I kirish kanveyerlar
Download 1.38 Mb.
|
2 5384398154495954554
Chervyakli uzatmalar.
Chervyakli uzatma - vint (chervyak) va u bilan ilashadigan chervyak gʻildiragi vositasida ayqash vallarga aylanma harakat uzatadigan mexanizm. Harakat chervyakdagi trapetsional rezba bilan gʻildirakning yoysimon tishlari orasidagi ilashish kuchi natijasida uzatiladi. Chervyak rezbasining kirimlar soniga kura, bir, ikki va toʻrt kirimli, rezba oʻrami shakliga koʻra, arximed spiralli, botiq profilli va boshqa xillarga boʻlinadi. Chervyakli uzatmada uzatish soni 300 va undan katta boʻladi va u quyidagi formula orqali aniqlanadi: /=z2/zp bunda / — uzatish soni, z, — chervyakning kirimlar soni, z2 — chervyak gʻildiragi tishlari soni. CH.u.ning boshqa uzatmalardan afzalligi tekis, shovqinsiz ishlashi, ixchamligi; kamchiligi tutashuvchi elementlar (chervyak oʻrami bilan gʻildirak tishi) ning birbirining ustida nisbiy sirpanishi, foydali ish koeffitsiyenti pastligi, detallar qizib yeyilishi xisoblanadi. Chervyak gʻildiraklari yeyilishini kamaytirish uchun ular antifriksion xossali materiallar (asosan, bronza) dan, rangli metallarni tejash uchun tarkibiy materiallar (bronzapoʻlat, bronzachoʻyan)dan, kuchsiz uzatmalarda esa tekstolit, poliamid va boshqalardan tayyorlanadi. CH.u.dan mashinalarni harakatlantirishda, boshqarish qurilmalari (mac, avtomobilning rul boshqarmasi)da, metall kesish stanoklari, gidrotexnika inshootlari, koʻtarishtashish mashinalari va boshqalarda foydalaniladi.Chervyakli uzatmalar vallarni o’qlari ayqash bo’lgan xollarda ishlatiladi.Ayqashlik burchagining qiymati bir xil bo’lishi mumkin. Biroqamalda, u asosan, 900 bo’ladi. Bunday uzatma aloxida shaklli chervyak g’ildiragi bilan rezbali valchervyakdan tuziladi. Chervyakli uzatmaning ishlash prinsipi vintli juftningishlash prinsipi kabidir. Bunday uzatmaning afzalliklari jumlasiga quyidagilarkiradi: a) tuzilishi oddiy, o’zi esa ixcham bo’lib, bir pog’onaning o’zida uzatish soni katta bo’ladi; b) ravon va shovqinsiz ishlaydi; v) o’zitormozlanuvchi qilib tayyorlanishi mumkin; g) ishonchli ishlaydi.Kamchiliklari jumlasiga: a) foydali ish koeffitsientining nisbatan kichikligi; b) g’ildirak tishlarining tez eyilishi; v) g’ildirak uchun qimmatbaxometall (bronza) ishlatish zarurligi kiradi.Chervyakli uzatmalar, chervyak tanasining tuzilishiga qarab, silindrikva globoid; chervyak o’ramlarining shakliga karab, arximed, evolpventa,konvolYuta shaklli; chervyakning g’ildirakka nisbatan egallagan o’rnigaqarab, chervyagi pastda, yonida, tepada joylashgan; o’rab turgan korpusi boryo’qligiga karab, ochiq va yopiq; vazifasiga qarab esa kuch va momentuzatadigan yoki kinematik jixatdan foydalaniladigan turlarga bo’linadi.Agar chervyak o’z o’qiga tik tekislik bilan kesilganda xosil bo’lganshaklning izi Arximed spiraliga o’xshash bo’lsa, bu chervyak Arximed chervyagi deb, agar xosil bo’lgan iz evolpventaga o’xshash bo’lsa,evolpventaviy chervyak deb ataladi. Xosil bo’lgan shaklning izi qisqartirilgan yoki cho’zilgan evolpventagao’xshash bo’lsa, bunday chervyak konvolYutaviy chervyak deyiladi.Xozirgi vaqtda mashinasozlikda, asosan, arximed chervyaklaridan foydalaniladi, chunki bunday chervyaklar odatdagi tokarlik stanoklaridatayyorlanishi mumkin.Chervyak g’ildiragi, ko’pincha, chervyak shaklidagifreza bilan tayyorlanadi.Ayrim xollarda bu maqsadda keskichlardan xamfoydalaniladi. G’ildirak zagotovkasiga tishlar qirqish jarayonida kesuvchiasbob bilan zagotovkaning xarakati uzatmadagi chervyak va g’ildirakningo’zaro xarakati kabi bo’ladi. Qirqishning bunday usuli chervyakning asosiygeometrik o’lchamlarini standartlashtirish imkonini beradi (GOST2114-76)GOST3675-56 ga kura chervyakli uzatmalar tayyorlash uchun 12 ta aniqlik darajasi belgilangan. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling