I. Kirish. Kurs ishing umumiy tavsifi


Download 45.98 Kb.
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi45.98 Kb.
#1160287
  1   2
Bog'liq
kurs ishi (3)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O’ZBEK TILI VA ADABIYOT UNIVERSITETI
“Ro’yxatga olindi”

O’quv ishlari bo’yicha dekan muovini_____________________


II kurs -guruh talabasi
“O’zbek tilshunosligida qo’shma gaplar talqini”

KURS ISHI


Mavzu:Qo’shma gaplarda shakl
va mazmun munosabati

Ilmiy rahbar__________________


Filologiya fanlari nomzodi dotsent
“Himoyaga tavsiya etilsin”

Toshkent-2022

MUNDARIJA:
I. Kirish. Kurs ishing umumiy tavsifi .
II. Asosiy qism:


    1. Qo’shma gaplar nazariyasi.

    2. Qo’shma gaplarni bog’lovchi vositalar.

1.3 Qo’shma gap turlari ma’nodoshligi.
III.Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

KURS ISHINING UMUMIY TAVSIFI


Mavzu haqida: Qo‘shma gap – tuzilishiga ko’ra soda gapga o’xshash ikki va undan ortiq predikativ birlikning intonatsiya va mazmun jihatidan bir butunlik hosil etishi bilan yuzaga keluvchi gap; gapning
strukturali jihatdan alohida bir turi . Qo‘shma gap tuzilishi va qurilish materialiga ko’ra sodda gaplardan farq qiladi. Sodda gapning qurilish materiali sodda gaplardir. Sodda gap bitta predikativ asosdan tashkil topadi.Bitta kesimlik belgisiga mazmuniy va ohang tugalligiga ega gap sodda gap deyiladi .Masalan, Jaloliddin Manguberdi mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharq-u G’arbda dong taratdi.Ikki va undan ortiq sodda gapning o’zaro grammatik va mazmuniy va ohang tugalligiga ega butunlik qo’shma gap sanaladi. Masalan, Quvonarlisi shundaki, Fitratning kitobi yangi milliy musiqashunosligimizga asos soldi. Bir qancha turkiy tillarda , jumladan, o’zbek tilida qo’shma gaplar qanday mazmun munosabatlarni ifodalanishi, grammatik belgilari, tuzilishi va intonatsiyasiga ko’ra 3 asosiy turga bo’linadi:

  1. Bog’lovchisiz qo‘shma gap.

  2. Bog’langan qo‘shma gap.

  3. Ergashgan qo‘shma gap.

Tilshunoslik fanida qo’shma gap mavzusi azaldan bugungi kunda ham muammolardan xoliligi shundaki, qo‘shma gap fikr ifodasi sintaktik pog’onalardan birini tashkil etadi.
Jahon tilshunosligida qo’shma gap talqiniga bo‘lgan monografik tadqiqotlar ko’p bo’lishiga qaramay bu sohada anchagina ko’rinadi. Ular jumlasiga qo’shma gap ularning tub strukturaga munosabati, tarkibini ta’minlovchi grammatik
va ekstralingvistik aniqlash qo’shma gapning ustpredikativ belgilariga taalluqli muammolarni va umuman, qo’shma gap bilan bog’liq ko‘plab munozarali masalalarni kiritish mumkin .
Qo‘shma gap komponentlarining munosabati yigirmanchi yillardan tilshunoslik fanida asosan shu sohada tilshunoslar o’rtasida ilmiy bahs va munozaralarning boshlanishiga sabab bo’ladi, masalan rus yozuvchisining quyidagi “Очерк синтаксиса русского языка” asarida bildirilgan munosabatlari sabab bo‘ldi.
M.N.Peterson qo‘shma gap tarkibiy qisimlarining tobe va teng bog’lanish xususiyati tomonidan aytilayotgan fikrlarning g’oyat chalkash va chuqur ilmiy fikrlardan quyidagilarni yozadi: “Mavjud kriteriyalar ergash bog’lanishni teng bog’lanishdan farqi ergash va teng bog’lanish tushunchalarida lingvistik ma’no yo’q.
Hozircha mavjud lingvistik adabiyotlardagi munosabatlarga qarab qo‘shma gaplarni bo‘lib o’rganilayotgan ishimizning mavzusi keng komponentli murakkab bevosita bog’liq bo’lgani uchun quyida, asosan bog’lovchisiz turlari xususida mulohaza yuritamiz.
Akademik V.V.Vinogradovning fikriga ko’ra jumladan, bog’langan va bog’lovchisiz qo‘shma struktur-sintaktik va mazmuni jihatlaridan bir-biri bilan aloqada bo’ladi.Bog’langan qo’shma gap tarkibiy qisimlaridan farqli ravishda, teng bog’lanishda, bu tarkibiy qisimlarning faqat birinchisini erkin qurilish debhisoblash mumkin, ikkinchisi struktur ko’rinishi hamda sintaktik holatiga ko‘ra birinchisiga qandaydir ma’noda tobe bo‘ladi.
Peterson M.N “Очерк синтаксиса русcкого языка”
2) QO‘SHMA GAPLARNI VA ULARNI BOG‘LOVCHI VOSITALAR
Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni bog‘lash uchun xizmat qiladigan vositalar esa bog‘lovchi vositalar hisoblanadi. Qo‘shma gap qismlari quyidagi bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanadi.
1.Bog’lovchilar: a) teng bog’lovchilar; b)ergashtiruvchi bog’lovchilar
2.Bog’lovchi vazifasidagi vositalar a) bo‘lsa,esa deb; b) -u, -yu, -da
-ki yuklamalari; d) nisbiy so‘zlar; e) shuning uchun, shu tufayli ,shu sababli, shu bois singari ko‘makchili qurilmalar; f)shart mayli qo’shimchasi -sa
3.Ohang.
QO‘SHMA GAPLAR TASNIF
Qismlarning qanday bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanishiga ko’ra qo‘shma gaplar uch guruhga bo’linadi.1.Bog’langan qo’shma gap 2.Ergashgan qo’shma gaplar 3.Bog’lovchisiz qo’shma gaplar.
BOG’LANGAN QO’SHMA GAP
Qismlari teng bog’lovchilar bo’lsa, esa, yo‘qsa so’zlari -u,-yu,-da yuklamalari yordamida bog’langan gaplar bog’langan qo’shma gaplar hisoblanadi. Masalan, Uzun bir yog’och topdi-da, asta olmani o‘ziga tomon hayday boshlad, ammo olma quvlik qilib yigitni aldar, yog’och uchi tegishi bilanoq suvga bir sho’ng’ib yana qochib qolardi.
BIRIKTIRUV BOG’LOVCHISI YORDAMIDA BOG’LANGAN QO‘SHMA GAP
Biriktiruv bog’lovchisi qo’shma gapning payt sabab-natija munosabatlarida bo’lgan qismlarini bog’lab keladi. Va, hamda, -u, -yu,-da, ham…ham biriktiruv bog’lovchilari hisoblanadi.Qismlari o‘rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo’shma gaplarda ikkinchi qism oldidan natijada so‘zini qo’yish mumkin bo’ladi. Masalan, Anor so‘zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar .Anor so‘zlar (va) natijada Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar.
Ba’zan -u ,-yu , -da , yuklamalari ham biriktiruv bog’lovchilari bajargan vazifalarni bajaradi. Masalan, Umar uch qadamda bir to’xtab nafasini rostlay-rostlay tepaga zo’rg’a yetdi, qopni ag’dardi-yu muvozanatni saqlay olmay o’tirib oldi.

ZIDLOV BOG‘LOVCHILARI YORDAMIDA BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAP


Zidlov bog’lovchilari bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ular o’rtasida zidlik munosabati mavjudligini ham ifodalaydi. Zidlov bog’lovchilari gapning ikkinchi qismi boshida qo’llanadi
va qo’shma gap qismlari vergul bilan ajratiladi. Ammo, lekin, biroq, balki, zidlov bog’lovchilaridir.
-u - yu -da yuklamalari bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ular o’rtasida zidlash ketma-ketlik munosabati mavjudligini bildiradi.
Namuna:

  1. Ashula nihoyasiga yetdi, lekin bir zumdan keyin yana yangi tovush parvoz qildi.(Oybek) 2.Bu daraxtning bo’yi baland, lekin mevasi kam. (Oybek) 3.Ba’zilar hordiq chiqarishga kirishdilar-u, ba’zilar podalari izidan cho’lga qarab ketdilar.

AYIRUV BOG’LOVCHILARI YORDAMIDA BOG’LANGAN QO‘SHMA GAP
Ayiruv bog’lovchilari qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ularda ifodalangan voqea-hodisalarning galma-gal ro’y berishini yoki faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydi. Goh…, goh, ba’zan…, ba’zan, bir…, bir, dam…, dam, yo…, yo, yoki ayiruv bog’lovchilari sanaladi.
Yo (yoki) bog’lovchisi yolg’iz holda ham, takror holda ham qo’llanishi mumkin. Qolgan ayiruv bog’lovchilari takror holda ham qo’llanadi va yozuvda takror qo’llanayotgan bog’lovchidan oldin vergul qo’yiladi. Yo va yoki ayiruv bog’lovchisi voqea-hodisaning faqat bittasi yuzaga chiqishini bildiradi.
Namuna:
1.Goh osmonni tutib ashula yangraydi, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitildi. 2. Mashinaning nuqsoni bo’lsa, tuzatiladi yo yana yaxshirog’i yasaladi.
3. Yo zardo’zi to’nning to’zibmi qoldi, Yoki so‘kildimi suvsar po’staging.
INKOR BOG’LOVCHISI YORDAMIDA BOG’LANGAN QO‘SHMA GAP
NA…,na inkor bog’lovchisi sanaladi. Inkor bog’lovchisi bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ularda ifodalangan harakat-holat yoki belgining inkorini bildiradi. Shuning uchun bunday bog’langan qo’shma gaplarda kesimlar bo’lishli shakldagi fe’llar yoki bor, mavjud kabi so’zlar orqali ifodalansa-da, mazmun inkor tarzida anglashiladi. Yozuvda takror qo’llanayotgan bog’lovchidan oldin vergul qo’yiladi.
Namuna:

  1. Oradan uch kun o’tdi, hamki, Mahmuda na birovga biron ish aytdi, murod-u maqsadini surishtirdi. 2. Ko’kda na bir yulduz lo’rindi, na undan tushishi mumkin bo’lgan bir qatim nur. 3. Sel na odamni ayadi, na dov-daraxtlarni tinch qo‘ydi.

BO‘LSA, ESA SO’ZLARI YORDAMIDA BOG’LANGAN QO’SHMA GAP
Bo‘lsa, esa so’zlari qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ular o’rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi. Bo’lsa, esa so’zlari qiyoslanuvchi bo’lakdan so’ng keladi. Bo’lsa, esa so’zlari ikki zid ma’noli so’zni bog’lashsa, zidlash munosabati yuzaga keladi.
Namuna:

  1. Tovus o’zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o’zing sharaf-u shonini asraydi.(qiyoslash) 2. Egrilik insonni qabohatga yetaklaydi, tog’rilik bo’lsa uni saodatga boshlaydi .(zidlash) 3. Yaxshilik qilmoq ulug’ fazilatdir, buning qadriga yetmaslik esa illatdir. (zidlash)

ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
Qismlari ergashtiruvchi bog’lovchilar yoki shunday bog’lovchi vazifasidagi so’zlar yordamida bog’langan qo’shma gaplar ergashgan qo’shma gaplar deyiladi. Ergashgan qo’shma gaplar, tarkibida nechta gap bo’lishidan qat’i nazar, doim ikki qismdan iborat bo’ladi.

  1. Bosh gap

  2. Ergash gap

Mazmuni izohlanayotgan gap bosh gap, bosh gap mazmunini izohlayotgan gap ergash gap sanaladi.
Ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar yordamida bog’lanadi:

  1. Ergashtiruvchi bog’lovchilar.

  2. Ko’makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli)

  3. Yuklamalar (-ki)

  4. Nisbiy so‘zlar

  5. Deb so‘zi

ERGASHTIRUVCHI BOG’LOVCHILI ERGASHGAN QO‘SHMA GAP
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, sharti yoki qiyosini bildirgan ergash gaplar bosh gapga sabab (chunki, negaki) maqsad (toki ), shart (agar, agarda, basharti,mobodo), qiyoslash-chog’ishtiruv(go’yo, go’yoki, xuddi) ergashtiruvchi bog’lovchilari yordamida bog’lanadi. Sabab, maqsad, qiyoslash-chog’ishtiruv bog’lovchilari ergash gap boshida qo’llanadi va ergash gap bosh gapdan so’ng keladi. Bunday vaqtda yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi
KO’MAKCHILI QURILMALAR YORDAMIDA ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu tufayli singari ko’makchili qurilmalar vositasida bog’lanadi. Ular bosh gap tarkibida keladi
Namuna:
Uning bunday odati yo’q edi, shuning uchun yigit hayron bo’lib biroz qarab turibdi.
DEB SO’ZI YORDAMIDA ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini, bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko’pincha deb so’zi yordamida bog’lanadi va ergash gapning kesimi III shaxs buyruq mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Bunday gaplar tarkibidagi deb so’zi uchun ko’makchisi bilan ma’nodosh sanaladi, shu bois bir-biri bilan erkin almashina oladi. Ergash gaplar yozuvda vergul bilan ajratiladi. Ergash gapning kesimi buyruq va shart maylidagi, shuiningdek, kelasi zamon fe’llari bilan ifodalanganida, asosan, ma’qsad ma’nosi, o‘tgan zamon fe’llari bilan ifodalanganida esa, asosan, sabab ma’nosini bildiradi.
Namuna:
Gul burglari uchishadi, tushmayin deb qo’lingga.(maqsad)
SHART MAYLI VOSITASIDA ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanganida shart mayli qo’shimchasi ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vosita ham sanaladi. Bunday ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini, paytini bildiradi. Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.
Namuna:
Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi, seni to‘ydiradi.(E.Samandar)
KO‘RSATISH OLMOSHLI ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
Bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo’llangan ergash gaplar bosh gapga -ki yuklamasi yordamida bog’lanadi. Bu yuklama bosh gap kesimi tarkibida bo’ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Ba’zan bu bo‘lak qo‘llanmasligi ham mumkin, ammo uning o’rni bilinib turadi.
Namuna:
Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan. (Hamid G’ulom)
NISBIY SO’ZLI ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR
Ergash gap tarkibida qo’llanuvchi kim, nima, qancha, qanchalik, qanday, qayer kabi so’roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo’lib keluvchi shu, o’sh, shuncha, shunchalik, shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo’llangani, biri ikkinchisini taqozo etgani uchun nisbiy so’zlar hisoblanadi. Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi.
Namuna:
Siz Hindistonda neniki ko’rgan bo’lsangiz, shularning hammasini jam etib bir kitob yozmog’ingiz darkor.
HAVOLA BO‘LAKLI GAPLAR
Qo‘shma gap tarkibida faqat ergash gapgina bosh gapga ma’lum bir vositalar yordamida bog’lanib qolmaydi. Ko’pincha bosh gap tarkibida ham ergash gapni taqozo etadigan, uning mavjud bo’lishiga ishora (havola) qiladigan ko’rsatish olmoshilari qatnashadi. Ergash gap shu olmoshing ma’nosini izohlaydi, uning ma’nosiga teng keladi.
Masalan, Shunday odamlar borki, odamlarning naqshidir. Toleyim shulki, Vatanda bir guliston tanladim. Kim ko‘p kitob o’qisa, o’sha ko’p biladi.
Havola bo’lakli qo’shma gaplarda havola bo’lak qanday gap bo’lagi vazifasida kelsa, ergash gap ham shunday gap bo’lagi bilan yuritiladi.
Eslatma! Yuqoridagi gaplarda shunday, shulki o’sha bo’laklaring mazmuni ergash gap orqali izohlanadi. Ular ergash gapga ishora qiladi. Shuning uchun bunday bo’laklar havola bo’laklar sanaladi. Bunday bo’laklar qatnashgan qo’shma gaplar esa havola bo’lakli qo’shma gaplar deyiladi. Havola bo‘lakli qo’shma gaplarda ergash gap bosh gapga havola bo’lakdan tashqari - ki va -sa shakllari yordamida bog’lanadi. Bulardan -ki bosh gap kesimi oxiriga, - sa esa ergash gap kesim oxiriga qo’shiladi.
Demak, nisbiy so‘z va ko’rsatish olmoshli ergashgan qo’shma gap havola bo’lakli qo’shma gaplar sanaladi.
Masalan, Kimning himmati baland bo’lsa, uning qadr-qimmati baland bo’ladi. Hunar shunday otdirki, u mingan kishini rohat va e’tibor manziliga yetaklaydi.

  1. ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLARNING SODDA GAPLAR BILAN MA’NODOSHLIGI

Tarkibida ko’rsatish olmoshi ma’vjud ergashgan qo’shma gaplar tegishli sodda gaplar bilan ma’nodosh bo’la oladi. Ergash gapni bosh gap tarkibida tegishli ko’rsatish olmoshi bilan ifodalangan gap bo’lagi o’rniga qo’yish orqali hosil qilinadi.
Namuna:

  1. Kim ko’p o’qisa, u ko’p biladi. Ko’p o’qigan ko’p biladi.

  2. Shuni bilingki,kengga keng,torga tor dunyo. Dunyoning kengga keng torga torligini biling.

Eslatma! Ko’rinadiki, bir axborotniikki xil gap –sodda va qo’shma gap orqali ifodalash mumkin.
Garchi gapning bu ikki turi bir xil mazmun ifodalsh jihatdan umumiylikni tashkil etsa ham, lekin ular ma’noni ta’kidlash uslubiy xoslanish jihatidan farq qiladi. Havola bo’lakli qo’shma gaplar ko’proq kitobiy uslubga xos va sodda gaplardagiga nisbatan ma’no ta’kidlangan bo’lsa, sodda gaplar uslubiy betaraflik xususiyatiga ega bo’ladi.
Namuna:

  1. Siz kimga ishonch bildirsangiz, men uni sherik qilib olishim mumkin. Men siz ishonch bildirgan kishingizni sherik qilib olishim mumkin.

ERGASH GAPNING TURLARI


KESIM ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAP
Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshing ma’nosini izohlab keluvchi ergash gap kesim ergash gap deyiladi.

  1. Ko’rsatish olmoshi tarkibidagi - ki ( shuki, shundayki, shundaki, shu bo’ldiki, shunday ekanki…)

  2. Nisbiy so’z + - sa ( Kim…- sa, o’shanikidir, kim… - sa o’shadir, nima… -sa, shudir)

Namuna:

  1. Endi sizlarga muborak topshiriq shuki, har biringiz alohida-alohida ketasiz,

  2. Toleyim shuki, jahonda bir guliston tanladim.

EGA ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAP
Bosh gap tarkibidagi ega vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshi tarkibidagi ega vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshing ma’nosini izohlab keluvchi ergash gap ega ergash gap deyiladi.
Namuna:

  1. Shu narsa qiziqki, uyquda ham miyya o’z faoliyatini to’xtatmaydi,

  2. Kim izlansa, u, albatta, maqsadiga yetadi.

  3. Kimki rostgo’y bo’lsa, u el o’rtasida qadr topadi.

ANIQLOVCHI ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAP
Bosh gap tarkibidagi aniqlovchi vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshi ning ma’nosini izohlab keluvchi ergash gap aniqlovchi ergash gap deyiladi.
Namuna:

  1. Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, unung yo’li ham to’g’ri bo’ladi.

  2. Shunday inson haqida xabar keltirdimki, uning har bir so’zi gavhardir.

  3. Kimning niyati xolis bo’lsa, uning orzusi amalga oshadi.

TO‘LDIRUVCHI ERGASHGAN GAPLI QO‘SHMA GAP


To’ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi ko’rsatish olmoshi bilan ifodalangan to’ldiruvchini izohlagan ergash gapdir. To‘ldiruvchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gapni tashkil etadi. To’ldiruvchi ergash gap odatda, bosh gapga –ki bog’lovchisi orqali ,shart mayli qo’shimchasi – sa yordamida bog’lanadi.
Namuna:

  1. Shuni bilingki, har bir yangilik bexosiyat bo’lmaydi.

  2. Iltimos qilamanki, oldin rais so’zlasinlar.

  3. Kimda gumoning bo’lsa, uni ko’zdan qochirma.

HOL ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAP
Bosh gap tarkibida hol vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi yoki bosh gap orqali ifodalangan mazmuning sababi, maqsadi, sharti, payti, holati, miqdor-darajasi kabilarni bildirgan ergash gaplarga hol ergash gap deyiladi. Hol ergash gaplar bosh gapga nisbiy so’zlar, shart mayli shakllari; sabab, maqsad, shart bog’lovchilari; deb so’zi yordamida bog’lanadi.
Namuna:

  1. Oqsoqol qayerda bo’lsa, o’sha joyda ish bir tartibda borardi.

  2. Shunday yashangki, hamma havas qilsin.

  3. Qayerda nuroniylar bo’lsa, o’sha yerda baraka bo’ladi.

BOG’LOVCHISIZ QO‘SHMA GAP HAQIDA MA’LUMOT
Tarkibida sodda gaplar mazmuni bir-biri bilan bog’liq bo’lib, maxsus bog’lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog’langan qo’shma gaplar bog’lovchisiz qo’shma gaplar sanaladi. Tahlilda bog’lovchisiz qo’shma gaplar bir-biri bilan to’g’ri chiziq bilan bog’langan ikki to’rtburchak orqali ifodalanadi. Bu bog’lovchisiz qo’shma gap qolipi sanaladi. Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlarini yozuvda ajratish uchun vergul, tire, ikki nuqta, nuqtali vergul kabi tinish belgilar ishlatiladi.

  1. Qo’shma gap qismlari bir paytda yoki ketma- ket sodir bo’ladigan voqea hodisalarni ifodalasa, ular orasiga vergul qo’yiladi. Masalan, Yigitlar daraxtning ostini yumshatdilar, qizlar maktab hovlisini supurdilar.

  2. Qo’shma gap qismlari orasida o’xshatish, zidlash, shart kabi munosabatlar ifodalanganda ular orasiga tire qo’yiladi. Masalan, Hamal keldi – amal keldi.(o’xshatish ma’nosi)

Ko‘z qo‘rqoq – qo‘l botir.(zidlik ma’nosi)
Yurt tinch – sen tinch.(shart ma’nosi)

  1. Qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalanganda, ular orasiga ikki nuqta qo’yiladi. Masalan, Bizning qarorimiz shu: hasharda hammamiz ishtirok etamiz.

  2. Qo‘shma gap qismlari mazmunan unchalik yaqin bo’lmagan yoki ketma-ket sodir bo’ladigan voqealarni bildirgan va bir necha tinish belgilari qo’llangan hollarda nuqtali vergul ishlatiladi. Masalan, Hadicha xola bolalik chog’idagi singari uning beliga non tugib berdi, peshonasidan o’pdi, duo qildi; irim qilib kuzatgani chiqmadi.

QO‘SHMA GAPLAR TASNIFI
Lisoniy birlik serqirra mohiyatli bo’lganligi bois kamida ikkita paradigm kiradi. Shu sababli biror butunlikka kiruvchi lisoniy birlikni kamida ikki tomondan tasniflash mumkin bo’ladi.
Qo‘shma gap ham lisoniy birlik sifatida murakkab tabiatli bo’lib, bu murakkablik uning lisoniy sathdatutgan o’rni tarkibidagi sodda gapning grammatik shakli va bog’lovchi vositalari hamda mazmuniy munosabatining rang-barangligi bilan belgilanadi. Shuningdek, qo’shma gap turlarini xilma-xil asoslarda turlicha tasniflash mumkin. Tasnif asosining aniqligi va izchil amalga oshirilishi masala mohiyatini oydinlashtirishda mumkin.
Qo‘shma gapning ma’noviy va struktur tasnifi ko’p hpollarda o’zaro farqlanadi.
Formal sintaksis qo’shma gap tasnifida ko’p hollarda ularning nutqiy belgi xususiyati, zohiriy alomatiga tayanadi. Substansional sintaksis tasnifi esa qo’shma gapning lisoniy mohiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Qo‘shma gap, avvalo, sodda va uyushgan gapdan o’z qurilish usulining boshqachaligi bilan farqlanadi. Demak,umumiy lisoniy mohiyat sifatida gaplar qurilish qolipiga ko’ra dastlabki tasnifda uchga bo’linadi.
Qo’shma gap ham o’z navbatida qolipning tur va ko’rinishiga ega bo’ladi.
( WPm-WPm ) umumiy qolipini yuzaga chiqish turini, umumiy qolip bilan nutqiy ko’rinish orasidagi turli bosqichdagi oraliq qolipini aniqlash me’yori, belgi va mezonlarni muayyanlashtirmoq lozim bo’ladi.
QO‘SHMA GAPLAR USLUBIYATI
1. Bog‘lovchili va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar sinonimimyasi. Ushbu gaplarni solishtirib ko‘raylik: Vatan qo‘limizdan etakladi va biz g‘alaba qildik. Vatan qo‘limizdan etakladi-yu, biz g‘alaba qildik. Vatan qo‘limizdan etaklagani uchun, ...Vatan qo‘limizdan etaklab, ... Vatan qo‘limizdan etaklagach, ... Vatan qo‘limizdan etakladi: biz g‘alaba qildik.
Bu gaplar mazmun tomondan bir xil yoki juda yaqin: hammasida ham sabab-natija munosabati ifodalangan. Ular o‘zaro sinonimik gaplar qatorini yuzaga keltiradi va istalganidan foydalanish mumkin bo‘ladi. Lekin bu gaplar grammatik tomondan, ma`no ottenkasida ma`lum darajada bir-biridan farq qiladi: bu, avvalo, bog‘lovchilarda, ohangda, gaplar tartibida ko‘rinadi.
Ergashish yo‘li bilan hosil bo‘lgan qo‘shma gaplarning aksariyati ikki xil qo‘llanadi: bog‘lovchi orqali va bog‘lovchisiz — yolg‘iz ohang vositasida: Bilamizki, tinchlik urushni engadi.— Bilamiz: tinchlik urushni engadi.
Bog‘lovchili va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar avvalo uslub talabi bilan qo‘llanadi. Masalan, ilmiy nutqda faktlar qiyoslanadi, fikr isbotlanadi, narsa-hodisalar orasidagi mantiqiy bog‘lanish qayd etiladi: Agar ixtiro yoki ratsionalizatorlik taklifi bir necha shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa, ular sherik avtorlar bo‘ladilar va ularning har qaysilariga taklifni yaratishda avtor bo‘lganliklarini guvohlantiradigan hujjatlar olish huquqi beriladi.
Ayiruvchi bog‘lovchilar (goh, ba`zan, dam, yoki va b.) gap mazmunini yoki qo‘shimcha ma`noni tayin etishda muhim belgi sanaladi: Ba`zan ravon tug‘ilsa misra, ba`zan bir so‘z — soatlab mehnat. (J. J.)
Umumlashgan va qiyosiy munosabat ifodalovchi gaplarda nisbiy olmoshlar halqa vazifasini bajaradi, demak, bunday qurilmalar ham doimo bog‘lovchilar orqali shakllanadi: Nima eksang, shuni o‘rasan. (Maqol.)
Bo‘lishsizlik — inkor bildirgan gaplar ham bog‘lovchili qo‘llaiadi. Bu vaqtda na bog‘lovchisi ham o‘z vazifasida (qat`iy bo‘lishsizlnk, kuchaytirish), ham bog‘lovchi o‘rnida keladi: Na sen nazar qilding holimga bir bor, Na men ayta oldim senga biror so‘z. (A. 0.)
Hozirgi o‘zbek tili nutq uslublarining qariyb hammasida, ayniqsa badiiy va publitsistik asarlarda komponentlari hatto, faqat, yolg‘iz, -gina yuklamalari; ya`ni, masalan, ayniqsa, jumladan, shaxsan kabi kirish so‘zlar; deylik, demak, boshqacha aytganda, shunday qilib kabi fe`l-kirishlar, shu bilan birga, shunday qilib kabi birikmalar, emas to‘liqsiz fe`li va boshqalar yordamida bog‘langan qo‘shma gap tiplari ko‘p uchraydi. Bu vositalar, asosan, uslubiy vazifa bajaradi: ular orqali shakllangan qo‘shma gaplar miqdor-qurilishi jihatidan bog‘lovchili qo‘shma gapning u yoki bu tipiga (bog‘langan yo ergash gapli) o‘xshasa ham, mazmun-hukm nuqtai nazaridan o‘ziga xos ayrim tomonlari bilan ajralib turadi. Bunday gaplarda ayni bir fikr ikki sodda gap orqali berilib, ikkinchi qism birinchi gapda berilgan fikrga aniqlik kiritadi, izohlaydi; u yoki bu belgini ta`kidlash, kuchaytirish maqsadida u gap alohida zarb bilan aytiladi; fakt yo hodisalar solishtiriladi; nihoyat, badiiy va publitsistik asarlarda fikr tadrijiy rivojlantiriladi (gradatsiya): YAshagil, ketmonim, nonim, mehnatim, Ya’ni ona-Vatan, senga tashakkur! (G‘.G‘.). Ilmiy nutqda esa ana shu ikki gap orqali umumiylik va xususiylik orasidagi nisbat ochiladi.
Bog‘lovchili qo‘shma gaplarda ifoda imkoniyatlari, bog‘lovchisiz qurilmalarga nisbatan, xiyla keng bo‘ladi. Jumladan, ergashtiruvchi bog‘lovchi orqali hosil bo‘lgan qo‘shma gaplarda biror stilistik ehtiyoj bilan ergash gapning o‘rnini o‘zgartish (inversiya) mumkin: Ona kulganda, olam yailarar.— Olam yasharar, ona kulganda.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar uchun quyidagi tip gaplarni kiritish mumkin:
1.Bosh gap tarkibida ko‘pincha ko‘rsatish olmoshlari (u,bu, shu) va ularning turli shakllari (uni, shuni va b.) bo‘ladi: Odatim shu: ishning chalasini yomon ko‘raman. Bunday gaplar og‘zaki nutqda ko‘p uchraydi.
2. Qo‘shma gap qismlarida antonimlar qo‘llanib, ular yorda-mida gaplar mazmuni aniqlanadi: Yaxshi oshini eydi, yomon — boshini.
3.Ayrim gaplarda bo‘laklar takrorlanishi mumkin: Bunda bulbul kitob o‘qiydi, bunda qurtlar ipak to‘qiydi. (H. 0.)
4. Qo‘shma gapning birinchi qismi shunday mazmun ifodalab, shunday ohang bilan aytiladiki, undan keyin ikkinchi gap kerak-ligi aniq sezilib turadi: Shukur, befarzand emasman: ikki o‘g‘il-cham, bir qizim bor. (0.)
Badiiy nutqda bir necha sodda gap vositasida biror shaxsga tavsif berilsa yoki tabiat manzarasi chizilsa, ortiqcha belgiga o‘rin qolmaydi. Agar ular orasida har safar biror bog‘lovchi qo‘llayversak, ifodaga «ortiqcha» yuk bo‘ladi; ayrim bog‘lovchi takrorlanib qolsa, fikr g‘alizlashadi. Poetik asarda ritm, vazn talabi tufayli bog‘lovchiga sira ehtiyoj qolmasligi mumkin: Daryolar quriydi, nuraydi tog‘lar, Xazon bo‘lar hatto yam-yashil bog‘lar... Ona mehri yashar qalblar-da, Dillarni-dillarga umrbod bog‘lar...(H.O.)
Bog‘lovchisiz shakllangan qurilmalar mazmunan uzviy bog‘liq bo‘ladi; ular shunday tartibda joylashadiki, bir gap ikkinchisi uchun juda zarur elementga aylanadi, bir-birini talab qiladi. Ular orasidagi ohang esa ifodaga tasviriylik, obrazlilik, jonlilik kiritadi.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ta`siriy bo‘yoq, tasviriylik, jozibalilik kuchli bo‘ladi; ifoda ravonligi tufayli engil o‘qiladi.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar bog‘lovchili qo‘shma gaplarga sinonim bo‘lib, uslub tomondan ikki xil qo‘llanadi:
a) bog‘langan qo‘shma gapga teng keladigan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning qismlari payt bildirsa, ular orasiga biriktiruvchi bog‘lovchini, zidlik munosabati ifodalansa, lekin, ammo, biroq bog‘lovchilaridan birini (ba`zan -u, -yu, -da yuklamalarini) qo‘yish mumkin: Oftob so‘ndi, ufqda qip-qizil shafaq yondi. (S. Ahm.) — Oftob so‘ndi va ufqda qip-qizil shafaq yondi. Bulbul ketdi — gul qoldi;— Bulbul ketdi, lekin gul qoldi. Olam quyosh bilan yorug‘„ odam esa ilm bilan;— Olam quyosh bilan yorug‘, odam — ilm bilan. Bu gaplar mazmunan bir-biriga teng bo‘lib, ifoda va uslubda farq qiladi.
b) bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar ergash gapli qo‘shma gaplarga sinonim bo‘ladi: Otangiz bor: belingiz baquvvat, o‘g‘lim (0.) - Otangiz bor, shuning uchun belingiz baquvvat, o‘g‘lim. Yurt tinch — sen tinch.— Yurt tinch bo‘lsa, sen ham tinch.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ayrim mazmuniy munosabatlar xiyla umumlashib ketadi: Sen yana kelding, yasandi dunyo, Sahrolarga to‘shaldi gilam. (Qiyos uchun qo‘shma gapga aylantirish zarur).
2. Bog‘lovchilarning uslubiy vazifasi, ular orasidagi sinonimiya. Qurilmaning bog‘lovchiga qarab o‘zgaradigan variantlari: Ko‘nglimni zavq asir etdi-yu, yosh boladay har yon yugurdim. (H.O.). Ko‘nglimni zavq asir etdi va yosh boladay har yon yugurdim. Ko‘nglimni zavq asir etgach, yosh boladay har yon yugurdim .Ko‘nglimni zavq asir etib, yosh boladay har yon yugurdim. Ko‘nglimni zavq asir etgani uchun, yosh boladay har yon yugurdim. Ko‘nglimni zavq asir etganda, yosh boladay har yon yugurdim.
Yuqoridagi har bir gapda stilistik ma`nolar (sabab, natija, holat, payt)ni ifodalash uchun turli bog‘lovchilardan foydalanilgan. Bog‘lovchilar ko‘proq kitobiy uslubga xosdir.
Va bog‘lovchisi, asosan, ikki sodda gap orasida keladi. Hamda, ham bog‘lovchilari nisbatan kam qo‘llanadi. Lekin publitsistika va badiiy nutqda, ba`zan ilmiy uslubda bu bog‘lovchining takroriy shaklidan foydalaniladi: Er ham soz, o‘g‘it ham yaxshi. (U.)
Ham bog‘lovchisi takror qo‘llanib, gapda inkor ma`nosi berilsa, uning o‘rnida na bog‘lovchisidan foydalanish mumkin: Na ota qoldi, na ona qoldi. Demak, na bog‘lovchisi bunday holda ham yuklama, ham bog‘lovchi vazifasini bajaradi.
Lekin, biroq, ammo bog‘lovchilari yordamida ko‘proq tazod (antiteza) hosil qilinadi: ey sen, buyuk shahar, muzaffar poytaxt, SHohi jahonlarni tuproqqa qording, Ammo menga yasab shunday taxt, Jahon shohi qilib ko‘tarding. (E. V.)
Bu bog‘lovchilar o‘rnida faqat, yolg‘iz, -u (-yu), -da yuklamala-ri, emas, bo‘lsa, esa fe`llari, balki so‘zi kelib, xilma-xil ma`-no bo‘yoqlari (kutilmaganlik, to‘siqsizlik, zidlik, ta`kid, kinoya, voqea-hodisalarning almashinuvi kabi) ifodalanadi. Bu hol so‘zlashuv, badiiy va publitsistik nutqda ko‘proq uchraydi.
-u (-yu), -da yuklamalari biriktiruv bog‘lovchilariga sinonim bo‘la oladi. Bu vaqtda qiyoslash, zidlik, tenglik, sabab, natija kabi ma`nolar anglashiladi: Mashina xo‘p yaxshi narsa-yu, o‘ziga yarasha uning ham nag‘malari bor-da. (S. A.) Ikki yil burungi eoqeani eslayman-u, vujudim titraydi. (Y. Sulaymon.) .
Demak, zidlov, biriktiruv, qiyos, inkor bog‘lovchilari orasida uslubiy vazifadoshlik bor. SHuning uchun hatto zndlik bildir-gan gaplarda ba`zan va bog‘lovchisi ham qo‘llanishi mumkin: Baxt axtarar va qora taqdir Mazax bilan qilar haqorat. (H.0.)
Hozirgi zamon poetik asarlarida, ba`zan prozada ham, xilma-xil uslubiy bo‘yoqlarni (ritorika, savol, ta`kid) berish uchun hatto bog‘langan qo‘shma gap qismlari orasida ergashtiruvchi bog‘lovchi vazifasida keladigan -chi yuklamasi qo‘llanmoqda: Bir chelak suv bo‘lib aylanar jahon, Men-chi, bir tomchiman o‘sha to‘lqin-da. (E. V.) Oftob olamni yaratgani rost, Ona-chi, odamni yaratgan zot. (J. J.)
Mumtoz adabiyotda ham, bugungi poetik va publitsistik asarlarda ham bir gapning o‘zida ikki va undan ortiq har xil ma`noli bog‘lovchilar qo‘llanib, uslubiy vazifa bajarganini ko‘rish mumkin: Agarchi ahli navodur vale ul oy boqmas. (N.) Lekin u kamroq topildi, garchi bisyor istadim (N.).
Bu faktlar sinonimiyaning bog‘lovchilar orasida ham kuchli ekanini ko‘rsatadi. Demak, bog‘lovchilarning yakka yoki qo‘shaloq, hatto uch marta qo‘llanishi ham muayyan-maqsad bilan bog‘langandir: ta`kid va zidlik ma`nosini berish uchun -u (-yu), -da yuklamalari bilan bir qatorda lekin, ammo, biroq bog‘lovchilari ham qo‘llanadi: Kolxozda ishlarim boshdan oshib yotibdi-yu, lekin kelmaslikka ilojim yo‘q. (As. M.)
Tenglik va zidlik ma`nolarini ifodalash uchun va, lekin (biroq, ammo) bog‘lovchilari yonma-yon keladi: Do‘sti sodiq yo‘q ekan, deb o‘rtanib kuyma va lek Mehr uyin keng ochsang, erkin, do‘st bo‘lur begona ham. (E. V.)
Tenglik va ayiruv ma`nolarini bir yo‘la berish uchun va, yo (yoki) bog‘lovchilari ishlatiladi: Ko‘l uzra oqqushlar parvoz etdimi Va yo o‘ylaringni olib ketdimi, Sochlaringni silab o‘tganda shamol? (E. V.)
Zaruriyat tufayli ba`zan, ayniqsa, so‘zlashuv uslubida ikki bir xil bog‘lovchi yonma-yon keladi: Ammo lekin, SHohistaxonim, vahima bo‘lib qolibsiz. (U.)
Xullas, bog‘lovchilarning o‘ziga xos mohiyati, gapda o‘z o‘rni va uslubiy vazifasi bo‘ladi. Badiiy adabiyotda, ba`zan publitsisti-kada teng bog‘lovchilardan oldin nuqta qo‘yib, ikkinchi gapni bosh harf bilan berish hollari ham uchraydi.
Ayrim fe`l shakllari (-gach, -ganda, -ib) o‘rni bilan biriktiruvchi bog‘lovchilar (va, ham, hamda) o‘rnida qo‘llanishi mumkin: Oradan o‘n yil o‘tdi va go‘zal Farg‘ona Borib tutasha oldi kommunizmga. (G‘. G‘.)
Hozirgi nutq janrlarida -gach, -ib shakllarining vazifasi ancha keng, Masalan, -gach, -ib shakllari uslub talabi bilan ba`zan ergashtiruvchi bog‘lovchilar (chunki, shuning uchun, -gani uchun va b.) vazifasini bajaradi: Farzandi bu erda student bo‘lgach, Otasi yashaydi tinch va osuda. (G‘. G‘.)
-gan (-kan, -qan...) shaklidan keyin kelib, payt bildirgan -da (kelishik shakli) o‘rnida turli ko‘makchilar (chog‘da, paytda, zumda, hamon, damda va (boshqalar) qo‘llanadi: Kreml’ kuranti zang urgan damda, Qon to‘la tepadi jonon yuraklar. (G‘. G‘.)
O‘xshatish ergash gapni o‘zaro bog‘laydigan vositalar ham bir-birining o‘rkini qoplaydi: -dek, -day, kabi, go‘yo, xuddi, yanglig‘, o‘xshab, bamisoli va boshqalar: Baxtimga o‘xshaydi yulduzlar, go‘yo Mening tuprog‘imda eng go‘zal bahor. (R. Parfi.)
Sabab ergash gapda qo‘llanadigan hamma bog‘lovchilar bir-birining sinonimi sanaladi: Baxtim bor, shuning uchun har narsa ko‘zimga go‘zal ko‘rinadi. Baxtim borki, .... Baxtim bor bo‘l-gani uchun, ... , Baxtim borligi sababli, ... ,Baxtim borligi-dan, ....
To‘siqsiz ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar ham bir-biriga juda yaqin turadi, shunga ko‘ra ular o‘zaro almashinib qo‘llanilishi mumkin: Er ko‘pchib yotganiga qaramay, g‘o‘zani sug‘oraverishdi. Quyosh hamma erga baravar nur sochgan holda, bog‘da gul, cho‘lda yantoq ko‘karadi. (N.)
Zidlikni kuchaytirish uchun she`riyatda, ba`zan publitsistikada ana shu fe`l shakllari bilan bir qatorda afsus, baribir, qancha kabi modal so‘zlar, yuklama vazifasidagi ham bog‘lovchisi, ayrim olmoshlar qo‘llanishi mumkin: Olisda shaharlar vayron bo‘lishiga, odamlar o‘qqa uchishiga qaramay, bahor baribir odam-lar qalbiga allaqanday iliqlik olib keldi. (S. A.)
Og‘zaki so‘zlashuv uslubida fe`lning shart mayli, undan ke-yin aniq mayli takror qo‘llanib, to‘siqsiz ergash gap bilan bosh gap o‘zaro -ki yuklamasi yordamida bog‘lanadi: Xotin kishining yuragidan farzand dog‘i ketsa ketadiki, bunday gapning alami ketmaydi. (S. A.)
Demak, ayrim ergash gaplar mazmuni bilan ham, bog‘lovchi vo-sitalari bilan ham bir-biriga sinonim bo‘la oladi.
Ergash gaplarning ikkinchi bir tipi bosh gapga nisbiy-so‘roq olmoshlari yordamida bog‘lanib, g‘oyatda umumlashgan-qiyosiy mazmun munosabatlarini ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu olmoshlar qatoriga kim, nima, qaysi, qaer, qanday, qachon, qancha, nechta nechanchi olmoshlari, ularning turli shakllari yoki ko‘makchili holatlari kiradi.
Nisbiy olmoshlar ishtirokida shakllangan qo‘shma gaplar og‘-zaki so‘zlashuv uslubida kam (nisbatan) uchraydi: Katta arava kaysi yo‘ldan yursa, kichigi ham shu yo‘ldan boradi. Publitsistik va poetik nutqda esa bu olmoshlar yordamida shakllangan gaplar etakchi o‘rin egallaydi: Kim quyosh nurin nihon qildi, Badrni mis tabaq gumon qildi (Navoiy).
Nisbiy-so‘roq olmoshili qurilmalar hozirgi adabiy tilimizda ham keng tarqalgan. Nisbiy so‘roq olmoshlari, ayniqsa kim olmoshi o‘rnida klassik mavbalarda har kim, birov, ulki, kishi so‘zlari qo‘llanib, so‘roq olmoshining sinonimi vazifasini bajargan. Lekin ma`noda umumiylik ottenkasi saqlangan: Birovkim bir oyoq osh uchun qul, YUziga kerakdir qozonning qarosi. (N.) Ulki buyurib, o‘zi qilmag‘ay Va hech kimga foyda va asar aning so‘zi qilmag‘ay. (N.)
Qo‘shma gap va uning bog‘lovchilari bilan aloqador bo‘lgan masalalardan biri sodda gaplar tartibidir. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o‘z o‘rni bo‘ladi. Bu o‘rin, ayniqsa, bog‘lov-chisiz qurilmalarda qat`iydir.
Sabab ergash gap bosh gapga -ki, uchun, shuning uchun, deb, -ga-nidan, sababli kabi vositalar yordamida bog‘lansa, har doim bi-rinchi o‘rinda keladi: Har kun ortar ko‘zlarimda nur, SHuning uchun yo‘q aslo g‘amim. (H. 0.)
Bog‘lovchi ergash gap uchun muhim belgidir. Bosh va ergash gap-larning mazmuniy munosabatini, ergash gaplarning tO‘rin i aniqlashda bog‘lovchilar ma`lum darajada rol’ o‘ynaydi. Bosh va ergash gaplarning o‘rni stilistik va logik talablarga ko‘ra o‘zgarishi mumkin, bunda mazmunga putur etmaydi. Hatto og‘zaki so‘z-lashuv uslubida fikran birinchy o‘ringa qo‘yilgan sodda gap, masalan, ikkinchi o‘rinda kelishi lozim bo‘lgan bosh gap birinchi o‘rinda qo‘llanadi va uslub tomondan o‘zini oqlaydi: egilganga egilgin, boshing erga tekkuncha. (Maqol.)
Poetik asarlarda esa vazn, qofiya, turoq kabilar talabi bi-lan bosh va erga.sh gaplarning o‘rin almashuvi (inversiya) tabiiy bir hol sanaladi. Hol ergash gaplarning deyarli hammasida inversiya hodisasi bor: Ulug‘ muallimdan men oldim o‘rnak, yulduz-lar quyoshdan nur olganidek. (A. 0.)
Bu hol ilmiy va publitsistik nutqda ham uchraydi: San`at asarining hammasi shu sababli badiiydirki, ulardan birorta so‘z, tovush yoki chiziqchani boshqasi bilan almashtirib bo‘lmaydi. (V. Belinskiy)
SHunday qilib, hozirgi o‘zbek tilida (qisman klassik asarlarda ham) ergash gap bosh gapga nisbatan to‘rt xil o‘rinlashuvi mumkin:
a) bosh gapdan oldin: Terlar oltin bo‘lib, oppoq baxt bo‘lib, Baraka qo‘shildi kuzda xirmonga. (M. Boboev.)
b) bosh gapdan keyin: Kishining holini so‘zidan bilish mum-
kin, chunki so‘z kishining ko‘nglidan xabar beradi. («Qobusnoma»
dan).
v) bosh gapning o‘rtasida: Ro‘zimat, kulgi bosilmasdan, so‘zini davom ettirdi. (A. Q.)
g) ergash gap bosh gapning ikki tomonida keladi: SHaraf qo‘l
yozmasi deb atalgan bu katta xatda, Bilib qo‘yki, azizim, Sening
ulug‘ noming bor. (G‘. G‘.)
Ergash gaplar tartibi erkinligining asosiy sabablaridan biri yozuvchi yo so‘zlovchining uslubidir: Er o‘rik emaski, o‘zi gullab, o‘zi meva bersa...
3. ergash gapning stilistik xususiyatlari. ergash gap semantik va stilistik tomondan muhim uslubiy vazifa bajaradi: berilgan gap mazuniga biror aniqlik kiritadi, biror muhim o‘rinni izohlaydi, umumiy tushunchani konkretlashtiradi, mazmunni to‘ldiradi; o‘rni bilan hatto zarur badiiy vosita (o‘xshatish, sifatlash, mubolag‘a kabi) sifatida qo‘llanadi.
Biror gapning to‘la shaklini, tugalligini va etakchi ma`nosini ko‘rsatishda ikkinchi darajali bo‘laklar o‘ziga xos mohiyat kasb etadi.
Solishtiring: Navoiy tug‘ildi. — Navoiy 1441 yilda Hirotda tug‘ildi.
Ergash gaplar haqida ham shuni aytishga to‘g‘ri keladi. Hozirgi o‘zbek tilining hamma nutq uslublarida «Nur borki, soya bor», «Odam borki, odamlarning naqshidir», «Sezdimki, rais xafa» tipidagi qurilmalar ko‘p uchraydi. Har ikki qismda ham ma`lum bir maqsad bor, har biri o‘ziga xos intonatsion tugallikka ega. Lekin uslub tomondan «Soya bor», «Odam bor», «Sezdim» gaplarida nimadir, juda zarur, hukmni oydinlashtirish ehtiyojini qondiradigan bo‘lak etishmaydi. Buni gaplarning mantiqiy yo‘nalishi ham, struktura ham, ifoda ham aniq ko‘rsatib turibdi; birinchi bosh gapga (Soya bor) sabab holi, ikkinchi bosh gapga (Odam borki) aniqlovchi, uchinchisiga (Sezdim) to‘ldiruvchi zarur.
Bosh gapda ifodalanmay qolgan biror bo‘lak o‘rnida ekvivalent tarzida biror ergash gap olinishi mumkin.
Ega o‘rnida: Hammaga ma`lumki (nima?), paxtaning sifati uning tezroq terib olinishiga ham bog‘liq.
Kesim o‘rnida: U ham dongdor. Paxtachilik institutida o‘qiy-di... Lekin Umarovdan farqi — u hali yosh. («S. Uzb.»)—Birinchi gapda (Umarovdan farqi) kesim, U hali yosh gapi bosh gapning farqi degan egasi uchun kesimlik funktsiyasini bajaradi.
To‘ldiruvchi o‘rnida: Sen sezdingmi (nimani?), bizning na-fasdan Koinotda otgan edi nur. (3.)

Hol o‘rnida: Men osmonga qo‘l uzatganda, Sayyoralar qo‘nar kaftimga.


(E. V.)
Bunday qurilmalarda bosh va ergash gaplar semantik jihatdan bir-birining zarur elementiga aylanadi: biri ikkinchisisiz qo‘llanmaydi.
XULOSA
An’anaviy sintaktik nazariyalarda bog’langan qo’shma gaplar mavqeyi jihatdan teng huquqli bo’lgan sodda gaplarning tenglanish munosabati asosida mazmun va grammatik jihatdan o’zaro birikuvidan tashkil topgan gaplar sifatida talqin etiladi.
Olima S.Solixo’jayeva nazariy manbalarda qayd etib kelinayotgan bog’langan qo’shma gap qismlarini biriktiruvchi bu vositalarning absolyut holat emasligini ko’rsatadi. Uning fikricha, o’zbek tilida shunday qo’shma gap ko’rinishlari ham mavjudki, ular shaklan ergashgan qo’shma gaplarga o’xshasa-da, aslida bog’langan qo’shma gaplardir.
M.Asqarova ham bog’langan qo’shma gaplarda sabab, payt, chog’ishtirish, zidlik, ayiruv va inkor munosabatlarining shakllanishini ko’rsatadi. Olima bog’langan qo’shma gap qismlarini biriktiruvchi vositalar asosida uni turlarga ajratadi.
An’anaviy sintaktik ta’limotda hokim-tobe munosabatidagi sodda gaplarning o’zaro birikuvidan hosil bo’lgan gaplar ergashgan qo’shma gaplar atamasi ostida birlashadi. Ma’limki, ergashgan qo’shma gaplar boshqa turdagi qo’shma gaplar bilan kamida ikkita predikativ birlikdan tashkil topishi jihatdan umumiylik belgisiga ega bo’ladi.
O’zbek tilidagi ergash gapli qo’shma gaplarni ilmiy o’rganishda G’.Abdurahmonov, M.Asqarova, A.Berdialiyev, N.Mahmudov,R.Sayfullayevalar tadqiqotlari diqqatga sazovor. Bu ishlarda ergashgan qo’shma gaplar formal, formal-semantik, formal-funksional jihatdan tadqiq etildi, ergashgan qo’shma gaplarning turlari ajratilib, har bir turning o’ziga xos lisoniy tabiati tahlil qilindi.
Har qanday til birligi kabi gap ham, xususan, qo’shma gap ham ifoda va mazmun tomoniga ega. Uzoq vaqtlar mobaynida qo’shma gaplarning, asosan, sintaktik tuzilishi va qisman mazmuniy tuzilishi o’rganildi. Keying yillarda tilshunoslikda gapning mazmun tomoniga e’tibor kuchaydi, natijada “mazmuniy sintaksis” degan yo’nalish yuzaga keldi. A.Berdialiyevning tadqiqotlari ana shu yo’nalishdagi dastlabki ishlaridandir.
Qo’shma gap va uning turlari, qo’shma gaplarning tabiati masalalari rus va yevropa tilshunosliklari qatori o’zbek tilshunosligida ham keng , atroflicha o’rganilgan. Bu sohada, ayniqsa, akademik G’.Abdurahmonov va M.Asqarovalarning alohida qaytd etmoq kerak.

Download 45.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling