiz», deydi afsus-nadomat chekadilar. Shunda Mashrab karomat ko'rsatadi: «Shoh Mashrab aydilar: «Ey boliklarim, ikki qo'lumni orasig‘a boqinglar!» Boliklar boqsalar, Makka ikki qoilarini arosida jilva berib turibdim Shoh Mashrab boliklari bilan Makkayi muazzama va K a’bayi shaharni ziyorat qilib, Hindiston tarafga ravona bo‘ladilar».Hindistonga borib, Mashrab Hotam podshohi sohibqironning huzurida uch yil xizmat qiladi, Abulg‘ozixon bilan muloqotlarda bo’ladi. Buxoroga borib, Naqshband ostonasini ziyorat qiladi. Ko‘kaldosh madrasasida Mashrab Mavlaviyi Sharifdan «Mushkoti Sharif» tahsilini oladi. Abdullaxon huzurida boiib, uni ham a’yonlari bilan birga karomatlariga lol qoldiradi.Ayniqsa, Mashrabning mashhur mutasavvuf So‘fi Olloyor bilan muloqoti va unga ko'ratgan karomatlari diqqatga sazovordir. Muloqitda bu ikki zabardast so‘fining o‘ziga xos yo‘li, dunyoqarashlarida tafovut karomatlar bahsida yaqqol ochilgan: «Alqissa, shoh Mashrab Qo'bodiyong'a keldilar. Eshoni So‘fi Olloyor ham shunda erdilar. So‘fi Olloyorg‘a xabar yettiki, shoh Mashrab keldilar deb. So‘fi Olloyor xushnud bo'lib, oldilarig‘a peshvoz chiqtilar. Ikkovlari bir-birlarig‘a muloqi bo'ldilar. Shoh Mashrab So‘fi Olloyorning qo'llarini tutub, aydilar: «Ey Olloyor, Huzuriy degan buzurg do‘zaxga xushomad qilibdilar. Siz Puli Sirotg‘a xushomad qilibdursiz. Keling, man sizni o‘tkarib qo‘yay». So‘fi Olloyor aydilar: «Ey Mashrab, putingizni arosig‘a qarang». Shoh Mashrab qarasalar, yetti do‘zax og‘zini ochib turubdur. Shoh Mashrab do‘zaxlarni ko'rib aydilarki: «Ey, so‘fim, bu do‘zaxlarni ko'rib, muncha qo'rqasiz ? 0 ‘zini topqondin so‘ng, ani qo'lidin nima keladir? Himmatni baland tutung».Ma'lumki, bir davrda yashagan So‘fi Olloyor va Boborahim Mashrab tasavvuf tariqatiga mustahkam e'tiqod bog'lagan so‘fiyi sof siymolar edilar. Ularning dunyoqarashlari o‘zaro keskin ziddiyatdan xoli, doimo haqiqatni tahqiq etish, dunyoni anglash, Haqqa intilishdagi yo'llari har xil. So‘fi Olloyorning Olloh, uning do‘zaxi va jannatiga e'tiqodi kuchli. U bu dunyoda gunohga botgan bandalar muqarrar ravishda do‘zaxda yonadilar va Ollohning rahmatidan benasib qoladi-, deb qaraydi. Mashrabga esa bunday dunyoqarash tordek tuyuladi.Bu hayotga nisbatan himmatni baland tutish tarafdori. Uning muddaosi Haqning o‘ziga erishish. 0 ‘zini topgan bandaga jannat ham, do‘zax ham hechdir. Haqning rahmatiga Mashrabning umidi va ishonchi shu qadar komilki, uningcha, «dargohi Haq chun rohi navmidi emas», ya’ni Haqning dargohi umidsizlik yo’li emas, «Yetti do‘zax mardi Haqni oldinda gulzordir», ya’ni mard Haq agar bandasini afv etmoqchi boisa, Yetti do‘zaxni jannat gulzoriga aylantirishi hech gap emas.Avliyolar bahsi davomida dunyoqarashlar mohiyati yanada kengroq ochiladi: «Alqissa, shoh Mashrab aydilarki: «Ey so‘fim, ikki qo’limning arosiga qarang». Filhol, So‘fi olloyor shoh Mashrabni ikki (qo’lllarini arosiga qarasalar, farishtalarni ko’rdilarki, ba’zilari qiyomda va ba’zilari rukuda va ba’zilari sujudda va ba’zi quudda va ba’zilari munojotda duo qilib turubdurlar. Har qaysilari bir murodda turubdurlar «Ko’rdungizmi bu farishtalarni? Kechavu kunduz bularga yemaku ichmak va uxlamak yo‘qtur. Hamisha toat va ibodat qiladur uning tilaklari shuldurki, iloho, Muhammad alayhissalomning ummatlarini yetti jannatga doxil qilg‘aysan. Shunday farishtalar sizning himmatingizga toat va ibodat qilsalar, besh kunlik umringizga himmatingizni baland tutung». Bunday mubohasa Mashrabning o‘ziga xos mustaqil maslak sohibi ekanligini yana bir bora tasdiqlaydi. Shuningdek, unda Mashrab dunyoqarashida diniy bag‘rikenglik mujassamligini ham ko'rish mumkin. Qissadagi ayrim rivoyatlar insoniyat tabiatidagi uni tanazzulga yetaklovchi qusurlar, xislatlardan ogohlantiradi. Jumladan, manmanlik, takabburlik kishini nazardan qoldiradi, Ollohdan uzoqlashtiradi.Bunga Mashrabning munosabati qisqagina rivoyatda yorqin ifodalab beriladi. Mashrab Buxoroyi Sharifda bir qalandardan otini so’raydi. “Mani otim Ponsadmandur. Shoh Mashrab aydilar: Shayton bir marotaba manlik qilib bo‘ynig‘a tavqi la’nat tushti, san besh yuz manni (ponsad fors-tojikchada besh yuz demakdir) ko’tarib yurursan. Munosib shulki sen din qochmoq kerak” Mashrab insoniyatni mol-dunyo, nafs, hirsu havo to‘g‘ri yo’naltirishni ozdirishini juda teran anglagan. 0‘zi tushungan mohiyatni zamondoshlariga uqtirishni farz deb bilgan. Quyidagi rivoyat Mashrabning dunyoga, boylikka munosabati haqida xulosa chiqarishimizga asos beradi: Buxoroda Mashrab bir g‘arib bechorani chaqirib aytdilar: «Agar belimdagi fo‘ta tushib qolsa, saning baxtingdur, agar qo'lum birla bersam dunyo ayturki, mani Mashrab qo'li birla tutti, ammo yerga tushsa san erdin olg‘il, minnatdor bo’lsun yer». Mashrab bir necha chaqirim minib yo‘l bosgan otini oyogini pishni buyuradi. Muridlari sababini so'rashganda: «To o‘rdadan isBuxorog‘a kelguncha ushbu otni minib, Ollohi taolodin g'ofil bo’ldum . Yana har bandayi mo‘min bu otni ustig‘a minib, xuddoyi taolodin g‘ofil bo'lmasun, shu sababdin o'ldurunglar, dedim», javob beradilar. Bu bilan Mashrab qanday mansab martabada bor (»yog‘i yerdan uzilmasin», ko‘ngli Ollohdan uzoqlashmasin degan fikrni ilgari surmoqda. Mashrab she’riyatining g‘oyaviy olamida insonparvarlik eng yuksak o‘rinda turadi. U so‘fi shoirdir. Uning she’riyati asosida tasavvufiy g‘oyalar talqini turadi. Xo‘sh, tasavvufning o‘zi nima? Tasavvuf- bu inson o ‘zini tanish orqali Ollohni tanish va sevish ilmidir. U «Insonning ichki olami, ya’ni botinini tadqiq etuvchi iimdir»‘. Inson umri tadriji ikki qarama-qarshi qutb — ezgulik va yovuzlikning kurashidan iborat. Tasavvuf ta'limotining mohiyati odamzodga o‘z vujudida mavjud nafsoniy intilishlarni fosh etish, ularni yengish yo'llarini ko‘rsatish, ruhidagi ilohiy fazilatlarni uyg‘otish, taraqqiy toptirishdan Iboratdir. Chunki insonning yashashdan bosh maqsadi iiohiylashish, asl mohiyatga yetishdir. Buning yo’lii esa bitta. 0‘zini yengish, o‘zidan o'tish va o‘ziga yetishdir. Bu borada keltirilgan Boyazid Bistomiyning xulosasi ibratlidir: «...Boyazid dediki, Olloh Taoloni tush ko‘rdum, so‘rdumki, bor xudoyo, yori sanga ne nav’dur? Dedikim, o‘zungdin o‘ttung, etting» Mashrab «Anal – Haq» - «Men – Xudoman» taiim otini yaratgan Mansuri Halloj yoiidan borib, inson martabasini Iloh darajasida yuqori ko'targan adabiy siymodir. Mashrabning insonga muhabbati umumbashariy mohiyatga ega. Tavofi olami dil qil jahonda har bashardin sen, Agar bir dilni sen buzsang, yuzar Ka ’ba buzidmazmu? Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Mashrab she’riyatining asosiy maqsadi-insonlarni mudroqlikdan uyg‘otish. Bir-biriga muhabbat bilan boqish, bir-birini anglash va bu orqali Ollohni anglashga yo‘naltirishdir. Shoir har bir ko‘ngilni sirli bir olam deb tushunadi. Zamondoshlarini uni sevishga chaqiradi. Biror dilni og‘ritishni, unga ozor berishni yuzlab Ka’bani vayron etishga tenglashtiradi.Xo‘sh, Mashrab nega shunday fikrda? Bizda paydo bo’lgan bu savolga Hazrat Navoyi ijodidan aniq javob topamiz: Ka ‘baki olamning o ‘lub qiblasi, Qadri yo ‘q andoqki, ko ‘ngul ka ’basi Kim, bu xaloyiqqa erur sajdagoh, U biri Xoliqqa erur jilvagoh. Navoyi fikricha, Ka’ba xaloyiqning sajdagohi, ko‘ngil esa Xoliqning– Ollohning jilvagohi, makon tutguvchi maskani. Shuning uchun ham u Mo’tabardir.Jahongashta Mashrabning dunyoqarashicha, har bir insonning dil olami tavof etishga, e’zozlashga sazovor. Chunki Tangri jamiki mavjudotlar ichra eng mukarram zot etib insonni yaratgan. 0’zidagi eng go‘zal fazilatlarni unda mujassamlantirgan. Inson dilida o‘ziga nisbatan otashin muhabbat uyg‘otgan. Binobarin, odamzod yuragida Olloh muhahabbati mavjud ekan, u Ka’ba singari muqaddas, muborakdir. Odamning dil olamiga kirishi Ka’bani ziyorat etishdek savob. Odamning dilini og'ritish Ka’bani vayron etishdek gunohi azim. Mashrabning insonparvarlik nuqtai nazaricha, insonni sevish Ollohga muhabbat bog’lash insoniy kamolotga erishish, Haqning sifatlarini hosil qilish, haqiqatga yetishish bilan barobar.Insonga mehr, dili g‘amgin xaloyiq xaylini sevish Mashrabga azaldan bag‘ishlangan tuyg‘udir: «Azaldan men dili g ‘amgin xaloyiq xaylini sevdim». Nima uchun shoir dili g‘amgin xaloyiqni sevadi? Chunki g'amginlik ham ijobiy insoniy fazilatlardandir. Asli, g‘amli, dardli odam imonli, e’tiqodli, maqsadli, maslakli kishilar toifasiga munosib. Dili g‘amgin inson faqat o‘z g‘amiga emas, o‘zgalar g‘amiga ham qayg‘uradi. Aksariyat g‘amsiz odamlar esa hech narsa haqida qayg‘urmaydigan, dard chekmaydigan, loqayd va befarq bo'ladilar. G’amsiz dilga ishq-muhabbat ham oshyon qurmaydi. Zotan, «dard chekmak, ashk to‘kmak g'amga xosdur». 0 ‘z g‘amiga ega bo'lmagan odam o‘zgalar g‘amini yemaydi. G ‘am chekmaydigan odamning xalq g‘amidan ham g‘ami bo'lmaydi. Shuning uchun Alisher Navoyi, demagil odami Oniki yo‘q xalq g‘amidin g‘ami» deya xalq g’amini yemaydiganlar odamiylikdan yiroq ekanligini ta’kidlaydi. Boborahim Mashrab esa unday toifali kishilarni “dilda darding bo‘lmasa,dardi sarimni kavlama” deya rad etadi. Mashrab butun borlig‘ini Ollohning ishqiga tikadi. U hayotda mavjud bo‘lgan qoidalarga ham rioya qilmaydi. O‘z she’rlarida soxta riokorlarni, hatto so‘fiylarni ham hajv qiladi. Mashrab qayerda bo‘lmasin, haqsizlikka duch keladi. Shuning uchun ham qalandarlikni o‘ziga kasb qilib shaharma-shahar, qishloqma-qishloq el ichida kezadi. Murodingga yetay desang, qalandar bo‘l, qalandar bo‘l, Sitam ahlin yutay desang, qalandar bo‘l, qalandar bo‘l. Shundan so‘ng o‘qituvchi o‘tgan darsni yakunlab, yangi mavzu Mashrabning adabiy merosini o‘rganish “Ishq vodiysidan bir kecha men hay-haylab o‘ttum”, “Agar oshiqlig‘im aytsam”, “Qalandar bo‘l”, “Mashrabman” g‘azallarining tahliliga kirishadi. O‘zbek mumtoz adabiyotida ko‘plab ijodkorlarning adabiy merosiga duch kelamiz. Aksariyat shoirlar ijodida haqiqiy hayotiy mahbubaning ishqi, uning go‘zalligi, o‘ynoqi misralarda ta’riflanadi. Hatto tabiatning mo‘zijalari ilohiyot yaratgan go‘zal zot ma’shuqaning boshdan-oyoq tasviriga, uning kishini haytarda qoldirarli go‘zalligiga bag‘ishlanadi. Endi Boborahim Mashrabga kelganimizda yorning vasli, husn-u jamoli Quyoshdan o‘tkirligi, oshiqni mast qilishi, shu sabab, yor go‘zalligiga g‘arq bo‘lgan oshiq ishq daryosiga suzishi, yorga erishish yo‘lida hamma narsadan voz kechishi kabi kayfiyatlarga duch kelamiz. Mashrabning boshqa ijodkorlardan ajralib turuvchi sifati uning butun borlig‘i bilan Ollohni tanishi, uni sevishi, ayrim o‘rinlarda borliqdan voz kechishi bilan bog‘liqbo‘lgan qarashlarni ilgari surganligining guvohi bo‘lamiz. Mashrabning ideali asarlardagi g‘oya falsafiy-estetik qarashlarga boy bo‘lib, o‘zining badiiy jihatdan yuksakligi takrorlanmas darajadagi o‘ynoqiligi, ayniqsa, yor siymosida faqat Ollohni tan olish kabi xususisyatlari bilan boshqa ijodkorlardan farqlanadi. Mashrabning adabiy-ijodiy merosida diniy va tasavvufiy g‘oyalar ham, o‘sha asrlarda ayniqsa, keng tarqalgan qalandarlik tariqati g‘oyalari ham sezilarli o‘rin egallaydi. Shoir islom ta’limidagi asosiy qoidalarni, fazlu-amallarni qabul qilgani holda, ba’zilaridan qarshi ochiqdan-ochiq salbiy munosabatini ham asarlarida ifoda etadi. Ularga mensimaslik, shakkoklik bilan qaraydi, ba’zan ular ustidan kuladi ham. Buning asosiy sababi shoirning Bir xudodin o‘zgasi barcha g‘aflatdur Mashrabo Gul agar bo‘lmasa ilkimda tikonni na qilay… Shoh baytidir. Shu jihatuning dunyoqarashini ko‘p mutasavvuflarnikidan ajratib turuvchi asosiy jihatdir. Undagi yolg‘iz Xudoni tan olish e’tiqodi o‘sha davr dindorlari uchun g‘alat tuyulgan, ular Mashrab e’tiqodining tub mohiyatiga tushunib yetmaganlar. Mashrabning devonasifatligi, qalandarligi, hech narsadan qaytmasligi, “quvvai jazava”si uning shahid bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Adabiyotlar tarixida bunday qaysar aql egalari ko‘p bo‘lgan emas. Mashrab Mansur Halloj, Nasimiy, Naimiyning o‘zbek mumtoz adabiyotidagi davomchisidir. Mashrabning adabiy olami, uning mavjud dunyoga bo‘lgan munosabati, yaratganga e’tiqodi, shu bilan birga, uning falsafiy-estetik tushunchasi o‘zi yashayotgan jamiyatga, xususan, oddiy, mehnatkash fuqarolarga nisbatan muhabbati mumtoz adabiyotimizning zukko tadqiqotchisi O‘zFA akademigi V.Abdullayevning ilmiy talqinida o‘z ifodasini topgan. Taniqli olim Mashrab adabiy merosining bosh masalalari, uning ruhiy olami, kechinmalari, hayotga nisbatan, shuningdek, ilohiyotni tushunishi bilan bog‘liq bo‘lgan falsafiy qarashlari haqida quyidagilarni bayon etadi: “Mashrab ishqi ilohiyni kuylovchi she’rlar ham bitdi. U “yor” obrazi orqali Xudoni tasvirlab, unga erishmoq uchun kishi o‘zligidan voz kechishi, o‘zini bilmas darajada e’tiqodli bo‘lishi kerak deydi Oshiq uldur tanda jonin bilmasa, Mast bo‘lib xonumonin bilmasa. Jumla yakson bo‘lsa ishq oldida xor, Uldurur maqsudi oshiq poydor”. “Mashrab dunyoviy ishq, hayotiy muhabbat mavzularida zamonasining ajoyib g‘azallarini, o‘ynoqi, sho‘x lirikasini, oshiq va ma’shuqalarning kayfiyatiga qarab goh xushnud, goh g‘amgin taronalarni o‘ziga xos mahorat bilan yaratib qoldirgan shoirdir” O‘zining lirik dunyosi, falsafiy qarashlari, ayniqsa, “yor” timsoliga erishish yo‘lidagi g‘azallari bilan elga tanilgan she’rlari hofiz tillarida jo‘r bo‘lgan, shu bilan birga, oddiy yupun xalqning ohu-zorlarini o‘z she’rlarida faryod bilan kuylagan Mashrabning ijodini faqat tasavvuf ilmi bilan bog‘lash uni faqat yaratganning ruhiga erishish yo‘lidagi g‘azallar sohibi deb baholash unchalik to‘g‘ri emas. Keying yillarda chop etilgan adabiyotlarda Mashrabni ilohiy ishq kuychisi, qalandarlik kasbini o‘ziga singdirgan avliyo, tariqat targ‘ibotchisi degan talqinlarga duch kelamiz. Aslida bu iste’dod egasini ijodi ummoniga sog‘lom ko‘z bilan qarasak, unda go‘zallikning, yorug‘likning, haqiqatning birdan-bir sababchisi yaratuvchi Olloh ekanliginitan olish bilan birga shoir ijodida u yashagan davrning ijtimoiy-siyosiy-ma’naviy voqealari o‘zining realistik inik’osini topa olgan. Shoir o‘z she’rlarida haqsizlik, zulmatdan zorlanadi. Qashshoqlar holidan qayg‘uradi, shu bilan birga, o‘zining ideali hisoblangan yor vaslini real hayotda mavjud bo‘lgan pok sevgi va ilohiy sevgini ulug‘laydi. Adabiyotda asar qaysi janrda yozilmasin, unda jamiyatning voqeligi, qahramonlarning sarguzashti, o‘zaro kurashi ideali ijtimoiy hayotning realistik voqealariga asoslanmasa, bunday asar ham g‘oyaviy, ham badiiy jihatdan kitobxonning diqqat-e’tiboridan chetda qoladi. Bu jihatdan universitetimizning faxri hisoblangan adabiyotshunos olim Rahmonqul Orzibekovning ilmiy talqinlari diqqatga sazovordir: “U ishq she’rlarida xalq sh‘riyatiga xos ta’bir, ifodalarni dalillik bilan qo‘llaydi, xalqning maqol va hikmatli so‘zlariga, an’anaviy tasvirlarga sayqal berib, o‘z she’rlarining musiqiyligi, xalqchilligi va ta’sirchanligini ta’min etadi. E’tibor bering, quyidagi baytlarda qanchalik hayotsevarlik, insonparvarlik, jonli kishiga nisbatan iliq munosabat bor, unda go‘zal ma’shuqaga oshiqu-shaydo bo‘lib, ne qilarini bilmay qolgan lirik qahramon qiyofasi gavdalanadi:Zebo sanamim yo‘l uzra ko‘rgach tura qoldim, Nazzorasidin mavh o‘lubon o‘ltura qoldim. G‘am tog‘ida Farhodsifat emganur erdim, Boshimga qazo teshasi tegdi, yotaqoldim. She’r ilohiy ishq, yorga bor sadoqati bilan talpinish, uning visoli orzusida nafas olish bilan birga, yerdagi inson muhabbati tuyg‘ularining ham jonli, intim olamini harorat bilan madh etadi. Ko‘z o‘ngingizda husni malohatda tengsiz real yor gavdalangandek bo‘ladi: Ey mug‘bacha, mag‘rubliging haddan o‘tubdur, Ovozai husning hama olamni tutubdur, Gulzori jamolingga xati lola bitibdur. Mashshotan taqdir seni xush yaratibdur, Yuzingni ko‘rub, odami jannat umitibdur, Vah-vah, ne g‘azalsan, na ajoyib, na qiyomat, Hay-hay, na sanam qilsa jafo jonima rohat” Shoir asarlari haqida uzoq yillar bahs-munozarali fikrlar bayon etib kelindi, ammo so‘nggi yillarda uning she’lari mohiyatini siyosatdan kelib chiqib emas, balki, obyektiv anglay boshlayapmiz. Chunki, Mashrabning ijodkor sifatidagi asl qiyofasi she’riyatidir. Mashrab ijodini o‘rganishda faqat darslik materiallari bilan foydalanish istalgan natijani bermaydi. Buning sababi darslikda Mashrabning tarjimai holi, shuningdek, ayrim she’rlaridan namunalar keltirilgani holda sinfda o‘rganilishi kerak bo‘lgan g‘azal matnining g‘oyaviy mazmuni unda bayon etilgan shoir – lirik qaharamonning kechinmalari vasliga yetish yo‘lidagi ohu-fig‘onning sabablari, aniqrog‘i, shoirning ruhiy olami kechinmalari, ijtimoiy hayotga nisbatan, borliqqa nisbatan munosabati, ideali, falsafiy-estetik qarashlari haqidagi fikrlari bayon etilmagan, bu narsa o‘ziga xos bilim yoki tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchida ham ilmiy va metodik jihatdan qiyinchilik tug‘dirgani sababli g‘azal tahlilida ba’zan xato fikrlarni aytib yuborishi mumkin. Shu sababli, bugungi mustaqillik davrimizda badiiy adabiyot o‘qitish oldida turli janrga oid asarlarni o‘rganish, tahlil qilishda ilmiylik, shu bilan birga, o‘qituvchining metodik bilimi, tushunchasi, eng muhimi, dars samaradorligini oshishini ta’minlovchi vositalardan foydalanish talab qilinadi. Bu vositalar: adabiyot fanini o‘qitishning ilmiy, didaktik va metodik talablarini mashg‘ulot jarayonida qo‘llash, mumtoz adabiyotimiz va hozirgi zamon adabiyotining ilmiy – metodologik talablari bilan bog‘liq bo‘lgan adabiyotshunos olimlarning, ijodkorlarning adabiy merosiga bag‘ishlangan xulosalarini o‘quvchilarga oddiy va tushunarli qilib yetkazish shu kinning dolzarb talablaridan hisoblanadi. Biz yuqorida adabiyot darsligi, shuningdek Mashrab ijodiga bag‘ishlangan taniqli adabiyotshunos olimlarning ilmiy talqinlari haqida fikr yuritdik, misollar keltirdik. Mashrab ilohiy ishq sarhadlarida zohidlar bilan kelisha olmaydi. Chunki, unga zohid – jannat ilinjida yurgan ta’magir bo‘lib tuyuladi. Shuning uchun ham u zohidning riyo aralash namozini bir kosa may – ishqqa almashmaydi: Zohid, manga bir shishada may, sanga namozing, Ming taqvini bir kosai mayga sota qoldim. Mashrab ijodida real hayot go‘zali ma’shuqa, shu bilan birga uning butun borlig‘ini egallagan Ollohning vasli hisobsiz masralarda tarannum etiladi. Shoir yor vaslini ta’rif etgani holda hayotdagi voqealar, azob-uqubat, ruhiy kechinmalarni ham g‘azal mazmuniga qorishtirib yana va yana yor vaslini ko‘rish niyatidagi orzusiga o‘tadi. Chunonchi, “Qoldum” radifli g‘azalida go‘zallikda tengsiz bo‘lgan yorga mahliyo bo‘lganligi, yorning vasli quyoshdan ham o‘tkirligi, uning jilvasiga bor aqida, qonun-qoidalarni rad etib, dunyodan voz kechib mahliyo bo‘lganligi: Arz ustidan ul arshgacha shaxbozini ko‘rgach, Tan shahrida ul jon qushidek talpina qoldim. Bu yerda Arsh – osmon gumbazining eng oxirgi cho‘qqisi bo‘lib, Ollohga yetishishning ko‘prig – shotisi hisoblanadi. Bu g‘azalda ham Mashrabning Olloh vasliga yetishi, ma’shuqaning vasli yo‘lidagi harakatlari badiiy-majoziy misralarda bayon etilgan. Lirika, aslida, shoir, ijodkor tuyg‘usi, hissi-hayajoni, ideali, yashashdan umidining poetik in’ikos, ruhiy kechinmalar natijasi hisoblanadi. Ana shu tuyg‘ularning barchasi majoziy, falsafiy, estetik qarashlar orqali Mashrab ijodida o‘z ifodasini topgan. G‘am tog‘ida Farhodsifat emganuz erdim, Boshima balo teshasi tegdi, yotaqoldim. Bu misralarda badiiy poetikaning yuksak darajadagi shoir qalamiga xos bo‘lgan ko‘rinishlariga guvoh bo‘lamiz. A.Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida jasoratli Farhodning teshasi Arman tog‘ini parchalab, insonga obi-hayot baxsh etadi. Shoir yor yo‘lidagi g‘am tog‘i, uning sellari ichida g‘arq bo‘lganligining badiiy tasvirini bera olgan, uning boshiga Farhod teshasi tegishi bilan oshiq Farhodga o‘xshab hishidan ketgan. Bu misralarni chuqurroq tahlil etsak, Mashrab ijodidagi o‘ziga xos pafos va poetikaning hech qaysi shoirlarda uchramaydigan pryomlarning qo‘llanganligiga sabab, Mashrab A.Navoiy ijodidan bahramand bo‘lganligini ko‘ramiz.Mashrabning “Qoldim” g‘azaliga o‘xshash bo‘lgan g‘azal va qarashlaridan uning dunyo savdolari bilan bog‘liq bo‘lgan, aniqrog‘i, insonning nafs yo‘lidagi harakatlari, ruhiy kechinmalari bilan bog‘liq bo‘lgan fikrlar izchil davom etadi. Shoirning ishqiy tavsifi barobarida dunyoning ishlari, jumladan, tirikchilik tashvishlari, tan va ruhning rohat-farog‘atga moyilligi, bularning esa oxir-oqibatda “Ishq”iga halaqit berishi kabi masalalar ko‘tariladi. Dunyoga kelib loyiga bilmay bota qoldim, Darmon yo‘qidin necha og‘ir so‘z qota qoldim. Nega shoir gapni dunyoning loyidan boshladi? Chunki, bu dunyo shunday qurilganki, unga kelgan odam gunoh qilmasligi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, inson degan mavjudodga shunday tabiat berilganki, uning gunoh qilmasdan yashashi mumkin emas. Dunyoning loyi, borlig‘i va shoirning unga kelib bilmay “bota qolishi” shundan. Inson ko‘pincha o‘z ixtiyoriga zid yashaydi. Bu uni loyga botiradi. Loyga botib yurish har qanday kishining ham darmonini oladi. Shuning uchun darmonsiz solik dardlarini batafsil yetkazib ayta olmaydi: “bir necha og‘ir so‘z qota qoldim”. O‘zbek mumtoz adabiyotida yor vasliga bag‘ishlangan ko‘plab lirik asarlar: doston, g‘azal, ruboiy va badiiy ijodning turli tuman janrlariga duch kelamiz. Unda yorning vasli, go‘zalligi, hijron olamida yongan oshiq tilidan kuylanadi. Ammo bu mavzuning oliy nuqtasi rang-barang ko‘rinishlari yor vasliga yetish yo‘lidagi hijron, alam, toliqish, dardiga davo topmaslik kabi falsafiy qarashlar asosan Mashrab ijodida o‘zining jonli, badiiy, shu bilan birga, ham hayotiy, ham ilohiy ifodasini topa olgan. Ana shunday she’rlar, g‘azallar sirasiga uning “O‘rtar”, “Mashrabman”, g‘azallarini kiritish mumkin. O‘qituvchi yuqoridagi fikrni dars davomida bayon etgan, 9-sinf darsligida keltirilgan “O‘rtar” g‘azalini nihoyat aruz vaznining talab-qoidalaridan kelib chiqqan holda ifodali o‘qiydi. Matn ifodali o‘qilgach, g‘azalda keltirilgan badiiy tasvir, shuningdek, o‘ynoqi poetik misralar ustida ish olib boriladi. Shu bilan birga, g‘azalning matni, uning mazmuni haqida, o‘qituvchi ma’lumot beradi. G‘azalda keltirilishicha oshiq – lirik qahramon, husnda tengsiz mahbuba shaydosi, uning vasli, suhbati yorni bezota qiladi. Bezota emas so‘ngaklari (suyaklari) qaqshaydi. Oshiq go‘zal yor ishqida hamma narsadan voz kechgan, uning butun borlig‘i yorni vasliga yetish umidi bilan bog‘liq. Bunday holat faqat Mashrab qalamiga xos bo‘lgan falsafiy-estetik misralarda o‘zining badiiy aksini topgan. Agar oshiqligim aytsam, kuyub jon-u jahon o‘rtar, Bu ishq sirrin bayon etsam, taqi ul xonumon o‘rtar. Qarang, shoir qalbida yorning ishqi pinhoniy joy olgan. Uni oshkor qilishning iloji yo‘q. Mabodo oshkor bo‘la qolsa, faqat oshiqning jismi, joni emas, butun jahon o‘t ishida qolishi – badiiy tasviri berilgan. G‘azalda mubolag‘a chegarasiz, doirada ishlatilgan, majoziy o‘xshatishlar jonli misralarda suv ustida aks etgan inson aksidek, o‘z tasvirini bera olgan. Shoir she’rlari badiiylik, majoziy, falsafiy qarashlarni o‘z ichiga olsa-da, unda kitobxon uchun tushunarli bo‘lgan, ravon, shu bilan birga, tarixiy, ma’rifiy, adabiylik ko‘rinishlarini o‘z ichiga olgan iboralarga duch kelamiz. Inson dunyoga kelibdiki, muhabbat, sevgi, fidoiylik, ishq yo‘lidagi hijron, alam yashashning mezoni bo‘lib keldi. Ayniqsa, kishi balog‘at dardi ichida tug‘yonga (azob) giriftor bo‘ladi. Bunday dard oshiq uchun bedavo hisoblanib, u ma’shuqa yo‘lida giryonga aylanadi. Hushi-xayoli, ko‘zi, yor umidi bilan band bo‘ladi. Bu holat insonning o‘smirlik daqiqalarining hamma uchun bichilgan libosi, ma’naviy olami, ruhiy kechinmasining ko‘rinishi hisoblanadi. Ana shu murakkab jarayon, shoir tushunchasida quyidagicha kechadi: Kishig‘a ishq o‘tidin zarraye yetsa, bo‘lur giryon, Bo‘lub besabr-u betoqat, yurak-bag‘ri chunon o‘rtar. Oshiq ma’shuq yo‘lida dardmand, uning azobi, hijroni faqat yaratganning o‘ziga ma’lum… Uni tug‘yoni na kecha, na kunduz tinchlik bermaydi. Oshiq ma’shuqa yo‘lidagi azob tufayli holdan toygan, tili lol, ko‘zi giryon, mahbuba shunchalik go‘zal, shu bilab birga, oshiq qalbini egallaganki,bu sirni oshkor etishning ilji yo‘q… Til hatto kalimaga bermaydi. G‘azalda bunday falsafiy qarash Mashrab poetikasining boshaqalarga o‘xshamaydigan nihoyat sirli qarashlaridan tashqari oshiqlik dardining chegarasiz azoblarini faqat ilohiy karomat bilan yechish, yor vasliga erishish mumkinligini aytadi. Ko‘pchilik adabiyotshunos olimlar Mashrab g‘azallarida faqat yaratganning vasliga erishish haqidagi intilish mavjud bo‘lib, shoir o‘z umri, borlig‘i, aql-idrokini shu yo‘lda, haqiqatga – ilohiyotga etgan so‘fiy ijodkor dagan g‘oyani ilgari suradi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, har bir ijodkorning asarida ilohiy qarashlar, falsafiy talqinlar yoki romantik sarguzashtlar bayon etilib qolmasdan, unda real hayot voqeligi mavjud bo‘lib, u ijodkor “laborotoriya”sida qayta ishlanadi. Badiiy tus beriladi. Oqibat asarda keltirilgan qahramonlar shoirning poetik lirikasi yoki g‘azallarida qahramonning jamiyatga – hayotga insonlarga, voqelikka nisbatan realistik munosabatining ham guvohi bo‘lamiz. Binobarin, Mashrab adabiy merosini faqat tasavvuf ilmi bilan o‘lchash uning g‘azallaridagi ilohiylikni chetlab talqin qilish badiiy adabiyotning mohiyatini yuzaki, shu bilan birga, birtomonlama talqin qilish bilan izohlanadi. Shoirning “O‘rtar” g‘azalida lirik qahramonning ishq yo‘lidagi azobi, hijroni, ingrashi, qolaversa, psixologik holatini guvohi bo‘lamiz. She’rda tasavvufiy – ilohiy qarash mavjud bo‘lgani bilan real hayotdagi yorning husni, jamoli, uning cheksiz go‘zallikni o‘zida aks ettirgan portreti badiiy san’at darajasiga ko‘tarish tashbehlarda o‘z ifodasini topgan. She’r sinchiklab o‘qilsa, unda jamiyatda mavjud bo‘lgan inson jamoli, husni tarannum etiladi: Qayu til birla, ey jono, sening vasling bayon aylay, Tilim lol-u, ko‘zim giryon, so‘ngaklarim nihon o‘rtar. Yurak dard-u g‘am qat-qatki, munda qolmadi toqat,Agar bir zarrasin vaqt desam, ishqi bayon o‘rtar.Mashrabning hamma she’rlarini ham boshdan oyoq sof tasavvufiy deb qarash unchalik to‘g‘ri emas. Shoir “Qaydasan” radifli g‘azalida berayotgan so‘roqlardan va matla’dagi gapni ko‘ngliga ko‘chirishdan tashqari she’rdagi tasvir va tamsillarning barchasini bevosita atrofdagi voqelik bilan bog‘laydi. Mashrab o‘z g‘azallarida ko‘proq ollohning ishqiga muyassar bo‘lishni kuylaydi. Ko‘pchilik g‘azallari ilohiyotga bag‘shlangan. Shu sababli uning ijodida tasavvufiy-falsafiy qarashlar uchraydi. Shuning bilan birga, shoir o‘z g‘azallarini hayotda mavjud bo‘lgan real go‘zallik, yor ishqiga bag‘ishlab ham g‘azallar bitgan. Necha kundir bu ko‘ngil mushtoqi diydoring erur O‘rgulay, ey dilbari shirinzabonim qaydasan? Holimiz behad yomondir, kelmading holim so‘rab. Ey mening xush mehribon, oromijonim qaydasan? Shoir o‘z hayoti davomida ko‘plab mamlakatlarni kezadi. Makkayu Madinada bo‘lib, payg‘ambarlarimiz qabrlarini ziyorat qiladilar. Undan Iroqqa, Bog‘dodga o‘tadi. Isyonkor shoirning bu yurishi faqat sayohat emas, u sharq mamlakatlari, jumladan, Arabistonda bo‘lgan vaqtlarida tasavvuf ilmining ko‘zga ko‘ringan vakillari bilan uchrashadi. So‘fiylardan ta’lim oladi. Shoir she’rlarining so‘fiyona yozilishiga ham sabab shu. “O‘ttum” radifli g‘azali shakkoklikni eslatadi. Mening tushunishimcha, shoir dunyoning barcha boyliklaridan voz kechganligini har qanday qoidalarni tan olmay, faqat, Olloh – Xudo yo‘lida bor qiyinchiliklarni yengib o‘tganini o‘z g‘azalida bayon etadi. She’r tasavvuf ma’nosida bitilganligi sababli o‘quvchida qiyinchiliklar tug‘diradi. Ishq vodiysidan bir kecha men hay-haylab o‘ttum, Monandi nayiston guliga o‘t qalab o‘ttum. Ofoqni bir lahzada kezdim na ajabdur, Mino tog‘idin akka sifat hakkalab o‘ttum. O‘ttum foshu dostorini devonalig‘ aylab, Parvona sifat jonimi o‘tga qalab o‘ttum Dunyo manfaatlariga mehr bog'lash, mol-mulkiga hirs qo‘yish so‘fining musaffo ko‘ngil ko‘zgusiga gard yuqtiradi. Oshiq ko‘ngil ko‘zila yorni koiolm ay, diydordan benasib boiadi. Ko‘ngilni anglash va uni poklab borish insonni Ollohga yaqinlashtiruvchi vositadir. Chunki, g‘uborlardan tozalangan qamish- naydan ruhbaxsh navo taralganidek, pokiza ko‘ngilda ham ilohiy ishq, hayotga muhabbat, go‘zallikka oshuftalik mujdalari una boshlaydi.Mashrab she'riyatida biz ana shu ilohiy ishq talqinini kuzatamiz. Ammo, uzoq yillar ilohiy ishq mohiyatini inkishof etuvchi asarlari tor ma’noda , ya’ni majoziy ishq tasviri sifatida baholanib kelindi. Shoir ijodidagi «dinga qarshi motivlar» ham bir yoqlama talqin natijasidir.Mashrab ijodidagi ishq talqini o‘ziga xos. U Ibrohim Adham, Mansur Halloj, Attorni o‘ziga g‘oyibona pir deb biladi. Ularning yo’lidan boradi. Mansur Halloj kabi o‘tli ilohiy ishq otashida yonib yashaydi. U hayotning, tiriklikning mazmunini shunda koiadi. Uning asosiy maqsadi Ollohni sevish va u bilan birlashish. Chunki u insonni g‘uborlardan, vujudiy, nafsoniy qafaslardan faqat shu ishqqina ozod etishiga ishonadi. Shoir tasavvuricha, bunday muhabbatga oshno bo'lmagan ko‘ngul haqiqiy go‘zallikni his qilolmaydi. Borar manzillari torayadi. Ko'rar ko‘zlari xiralashadi. Quyidagi baytlar ham shoirning xuddi shunday nuqtai nazari natijasi sifatida maydonga kelgan deyishimizmumkin. Uning tasavvuricha, Olloh yodisiz, ishqisiz Makkaga borish besamar. Ka’ba eski do‘kon yanglig' bee’tibor: Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak? Ibrohimdan qolg‘on ul eski d o ‘konni na qilay?! Urayinmu boshima sakkiz bihishtu do ‘zaxin, Bo ‘Imasa vasli menga, ikki jahonni na qilay?! Qalandariylik yoki adabiyotshunoslikda mukammal talqin etilgan emas,ammo ayrim manbalarda, ayrim ilmiy tadqiqotlarda ba’zi chizgilar, mohiyatini yorituvchi mulohazalar bayon etilgan. Navoyi asarlari lug‘atida ushbu istiloh quyidagicha izohlanadi: “Qalandar – dunyoning hamma bordi-keldilaridan voz kechib, daydib yuruvchi darvesh; devonatabiat kishi, loqayd”.Bu izoh istilohning mohiyatini qisman oydindinlashtirsada, to'liq tasavvur berolmaydi. Qalandariylik borasida adabiyotshunoslikda turli bahs-munozaralar mavjud. Ba’zi olimlar u XIII-XIV asrda shakllangan deyishsa, ayrimlari, jumladan, Fitrat Yassaviylikdan keyin XII-XIII asrlarda paydo bo'lgan deydi. Qalandariylikning o‘ziga xosligini izohlash borasida ham allomalarning bir-birini tolg‘azuvchi turli qarashlari mavjud. Jumladan, “Haft qulzum”da: “Qalandar butun rasmiy takliflardan, butun qaydlardan (kishan – N.J., I.A.) ozod boigan, har turli diniy amal va odatlardan ayrilgan, butun moddiy, hayotiy aloqalarni tark qilgan, ibodat va odatlarning hammasini buzg‘uvchi kishining ismidir”, deydi. Mashrab qoldirgan badiiy meros hajm va janrlar jihatidan hanuzgacha aniqlangan emas. Ammo bizga hozircha maʼlum asarlarining oʻzi ham Mashrabning favqulodda noyob isteʼdod egasi ekanligidan dalolat beradi. Mashrab ijodi sheʼriyatning yanada kengroq ijtimoiy mazmun va jangovar ruh kasb etishida, adabiyotdagi xalqchillik va dunyoviylikning chuqurlashuvida, lirik turlarning takomillashuvi hamda badiiy sanʼatning kamolotga erishuvida yangi bir yuqori bosqichni tashkil etadi.Mashrabning mohiyatan inson qadri-sharafi va maʼnaviy kamolotini ulugʻlashga, ezgulik va goʻzallikni madh etishga bagʻishlangan sheʼriy merosida gʻazal, mustazod, murabba, muxammas, musaddas, musabba, masnaviy, ruboiy, taʼrix kabi janr turlarida bitilgan yetuk namunalarni uchratamiz. Ammo Mashrab, avvalo, mohir gʻazalnavis hamda koʻplab shoʻx va jarangdor mustazodlar, oʻynoqi va jozibador murabba’ hamda xalq gʻam-u hasratiga hamdardlik hissi bilan yoʻgʻrilgan muxammaslar ijodkori sifatida keng dovrugʻ chiqargan. Mashrabning juda koʻp gʻazallari xalq qoʻshiqlaridek sodda va jarangdor, joʻshqin va taʼsirchandir. MUSADD A S Ey pari,yuz ko’rsatib mingn ila boqqonmusan? Xirmani umrumg’a ishqing o’tini yoqqonmisan? Mehrdek xusnunga zulfing abrini yopg’onmisan? O’zga yuzga boqmasun,deb ko’zga mix qoqqonmisan? Aylanib har yong’a g’amzang o’qini otqonmusan? Qatl aylarg’a meni tarjih etib topqonmusan? Sunbuli rayhon sochar har dam parishon kokuling, Barchani bulbul qilur ul toza ochilgan guling, Mast etar ag’yorni lab jomidan gulgun muling, La’lu marjonlar to’kar ko’z maxzanidin bulbuling, Iltifoting maxzanidin topmadi mahzun quling, Tole’imni lutf Ila eshgilki,san yopqonmusan? Shodlik davri mengadurkim-maskaning mayxonadur, Tunu kun ishrat mayidin ko’zlarini mastonadur, La’ligul may nobidin yuzing aro durdonadur, Jon umid aylab o’shal durlar uchun parvonadur, Dardi mehnat toshidin ko’nglum meni vayronadur, Notavon ko’nglumg’a har dam dog’lar qo’yg’onmisan? Xo’b yaroshur,ey nigorim,boshing uzra qarqarang. Ushbu ziynatlar bila bul notavong’a bir qarang! Tarki zulm et,lahzae rahm ayla, ey shohi farang! Sodasi hay-dur,qoshingga vusma Birla surmarang, Turfa nozik gul yuzingga kirpiging sanchib xadang, Barcha mahvash ishq aro qul-husn aro sultonmisan? Sog’ar ichgach gul ochilg’ondek qilursan xandallar, Jon topar qah-qah unungdin qaytadin jonqandalar, Tiyri g’amzangdin yo’lingda ko’p erur afkandalar, Barcha qotillar seni ko’rsa bo’lur sharmandalar, Layliyu Shirin kabi ko’yungda yuz ming bandalar, Barcha nurni nopadid etgan mahi tobonmisan? Otashin la’li mayingdin jura’e qildim talab, Va’da qilding lutfu ehsondin beroyin labbalab, Boqmading,bilmam gunohim, ko’z uchi birla qarab, Bul ajab mahram yo’qinda bizga bo’ldi ro’z shab, Ne sababdin quvlading men xasta qulni tashnalab, Aytg’ilo,tangri uchun, so’zi chin,yolg’onmusan? Qatl etar har kunda men bechorani kofir ko’zung, Qaysi shohni haddi man etmoqqa -hokimsan o’zing, Kecha- ishrat birla,qon to’kmakda o’tti kunduzung, Lahzada yuz ming o’lukkg’a jon berur har bir so’zung, G’unchadek og’zing ochib,Mashrab qulingni tirguzung, O’ldurursan,tirguzursan- Isoi davronmusan? XULOSA
Mashrab adabiyotimiz tarixida ko’p jihatdan o’ziga xos uslub yarata oldi:uning eng
yaxshi asarlari yuksak badiiyligi va nihoyat nafisligi,jo’shqinligi va nozikligi,o’ynoqligi va ravonligi,ijobiy ma’noda soddaligi va yengilligi bilan ajralib t turadi.Shoir insonning eng murakkab ruhiy holatlarini,shodligi va tashvish-azoblarini favqulodda yorqin va hayotiy tasvirlaydi. Shu muhimki,Mashrabning adabiy merosi o’zining chuqur sotsial mazmundorligi,xalqchil mohiyati , aniq antikrelikal yo’nalishi bilan ajralib turadi. Shoir “dili tig’i sitamidin pora” ,”tani dardi alamdin yara” bo’lgan mehnatkash xalqning og’ir hayotini zo’r achinish bilan tasvirlaydi,davrdagi adolatsizlik va zo’ravonlikni qat’iy qoraladi. Mashrab katta insoniy jur’at-jasorat bilan aldamchi,firibgar din arboblarining riyokor,razil basharalarini ochib tashladi,ayrim diniy tushunchalarga mensimay munosabatda bo’ldi,ba’zan esa ularga ochiqdan-ochiq shubha bildirdi.Masalan shoir juda ko’p she’rlarida jannat,do’zax,”u dunyo”,Makka kabilarga past nazar bilan qaraydi,ulardan qo’l siltaydi,ularni “bir shisha mayga” almashtirishga yoki “bir pulga sotishga” tayyorligini baralla aytadi.Xuddi shuning uchun ham hukmron tabaqalar,reaksion din arboblari Mashrab siymosida o’zlarining ashaddiy dushma nini ko’rdilar,uni jisman yo’qotish payiga tushdilar.Mashrab 1711(hijriy 1123)yilda din arboblarining fatvosi va Balx hokimi Mahmudbiy Qatag’on hukmi bilan Qunduzda dorga osildi. Otashin shoir xuddi Mansur Halloj va Nasimiylar kabi hurfikr asarlari yo’lida, feodalizm davri hukmron ideologiyasiga ko’p jihatdan zid dunyoqarashi yo’lida qurbon bo’ldi. Mashrab tasavvuf g’oyalarini targ’ib qiluvchi yetuk mutafakkir,mutasavvuf shoir bo’lish bilan birga,oddiy insoniy kechinmalar kuychisi sifatida ham namoyon bo’ladi.Uning asarlarida Vatan sog’inchi,ona oldida qarzdorlik tuyg’usidan iztiroblanish kabi kechinmalarning samimiy ifodasini ko’rami. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR N.Jumaxo’ja, I. Adizova “ O’zbek adabiyoti tarixi”. XVI XIX asr birinchi yarmi. Mashrab.Mashrab she’riyatidan Download 45.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling