I kirish kanveyerlar


Download 1.38 Mb.
bet16/30
Sana26.02.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1232415
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
2 5384398154495954554

Sirpanish podshipniklari.
Sirpanish podshipniklari tuzilishi jixatidan olganda, ajralmaydigan vaajraladigan podshipniklarga bo’linadi.Xozirgi vaqtda ajralmaydiganpodshipniklardan ko’proq foydalaniladi. U quyidagi qismlardan iborat: 1)tayanchga tushuvchi kuchni kabul qilib oladigan asosiy detal- podshipnikkorpusi 1; 2) podshipnikning Yuqori tomonidan berkitib turuvchi qismi –qopqoq; 3) podshipnikning eng muxim qismi – ikki palladan iborat vkladish;4) korpus bilan qopqoqni biriktirish boltlari; 5) korpusni fundamentga biriktirishboltlari; 6) moylagich.Umuman olganda, sirpanish podshipniklarining xozirgi zamon
mashinasozligida ishlatilishi so’nggi yilllarda sezilarli darajada kamaydi;chunki ular o’rniga bir qator afzalliklari bo’lgan dumalanish podshipniklarishlatila boshladi. Lekin sirpanish podshipniklarida quyidagi afzalliklari bo’lganiuchun ayrim xollarda ulardan foydalanish ma’qul ko’riladi.
1. Katta (1000 min-1 gacha) chastota bilan ishlash xollarida dumalash podshipniklariga qaraganda ko’pga chidaydi.
2. Vallarni talab qilingan darajada aniq yo’nalishda o’rnatish imkonini beradi.
3. Ajraladigan qilib tayyorlanganligi uchun uni valning istalgan qismiga o’rnatish mumkin. Bu xol ayniqsa tirsakli vallar uchun qo’l keladi.
4. Zarb bilan ta’sir qiladigan kuchlar mavjud bo’lgan xollarda podshipnikdagi moy qatlamni bu kuchlarning salbiy ta’sirini kamaytiradi.
5. Dumalash podshipniklaridan foydalanish mumkin bo’lmagan agressiv muxitli sharoitda (masalan suvda) bemalol ishlay oladi.
6. Diametri xaddan tashqari (1metrdan ortiq) bo’lgan vallar uchun xozircha standartlashtirilgan dumalanish podshipniklari ishlab chiqarilmaydi, sirpanish podshipniklari esa istalgan kattalikda tayyorlanishi mumkin.

Dumalash podshipniklari.
Ma’lumki, sirpanish podshipniklari asosiy kamchiliklaridan biriishqalanish koeffitsientining nisbatan kattaligidir.Dumalash podshipniklaridasirpanib ishqalanish o’rniga dumalab ishqalanishning mavjudligi ishqalanishgasarflanadigan quvvatni keskin ravishda kamaytirishga imkon beradi, ya’ni bu
podshipniklarning foydali ish koeffitsienti Yuqori bo’ladi.Shuning uchun xozirgi vaqtda vallarning tayanchlari sifatida, asosan, dumalash podshipniklari ishlatiladi.Dumalash podshipniklarining tuzilishi ularni standartlashtirilgan maxsulot sifatida ko’plab ishlab chiqarishga imkon beradi. Bu esa maxsulotning tannarxini kamaytiradi. Bulardan tashqari, dumalash podshipniklarida yana quyidagi afzalliklar bor:
1) ishqalanish kuchi va undan xosil bo’ladigan issiqlik miqdori kichik; vallarni aylana boshlashi uchun zarur bo’lgan qo’zg’atish momenti sirpanish podshipniklariga qaraganda bir necha marta kichik ;
2) Sarflanadigan moy miqdori kam;
3) Uzunlik bo’yicha o’lchami sirpanish podshipniklarnikiga qaraganda birmuncha qisqa;
4) Rangli metall ishlatishni talab qilmaydi.
Dumalash podshipniklarining asosiy qamchiligi shuki, ularning dinamikaviy kuchlar ta’siriga bardosh berish xususiyati past, nagruzka qabul qiladigan Yuzasining kichikligi tufayli bu Yuzada katta qiymatli kontakt kuchlanish xosil bo’ladi.Bu esa podshipnikning ishlash davrini qisqartiradi. Ishlab chiqarilayotgan podshipniklarning sirtqi diametri 1mm dan to 2,6 metr gacha, og’irligi esa 0,5 g dan 3,5 t gacha yetadi. Bu podshipniklar, dumalaydigan detallarning tuzilishiga qarab, sharikli va rolikli turlarga
bo’linadi. Shu bilan birga, rolikli podshipniklar roliklarining shakliga qarab, uzun va qisqa rolikli; konussimon rolikli; bochkasimon rolikli; ignasimon rolikli podshipniklarga bo’linadi. Bundan tashqari, dumalash podshipniklarining xar bir turi qabul qila oladigan kuchlarning yo’nalishiga qarab, quyiagi uch turga bo’linadi;
1) Val o’qiga tik yo’nalgan kuchlarni qabul qilishga mo’ljallangan radial podshipniklar;
2) Val o’qi bo’ylab ta’sir etuvchi kuchlarni qabul qilishga mo’ljallangan tirak podshipniklar;
3) Val o’qiga tik bo’lgan kuch bilan bir vaqtda uning o’qi bo’ylab yo’nalgan kuchlarni xam qabul qilishga mo’ljallangan radial-tirak podshipniklar.
Dumalash podshipniklari orasida tuzilishi jixatidan eng oddiysi va arzoni sharikli radial podshipniklardir. Ular kichik qiymatli, o’q bo’ylab yo’nalgan kuchni xam qabul qilish bilan birga, ish jarayonida vallarning ma’lum darajada egilishidan ortiqcha shikastlanmaydi.Shuning uchun mashinasozlikda bunday
podshipniklardan keng foydalaniladi. Dumalash podshipniklari asosan, to’rtta detalldan: sirtqi va ichki xalqalar, seperator va dumalaydigan elementdan tuzilgan bo’ladi. Detallari juda mustaxkam, podshipniklar uchun muljallangan maxsuspo’latdan yasaladi.


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling