I kirish kanveyerlar
Download 1.38 Mb.
|
2 5384398154495954554
7. Podshipniklar
Podshipnik — aylanuvchi val va oʻqlarning tayanchi. Mexanizmning aylanuvchi yoki tebranuvchi kismlari va-ziyatini boshqa qismlarga nisbatan cheklaydi, valdan tushadigan kuchlarni bevosita qabul qilib, valning ravon va oson aylanishiga imkon beradi. Sirpanish va dumalash P.lari bor. Sirpanish P.larining tayanch sir-ti silindr, konus yoki shar shaklida boʻlishi, tayanch sirt bilan val boʻyni quruq (moysiz), yarim quruq yoki suyuq ishqalanib (yaʼni moylanib) ishlashi mumkin. Bunday P.larning ajraladigan va ajralmaydigan xillari boʻladi. Ajraladigan P.da vkladish, ajralmaydiganida vtulka, odatda, korpusdagi teshikka, tayanch sirt bilan val boʻyni orasiga oʻrnatiladi. Bular antifriksion materiallar (babbit, tekstolit, rezina, plastmassa va boshqalar) dan tayyorlanadi. Dumalash P. ichki va tashki halqalar, tebranish jismlari (sharcha, rolik) hamda separatordan iborat. Taʼsir kiladigan kuch yoʻnalishiga qarab, radial, radialtirak P.lar boʻladi. Tebranish jismlari va halqalarning ish sirtlari shakliga qarab, sharchali, rolikli, sharchali-sferik, silindr, qisqa va uzun rolikli, konus rolikli, sferik-konus rolikli, ignali xillarga; tebranish jismlarining qatorlar soniga qarab, bir, ikki va koʻp qatorli va boshqa xillarga boʻlinadi. Dumalash P. yuqori sifatli poʻlatdan tayyorlanadi. Moylanish usuliga qarab, oʻz-oʻzidan va majburiy moylanadigan P.lar boʻladi. P. mashinasozlik, kemasozlik, samolyotsozlik va boshqa sohalarda ishlatiladi.Podshipniklar val xamda o’qlarning shiplariga o’rnatilib, tayanch vazifasini o’taydi. O’q yoki val orqali tayanchga tushadigan kuchni bevosita podshipniklar o’ziga qabul qiladi. Mexanizmning foydali ish koeffitsientini kamayib ketishidan saqlash uchun podshipniklardagi ishqalanishga sarflanadigan quvvatni iloji boricha kamaytirishga xarakat qilish zarur.Mashinaning ishlash qobiliyati va chidamliligi podshipniklarning sifatiga ko’p jixatdan bog’liq. Shuning uchun podshipniklar tanlash va ish jarayonida ularni kuzatib turish masalalariga aloxida e’tibor berish lozim. Aylanayotgan val yoki o’q shiplari podshipniklarda ishqalanadi. Ana shu ishqalanishning turiga qarab podshipniklar sirpanish podshipniklari bilan dumalanish podshipniklarga bo’linadi. Sirpanish podshipniklarida sirpanib ishqalanib, dumalanish podshipniklarida esa dumalab ishqalanish sodir bo’ladi. Bundan tashqari , val o’qiga tik kuchlarni qabul qilish uchun muljallangan podshipniklar radial podshipniklar deyiladi. Val o’qi bo’ylab yo’nalgan kuchlarni qabul qilish uchun mo’ljallangan podshipniklar tirak podshipniklar deb, val o’qiga tik kuch bilan bir vaktda uning o’qi bo’ylab yo’nalgan kuchlarning xam qabul qilish uchun mo’ljallangan podshipniklar esa radial-tirak podshipniklar deyiladi. Yuqorida aytib utilgan podshipniklarnning xamma turi xam keng ko’lamda ishlatiladi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling