I kirish kanveyerlar


Konussimon g’ildirakli uzatmalar


Download 1.38 Mb.
bet11/30
Sana26.02.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1232415
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
2 5384398154495954554

Konussimon g’ildirakli uzatmalar.
Vallarning geometrik o’qlari ixtiyoriy δburchak bilan kesishgan xollardakonussimon g’ildiraklardan foydalaniladi. Ko’pincha, vallarning orasidagiburchak δ= 900 bo’lgan uzatmalar ishlatiladi.Konussimon g’ildiraklar tayyorlash silindrik g’ildiraklar tayyorlashgaqaraganda birmuncha murakkab bo’lib, tishlar qirqish uchun maxsus asbob vastanoklardan foydalanishga to’g’ri keladi. Konussimon g’ildiraklarni talab
etilgan aniqlik bilan yig’ish xam qiyin.Val o’qlarining o’zaro kesishuvi ularning tayanchlarini joylashtirishniqiyinlashtirida va g’ildiraklarning biri faqat bir tomondan joylashgan tayanchgao’rnatiladi. Bu xol uzatmaning ishlashida tishlarga ta’sir etuvchi kuchlarningnotekis taqsimlanishiga, bu esa qo’shimcha dinamikaviy kuchlarning paydobo’lishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, konussimon uzatmalarda val o’qibo’ylab yo’nalgan kuchning qiymati katta bo’lib, bu xol tayanchlarning
tuzilishini murakkablashtirishga olib keladi. Biroq mashinalarda kesishganvallar ishlatish zarurati tug’iladi, shuning uchun Yuqorida kursatilgankamchiliklar bo’lishiga qaramay, konussimon g’ildiraklardan keng ko’lamdafoydalaniladi. Bu uzatmalarning uzatish soni konus shaklidagi friktsion
uzatmalarniki singari topiladi.Vallarning o’qlari orasidagi burchak 900 bo’lgan xollarda boshlangich
konus burchagi orkali ifodalangan uzatish soni quyidagicha bo’ladi :
u = tgδ2 = ctgδ1

Planetar uzatmalar
Tarkibida qo’zg’aluvchan o’qga o’rnatilgan tishli g’ildiraklari bo’lganuzatma planetar uzatma deyiladi.Odatda, bunday uzatma markaziy g’ildirak A,uning atrofida vodila N vositasida o’z o’qi bilan birga xarakatlanadigang’ildirak-satellit g xamda asosiy g’ildirak B dan tuzilgan bo’ladi.Satellitlarning markaziy g’ildirak atrofidagi xarakati planetalar xarakatigao’xshash bo’lganligidan, bunday uzatmalar planetar uzatmalar deyiladi.Uzatmadagi g’ildiraklardan b qo’zg’almas bo’lganda xarakatni A dan N
ga yoki N dan A ga; N qo’zgalmas bo’lganda esa A dan B ga yoki B dan A gauzatish mumkin.
Agar uzatmadagi xamma g’ildiraklar qo’zg’aluvchan bo’lsa, B ningxarakatini A va N ga yoki A va N ning xarakatini B ga uzatish mumkin, ya’niplanetar uzatmalarda ikki val xarakatini bitta valga va, aksincha, bir valxarakatini ikki valga taqsimlab uzatish imkoniyati mavjud. Planetaruzatmalarning bunday xili differentsial uzatma deyiladi.Bu xol planetaruzatmalarning asosiy afzalliklaridan biridir. Bunday uzatmalarning yana birafzalligi shundaki, ularning og’irligi nisbatan kam bo’lib, ancha ixchamdir.Buning sabablari quyidagilar:a) satellitlar soni 1 dan 72 tagacha bo’lib, uzatilayotgan quvvat ularorasida taqsimlanadi, natijada xar bir tishga tushadigan nagruzka bir nechamarta kamayadi;
b) uzatish sonining katta bo’lganligi ko’p pog’onali uzatmalarishlatishdan voz kechishga imkon beradi;
v) uzatmaning tarkibida, ko’pincha ichki tishli g’ildirak bo’lganligidan,uzatma nagruzkasini yanada oshirish imkoniyati tug’iladi;g) ko’pincha satellitlar markaziy g’ildirakka nisbatan simmetrikjoylashganliklari uchun ularda paydo bo’ladigan kuchlarning ayrimlari o’zaromuvozanatlashadi, natijada tayanchga tushadigan nagruzka kamayadi. Bu xolbekorga sarflanadigan quvvatni kamaytirib, tayanchlarning tuzilishisoddalashtirishga imkon beradi. Yuqorida aytilganlardan tashqari planetar
uzatmalar ravon va shovqinsiz ishlaydi. Asosiy kamchiligi shuki, uzatmatarkibida anchagina detallar bo’lishi, ularni tayyorlash xamda yig’ish Yuqorianiqlik darajasini talab etishidir. Biroq bu uzatmalarlarning mavjud afzalliklaritufayli, ulardan mashinasozlik, stanoksozlik va asbobsozlikda keng ko’lamdafoydalanilmoqda.


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling