I. Kirish. II. Asosiy qism. O’zbek adabiyotida Boborahim Mashrabning hayot yo’li Mashrab ijodining adabiyotdagi tutgan o’rni
Download 45.55 Kb.
|
2 5231225726501393462
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Mashrab lirikasida badiiyatning ustuvorligi III.Xulosa
Mavzu: Mashrab lirikasida badiiyatning ustuvorligi Reja: I.Kirish. II.Asosiy qism. 1.O’zbek adabiyotida Boborahim Mashrabning hayot yo’li 2.Mashrab ijodining adabiyotdagi tutgan o’rni 3.Mashrab lirikasida badiiyatning ustuvorligi III.Xulosa Ajoyib so’z ustasi,otashin lirik Boborahim Mashrabning nomi ko’p asrlik adabiyotimiz va madaniyatimizning Lutfiy va Navoiy,Bobur va Turdi,Maxmud va Ogahiy,Nodira va Muqimiy,Furqat va Zavqiy kabi ulkan namoyondalari qatoridan mustahkam o ’rin olgan,U o’zining sermazmun ijodi bilan XXVII asr oxiri va XXVIII asr boshlari o’zbek adabiyotining boyishi va rivojiga katta ta’sir ko’rsatadi.Ayniqsa,she’riyatimizda antiklerikal motivlarning,diniy dogmalarga qarshi isyonkor running o’tkirlashuvi va jangovarlashuvida,tematik doiraning kengayishi hamda xalqchillik,dunyoviylikning chuqurlashuvida,shuningdek,lirik janrlarning yanada takomillashuvi va badiiy kamolotga erishuvida shoirning xizmatlari katta bo’ldi.Uning jozibador va samimiy,o’ynoqi va jo’shqin,hayotbaxsh va ta’sirchan g’azal,murabba’lari,mustazod va muxammaslari butun O’rta Osiyoda keng tarqaldi, Mashrabning o’zi esa chinakam xalq shoiri sifatida so’nmas shuhrat qozondi.Mullo Bozor Oxund qoʻlida oʻqigan. 1665-yilda Qashqarga Ofoq Xoʻja huzuriga borib bilimini yanada chuqurlashtiradi. 1673-yildan boshlab umrining oxirigacha qalandarlarcha hayot kechiradi. Balx hokimi Mahmudbiy qatagʻon tomonidan 1711-yil dorga osiladi. Mashrab nomi XVIII XIXasrlarda tuzilgan tazkira va tasavvufiy yoʻnalishdagi asarlarda zikr etiladi (masalan, Bade Samarqandiyning „Muzokir ul-as’hob“ida). Ammo ularda shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida keltirilgan maʼlumotlar nihoyatda kam. Mashrabning qoldirgan adabiy merosi xususida ham aniq maʼlumot beruvchi manba yoʻq. Uning oʻz asarlarini toʻplab, devon yoki biror majmua tuzganligi maʼlum emas. Faqat „Devoni Mashrab“, „Devonai Mashrab“, „Eshoni Mashrab“, „Hazrati shoh Mashrab“ nomlari ostida xalq orasida qoʻlyozma va toshbosma shaklida tarqalgan qissalardagina (ularning kim tomonidan va qachon tuzilganligi nomaʼlum) shoirning hayot yoʻli va ijodiy faoliyati maʼlum tartib va izchillikda bayon etiladi, shu jarayonda asarlaridan namunalar ham keltiriladi. Qissalar keyinchalik oʻzgartirish va tuzatishlarga duch kelgan, turli toʻqimalar, yangi-yangi rivoyat, nakdlar, sarguzasht va latifasimon lavhalar bilan toʻldirila borilgan. Natijada qissalarda tarixiy Mashrab va uning ijtimoiy va ijodiy faoliyati xalq tasavvuridagi toʻqima Mashrab hamda u haqidagi sarguzasht-rivoyatlar bilan qorishib ketgan. Shunday boʻlsada, Mashrab haqidagi qissalar shoir hayot yoʻlini nisbatan toʻla va bosqichma-bosqich bayon etuvchi, shuningdek, yaratgan asarlarining koʻpgina qismini oʻzida jamlovchi adabiy-tarixiy manba sifatida ilmiy ahamiyat kasb etadi. Quyidagi asarlarda ham Mashrab haqida ayrim maʼlumotlar uchraydi: „Tazkirat ul-avliyo“ (Majzub Namangoniy), „Tazkirai qalandaron“ (Is’hoq Bogʻistoniy), „Muzakkiri as’hob“ (Maleho Samarqandiy), „Muntaxab ut-tavorix“ (Hakimxon Toʻra), „Ansob us-salotin“ (Mirzo Olim). Mashrab haqida mukammalroq tasavvur hosil qiluvchi manba – „Qissai Mashrab“dir (boshqa nomlari „Shoh Mashrab“, „Devonai Mashrab). Uning koʻpgina qoʻlyozma va toshbosma nusxalari mavjud. Mashrab ijodi, faoliyati bilan XIX asr oxiri XX asr boshlarida Sharqshunos olimlari qiziqa boshladilar. 1889 yilda «Turkiston viloyatining gazeti»da bir qator maqolalar eio n qilindi. 1895 yilda N.T. VeseLovskiyning «Vostochm>ie zametki» asarida ham Mashrab hurfikrlik namunasi sifatida jiddiy oiganishga loyiq ijodkor ekanligi e'tirof etildi. 1910 yilda N.S.Likoshin shoir haqidagi qissani rus tiliga tarjima qildi. Sharh, izohlar bilan nashr ettirdi. 1923 yil V.L.Vyatkin shoir haqida maqola e’lon qildi. Unda Mashrabning xalq orasida mashhurligi, asarlari keng tarqalgani ta’kidlandi. Shu maqolada ilk bor ikki Mashrab masalasi ko’tarildi.Shoir hayoti va ijodi borasida o‘zbek adabiyotshunos olimlarimizdan Izzat Sulton, VZohidov, I.Mo‘minov, G'afur G ‘ulom, A.Hayitmetov, A.Abdug‘afurov, E.Shodiev, VAbdullaev kabilar ham bir qancha maqolalar e'lon qilishgan. Ularda Mashrab shaxsi, ijodi bilan bogiiq turli masalalar yoritib berilgan.Mashrabshunosligimizni kuzatib, uzoq yillar siyosiy mustamlaka ta’sirida shoir ijodi soxta talqinlarga duchor etilganining guvohi bo'lamiz. Jumladan: LMashrab ijodidagi ilohiy muhabbat dunyoviy Muhabbat sifatida talqin etiladi. 2. U dinni rad etuvchi – ateist, deya baholanadi. 3. Shoir she’riyatidagi jo ‘shqin isyon ham sinflar manfaati bilan bog’lab izohlanadi. Adib qiyofasi sinfi vakili sifatida talqin etiladi.Ammo, mustaqilligimizning benazir sharofati bilan Boborahim Mashrab ijodi o‘zining xolis bahosini ola boshladi. Olimlarimiz uning asarlariga teranroq nazar tashlashga imkon topdilar. Jumladan, N.Komilovning «Kamoli nuri rahmatmam) maqolalarini, N.Juraxo ‘janing «Milliy istiqlol mafkurasi va adabiy meros» nomli doktorlik Dissertatsiyasidagi Mashrabga oid maiumotlarni aytish mumkin. Mashrabning hayoti va ijodi mustaqillik davri darsliklarida yangieha tahlil va talqin etildi. Masalan, um um taiim maktablarining 10-sinf « 0 ‘zbek adabiyoti» darsligida Mashrabning hayoti va ijodi birinchi marta keng yoritildi1. Mazkur ilmiy-ma’rifiy ishlarda shoir dunyoqarashi, falsafasining atroflicha yoritishga harakat qilingan.Mashrab hayoti va ijodini oiganish borasida matnshunoslik yo‘nalishida ham ancha ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, 1958 yil birinchi P.Shamsiev va A.Hayitmetovlar tomonidan Mashrabning «Tanlangan asarlar»i nashr etildi. Bu 1960 yilda qayta nashr boidi. 1963 va1971 yiilarda A.Abdug‘afurov Mashrab asarlarining to’liq nashrini yaratdi. 1979 yilda V.Rahmonov tomonidan yana mukammalroq nashr tayyorlandi. Unga yozilgan «So‘zboshi» ham ma’lumotlarining yangiligi, shoir asarlariga chuqurroq yondashilganligi bilan katta ilmiy qiymatga ega. Mashrab asarlarining nisbatan to iiq nashri 1990 yil Samarqandlik adabiyot muallimi Jaloliddin Yusupov tomonidan amalga oshirildi. Kitobda keltirilgan «So‘ngso‘z»da ushbu nashrning oldingilaridan tafovutlari, afzalliklari batafsil sharhlab berilgan. Mashrab hayoti va ijodiga oid muammolarga birlamchi manbalar vositasida aniqliklar kiritilgan. Mashrabning taxalluslari, «Mabdai nur», «Kimyo» asarlarining muallifi masalasi, 0 ‘rta Osiyo va boshqa Sharq mamlakatlarida Mashrab taxallusi bilan ijod etgan shoirlar borasida yangi xulosalar bayon qilingan, ravshanliklar kiritilgan.Ko‘ringanidek, Mashrab hayoti va ijodi xususida ancha tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Ammo, biz hali shoir shaxsini, dunyoqarashi-yu falsafasini, asarlari mohiyatini to’laligicha o’rganganimiz yo‘q. Bu borada hali yechimini kutayotgan muammolar juda ko‘p. Boborahim Mashrabning adabiy merosi bizga alohida va mukammal devon holida yetib kelmagan. U «Devoni Mashrab» qissalari, bayozlar va turli majmualar tarkibida parokanda holatda saqlangan. Mashrabning tarqoq she’riy merosi 1958-1980 yillarda filologiya fanlari doktorlar Abduqodir Hayitmetov va Abdurashid Abdug‘afurov, filologiya fanlari nornzodlari Vahob Rahmonov hamda Komiljon Isroilovlar tomonidan umumlashtirilib, asarlar to‘pIami tarzida bir necha bobi nashr etilgan.Mashrabga nisbatan mukammal asarlar to'plami Jaloliddin Yusupov tomonidan G ‘afur G ‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashr yo’li orqali « 0 ‘zbek adabiyoti bo‘stoni» sirasida «Mehribonim, qaydasan” nomi bilan 1990 yili nashr etildi. Kitobdan shoiming g‘azal, mustazod, murabba, musaddas, musabba turlaridagi asarlari o‘rin olgan.Boborahim Mashrabning bizgacha she’rlaridan tashqari «Mabda’i nur» va «Kimyo» asarlari ham yetib kelgan, deb taxmin qilinadi. Adabiyotshunosligimizda bu ikki asar muallifi borasida uzoq yillar bahs-munozara olib borildi. Ayrim olimlarimiz ulami Boborahim Mashrabga nisbat berishsa, ayrimlar ular Mashrabi Soniy taxallusi bilan ijod etgan Mullo Ro‘ziboy Oxundning asaridir, deyishgan. Ammo, so‘nggi yillarda bu munozaraga biroz oydinlik kiritildi. Bu asarlar tuzilishi, mazmun va g‘oyaviy yo‘nalishiga ko‘ra, tili, badiiy vositalarining ishlatilishign ko‘ra va Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida saqlanayotgan ayrim qo’lyozmalardagi ma’lumotlarga ko'ra Boborahim Mashrabnikidir, degan xulosa yetakchilik qilib turibdi. 1997 yilda «Mabdai nur» asari professor Ismatulla Abdullaev tomonidan hozirgi yozuvimizda ashr etildi. Ammo, asarning muallifi masalasi hamon maxsus tadqiqot va isbotni talab etuvchi muammoligicha turibdi.Boborahim Mashrabning hayoti, avliyolik xislatlarining namoyon bo'lishi va sarguzashtlari, Boborahim Mashrab hijriy 1050, milodiy 1640 yili Namanganda kambag‘al kosib Valibobo bo‘zchi oilasida dunyoga kelgan. U otasidan yosh yetim qoldi. Boborahim maktab ta’limini namanganlik taqvodor muallim qoiida oldi. Uning bolaligi, tahsil yillari haqida «Qissayi Mashrab»da ko‘p rivoyatlar keltirilgan. Ulardan biz Boborahim yoshligidan ilohiy jazba tekkan, g‘ayrioddiy, g‘ayb asroridan voqif bir inson bo'lganini ko'ramiz «Qissayi Mashrab»da hikoya qilinishicha, ilk tahsil kunlarining birida ustozi bilan Boborahim Mashrab o'rtasida quyidagicha suhbat bo’lib o‘tadi. «Ustoz!ari aytdilar: «Ey o ‘g iim , Bismillohir rahmonir rahim, «Alif» deng!» Shoh Mashrab «Alif» dedilar. Ustozlari: «Be» deng, dedilar. Shoh Mashrab ustozlaridan so‘radilarki: «Alif»ni ma’nosi nima va «Be»ning ma’nosi nimadur, ey domla?» Ustozlari achchigianib, aytdilarki: «Ey bachchayi nodon, san kim, bu ma’nini so‘ramoq kim?»Shoh Mashrab aydilar: «Ey domla, «alif»ni m a’nosini siz aytmasangiz man aytarman». Ustozlari aydilar: «Ey o‘g‘lum, «alif»ni ma’nisi nimadur?» Shoh Mashrab aydilar: «Domla, «alif»ni ma’nisi birdur. Bu sababdin «Be» demasman. Mundin oim ak xatodur». ustozlari bu So‘zni eshitib, hayron boiib qoldilar». Chunki shunday yoshda olam odamning mohiyatini bunchalik teran anglash g‘ayri odatiy hol edi. Bu rivoyat bizni Mashrab dunyoqarashining eng muhim asrori bilan oshno etadi. U butun borliqni Ollohning zuhuri deb bilishini, Olloh bitta, boshqa barcha mavjudot uning tajallisi deb tushunishini anglatadi. Ushbu suhbatda yetti yashar bolaning ustozini hayratda qoldirishi Mashrabdagi valilik xislatining ilk belgisi edi. Mashrabning bu so‘zIari juda chuqur falsafiy ma’noga egadir. Ma’lumki, arab alifbosidagi Birinchi harf - «Alif» abjad hisobida bir raqamini anglatadi. Bu hol Mashrab nigohida ramziy ma’no kasb etadi. U «Alif»ning birligida Ollohning yakkayu yagonaligini koiadi. «Be» harfi ikki raqamini bildiradi. Binobarin, «Be» harfini talafltuz qilish yosh Mashrabga Ollohni Ikkilantirish, shirk keltirish, uni sherikdor qilishdek tuyuladi. Boborahimning «Alif»dan oim aslik, «Be» demaslik haqidagi qatiyati bolalik avliyoning Islom dinidagi asosiy tayanch rukn – Tangrining biru borligini iqror etuvchi imon- eiiqodning ramziy ifodasidir. Kinchella Mashrab ulug‘ shoir va avliyo bo’lib yetishganida, bu imon uning badiiy asarlarida mukammal dunyoqarash tarzida aks etgan. Muhammad Siddiq Rushdiyning «Tazkirat ul-avliyoyi turkiy» kitobida shunday suhbat keladi: «So‘radilarkim: - Vali kimdur? Shayx Abu Hafz dedi:- Vali uldurkim, anga karomat martabasini bergaylar, ammo o‘zining u birla ishi boim ag‘ay». Mashrab karomat martabasiga muyassar bo’lgan Valiyulloh adabiy siymo edi.Mashrab yoshligidanoq majnuntabiat, qalandarvash, sofisurat qiyofa kasb etib boradi. Uning g‘ayritabiiy odatlari, so‘zlari, yurgan yo’lida aytadigan baytu g‘azallari ota-onasi va xaloyiqni hayron qol diradi. Onasi ne orzu-havaslar bilan o’g‘liga yangi liboslar kiygizsa, Mashrab duch kelgan ojiz bechoralarga kiyimlarini Download 45.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling