I kirish. Na’matak turkumi vakillarining biologiyasi II. Asosiy qism


Qoqio'tdoshlar gulining umumiy formulasi qo


Download 0.6 Mb.
bet3/3
Sana04.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1328281
1   2   3
Bog'liq
I kirish. Na’matak turkumi vakillarining biologiyasi II. Asosiy

Qoqio'tdoshlar gulining umumiy formulasi qoyidagicha: K O G (5) Ch (5) U (2) .




Doriyor qoqini uzganingizda undan oq sutga o'xshash shira ajraladi. Biroz vaqt o'tgandan so'ng unga barmog'ingizni te­gizsangiz cho'zilib chiqadi. Bu esa unda kauchuk (rezina) borligini ko'rsatadi. Yozning o'rtasidan boshlab vohalardagi ekinlar orasi­dа, yo'l yoqalari va ariqlar bo'yida zangori sachratqi gullay­di.
O'zbekistonda qoqi turkumiga mansub 26 tur o'simlik o'sadi: Qoqilarning mevasi doncha. Donchaning uchida sha­molda uchishga moslashgan popukchasi bor.

Mingyaproq bo'yimodaron (boshog'riqo't)ni ko'pchilik taniydi. U bo'yimodaron turkumiga mansub, o'rmalovchi il­dizpoyali ko 'p yillik o'tdir.
Tog' yonbag'irlarida va etaklarida, soylarda, yo'l yoqala­rida o'sadi. Poyasi bir nechta. Barglari 3 Karra patsimon qir­qilgan, bo'laklari juda ingichka ipsimon. Ildiz bo'g'izidagi va gulsiz poyasidagi barglari uzun bandli, gulli poyadagilari esa o'troq. U iyundan boshlab gullaydi.
To'pguli savatcha, lekin ular o'z naybatida uchidagi qalqonga o‘rnashib, murakkab to'pgul hosil qiladi. Savatcha­lari mayda. O'rama bargchalari bir necha qator o'rnashgan.O'zbekistonda shuvoqning 39 turi uchraydi. Bular bir yil­lik hamda ko'p yillik o'tlar va chala butalardir. Barglari od­diy, uchga bo'lingan yoki patsimon

Shuyoqlar faqat qimmatli em-xashak o'simligigina bo'lib qolmay, balki bebaho shifobaxsh o'simlik hamdir. Bunga misol qilib, Ermon shuyog'ini ko'rsatsa bo'ladi. Uning bar­gi, poyasi va to'pgulidan tayyorlangan dorilar ilmiy tabobatda kasalliklarni davolashda ishlatiladi.



Xalq tabobatida 500 gramm shuvoq 6 litr suvda mil-mil qaynatilib, 10 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, ovqat hazmi buzilganda, jigar, me’da, taloq, o‘t pufagi kasalliklarida foyda qiladi.
Shuvoq qaynatmasidan 10 kun 3 mahal 50 grammdan parhyez bilan ichilsa (parhyez: non-choydan boshqa narsa yemaslik), bavosil, bezgakni tuzatadi, ishtahani ochadi, uyquni joyiga keltiradi, gijjalarni tushiradi.
Qaynatmani 15 kun 2 mahal yara-jarohatlarga surtib bog‘lansa, tuzatadi.
Qaynatmasini 10 kun 3 mahal 2 oshqoshiqdan ichilsa, hayzni me’yoriy holga keltiradi.
Shuvoqning ho‘lligida siqib olingan suvi sariq va istisqo kasalligida 20 kun 3 mahal 1 oshqoshiqdan ichilsa, foyda qiladi.
Qaynatmasini 15 kun 3 mahal 2 oshqoshiqdan och qoringa ichilsa, nafas yo‘llari shamollashi, kamqonlik, revmatizm, bronxial astma va uyqusizlik kasalliklarining oldini oladi.
Shuvoq qaynatmasi me’da-ichak yo‘li ishini jonlantirib, o‘t ajralishini va me’da osti bezi faoliyatini kuchaytiradi, ovqat hazmini yaxshilaydi. Ovqat tarkibidagi zararli bakteriya va zamburug‘larni o‘ldirib, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, markaziy nerv sistemasini qo‘zg‘atib, yurak ishini joyiga keltiradi.
Shuvoq tutatqi bilan fumigatsiya sezgi va aql-idrokni kuchaytirish, tushlarning ravshanligini oshirish uchun ishlatiladi va trans va ichki sayohatni kuchaytirish uchun ishlatiladi (shamanik sayohat). Shuvoqning hidi aqliy va intuitiv qobiliyatlarni oshiradi, depressiyani engillashtiradi.
Ba'zi sehrli an'analarda shuvoq fol ochish paytida ishlatilgan - fol ochiladigan joy tutatqi va shuvoq bilan fumigatsiya qilingan. Shuningdek, shuvoq marosimdagi hammomdagi istaklarni bajarish uchun ishlatilgan, issiq toshlarga infuzion sepilgan.
Foydalanilayotgan adabiyotlar:


  • Salobiddinov S. S. Gulli o`simliklar sistematikasi. T. «O`qituvchi» 1966

  • Hamdamov I va boshqalar. Botanika asoslari. T. «Mehnat». 1990

  • Xrjanovskiy V. Ch. Kurs obshey. Botanika. M. Vo`sshaya shkola. 1982

  • Kursanov L. I. va boshqalar. Botanika (O`simliklar sistematikasi). Toshkent. «O`rta va Oliy maktab» 1963

  • Mustafoev S. M. Botanika. Toshkent. «O`zbekiston» 2002

  • Maxmedov A., Tog`aev I. U. Yuksak o`simliklar bo`yicha amaliy mashg`ulotlar. Toshkent «Universitet». 1994y

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling