Belgilanishi. Podshipniklarni tanlash va hisoblash. Reja: Dumalash podshipniklari va ularning turlari
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
12-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Dumalash podshipniklari va ular haqida umumiy ma’lumotlar
- 12.1-rasm. Dumalash podshipnigining tuzilishi. Afzalliklari
- Kamchiligi
122 12-MA’RUZA: DUMALASH PODSHIPNIKLARI VA ULAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR. BELGILANISHI. PODSHIPNIKLARNI TANLASH VA HISOBLASH. Reja: 1. Dumalash podshipniklari va ularning turlari. 2. Dumalash podshipniklarini belgilanishi. 3. Podshipnik elementlarining yemirilishi va ishga layoqatliligi. 4. Ishlash layoqatining asosiy mеzonlari va hisoblash. 5. Podshipniklarni dinamik yuk ko’taruvchanlik bo’yicha hisoblash. 6. Podshipniklarni statik yuk ko’taruvchanlik bo’yicha tanlash. 1. Dumalash podshipniklari va ular haqida umumiy ma’lumotlar Dumalash podshipniklarini hamma elementlari standartlashgan bo‘lib, dumalash elementlari uchun yo’lakchalari bo‘lgan tashqi va ichki halqalar (1; 2), dumalash elementi (3) (zoldir, rolik), dumalash elementlarini bir-biridan ajratib turadigan separator (4) (30.1- rasm) dan tashkil topgan. Dumalash podshipniklari ishlash jarayonida asosan bitta halqasi ko‘pincha tashqi halqa aylanmaydi. Dumalash elementlari esa shu maxsus yo‘lakchalarda harakat qiladi. 12.1-rasm. Dumalash podshipnigining tuzilishi. Afzalliklari: Sarflanadigan moy miqdorining kamligi; Uzunlik bo‘yicha o’lchamini sirpanish podshipniklarinikiga nisbatan birmuncha qisqaligi; Rangli metall ishlatishni talab etmasligi; Elementlarning yuqori darajada o‘zaro almashuvchanligi; Ishqalanish kuchi va unda hosil bo‘ladigan issiqlik miqdorining kamligi; Vallarning aylana boshlashi uchun zarur bo’lgan qo'zg‘atish momentining sirpanish podshipniklarga nisbatan 5-10 marta kichikligi. Katta seriya bilan tayyorlanganligi uchun tannarxi nisbatan arzonligi. 123 Kamchiligi: Ajraladigan konstruksiyaga ega emas; shuning uchun uni tirsakli vallarga o’rnatish imkoni yo’q; Diametri bo‘yicha o’lchamlarini sirpanish podshipniklariga nisbatan kattaligi; Ishlash muddatining qisqaligi (chunki kontakt kuchlanishning qiymati katta); Kam seriyali, yuqori aniqlikda tayyorlanadigan podshipniklar tannarxining yuqoriligi; Katta tezlik bilan harakatlanganda shovqin bilan ishlashi; Tebranma va zarbli yuklanishlarda ishlash qobiliyati kamayadi; Suvda va xavfli muhitlarda ishlash imkoniyati yo’q. Podshipnik halqalari va dumalash elementlari po’latdan tayyorlangan bo’lib, zanglash ehtimolligi yuqori. Podshipniklar nomlanishi ikki qismdan iborat. Dumalash elеmеnti bo’yicha va yuklanishni qabul qila oladigan yo’nalishi bo’yicha. Jadvalda ko’rsatilishicha podshipnikni asosiy o’lchamlari: halqaning tashqi diamеtri D (korpus tеshigini diamеtri), halqaning ichki diamеtri d (val diamеtri) va eni b. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling