I kirish kanveyerlar


Download 1.38 Mb.
bet2/30
Sana26.02.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1232415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
2 5384398154495954554

Elevatorlar
Elevator (lot. — koʻtaruvchi) — 1) yuklarni tik (vertikal) yoki qiya yoʻnalishda koʻtarish (yoki surish) uchun moʻljallangan uzluksiz harakatlanuvchi qurilma; konveyer. Choʻmichli, kurakli va kajavali turlari boʻladi. Choʻmichli E. tik yoki qiya (60° dan katta burchakli) yoʻnalishlarda sochma yuklar (dondun va boshqalar)ni, kurakli va kajavali E.lar (rasmga q.) tik yoʻnalishda donabay yuklar (detallar, yukli qoplar, yashiklar va boshqalar) ni koʻtarish uchun moʻljallanadi. Choʻmichli E. metallurgiya, mashinasozlik, kurakli va kajavali E.lar bazalar, magazinlar, omborxonalar va boshqalar joylarda ishlatiladi; 2) binolarni isitish tizimlarida markaziy issiqlik tarmogʻidan keladigan issiq suvni mahalliy isitish tizimidan qaytadigan sovigan suv bilan aralashtirib turadigan apparat; 3) koʻp miqdordagi donlarni tortish, tozalash, quritish, saqlash va meʼyoriy (konditsion) holatga yetkazish, ortishtushirish mexanizmlari bilan jihozlangan inshoot; mexanizatsiyalashgan don ombori. Vazifasiga koʻra, don qabul qiluvchi yoki tayyorlovchi E.; ishlab chiqarish (korxona) E.lari, ortishtushirish va port E.lariga boʻlinadi. Zamonaviy yirik E.lar dasturli avtomatik boshqarish qurilmalari (kompyuterlar) va televideniye vositalari bilan taʼminlangan.Elevatorlar sochiluvchan yoki donali Yuklarni vertikal yoki qiyayo’nalishda tashish uchun ishlatiladi. Ular cho’michli, tokchali va kajavali turlarga bo’linadi.Cho’michli elevatorlardan turli sochiluvchan, changsimon va donali Yuklarni vertikal yoki qiya yo’nalishda tashish uchun foydalaniladi. Cho’michli elevatorlarning ish unumdorligi 5 dan 600m3/soat gacha bo’ladi.Ularda cho’mich-ko’taruvchi jism, cho’michlar montak qilingan vtulka-rolikli zanjir yoki rezinalangan lenta esa tortuvchi jism hisoblanadi. Tortuvchi jism elevatorva Yukning xarakteristikasiga qarab tanlanadi. Agar tashiladigan materialsochiluvchan bo’lsa , u holda rezinalangan lenta ishlatiladi va uning tezligi 3.5m/s dan oshmaydi. Agar tashiladigan material katta donali va issiqmateriallardan iborat bo’lib, katta balandlikka tashilsa, vtulka-rolikli zanjirlarishlatiladi va uning tezligi 1.25 m/s dan oshmasligi kerak. Cho’michli elevator Yuritma, harakatlantiruvchi baraban yoki Yulduzcha, ustki qopqoq, tushiriluvchi jism, tortuvchi ish jismi, cho’mich, korpus va taranglovchi, hamda moslamalardan tashkil topgan.Cho’michni materialga botirib to’ldiriladi yoki Yuklash novidan uzluksiz kelib turadigan material bilan to’ldiriladi. Tortish organi 1 m/s gacha tezlikda harakatlanganda va cho’michlar yig’iq joylashgan hollardagina cho’michni shunday to’ldirish mumkin. Cho’michdan Yukni to’kish uchun u to’ntariladi va Yuk markazdan qochma kuch ta’sirida to’kiladi. Markazdan qochma kuchyordamida to’kishdan cho’michlar bir – biridan uzoqroq joylashgan va tortishorgani 1 m/s dan tez harakatlanadigan elevatorlardan foydalaniladi. Cho’michlielevatortlarning asosiy o’lchamlari GOST 2036-77 bilan belgilangan.Bu elevatorlarning afzalligi: ko’ndalang kesimning kichikligi, Yukniancha balandga tashishi, ish unumdorligining kattaligi.Kamchiligiga esa Yukni bir xil uzatib turish kerakligi, Yuklanishningo’zgartirib turilishi kiradi.


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling