I kirish kanveyerlar


Download 1.38 Mb.
bet17/30
Sana26.02.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1232415
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
2 5384398154495954554

8. Muftalar.
Mufta (nem.Muffe) (texnikada) — vallar, tishli gʻildiraklar, trubalar, kabellarni bir-biriga ulash uchun ishlatiladigan detal yoki uzel. Doimiy biriktiruvchi M.; boshqariladigan yoki ilashma M.; oʻz-oʻzidan boshqariladigan (avtomat) M.; sirpanma M. va maxsus M.larbor. Doimiy biriktiruv-ch i M.lar vositasida ikki boʻlak val birlashtirilib, bitta yaxlit val xrsil qilinadi. Bunday M.ning qoʻzgʻalmas, qoʻzgʻaluvchan (kompensatsiyalovchi) va elastik (qayishqoq) xillari bor. Vallarni istalgan vaqtda ulash yoki ajratish uchun boshqariladigan (ilashma) M.lar ishlatiladi. Ularning kulachokli yoki friksion xillari bor. Ularni mexanik, gidravlik yoki elektromagnit moslamalar vositasida avtomatik tarzda yoki qoʻlda istalgan vaqtda uzib-ulash mumkin.Sirpanma M.lar sirpanish yuz berganda, mas, yetaklanuvchi yarim M. yetakchi yarim M.dan orqada qolganda ishga tushadi. Ularning gidrodinamik va elektrodinamik xillari bor. Mashinalarning aylanib ishlaydigan detallariga taʼsir etayotgan kuch va moment toʻsatdan ortib ketganda ularni saqlash maqsadida maxsus saqlagich M.lar ishlatiladi. Valdagi kuch va moment moʻljaldagidan oshib ketganda, avvalo M.ning boltlari sinib, vallarni bir-biridan ajratadi. Avtomatik ishlaydigan saklagich M.lar ham bor. Mas, markazdan qochma M.lar yordamida vallar avtomatik tarzda ulanibuzilib turadi.Muftalar val, truba va shu kabi detallarning uchlarini bir biriga ulash uchun ishlatiladi va mexanikaviy, elektrik, gidravlikaviy turlarga bo’linadi. Mashina detallari kursida faqat vallarga muljallangan mexanikaviy muftalargina o’rrganiladi.Bunday muftalarning asosiy vazifasi vallarni o’zaro
biriktirish bilan birga, ularning biridan ikkinchisiga burovchi moment uzatish xamdir.Bundan tashqari, muftalar bir qancha boshqa funktsiyalarni xam bajarishi mumkin.Shuning uchun mashinasozlikda ishlatiladigan muftalarning turi ko’p. Ular vazifasi va tuzilishiga ko’ra, quyidagi uch gruppaga bo’linadi:
1. Doimiy biriktirilgan muftalar; bunday muftalardan foydalanilganda mashina ishini to’xtatmay turib, vallarni bir-biridan ajratish mutlaqo mumkin bo’lmaydi.
2. Boshqariladigan ulovchi muftalar; bunday muftalar vositasida mashina ishini to’xtatmagan xolda, zarur bo’lgan xolda vallarni ulash yoki ajratish mumkin.
3. o’z-o’zini boshqaruvchi (avtomatik) muftalar; bunday muftalar, ko’pincha, saqlagich sifatida ishlatiladi, ya’ni mashinaning normal ishlashi uchun talab qilingan sharoit ta’minlanmagan xollarda avtomatik ravishda vallarni bir-biridan ajratadi va talab qilingan normal sharoit yaratilishi bilan
ajratilgan vallar mufta vositasida avtomatik ravishda yana ulanadi.


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling