Belgilanishi. Podshipniklarni tanlash va hisoblash. Reja: Dumalash podshipniklari va ularning turlari


 Dumalash podshipniklarini belgilanishi


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1594367
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-ma\'ruza

2. Dumalash podshipniklarini belgilanishi
Podshipniklarni bir-biridan ajratish uchun shartli belgilar qabul qilingan, bu 
belgilar halqalarning yon tomoniga yozilgan bo‘ladi.
Shartli belgining o'ng tomonidan ikki raqam podshipnik ichki diametri d ni 
bildiradi. Bu ichki diametrlar 3 mmdan l0 mmgacha bo’lganda o‘zaro 1 mmdan farq 
qiladi, 20 mmgacha 2-3 mmdan farq qiladi (10, 12, 15, 17, 20), d=20-495 mm gacha 5 
mm dan farq qiladi. Masalan, 706 podshipnik bo‘lsa, 06x5=30 mm ga teng bo‘ladi. 
Shartli belgining o'ng tomondan uchinchi raqam tashqi diametrlar bo‘yicha 
seriyasini bildiradi, bunda juda yengil (1), yengil (2), o‘rta (3), og‘ir (4) seriyalarga 
bo‘linadi. Bu seriyalarini ichki diametri bir xil, tashqi diametrlari bir-biridan katta 
bo’ladi. 
Shartli belgining o'ng tomonidan to‘rtinchi raqam podshipnik turlarini 
bildiradi, masalan: 
0 - Bir qatorli zoldirli (0 - yozilmaydi); 
1 - Ikki qatorli zoldirli sferik podshipniklar; 
2 - Kalta silindrik rolikli radial podshipniklar; 
3 - Ikki qatorli rolikli sferik podshipniklar; 
4 - Bir qatorli ignasimon rolikli podshipniklar; 
5 - Bir qatorli maxsus o‘ramli roliklar; 
6 - Bir qatorli zoldirli radial-tirak podshipniklar; 
7 - Konussimon rolikli podshipniklar; 
8 - Zoldirli tirak, zoldirli tirak-radial podshipniklar; 
9 - Rolikli tirak, rolikli tirak-radial podshipniklar. 


126 
Shartli belgining o‘ng tomonidan beshinchi yoki oltinchi raqamlar, podshipnik 
tuzilishda o‘zgartirishlar kiritilganligini bildiradi. Masalan 7208 bunda 5-chi son 
yozilmagan, demak bu ichki diametri d=40 mm bo‘lgan radial-tirak podshipnik
Agarda 5-son yozilgan bo’lsa, 67208, bunday holda podshipnik tashqi halqasi 
chiqiqli bo'ladi (10.7-rasm), ya'ni podshipnik tuzilishiga o'zgartirish kiritilgan. Shartli 
belgining o‘ng tomonidan yettinchi raqam podshipniklarning eni bo‘yicha 
seriyasini bildiradi, masalan 0, 1, 2, 3, 4 va hokazo, bunda 4 eng enli hisoblanadi, 0 
yozilmaydi.
Shuningdek, bu asosiy sonlardan tashqari ayni sonlarning o'ng va chap 
tomonlarida qo‘shimcha sonlar yoki harflar bo’lishi mumkin. Bu son va harflar 
podshipniklarni tayyorlash jarayonida maxsus shartlar qo'yilganligini bildiradi. 
Podshipniklarda shartli belgining chap tomonida asosiy sonlardan alohida tire 
qo'yilib aniqlik darajasi yoziladi. Podshipniklar 0, 6, 5, 4, 2 aniqlik daraja bilan 
tayyorlanadi, bunda 0 normal aniqlik daraja, 2 – eng yuqori aniqlik daraja. Yuqorida 
ko'rilgan 7208 podshipnikning aniqlik darajasi 0, shuning uchun yozilmagan.
Podshipniklarda shartli belgining o‘ng tomonida asosiy sonlardan alohida 
yozilgan harflar quyidagilarni bildiradi:

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling