I kirish. II. Asosiy qism


Poya va uning shakllanishi


Download 0.91 Mb.
bet4/12
Sana29.01.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1138413
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi 3-A Rahimova

2.2.Poya va uning shakllanishi.
Poya (caulis) — oʻsimlikning shoxbarg va gullari joylashgan asosiy oʻqi. Boʻgʻim (barg oʻrni) va boʻgʻim oraliqlaridan iborat. Poya ildiz bilan barglar orasida moddalar harakatini taʼminlaydi. Baʼzi oʻsimliklarning poyasi metamorfozlashgan (shakli oʻzgargan) boʻlib, suv va oziq moddalarni toʻplash (kartoshka), himoya (doʻlana va yantoqlarning tikanlari), ilashish (tok va oshqovoqlarning jingalagi), vegetativ koʻpayish (ajriq, qulupnay poyalari) vazifalarini bajaradi. Bir yillik va koʻp yillik, yer ustki va yer ostki, yog’ochlangan va yog’ochlanmagan poyalar bor. Poya silindrsimon, koʻp qirrali, yassi, g’adir-budur yoki silliq boʻladi. Asosan, uchidagi oʻsish konusi hujayralarining boʻlinishidan poya boʻyiga oʻsadi; baʼzi o’simliklar (masalan gʻalladoshlar) poyasi boʻgʻim oraligʻining uzayishidan ham o’sadi. Poyaning bo’yi, yo’gʻonligi turlicha. Yo’sinlar poyasining uzunligi bir necha sm, diametri bir necha mm, sekvoyyalar poyasining uzunligi 150 m, diametri 10—12 m. Lianalar poyasi 200—300 m keladi. Poyaning anatomik tuzilishi sistematik guruhlariga ko’ra, sodda yoki murakkab bo’ladi. Masalan tuban yo’sinlar poyasi faqat bir xil parenxima hujayralaridan, poyabargli yo’sinlar poyasi qobiq va suv oʻtkazuvchi toʻqimadan, plaunlar poyasi esa ksilema va floemadan iborat o’tkazuvchi toʻqimadan tuzilgan.
Poya o’ta murakkab to’qimalar sistemasidan rivojlanib, barcha organlarni bog’laydi. Poya va novda doimo o’sib, yangi organlar hosil qilib turadi.Shuning uchun ularning o’sishini “ochiq” sistema deb qaraladi.Quyda poyaning hosil bo’lishi to’grisidagi nazariyalar bilan tanishib chiqamiz.
Poyaning hosil bo’lishi. O’sish konusida poyaning shakllanishi o’simlikda o’sish konusidagi meristema to’qimalarining faoliyati tufaylidir. Shu to’g’risida qator nazariyalar mavjud.XIX asrning o’rtalarida Gofmeyster poyaning o’sish konusi uchida yagona initsial hujayraning shakllanishi nazariyasini asoslab berdi. Bu nazariya yer usti organlarining o’sish konusida yagona initsial hujayraga ega bo’lgan moxsimon va paporotniksimonlar uchun tadbiq etilishi mumkin edi. Urug’li o’simliklarning yer usti organlari o’sish konusini o’rganish bo’yicha olib borilgan kuzatishlardan ularning uchida yagona initsial hujayra bo’lmasdan, balki hosil qiluvchi hujayralar to’plami mavjudligi aniqlandi. Shunga ko’ra, poyaning boshlang’ich tuzilishi to’g’risida ikki xil nazariya vujudga keldi. Bulardan biri Genshteyn tomonidan 1868-yilda taklif qilingan gistogenlar nazariyasidir. Bu nazariyaga qaraganda gulli o’simliklarning o’sish nuqtasi bir emas bir qancha initsial hujayralarning to’plamidan tashkil topgan bo’lib, ular bir necha qavat hosil qilgan xolda joylashgan. Genshteynni sirtida joylashgan eng ustki hujayralar ostidagi meristematik hujayralardan o’simlikning poya va butun vegetativ tanasi shakllanadi, Bu initsial hujayralar to’plamini Genshteyn gistogenning uch zonasi—dermatogen, periblema va pleromaga bo’lib o’rganadi.
Bu zonalarni ko’pchilik o’simliklarda poya va ildizning o’sish konusida aniq kuzatish mumkin. O’sish nuqtasining eng sirtqi qatlami dermatogen bo’lib, unda poya va ildizning ustida joylashgan juda yupqa epiderma shakllanadi. Dermatogen ostida bir necha qavat periblema joylashgan, undan birlamchi po’st shakllanadi. Pleromadan esa o’sish konusining markaziy qismi hosil bo’lib, poya va ildizning markaziy o’tkazuvchi naylari va ularni o’rab turgan tirik to’qimalari shakllanadi. Dermatogen va periblemani pleroma tashqi tomondan o’rab turadi.
Ikkinchi nazariya tunika va korpus nazariyasi bo’lib, u ko’pchilik botanik olimlar, xususan, Shmidt (1920) tomonidan asoslangan. Bu nazariyaga asosan o’sish konusining meristema hujayralari tunika va korpus singari ikki qismdan iborat. O’sish konusining sirtqi qatlami tunikadan, qolgan butun ichki qismi korpusdan iborat. Bu nazariyaga asosan meristemaning initsial hujayralari bir necha qatlamdan iborat bo’lib, o’sish konusi uch qismining sirtida joylashgan. Uning eng ustki qatlamida joylashgan hujayralar antiklinal yo’l bilan bo’linib tunika hosil qiladi. Tunikaning ostida aktiv bo’linadigan va korpusni hosil qiladigan meristematik hujayralar joylashgan. Bu hujayralar har tomonlama bo’linish qobiliyatiga ega. Tunikadan poyaning va qisman ildizning qoplovchi to’qimalari, korpusdan esa markaziy silindr va ayrim hollarda po’st hosil bo’ladi. Bu nazariya ko’pchilik yuksak o’simliklarning o’sish konusini izohlab berish uchun ancha qulay. Gistogenlar nazariyasi esa dermatogen, periblema va pleromasi aniq chegaralangan suvo’tlarning o’sish konusini o’rganish natijalariga asoslangan, quruklikda tarqalgan o’simliklarning o’sish konusida faqat tunika va korpus qatlamlari aniq chegaralangan. Barg va kurtaklar ham o’sish konusidan shakllanadi. Tunika ostida joylashgan hujayralar poya uchiga nisbatan perpendikulyar yo’nalishda bo’linib, ichki tomondan tashqariga qarab, keyinchalik bargga aylanadigan bo’rtmalar (qabariq) hosil qiladi. Birlamchi bo’rtmada barg hosil bo’lgach, uning qo’ltig’ida ikkilamchi bo’rtma va undan keyinchalik yon novdalar hosil qiladigan kurtaklar shakllanadi. Bargning shakllanishi, uning qo’ltig’ida keyinchalik yon novdalarga aylanadigan kurtakning vujudga kelishi, bir-biri bilan uzviy borliq, shunga ko’ra, o’sish rivojlanishning yagona jarayoni hisoblanadi. Endogen yon ildizlardan farqli ravishda ekzogen yon novdalar vujudga keladi.
Poyaning ichki tuzilishini o’rganar ekanmiz uning ichki tuzilishi hamma o’simliklarda o’ziga xosligini bilishimiz mumkin. Ya’ni poyaning anatomic tuzlishining xilma-xilligi o’simlikning turiga va o’shish sharoitiga qarab turlicha bo’lar ekan. Yuqorida poya ichki tuzlishiga ko’ra soda va murakkab bo’lishini bilgan edik. Bundan tashqari poya anatomik tuzilishiga ko’ra 3xil turi farqlanar ekan (1-jadval).
1-jadval.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling