I kirish kanveyerlar
Download 1.38 Mb.
|
2 5384398154495954554
5. Vallar
Val (Nemischa: Walre) — boʻylama oʻqi boʻyicha burovchi moment uzatuvchi va aylanuvchi detallarni tutib turuvchi mashina detali. Barcha mexanizm va mashinalarning asosiy detali hisoblanadi. Baʼzi vallar (masalan, kardan, elastik, torsion) aylanuvchi detallarni tutib turmaydi. Oddiy toʻgri vallar aylanuvchi jism shakliga ega bo‘ladi. Vazifasiga koʻra, vallar tishli gʻildirak, shkiv, yulduzchalar oʻrnatilgan uzatish vakinatsiyalariga; konstruksiyasiga koʻra toʻgʻri, tirsakli, elastik, oʻzak va boshqalarga boʻlinadi. Vallar yaxlit, ichi kovak hamda shlitsali qilib yasaladi, uglerodli va legirlangan poʻlatdan, duralyuminiy qotishmasi hamda yuqori sifatli choʻyanlardan tayyorlanadi.Vallar va o’qlar - tishli g’ildirak, shkiv va shu kabi aylanuvchi qismlarnio’rnatish uchun ishlatiladigan asosiy detallardir. Ko’pincha ular silindrik sterjenga o’xshash bo’ladi.Tuzilishi jixatidan olganda o’q bilan valning deyarlixech qanday farqi bo’lmaydi.Lekin bajariladigan vazifasiga karab, ular birbiridan katta farq qiladi.O’qlarning asosiy vazifasi detallarning mo’ljaldagijoylanishiga sharoit yaratib berishdir.Bunda o’qning o’zi detal bilan birgaaylanishi xam, aylanmasligi xam mumkin.Vallarning vazifasi undagi detallarning aylanishini ta’minlash bilan birga,burovchi moment uzatishdan xam iborat.Demak, o’q bilan valning tuzilishi bir xil bo’lsada, ishlash sharoiti xarxil: o’q faqat eguvchi kuchlanish bilan bir vaktda burovchi momentdan xosil bo’ladigan kuchlanish ta’sirida ishlaydi.Ayrim xollarda o’qlar bilan vallar tuzilishi jixatidan xam farq qiladi.O’qlar doim to’g’ri bo’lgani xolda vallar tirsakli (ichki yonuv dvigatellarida)yoki egiluvchan (tish davolashda ishlatiladigan mashinalarda) qilibtayyorlanadi. Val va o’qlarning tayanchlarga mo’ljallangan qismi tsapfadeyiladi. Val yoki o’qning uchida joylashgan tsapfa ship deb, o’rtasidajoylashgani bo’yin deb ataladi. Agar val yoki o’qning tsapfasi ularninguzunligiga tik tekislikda joylashgan bo’lsa, bunday tsapfa tovon deyiladi. Qaysishakldagi ship yoki tovon ishlatilishi valning ishlash sharoitiga bog’liq. Vallarning ichida boshqa detall o’tishi uchun yoki vallarning og’irliginikamaytirish maqsadida ular ichi kovak qilib tayyorlanadi. To’g’ri val va o’qlar,Ko’pincha, uglerodli yoki legirlangan po’latlardan tayyorlanadi: termikishlanmaydiganlari St.5 markali po’latdan, termik ishlanadiganlari 45 yoki 40X markali po’latdan, tez aylanadigan va sirpanish podshipniklarida ishlaydiganiesa 20 yoki 20X markali po’latdan tayyorlanadi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling