I kirish II. Asosiy qism so’nggi paleolit davri va uning o‘rganilishi


Download 54.01 Kb.
bet2/5
Sana23.11.2023
Hajmi54.01 Kb.
#1795704
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’RTA OSIYODAGI SO’NGI POLEOLIT DAVRI IBTIDOIY MANZILGOHLARI XARITASINI TUZISH.

Antropologik topilmalar
XIX asrning 40-yillaridan topila boshlangan. 1848 yilda Ispaniyaning Gibraltar qoyasidan ishchilar odam bosh chanog’ini topib oladilar. Biroq bu topilma haqidagi ilk ma’lumot 1864 yilga kelibgina G.Besk tomonidan matbuotda e’lon qilinadi.
1856 yilda Germaniyaning Dyusseldorf hududiga yaqin Neander vodiysidagi (Neandertal) g’ordan Gibraltardan topilgan suyakka o’xshash bosh chanog’i topiladi va tezda butun jahonga ma’lum bo’ladi. Uni paleontolog Fulrod o’rganadi.
1868 yilda Fransiyaning Kro-Manon g’oridan so’nggi paleolitga mansub odam suyagi qoldiqlari topiladi (yevropeoid irqiga mansub xususiyatlar mavjud).
Golland vrachi va anatomi Ernest Dyubua 1890-1892 yillarda Yava orolida antropoid va neandertallar oralig’ida mavjud bo’lgan odam turiga mansub suyak qoldiqlarini topadi. Skeletini top’liq topib, qayta tiklashga muyassar bo’lgan olim uni tik ikki oyoqda yurgan eng qadimgi odam ekanligini ta’kidlaydi va uni «Pitekantropus erektus » – «Tikyuruvchi maymunsimon odam » deb ataydi.
1901 yilda Italiyaning Grimaldi g’oridan odam suyagi qoldig’i topiladi (negroid irqiga mansub xususiyatlar mavjud).
Keyingi tadqiqotlar jarayonida pitekantropga tegishli suyak qoldiqlari ko’plab topila boshlandi.
1907 yilda Germaniyaning Mauer qishlog’ida, Geydelbergdan 10 km janubda ishchilar qazilma odam suyagi qoldiqlarini topib olishadi. U fanda geydelberg odami nomi bilan mash’hur. Olimlar uni pitekantrop va neandertal turlari oralig’idagi tipiga mansub odam, deb hisoblaydilar.
1927 yilda Pekin shahri yaqinidagi Chjoukoutyan degan joydan sinantrop suyagi qoldiqlari topiladi. Bu manzilgoh kanadalik olim D.Blek tomonidan o’rganilgan. 25-30 m qalinlikdagi madaniy qatlamga ega yodgorlikda arxantroplar bo’lib, ular pitekantroplarga nisbatan ancha rivojlangan, bir necha mingyillar davomida shu yerda yashashgan va buni ular yasagan ov va mehnat qurollari, ulardagi o’zgaruvchanlik hamda bir necha o’n metrlik kul qatlami ham buni tasdiqlaydi (mongoloid irqiga xos xususiyatlar mavjud).
1935 yilda Angliyaning Svanskomb degan joyidan (Kent) Mareton ayol jinsiga mansub odam suyagi qoldiqlarini topadi. Mazkur topilmani maxsus o’rganish uchun Qirollik qo’mitasida Antropologiya instituti tashkil etiladi. Olimlar ushbu topilmani Homo sapiensga yaqin odam tipii ekanligini tasdiqlaydilar.
1938 yilda O’zbekistonda Teshiktosh g’ori arxeolog A.P. Okladnikov
tomonidan tadqiq etilib, neantertal tipiga mansub odam suyagi qoldiqlarini topadi. Uni qiyofasini antropolog olim M.M. Gerasimov tiklagan.
1954-1955 yillarda fransuz olimlari K.Arambur va R.Xofshtetter Ternifin (Jazoir) dagi qazuv ishlari jarayonida sinantropga yaqin odam suyagi qoldiqlari topiladi. Bu topilma atlantrop (Afrikaning shimoli-g’arbidagi Atlas tog’i nomidan) deb nomlanadi. Suyak qoldiqlari bilan birga shell va ilk ashel davriga oid tosh qurollari ham topiladi.
1960 yildan ingliz antropologi Luis Liki Tanganikadagi (Sharqiy Afrika) Olduvay g’orida shell davriga oid tosh qurollarni topish bilan birga odam suyagi qoldiqlarini ham topadi. Olim uni pitekantropning zamondoshi sifatida ko’rib, «zinjantrop» (avstralopitek – janub odami) deb ataydi. Homo habilis deb atalgan bu odam tipi bundan 2,5-3 mln. yil avval yashagan.
1963 yilda Xitoy olimi Vu Xuanxe daryosi o’rta oqimida Lyandyan manzilidan qadimgi odam qoldig’ini topadi. Uning sinantropga nisbatan ancha qadimiy bo’lganligi aniqlandi. Fanda u «Lyandyan arxantropi» deb nom oldi.
1963 yilda Toshkent viloyati Ohangoron tumanida Mingbuloqdan hozirgi kunimizdan 400500 ming yillar muqaddam yashagan sinantrop turiga oid qazilma odam qoldiqlari topilgan.
Shunday qilib, antropologik topilmalarni izlash va ularni o’rganish bugungi kungacha ham davom etib kelmoqda. 2000-2004 yillar davomida Qashqadaryo vohasi Kitob tumani tog’li hududlarida olib borilgan tadqiqot ishlari jarayonida (o’zbek-amerika qo’shma ekspeditsiyasi) Oyoqchisoy vodiysida Angilak g’ori tadqiq etilib neandertal tipiga mansub odamning oyoq suyagi topildi. Bu viloyatimiz tarixidagi eng diqqatga sazovor topilma bo’ldi.
Demak,

  1. Odamzod tabiatning ajralmas bir bo’lagi sifatida Yer tarixining ma’lum bir bosqichida hayvonot olamidan ajralib chiqdi. U jonivor fanda eng oliy tipdagi «odamsimon maymun» deb atalmoqda.

  2. Ajdodlarimizning hayvonot olamidan odamzod dunyosiga qo’ygan birinchi qadami

avstralipiteklar davrida sodir bo’ldi.

  1. Odamzodning ilk ajdodlari zinjantrop va pitekantroplar toshni toshga urib mehnat qila boshlaydilar. Mehnat odamzodni hayvonot olamidan ajratdi.

  2. Odamzod o’zining ajdodi – sinantroplar davrida olovni kashf etdi va shu tufayli ajdodlarimiz go’shtni olovda chala pishirgan holda iste’mol qila boshladilar. Pishirilgan go’shtni iste’mol qilish natijasida ularning fikrlashida o’zgarish yuz berdi va odamning biologik, jismoniy tuzilishida hozirgi zamon odami tomon ijobiy o’zgarishlar sodir bo’la boshladi.



Download 54.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling