I kirish. Na’matak turkumi vakillarining biologiyasi II. Asosiy qism


Download 0.6 Mb.
bet2/3
Sana04.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1328281
1   2   3
Bog'liq
I kirish. Na’matak turkumi vakillarining biologiyasi II. Asosiy

Damlama tayyorlash


Na’matak damlamasi tayyorlash uchun termosga uning 3 osh qoshiq quruq mevalari va bir litr qaynoq suv solinadi. Aralashma 12 soat davomida tindiriladi. Tayyor damlama ovqatdan 30-40 daqiqa oldin qabul qilinadi. Damlama tayyorlashdan oldin mevalarni yaxshilab yuvib, maydalash tavsiya etiladi. Bu holda vosita tezroq tayyor bo’ladi. Unga shakar qo’shish tavsiya etilmaydi, uning o’rniga asal qo’shish vositaning foydali xususiyatlarini yana oshiradi.
Na’matakni har qanday shaklda qabul qilish quyidagi hollarda tavsiya etilmaydi:

  • Oshqozon sekretsiyasining oshishi (kislotalik darajasi ortishi);

  • Gastrit rivojlanishiga moyillik yoki kasallik tashxislanganligi;

  • Anamnezda pankreatit mavjudligi;

  • Allergik (dermatologik) holatlarga moyillik;

  • Tomirlarda tromblar shakllanishi, tromboflebit rivojlanishi;

  • Endokardit (yurak mushaklarining yallig’lanishi).
Shvetsiyaning Lund universiteti olimlarining ta’kidlashicha, na’matak yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Mutaxassislar olti hafta davomida har kuni tarkibida 40 gramm maydalangan na’matak bor ichimlik ichgan bir guruh ortiqcha vaznli kishilarni kuzatishdi. Tadqiqot ishtirokchilarining qon bosimi o‘lchandi, qon tarkibi, tana vazni va insulinga sezgirlik holati tekshirildi.
Olti haftadan keyin ma’lum bo‘lishicha, tadqiqotda qatnashganlarning barchasida qon bosimi o‘rtacha 3-4 foizga, xolesterin darajasi esa 5-6 foizga pasayishi kuzatilgan. Natijada yurak kasalliklarining rivojlanishi xavfi 17 foizga kamaygan.






Qoqio`tdoshlar - asteridae
Bu oila gulli o'simliklar ichida eng kattasi hisoblanadi. U deyarli hamma qit'alarda va turli-tuman ekologik sharoitlarda o'sadigan 920 turkumga mansub 19 000 tumi o'z ichiga oladi.
O'zbekistonda bu oilaga mansub 137 turkumga oid 597 tur o'simlik o'sadi .

Qoqio'tdoshlarning ko'p turlari bir yillik va ko'p yillik o'tlar bo'lib, ularning juda kam qismini chala butalar tashkil etadi. Faqat tropik mintaqalarda unga oid buta, liana va daraxtlar o'sadi.
Bu oila vakillarining barglari oddiy, yonbargsiz, ildiz bo'g'zida to'planib yoki poyada asosan ketma-ket, ba'zan qarama-qarshi yoki halqa bo'lib joylashgan. Barg yaprog'i butun, ba'zan toq patsimon bo'lingan, shakli har xil. Gul­lari to'pgulda joylashgan.

Qoqio'tdoshlarning muhim belgisi to'pgullarining savatcha shaklida bo'lishidir. Savatcha sirtdan bir yoki bir necha qator turli shakldagi o'rama bargchalar bilan qoplangan, ichida mayda gullar o'rnashgan. Savatcha bir gulli Ikki ko'p gulli bo'lishi mumkin. Bunday to'pgul ko'zga bitta gulga o'xshab ko'rinadi. Haqiqatda esa bu bitta gul emas, ko'p gul­dan, ba'zan esa bir necha guldan tashkil topgan to'p­guldir.
Savatchadagi gul o'rni yassi, bo'rtgan yoki cho'kkan bo'lishi mumkin. Shunga ko'ra to'pgulning shakli sharsimon, yarim sharsimon, tuxumsimon, konussimon yoki likobcha­simon bo'ladi. Qoqio'tdoshlarning ko'pchiligida savatchalar o'z navbatida shingil, ro'vak, qalqon va boshcha kabi to'pgul­larga o‘rnashib murakkab to'pgul hosil qiladi.

Qoqio'tdoshlarning guli 4 halqali, ikki jinsli, bir qismi ayrim jinsli yoki butunlay jinssiz bo'ladi. Kosachabarg, toj­barg va changchilari 5 tadan. Kosachasi har xil tuzilgan, juda qisqarib ketgan, yashil bargchali bo'lmaydi. Ba'zi vakillarida kosachasi pardasimon, 5 tishli o'simta shaklida. ammo ko'pchiligida tishchalari o'rnida oddiy yoki patsimon tuklar yoki qiltanoqlar hosil bo'ladi.
Mazkur o'simtalar mevada qolib, urug'larning shamol vositasida tarqalishida xizmat qi­luvchi uchmalarga yoki qirqilgan aylanadi. Gultoji tutash tojbargli, to'g'ri Ikki qiyshiq, ko'pincha ikkala xil tojli gullar bir to'pgulda joylashadi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling