Belgilanishi. Podshipniklarni tanlash va hisoblash. Reja: Dumalash podshipniklari va ularning turlari
YU – zanglamaydigan po’lat materiallardan; X
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
12-ma\'ruza
YU – zanglamaydigan po’lat materiallardan;
X – halqalari yoki dumalash elementlari uglerod bilan to‘yintirilgan po‘lat materiallardan tayyorlangan; R – issiqqa chidamli materiallardan; S – separator po'lat materiallardan; В – separator bronza materialdan; D – separator alyuminiy qotishmalaridan; E – separator plastmassadan; К – podshipnik konstruktsiyasiga o‘zgartirishlar kiritilgan; Sh – shovqin chiqmasligi uchun maxsus talablar qo‘yilgan; U – aniqlik darajasiga qo‘shimcha talablar qo'yilgan: T – toblash jarayoniga hamda qattiqligida maxsus talablar qo'yilgan. Podshipniklarning shartli belgilari: 211 – bir qatorli zoldirli radial podshipnik, diametri yengil seriya – 2, enini seriyasi – 0, ichki diametri d = 55 mm, aniqlik darajasi 0. 6-36209 – zoldirli radial-tirak podshipniklar, diametri yengil seriya - 2, enini seriyasi 0, ichki diametri d = 45 mm, ilashish burchagi α = 12°, aniqlik darajasi - 6, 4-12210 – kalta silindirsimon rolikli podshipniklar, yengil seriya - 2, enini seriyasi 0, ichki diametri d=50 mm, tashqi halqasida bir tomonida chiqiq bo‘lib, aniqlik darajasi - 4, 4-3003124R – juda yengil seriyali. Ikki qatorli rolikli podshipnik, diametri seriyasi – 1, enini seriyasi – 3, ichki diametri d=120 mm, aniqlik darajasi – 4, podshipnik detallari issiqqa chidamli po'lat materiallardan tayyorlangan. 127 3. Podshipnik elementlarining yemirilishi va ishga layoqatliligi Podshipnik elementlarining uvalanishi. Podshipnik halqalarida o‘zgaruvchan kuchlanishlar ta’sirida dumalash elementlarining dumalab harakatlanishi natijasida sikllar soni me’yoridan oshganda ishchi yuzalarda darzlar hosil bo‘ladi. Bu darzlarga moylarning katta bosim ostida kirishi natijasida ishchi yuzalari uvalanadi. Abraziv zarrachalardan yaxshi saqlangan, yaxshi moylangan podshipnik elementlarida asosan uvalanish hodisasi ro‘y beradi. Uvalanish me’yoridan oshgan podshipniklarda tebranish hodisasi ro‘y beradi. Shovqin chiqishi mumkin. Bu uvalanish sferik podshipniklarda tashqi halqadan, boshqa podshipniklarda ichki halqadan boshlanadi. Podshipnik elementlarining uvalanmasligini ta’minlash uchun aylanishlar soni n>10min -1 bo‘lgan podshipniklar dinamik yuk ko‘taruvchanlikka tekshiriladi. O'z o'qi atrofida kam harakatlanuvchi katta yuklanishli podshipniklarda statik kuchlarning ta‘sirida halqalarda qoldiq deformatsiyalar bo’lishi mumkin. Aylanma harakat bo’lmasa bu deformatsiya ko‘payadi va ish jarayonida halqalar ishdan chiqadi. Podshipniklarda qoldiq deformatsiya bo'lmasligi uchun aylanish soni n<10min -1 bo'lgan podshipniklar statik yuk ko'taruvchanlikka tekshiriladi. Qishloq xo‘jalik, to'qimachilik sanoati, tog‘-kon mashinalari va boshqa ko‘pgina sanoat mashinalariga o'rnatilgan podshipnik elementlarida abraziv yeyilish hodisasi ro‘y beradi. Bu esa podshipniklarning abraziv zarralarda zichlagichlar yordamida yaxshi himoyalanmaganlik natijasidir. Bunday hollar ro‘y bermasligi uchun, ya'ni abraziv yeyilishlar bo‘lmasligi uchun moylari yaxshi tozalanib, sifatli zichlagichlar ishlatish zarur. Podshipniklarni o‘z uyasiga o‘rnatish jarayonida podshipnik tashqi va ichki halqalari o'zaro bir-biriga nisbatan siljigan holda o‘rnatilishi mumkin. Bunday hollarda eng katta dinamik kuchlar to‘g‘ri kelgan halqa va dumalash elementlarida darzlar hosil bo’lishi, sinishi, parchalanishi mumkin, masalan rolikli 128 podshipniklarda halqa chetlari sinadi. Yuklanish bir tekisda taqsimlanganda bunday hodisalar ro'y bermaydi. Dumalash podshipniklarida halqa, dumalash elementlari bilan birga separatorlar ham ishdan chiqadi. Asosan tez harakatlanuvchi podshipniklarda markazdan qochma kuch ta’sirida o‘lchamlari bir xil bo‘ylamagan dumalash elementlarining separatorlarga ta’siri natijasida bu elementlar sinishi yoki tezda ishdan chiqishi mumkin. Podshipniklarni ishga layoqatligi bu podshipnik elementlarida uvalanish hamda qoldiq deformatsiya qiymatlari bilan belgilanadi. Uvalanish hodisasi bo’lmasligi uchun aylanish soni n>10 min -1 bo‘lgan podshipniklar dinamik yuk ko‘taruvchanlik bo‘yicha tekshiriladi. Qoldiq deformatsiyaning me'yorida bo‘lishini ta’minlash uchun aylanish soni n<10 min -1 bo’lgan podshipniklar statik yuk ko‘taruvchanlik bo‘yicha tekshiriladi. 10>10min> Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling