I kirish kanveyerlar


Download 1.38 Mb.
bet1/30
Sana26.02.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1232415
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
2 5384398154495954554


I KIRISH
1.KANVEYERLAR
Konveyer (ing. Conveyer-tashuvchi) – to’kma, donali, bo’lak-bo’lak yuk yoki buyumlarni, asosan, qisqa, ba’zan, uzoq masofalarga uzluksiz va bir xil maromda tashiydigan mashina. Vazifasiga ko’ra, transport (yuk tashiydigan) va texnalogik (texnalogik operatsiyalarni o’zaro bog’laydigan) xillarga bo’linadi. Tortish organi bo’lgan va tortish organi bo’lmagan turlari bor. Elektrik yuritmalar bilan harakatlanadigan konveyerlar keng tarqalgan. Bunday konveyerlarning tortish organlari lenta, zanjir vakanatdan iborat bo’lib, ular yordamida buyum yoki yuklar tashiladi. Yuk tashish organlarining turlariga ko’ra, dasturli boshqariladigan lentali, ko’raqli’ plastinkali, osma, shuningdek, kovushli, aravachali va boshqa turlariga; tortish organi bo’lmagan vintli (shnekli), inversion (chayqaluvchi va tebranma), rolikli (rolgang), odimlovchi (quymachilik, yig’uvchilik) va boshqa turlarga bo’linadi.

Lentali konveyerlar
Lentali konveyerlar bilan asosan donali yuklar tashiladi. Lentali konveyerlar sochiluvchan, kukinsimon va o’rta donali materiallarni gorizantal, qiya va aralashma yo’nalishda tashish uchun xizmat qiladi. Pookli ishlab chiqarishda yuklarni bir operatsiyadan ikkinchi operatsiyaga tashishda lentali konveyerlar ishlatiladi. Lentali konveyerlar yetaklovchi baraban, taranglovchi baraban, lenta, yuklovchi moslama, ish va salt roliklari, qo’zg’almas stalima va yuk tushiruvchi moslamadan iborat. Afzalligi: tuzilishi odda, ishonchli, unumdorligi yuqori, kam energiya sarflaydi va xizmat qiluvchilar soni kam. Kamchiligi: lentasi uzoq vaqt ishlashga chidamli emas va tannarxi qimmat.


Vintli konveyerlar
Vintli konveyerlar (shnek)- sochiluvchan yuklarni (mas. Donni) gorizantal va qiya tekislikda yaqin masofaga uzluksiz tashiydigan qurilma. Bunda lenta o’rnida vint ishlatiladi.Harakatlanish mehanizmi yordamida vint aylanganda yuk nov bo’ylab siljiydi. Vintli konveyerni qurishda (sement va boshqa), elektr stansiyalarida (ko’mir kukini va boshqalar), kimyo sanoatida va boshqa tatmoqlarda tarmoqlarda changiydigan va boshqa zaharli materiallarni tashishda ishlatiladi.vintli konveyerlar sochiluvchan va ba’zan mayda donli materiallarni 70 matrgacha tashishda ishlatiladi.ular bilan tolali, issiq yoki sovuq, namroq va zaharli moddalar ajralib chiqaruvchi materiallar ko’proq tashiladi. Vintli konveyerlar, materiallarni tashish bilan birga ularni sovitish va isitish vazifasini ham bajarishi mumkin. Vintli konveyerlarning ish unumdorligi, odatda 20..60m3/soat va ayrimhollarda, ya’ni vint diametri katta bo’lganda 100 m3/soat gacha bo’ladi. Valning2aylanishlar soni tashilayotgan materialga va vint diametriga bog’liq. Masalan,og’ir materiallar uchun, odatda 50 va yengil material uchun esa 150 min-1 gacha.Vintli konveyerlar materiallarni gorizantal, bir oz qiya, shuningdek
vertikal yo’nalishda tashish uchun ishlatiladi.Vertikal vintli konveyerda changsimon va donali materiallar tashiladi.Nov rolini vertikal silindrik truba bajaradi. Bu konveyerlarning ko’tarish
balandligi 25 m gacha, ish unumdorligini esa 50 m3/soatgacha, valning aylanish
soni 1400 min-1 va vint diametri 400 mm gacha bo’ladi.Vintli konveyerlar Yuritma, kuzatish qopqog’I, qo’zg’almas nov, chetkiva oraliq osma tayanch, qopqoq, vint o’ramlari mahkamlangan
harakatlantiruvchi val, Yuklash va bo’shatish trubalaridan iborat.Vintli konveyerning afzalligi: tuzilishi oddiy, ko’ndalang kesiminingo’lchamlari kichik, germetik, tashqarida harakat qiluvchi qismi yo’q va
bo’shatish qulay. Kamchiligi: boshqa konveyerlarga nisbatan materiallarnitashish uchun ko’p eletr energiya sarf qiladi, tashilayotgan materiallarmaydalanib ketadi, vint va novning yeyilishi natijasida tez ishdan chiqadi. Buyeyilish asosan o’tkir qirrali materiallarni tashishda hosil bo’ladi.


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling