I kirish kanveyerlar


Download 1.38 Mb.
bet9/30
Sana26.02.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1232415
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
2 5384398154495954554

Chervyakli reduktorlar.
Xozirgi vaqtda asosan uzatish soni U=8…80 oralig’ida bo’lgan birpog’onali chervyakli reduktorlardan foydalaniladi.Uzatish sonining qiymati ko’rsatilgandan katta bo’lishi talab qilinganxollarda silindrik tishli va chervyakli uzatmalardan tuzilgan ikki pog’onalireduktor ishlatiladi. Chervyakli reduktorlarda chervyak g’ildirakning ustida,ostida va yonida joylashtirilishi mumkin. Chervyakning aylana tezligi 4…5 m/sgacha bo’lgan xollarda uni g’ildirak ostida joylashtirilishi lozim.Aylanma tezligi katta bo’lgan xollarda chervyakning g’ildirak ustida joylashtirilishitavsiya etiladi.Chervyak kamdan kam xollarda g’ildirak yonida joylashtiriladi,chunki bunday xollarda vertikal joylashgan valning podshipniklarini moylashbirmuncha kiyinlashadi.Chervyakli reduktorlarda xam asosan dumalashpodshipniklari ishlatiladi.Tayanchlar orasidagi masofasi aytarli darajada kattabo’lmagan chervyak tayanchlari uchun xar bir tayanchga bittadan radial-tirakpodshipnik ishlatish tavsiya etiladi.Uzun chervyak tayanchlarning xar birida esaikkitadan radial-tirak podshipniklari ishlatilishi mumkin.Reduktorni xisoblash
ularda tashkil qiluvchi detalarni xisoblashdan iborat bo’ladi. Masalan, tishliuzatmali reduktorni xisoblash uchun avvalo tishli uzatma, so’ngra g’ildirakvallari, ularni tayanchlari, korpus detallari xisoblanadi va zarur bo’lgan xollardareduktorning me’yoridan ortik kizib ketmasligini xam tekshirib kurilishi kerak.
SHuning uchun ular aksariyat cho’yandan qo’yiladi. Chervyakli reduktorkorpuslari uchun alYuminiy qotishmasidan xam foydalaniladi .

4. Uzatmalar.
Uzatma (mashinalarda) — aylanma harakatni uzluksiz uzatish uchun moʻljallangan mexanizm. Turli mashinalarning yuritmalarida U. yordamida tezlik oshiriladi yoki pasaytiriladi; tezlik pogʻonali yoki pogʻonasiz tarzda rostlab turiladi; bitta dvigateldan bir necha mexanizm harakatga keltiriladi va h.k. Asosiy koʻrsatkichlari: uzatish momenti, burchak tezligi, uzatish soni, uzatish nisbati, foydali ish koeffitsiyenta (f.i.k.). U.ning mexanik, gidravlik va elektr turlari bor. Mexanik U. detallarning ilashish (yoki tishlashish) xossasiga (mas, tishli U., zanjirli U., chervyakli U.) hamda ishqalanish xossasiga (mas, tasmali U., friksion U.) asoslangan. Bunday U.lar stanoklar, avtomobillar, traktorlarning tezliklar qutilari va variatorlarida qoʻllanadi. Gidravlik va elektr U.lar katta quvvatlarni uzatishga imkon beradi. Ular mashinasozlikning turli sohalarida, ayniqsa, ogʻir transport mashinalarining yuritmalarida qoʻllanadi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling