I. Kirish II. Asosiy qism Xususiy kapital hisobining maqsad hamda vazifalari 2
Qo‘shilgan va rezerv kapitali xarakatini hisobda aks ettirish
Download 173.22 Kb.
|
Xususiy kapital hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Maqsadli tushumlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
3.Qo‘shilgan va rezerv kapitali xarakatini hisobda aks ettirish
Korxonalarning xususiy kapitalini shakllantirishda ustav kapitalidan tashqari qo‘shilgan kapital va rezerv kapitallari ham tashkil qilinadi. Qo‘shilgan kapital hisobini yuritishdan maqsad xo‘jalik yurituvchi subyektning ro‘yxatga olingan sanasidan boshlab uning aksiyalarini joylashtirishgacha bo‘lgan davr mobaynida faoliyatning qonuniyligini, barqaror faoliyat olib borishi, raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni ta’minlashni investorlarga isbotlab, aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori sotilgan qismini hamda akqiyalarni sotishdagi kurs farqlarini hisobda to‘g‘ri aks ettirishdan iborat. Qo‘shilgan kapital aksiyadorlik jamiyatlarida korxona aksiyalarining nominal qiymatidan ortiq narxda sotish natijasida olingan emissiya daromadidan tashkil etilsa, mulkchilikning boshqa shakllarida esa ta’sischilarning pul mablag‘laridan tashkil topadi. Qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar oddiy va imtiyozli aksiyalarni sotishdan olingan summalarning nominal qiymatidan oshiqcha summalarining, bundan tashqari bepul olingan mulklar qiymatining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Emission daromad - aksiyalarning nominal qiymatdan oshiqcha bahosi bo‘yicha birlamchi sotishdan olingan emissiya daromadini aks ettiradi. Qo‘shilgan kapital - bu tashkil etilayotgan xo‘jalikning daromad (foyda) olish maqsadini ko‘zlab, kiritilgan va kiritilayotgan dastlabki mablag‘larning Respublikamiz yuqori tashkilotlari hamda bozor talablari asosida yuzaga kelgan mulk tafovutlarini, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mablag‘lardir. Bundan tashqari qo‘shilgan kapital schyotida ustav kapitaliga qo‘yilgan qo‘yilmalarni to‘lashda hosil bo‘ladigan kursdagi farqlar summasi ham hisobga olinadi. Qo‘shilgan kapitalning mavjudligi va harakati quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 8410 - “Emissiya daromadi” 8420 - “Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqi” 8410 -“Emissiya daromadi” schyoti - aksiyalarning nominal qiymatidan yuqori olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Emissiya daromadi emitent tomonidan aksiyalar dastlabki egalariga aksiyalarning realizatsiya narxi bilan nominal qiymati o‘rtasidagi farq sifatida joylashtirilganda (sotilganda) yuzaga keladi. 8410 “Emissiya daromadi” schyoti aksiyalarni dastlabki sotishda nominal qiymatidan yuqori bahoda olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu mablag‘lar kelib tushganda 8410 “Emissiya daromadi” schyoti kreditlanib, xususiy aksiyalarni bekor qilishda sotib olish qiymati va nominal qiymati o‘rtasidagi farq qoplanganda esa ushbu schyot debetlanadi. 8410 “Emissiya daromadi” schyoti bo‘yicha analitik hisob oddiy va imtiyozli aksiyalardan olingan daromadlar bo‘yicha alohida yuritiladi. Misol. Aksiyadorlik jamiyati ta’sis hujjatlariga ko‘ra 1 500 so‘m nominal qiymatida 1 000 000 dona aksiya chiqarildi. Ular bir dona aksiya uchun 1560 so‘m narx bo‘yicha sotildi. Jamiyatning emissiya daromadi 60 000 ming so‘mni (1 560 000-1 500 000) tashkil qiladi. Asosiy vositalarni qayta baholash hukumat yoki korxona mulkining egalari (ta’sischilar)ning qarori bo‘yicha, nomoddiy aktivlar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa uzoq muddatli investitsiyalarni bozor qiymatiga qadar qayta baholash aktivlarning bozor qiymatining aniq belgilanishi sharti bilan korxonaning hisob siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi. Agar qayta baholash natijasida mulklarning qiymati kamaysa, kamaygan summa o‘sha mulkning navbatdagi qiymati oshishi hisobiga to‘ldiriladi va u 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotining debetida aks ettiriladi. Shu mulkning avvalgi qayta baholashdagi qiymatidan oshgan arzonlashtirilgan summa xarajat sifatida tan olinadi va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotida aks ettiriladi. Masalan, transport vositasining boshlang‘ich qiymati 45000 ming so‘mga, eskirish qiymati 9000 ming so‘mga teng. 1,1 koeffitsient bilan qayta baholash natijasida transport vositasining boshlang‘ich qiymati 49500000 so‘m (45000000 x 1,1)gacha, eskirishi qiymati esa 9900000 so‘m (9000000 x 1,1)gacha oshgan. Transport vositasining boshlang‘ich qiymati o‘rtasidagi farq 4500000 so‘m (49500000-45000000)ga, eskirish qiymati o‘rtasidagi farq 900000 so‘m (9900000 - 9000000)ga teng. Ushbu muomalalar hisobda quyidagicha aks ettiriladi: Debet 0160 4500000 so‘m; Kredit 8510 4500000 so‘m, Debet 8510 900000 so‘m; Kredit 0260 900000 so‘m. Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar obyektlari chiqib ketishida 8510-“Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotidagi qayta baholash saldosi daromadga kiritiladi hamda unga foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi solinadi. Asosiy vositalarni tugatish (hisobdan chiqarish) chog‘ida olingan daromadlar yagona soliq to‘lovi hisob-kitobida soliq solinadigan bazadan chegiriladi (Soliq kodeksining 356-moddasi). Mulkni qayta baholash bo‘yicha jamlangan summaning ta’sischilar o‘rtasida taqsimlanishi 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotning debetida 6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 8520 “Rezerv kapitali” schyoti korxona tomonidan ta’sis hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etilgan rezerv kapitalining holati va xarakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Rezerv kapitali mablag‘lari imgiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash, aksiyadorlarning talabiga binoan aksiyalarni sotib olish, aksiyadorlik jamiyati obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, umumiy balans zararini, biror-bir noordinar operatsiyalar bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni qoplash uchun hamda qoplashning boshqa imkoniyatlari mavjud bo‘lmaganda qarzlarni hisobdan chiqarish va boshqa maqsadlarga ishlatilishi mumkin.115 8520 “Rezerv kapitali” schyoti korxona tomonidan ta’sis hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etilgan rezerv kapitalining holati va xarakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Rezerv kapitali mablag‘lari korxona zararlarini qoplash va boshqa qoplash manbalari bo‘lmagan boshqa maqsadlarga sarflanishi mumkin.116 Rezerv kapitalining shakllanishi 8520 “Rezerv kapitali” schyotining kreditida 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 8530 “Tekinga olingan mulklar” schyoti korxona tomonidan tekinga olingan mulkni hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Tekinga olingan mulklar 8530 “Tekinga olingan mulklar” schyotining kreditida korxona mulklarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Tekinga olingan mulklar qiymati soliqqa tortish maqsadida umumiy korxona umumiy daromadiga qo‘shiladi. Bepul olingan mol-mulk, mulkiy huquqlar soliq to‘lovchining daromadi hisoblanadi. Soliq solish maqsadida daromadlar bozor qiymati bo‘yicha belgilanadi. Mol-mulk, mulkiy huquqlarning bozor qiymati hujjatlar bilan yoki baholovchi tomonidan tasdiqpanadi. Quyidagilar hujjatli tasdiqnoma deb e’tirof etiladi: - yuklab jo‘natish (etkazib berish) hujjatlari; - etkazib beruvchilarning narxga oid ma’lumotlari (prays-varaqlar); - ommaviy axborot voeitalaridan olingan ma’lumotlar; - birja ma’lumotlari; - davlat statistika organlarining ma’lumotlari. Beruvchi tomonda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash majburiyatlari yuzaga keladi. Bunda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tugallanmagan qurilish obyektlarini bepul berish realizatsiya bo‘yicha aylanma hisoblanmaydi va unga qo‘shilgan qiymat solig‘i solinmaydi. Tekinga olingan mulk korxonaning hisob siyosatiga muvofiq amortizatsiyalanadi (agar bu amortizatsiyalanadigan aktiv bo‘lsa) hamda mol-mulk solig‘ini hisoblashda hisobga olinadi. Keyinchalik qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida sotib olingan xususiy aksiyalarning holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar - oddiy”; 8620 “Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli” 115 Gadoev E. va boshq. Yillik hisobot-2008. T.: NORMA, 2009. 355-bet. 116 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 23.10.2002 yilda N° 1181bilan ro‘yxatga olingan 21-son BHMS “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma” 3-§ 353-band. 4. Maqsadli tushumlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi Maqsadli tushum - bu mablag‘larni ularni ajratgan shaxs qanday maqsadlarni ko‘zlagan bo‘lsa, o‘sha maqsadlarda ishlatish uchun olish. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra maqsadli moliyalashtirish - bu tadbirkorlik faoliyatining turli darajalarida pul mablag‘larini nazorat ostida birtarkibiy birlikdan boshqasiga har qanday o‘tkazish; korxonani rivojlantirishni moliyalashtirish (reklama kompaniyalari, kapital qurilish, faoliyatning yangi yo‘nalishini rivojlantirish, boshqa investitsiyalar); maqsadli tadbirlarni o‘tkazish uchun dav-lat organlaridan mablag‘lar olish; notijrat tashkilotlariga hissa tariqasida mablag‘lar olish va boshqalar. Maqsadli moliyalashtirish tushunchasi fuqarolik qonunchiligi tizimida muayyan shartnoma turi yoki muayyan moliyalashtirish manbasi turi bilan bog‘liq emas117. 4-rasm. Maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari tarkibi Maqsadli tushumlarining holati va harakati, shuningdek a’zolik badallari va maqsadli yo‘nalish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan boshqa qaytarilmaydigan mablag‘larning kelib tushishi va sarflanishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 8810 - “Grantlar”; 8820 - “Subsidiyalar”; 117 “Finansovaya gazeta. Regionalniy vipusk”, 9-son, 2006 y. mart. 269 8830 - “A’zolik badallari”; 8840 - “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” 8890 - “Boshqa maqsadli tushumlar”. Ushbu maqsadli tushumlarni korxonaning xususiy kapitali sifatida aks ettirish shartlari quyidagilar hisoblanadi: a)mablag‘larning maqsadli yo‘nalish bo‘yicha ishlatilishi; b)mablag‘larni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning yo‘qligi; c)belgilangan shartlar bajarilganda qaytarib berilmasligi. Grant - davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro va xorijiy hukumat tashkilotlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va xorijiy nohukumattashkilotlari tomonidan bepullik asosida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan mol-mulk, shuningdek, bepullik asosida xorijiy fuqarolar va fuqarosi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan mol-mulk. Aktivlarga kiritiladigan subsidiyalar - bu uzoq muddatli aktivlarni muayyan qurilish loyihalari uchun sotib olish yoki qurish maqsadida xo‘jalik subyektlari ajratadigan davlat subsidiyalaridir, ishga tushirish yoki xarid qilish muddatlari, ushbu aktivlarning muayyan joylashishi. Daromadga kiritiladigan subsidiyalar - bu aktivlarga kiritiladiganlaridan tashqari, davlatning har qanday boshqa subsidiyalari. Qaytarmaslik asosidagi ssudalar - bu kreditor qaytarishni talab qilmagan holda, muayyan shartlarga rioya qilib beradigan ssudalardir. A’zolik badallarini odatda notijorat tashkilotlar ishlatadi. Notijorat tashkilotlar tomonidan ustav faoliyatining ta’minoti va uni amalga oshirish uchun olingan, belgilangan maqsadga ko‘ra va (yoki) tekin kelib tushgan mablag‘lar daromad deb qaralmaydi va ularga foyda solig‘i solinmaydi118. Boshqa maqsadli tushumlar — maqsadli tadbirlarga sarflanadigan mablag‘lar manbai. Maqsadli tushumlar byudjetdan ajratilgan mablag‘lar, ota-onalarning farzandlari maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida tarbiyalanganligi uchun to‘lovlari va boshqa manbalar hisobiga tashkil bo‘lishi mumkin. Maqsadli tushumlardan mablag‘lari qat’iy belgilangan maqsadlar: bolalar muassasalarini asrash, madaniy muassasalar, bolalar ormgoxlari, kadrlar tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish, qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish va boshqa tadbirlar uchun foydalanilishi mumkin. Davlat subsidiyalari sifatida ajratilgan maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari quyidagilarga ishlatilishi mumkin: a)uzoq muddatli aktivlarni (asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va h.k.) xarid qilish, qurish yoki boshqacha yo‘l bilan qo‘lga kiritish bilan bog‘liq kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish; b)tashkilotning muntazam ravishda kompensatsiya qilinishi kerak bo‘lgan joriy xarajatlarini qoplash (moddiy-ishlab chiqarish zaxiralarini sotib olish, xodimlar mehnatiga haqto‘lash va shu turdagi boshqa xarajatlar); c)tashkilot amalga oshirib bo‘lgan sarf-xarajatlarni kompensatsiya qilish, xususan, uy- joy kommunal xo‘jalikda, agrosanoat majmuasida; d)tashkilotni kelgusida sarf-xarajatlar qilmaslikka aloqador bo‘lmagan favqulodda yordam ko‘rinishidagi shoshilinch moliyaviy qo‘llab-quvvatlash; e)davlat subsidiyalarini ajratish bo‘yicha hukumat qarorlarida va hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa maqsadlar. Davlat subsidiyalarini tan olish tartibi va ularning buxgalteriya hisobi uslubiyati, shuningdek ular bo‘yicha axborotni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasining 10-son 118O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 129-moddasi. (yangi tahriri) 2007 yil 22 noyabrda tasdiqlangan. buxgalteriya hisobi milliy standarti “Davlat subsidiyalarining hisobi va davlat yordami bo‘yicha ko‘rsatiladigan ma’lumotlar” bilan tartibga solinadi. Download 173.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling