I. Kirish Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirining 2009 yil 22 maydagi O„zbekiston


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana02.06.2020
Hajmi0.53 Mb.
#113082
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kimyo (1)


Qo„shimcha adabiyotlar:  

6.  Artemenko A.I. Organicheskaya ximiya. M.: Ximiya, 2002, -848 s.  

7.  Roberts  Dj.,  Kasserio  M.  Osnovi  organicheskoy  ximii.  T.1.  -842  s.  T.2.  -888  s. 

Perevod s angl. pod redak. akad. A.N. Nesmyanova. M.: Mir, 1988.   

8.  Terney A. Sovremennaya organicheskaya ximiya. V 2-x t. M.: Mir, 1981. T. 1. – 

678 s. T. 2. –651 s.  

9.  March Dj. Organicheskaya ximiya. V 4-x tomax. M.: Mir, 1985. T. 1-4.  

10. Shabarov Y.S. Organicheskaya ximiya. V 2-x tomax. M.: Ximiya, 1994. T. 1. 848 

s. –T. 2. -848 s. 2002. -848 s.   

11. Neyland O.Y. Organicheskaya ximiya. M.: Visshaya shkola, 1990. -750 s.  

12. Nesmeyanov A.N., Nesmeyanov N.A. Nachala organicheskoy ximii. V 2-x tomax. 

M.: Ximiya, 1974.   

13. Gauptman Z., Grefe Y., Remane X. Organicheskaya ximiya. M.: Mir, 1979. -838 

s.  


14. Morrison R., Boyd R. Organicheskaya ximiya. M.: Mir, 1974. -1132 s.  

15. Vatsuro K.V., Mishenko G.L. Imenniye reaksii v organicheskoy ximii. M.: Ximiya, 

1976. -528 s.  

16. Berezin B.D., Berezin D.B. Kurs sovremennoy organicheskoy ximii. M.: Visshaya 

shkola, 1999. -768 s. 2003. - 768 s.  

17. Axmedov  Q.N.,  Abdushukurov  A.K.,  Tojimuxamedov  X.S.,  Yo„ldoshev  A.M. 

Organik kimyo umumiy kursidan ma‟ruzalar matni. T.: Universitet, 2000. -122 b.  

18. 


Cmit V., Bochkov A., Keypl R. Organicheskiy sintez. Per. s angl. Cmit V.A., Bochkov 

 

A.F. - M.: Mir, 2001. - 573 s. 



 

19. 


Sevbo D.P., Stadnichuk M.D. Praktikum po organicheskoy ximii. M.: Visshaya shkola, 

1989. -317 s. 

 

20. 


Demlov E., Demlov Z. Mejfazniy kataliz. M.: Mir, 1987. -704 s. 

 

21. 



Titse A., Ayxer T. Preparativnaya organicheskaya ximiya. M.: Mir, 1999. -704 s. 

 

22. 



Vasilyeva  N.V.,  Smolina  T.A.  Timofeyeva  V.K.,  Kupletskaya  N.K.,  Ptitsina  O.A. 

Organicheskiy sintez. M.: Prosvesheniye, 1981. 

 

23. 


Kazitsina L.A., Kupletskaya N.B. Primeneniye UF-, IK-, YAMR- i massspektroskopii v 

organicheskoy ximii. M.: Visshaya shkola, 1979. 

 

Elektron manbalar 

 

24. 



http/

www.natlib.uz  27.

 http/

www. сhemistry.ru. 



 

25. 


http/

www.nuuz.uz   28.

 http/

www.xumuk.ru . 



 

26. 


http/

www.Ziyo.net.  

29.

 http/


www.qarshidu.uz 

 

III. Mutaxassislik fanidan yakuniy davlat attestatsiyasini baholash mezonlari.  

 

Yakuniy  davlat  attestatsiyasi  sinovlari  Oliy  va  o„rta  maxsus  ta‟lim  vazirining 



1999  yil  8  iyundagi  194  sonli  buyrug„i  bilan  tasdiqlangan  Yakuniy  baholash 

bosqichida  “Yozma  ish”  usulini  tadbiq  etish  bo„yicha  namunaviy  Nizomga  ko„ra, 

yozma ish usulida tashkil etiladi. Bunda “Yozma ish” ning hajmi 1000-1200 so„zgacha 

belgilanadi. “Yozma ish” ni o„tkazish uchun 3 soat vaqt beriladi.  

“5140500 – Kimyo” ta‟lim yo„nalishi yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini 

baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:   



23 

 

 



 

Mutaxssislik fanlaridan tuzilgan har bir variant 5 tadan savolga ega. Shundan 2 

ta  savol  noorganik  kimyo  fanidan,  2  ta  savol    organik  kimyo  fanidan  va  1  ta  savol  

analitik  kimyo  fanidan  tuzilgan.  Tuzilgan  variantlardagi  har  bir  savol  1-20  ballga 

baholanadi.  Variantdagi  jami  savollarni  baholash    yig„indisi  maksimum  100  ballni 

tashkil etadi. OTMlarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi 

to„g„risidagi Nizom asosida talaba yozma ish natijalariga ko„ra 86-100 ball to„plasa 

a‟lo bahoga, 71-85 ball to„plasa yaxshi bahoga va 55-70 ball to„plasa qoniqarli bahoga 

loyiq deb topiladi. Agar talaba yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari natijalariga ko„ra 

54  va undan past ball to„plasa “qoniqarsiz” baholanadi. Yakuniy davlat attestatsiyasi 

sinovlarini o„tkazuvchi komissiya a‟zolari bajarilgan ishning hajmi va sifatiga qarab 

ball qo„yadilar. Ballar qaydnomaga umumlashtirilib yoziladi.  



IV. 

Mutaxassislik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari quyidagi mezon asosida 

baholanadi: 

 

№  



Baholash mezoni  

Ajratilgan ball

  

1   Xulosa va qaror qabul qilish  

4,0 gacha  

2   Ijodiy fikrlay olish  

4,0 gacha  

3   Mustaqil mushohada yurita olishi  

3,0 gacha  

4   Olgan bilimlarini amalda qo„llay olishi  

3,0 gacha  

5   Mohiyatini tushuna olishi  

3,0 gacha  

6   Tasavvurga ega bo„lishi  

3,0 gacha  

    jami  

1-20 gacha  

IV. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini o`tkazish tartibi.  

“5140500  –  Kimyo”    ta`lim  yo„nalishi  bo„yicha  yakuniy  davlat  attestatsiyasi 

sinovlari yozma ish usulida tashkil etiladi, ushbu tartib OTM kengashi qarori asosida 

universitet  rektori  tomonidan  tasdiqlanadi  hamda  yakuniy    davlat  attestatsiyasi 

boshlanishidan olti oy ilgari talabalar etiboriga havola etiladi. Talabalar yakuniy davlat 

attestatsiyasi  sinovlari  dasturi  bilan  ta‟minlanadilar,  ularga  tayyorgarlik  ko„rish  va 

maslahatlar berish uchun zarur shart sharoitlar yaratiladi.  

Mutaxassislik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga tegishli ta‟lim 

dasturlarini  to„liq  tugatgan  va  o„quv  rejasida  nazarda  tutilgan  barcha  sinovlardan 

muvaffaqiyatli o„tgan talabalar qo„yiladi.  

Yakuniy  davlat  attestatsiyasiga  kiritilgan  barcha  turdagi  attestatsiya  sinovlari 

bo„yicha talabaning o„zlashtirish ko„rsatkichlari reyting tizimiga muvofiq aniqlanadi 

hamda yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining majlis bayoni belgilangan tartibda 

rasmiylashtirilgandan so„ng shu kunning o„zida e‟lon qilinadi.  

Yakuniy  davlat  attestatsiyasi  sinovlaridan  o„tolmagan  talaba  uch  yil  ichida 

yakuniy davlat attestatsiyasiga qaytadan kiritiladi.  

Uzrli  sabablarga  ko„ra  yakuniy  davlat  attestatsiyasi  sinovlariga  kelmagan 

talabalar rektorning buyrug„i bilan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining ishi 

yakunlanishiga qadar boshqa muddatlarda o„tkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasi 

sinovlariga kiritilishi mumkin.  



24 

 

 



 

Yakuniy  davlat  attestatsiyasi  sinovlari  natijalaridan  norozi  bo„lgan  bitiruvchi 

talabalar ariza bilan murojaat qiladilar. Ularning arizalarini ko„rib chiqish uchun rektor 

buyrug„i bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi.  

Yakuniy  davlat  attestatsiyasi  sinovlarini  o„tkazuvchi  komissiya  a‟zolari  shu 

ta‟lim yo„nalishi bo‟yicha kadrlar tayyorlovchi kafedralar professor - o`qituvchilari va 

iste‟molchi  korxonalarning  etakchi  mutaxassislari  tarkibidan  jalb  etiladi.    V. 

Apellyatsiya tartibi  

Yakuniy  davlat  attestatsiyasi  sinovlari  jarayonida  qo„yilgan  ballar  (baho)  dan 

norozi  bo„lgan  bitiruvchilar  yakuniy  davlat  attestatsiyasi  baholari  e‟lon  qilingan 

kundan  e‟tiboran  24  soat  muddat  ichida  apellyatsiya  komissiyasiga  murojaat  qilish 

xuquqiga egadir.  

Apellyatsiya  komissiyasi  o„z  xulosasini  bitiruvchiga  bir  kun  muddat  ichida 

ma‟lum qilishi lozim.  

Murojaat  mazmuni  faqat  o`zining  ball  (baho)lari  haqida  bo`lsa  qabul  qilinadi, 

lekin boshqa holatlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.  

  

  

  

  

ILOVA  

Noorganik kimyo fandan nazorat savollari   

1.  Kimyoviy  element  atomining  elektron  qobig„i.  Kvant  mexanikasining 

boshlang„ich tushunchalari. Elektron bulut. Atom orbitallar.  

2.  Kimyoviy 

elementlar. 

Kimyoviy 

element 

tushunchasi. 

Kimyoviy 

elementlarning kosmik tarqalishi. Kimyoviy elementlarning radioaktiv o„zgarishi.  

3.  Atomlarning  elektron  tuzilishi.  Kimyoviy  elementlar  davriy  jadvalining 

tuzilishi. Davriy qonun.  

4.  Kimyoviy  elementlar  xossalarining  davriyligi.  Atomlarning  ionlanish 

energiyalari. Atomning elektronga moyilligi. Elektromanfiylik.  

5.  Atom  va  ion  radiuslar.  Ikkilamchi  davriylik.  Kaynosimmetriya  nazariyasi. 

Kaynosimmetrik elementlar.  

6.  Kimyoviy bog„lanish to„g„risidagi asosiy tushunchalar. Molekulaning ba‟zi 

parametrlari. Kimyoviy bog„lanish tabiati. Molekula uchun to„liq energiya egrisi.   

7.  Molekulyar  orbitallar  nazariyasi.  Molekulyar  orbitallar.  Turli  tuzilishdagi 

molekulalar orbitallari diagrammalarini solishtirish.  

8.  Valent  bog„lar  nazariyasi.Kovalent  bog„lanishning  to„yinuvchanligi  va 

yo„naluvchanligi.  Bog„ning  karraliligi  (tartibi).  Bog„ning  qutbliligi  va 

qutblanuvchanlik. Kovalent molekulalarning turlari.  

9.  Ion  bog„lnish.  Bog„lanishning  novalent  turlari.  Metall  bog„lanish. 

Molekulalararo bog„lanish. Vodorod bog„lanish. Kompleks hosil bo„lishi.  

10.  Agregat  holat:  Qattiq  holat.  Kristallar.  Kristallardagi  kimyoviy  bog„lanish 

turlari. Noorganik birikmalarning asosiy struktur turlari.Qattiq eritmalar. Amorf holat.   

11.  Suyuq holat. Suyuqlik molekulalarining ionlanishi. Suyuq eritmalar.  



25 

 

 



 

D.I.Mendeleyevning eritmalar uchun kimyoviy nazariyasi. Eruvchanlik.   

12.  Moddalarning  eritmadagi  ionlanishi  va  dissotsilanishi.  Erishning  energetik 

effekti. Suyuq eritmalarning ikkilamchi tabiati. Eritmalarning kolligativ xususiyatlari.  

Elektrolitik dissotsiatsiya.   

13.  Gaz  holat.  Gaz  eritmalar.  Plazma  holati.  Moddaning  boshqa  holatlari.  14. 

Kimyoviy  jarayonlar  nazariyasi.Kimyoviy  o„zgarishlar  energetikasi.  Reaksiyaning 

issiqlik  effekti.  Termokimyoviy  hisoblashlar.  Kimyoviy  reaksiyaning  yo„nalishi. 

Entropiya. Gibbs energiyasi.  

15.  Kimyoviy  muvozanat.  Kimyoviy  muvozanat  konstantasi.  Le  Shatelye 

prinsipi.  Ionlanish  konstantasi.  Kompleks  hosil  bo„lish  konstantasi.  Suvning 

avtoprotoliz konstantasi. Geterogen sistemalardagi muvozanat.  

16.  Kimyoviy  kinetika.  Kimyoviy  reaksiya  tezligi.  Gibbsning  aktivlanish 

energiyasi.  Kimyoviy  reaksiya  mexanizmi.  Kimyoviy  o„zgarishlarni  tezlashtirishni 

fizik usullari. Kataliz.  

17.  Elementlar  oksidlanish  darajasining  o„zgarishisiz  sodir  bo„ladigan 

reaksiyalar. Reaksiyalarning bir tomonlama borish shartlari. Gidroliz.  

18.  Elementlar  oksidlanish  darajasining  o„zgarishi  bilan  sodir  bo„ladigan 

reaksiyalar.  Oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalari.  Oksidlanish-qaytarilish  reaksiya 

tenglamalarini  tuzish.  Oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalarining  yo„nalishi.  Elektr 

tokining kimyoviy manbalari.  

19.  Kimyoviy  elementlarning  tarqalganligi.  Geokimyo  va  kosmokimyo.  Yer 

qobig„idagi kimyoviy elementlar. Oddiy moddalar. Oddiy moddalarning tuzilishi va 

xossalari. Oddiy moddalarning olinishi.  

20.  Ikki  elementli  (binar)  birikmalar.  Kimyoviy  bog„lanish  turiga  ko„ra  binar 

birikmalarning  xarakteristikasi.  Binar  birikmalar  barqarorligini  solishtirish.  Binar 

birikmalarning kislota-asosli xossalari. Metall birikmalar.  

21.  Uch  elementli  birikmalar.  Anion  komplekslarning  hosilalari.  Aralash 

birikmalar, qattiq eritmalar, evtektika.  

22.  Nostexiometrik  birikmalar.  O„zgaruvchan  tarkibdagi  birikmalar.  Klaster 

birikmalar.  

23.  s-  va  p-elementlar  kimyosi.  s-  va  p-elementlar  kimyosining  asosiy 

qonuniyatlari.  Ichki  va  ikkilamchi  davriylik.  s-  va  p-elementlarning  oksidlanish 

darajalari  va  koordinatsion  sonlari.  24.  r-Elementlarning  davriy  sistemadagi  o„rni. 

Atomlarining tuzilishi. Davrda va guruhlarda atomlar radiusi, ionlanish potensiallari, 

elektronga  moyilligi  va  elektromanfiylikning  o„zgarishi.  Guruh  va  davrlarda 

elementlarning metallik va metallmaslik xossalarini o„zgarishi.  

25.  Galogenlarning  umumiy  tavsifi.  Atomlarining  tuzilishi.  Elementlarining 

atom radiusi, ionlanish potensiali, elektronga moyilligi va elektromanfiyligining guruh 

bo„ylab  o„zgarishi.  Atomlarining  valentligi  va  oksidlanish  darajalari.  Oddiy 

moddalarning fizik va kimyoviy xossalari.   

26.  Galogenvodorodlar.  Fizik  va  kimyoviy  xossalari.  Reaksion  qobiliyati. 

Kislotalilik va qaytaruvchilik xossalari. Galogenvodorodlar olishning umumiy usullari. 

Ftor, xlor, brom, yod oksidlari.   



26 

 

 



 

27.  Galogenlarning kislorodli kislotalari. Oksidlovchilik va kislotalik xossalari. 

Umumiy olinish usullari. Galogenlar kislorodli kislotalarining tuzlari. Oksidlovchilik 

xossalari. Tuzlar va kislotalarning nisbiy turg„unligi.   

28.  Gipoxloritlar, 

xloratlar, 

perxloratlarning 

ishlatilishi. 

Galogenlararo 

birikmalar. Tuzlar va kislotalarning nisbiy turg„unligi.   

29.  6-guruh  elementlarning  umumiy  tavsifi.  Atomlarining  tuzilishi.  Guruh 

bo„yicha  atom  radiuslari,  ionlanish  potensiallari,  elementlarning  elektronga 

moyilligi,valentligi va oksidlanish darajalari. Oddiy moddalarning kimyoviy xossalari. 

Oksidlanish-qaytarilish xossalari.   

30.  Oltinchi guruh r-elementlarining kislorodli birikmalari. Tuzilishining o„ziga 

xosligi.  Oksidlovchilik-qaytaruvchlik  xossalari.  Olinish  usullari.  N2E  turidagi 

gidridlar. Ularning fizikaviy va kimyoviy xossalari.   

 31.Sulfit,  selenit  va  tellurit  kislotalar.  Sulfit-tellurit  kislotalar  qatorida 

oksidlovchilik-qaytaruvchilik  xossalarining  o„zgarishi.  Sulfat,  selenat  va  tellurat 

kislotalar. Kislotalik va oksidlovchilik xossalarining o„zgarishi.   

32.  Beshinchi  guruhning  r-elementlari.Elementlarning  umumiy  xossalari. 

Atomlarining  tuzilishi.  Guruhda  atom  radiuslari,  ionlanish  potensiali,  elektronga 

moyilligi va elektromanfiyligining o„zgarishi. Atomlarning valentligi va oksidlanish 

darajalari.  Atomlarining  yuqori  oksidlanish  darajasidagi  birikmalar  barqarorligining 

o„zgarishi. Birikmalardagi kimyoviy bog„lanish tabiati.   

33.  Azot.  Vodorodli  birikmalari.  Azot  (I,  II,  III,  IV,  V)  oksidlari. 

Molekulalarining  tuzilishi.  Oksidlovchilik-qaytaruvchilik  xossalari.  Nitrit  kislotasi. 

Oksidlovchilik-qaytaruvchilik xossalari.   

34.  Nitrat  kislotasi,  molekulasi  va  nitrat  ionining  tuzilishi.  Konsentrlangan  va 

suyultirilgan nitrat kislotasining oksidlovchilik xossalari.   

35.  Fosfor, mishyak, surma va vismut oksidlari. Ularning o„ziga xos tuzilishga 

ega ekanligi. Suv, kislota va ishqorlarga munosabati. Olinish usullari.   

36.  Fosforning  kislorodli  kislotalari.  Ularning  tuzlari.  Gipofosfit  kislota  va 

gipofosfitlar. Fosfit kislota va fosfitlar. Meta-, piro- va ortofosfat kislotalari va ularning 

tuzlari.   

37.  Mishyak,  surma  (III,  V)  va  vismut  (III)  gidroksidlari.  Meta-orto-shakllari. 

Kislota-asos  va  oksidlovchilik-qaytaruvchilik  xossalari.  Elementlarning  (III,  V) 

galogenidlari. Ularning nisbiy barqarorligi. Mishyak, surma va vismut sulfidlari.  

Mishyak va surmaning tiotuzlari  

38.  To„rtinchi  guruhning  r-elementlari.  Elementlarining  umumiy  tavsifi. 

Atomlarining tuzilishi. Guruhda elementlar atom radiuslari, ionlanish potensiallari va 

elektromanfiyliklarining  o„zgarishi.  Atomlarining  valentligi  va  oksidlanish 

darajasidagi  birikmalar  turg„unligining  guruhda  o„zgarishi.  Birikmalarda  kimyoviy 

bog„larning tabiati, kimyoviy xossalari, reaksion qobiliyati.   

39.  EN4  turidagi  gidridlar.  Uglerod  (II)-oksid.  Uglerod  (IV)-oksid.  Karbonat 

kislota  va  uning  tuzlari,  xossalari.  Kremniy  (II,  IV)  oksidlari.  Kvars  shisha.  Silikat 

kislotalar.   


27 

 

 



 

40.  Germaniy, qalay, qo„rg„oshin (II, IV) oksidlari, xossalari. Germaniy, qalay, 

qo„rg„oshin  (II,  IV)  gidroksidlari,  xossalari.  Elementlarning  (II,  IV)  gidroksidlarini 

kation va anion shaklidagi birikmalari, nisbiy barqarorligi, gidrolizlanishi.   

41.  Metallarning  umumiy  tavsifi.  Atomlarining  tuzilishidagi  o„ziga  xoslik. 

Metallarning  kristall  strukturasi.  Metall  bog„  va  uning  o„ziga  xosligi.  Zonalar 

nazariyasi asosida metall bog„, o„tkazgichlar, yarim o„tkazgichlar va dielektriklar.   

42.  Metallarning umumiy olinish usullari. Pirometallurgiya. Gidrometallurgiya. 

Elektrometallurgiya.  Metallar  korroziyasi.  Kimyoviy  va  elektrokimyoviy  korroziya. 

Korroziya mexanizmi. Korroziya tezligini belgilovchi omillar. Metallarni korroziyadan 

himoya  qilish  usullari.  Elektrokimyoviy  himoya  usullari.  Oksidlanishqaytarilish 

sistemalari.   

43.  Elektrod  potensiallar.  Nernst  tenglamasi.  Metallarning  elektrokimyoviy 

kuchlanishlar  qatori.Kimyoviy  tok  manbalari.  Galvanik  element  haqida  tushuncha. 

Elektroliz jarayonlari.   

44.  Vodorod – davriy sistemaning birinchi elementi. Vodorod atomi tuzilishining 

o„ziga  xosligi.  Tabiatda  tarqalishi.  Fizikaviy  va  kimyoviy  xossalari.  Vodorodning 

birikmalari,fizikaviy  va  kimyoviy  xossalari.  45.  Ishqoriy  metallar.  Atomlarining 

tuzilishidagi o„ziga xoslik. Atomlarning valentligi va oksidlanish darajalari. Ionlanish 

potensiallari.  

46.  Birinchi guruh s-elementlarining umumiy tavsifi. Atomlarining tuzilishi.  

Birikmalarda  kimyoviy  bog„larning  tabiati.  Metallarning  kimyoviy  aktivligi. 

Litiyseziy gidroksidlari qatorida asos kuchining o„zgarishi.  

47.  Ikkinchi guruh s-elementlarining umumiy tavsifi. Atomlarining tuzilishi.  

Birikmalarda  kimyoviy  bog„lar  tabiati.  Gidroksidlar.  Ularning  strukturasi, 

kislotaasoslik xossalari.   

48.  Berilliy  gidroksidining  amfoterligi.  Magniy.  Davriy  sistemadagi  o„rni, 

tabiatda tarqalishi, izotoplari. Fizikaviy va kimyoviy xossalari. Oksid va gidroksidlari, 

xossalari.   

49.  Ishqoriy-yer  metallari.  Kalsiy,  stronsiy,  bariy  atomlarining  tuzilishi,  izotop 

tarkibi,  tabiatda  tarqalishi.  Fizikaviy  va  kimyoviy  xossalari.  Oksid  va  gidroksidlari, 

xossalari.Suvning qattiqligi. Vaqtinchalik va doimiy qattiqlik.  

50.  3-guruh  elementlarning  umumiy  tavsifi.  Atom  tuzilishi.  Birikmalardagi 

kimyoviy  bog„  tabiati.  Borning  kimyoviy  xossalari.  Bor  oksidi,tuzilishining  o„ziga 

xosligi, xossalari. Orto-, meta va poliboratlar.  

51.Alyuminiy-talliy qatoridagi metallarning fizik-kimyoviy xossalari. E(ON)3lar, 

tuzilishi,  xossalari.  Alyuminiy-talliy  qatorida  gidroksidlarning  kislota  va  ishqorlarga 

munosabati.   

52.  Vernerning  koordinatsion  nazariyasi.  Koordinatsion  nazariyaning  asosiy 

holatlari: markaziy atom va addendlar (ligandlar), tashqi va ichki sfera, koordinatsion 

son. Kompleks yadrosi va uning asosiy va qo„shimcha valentliklari.  

53.  Kompleks  birikmalarda  kimyoviy  bog„ning  tabiati,  markaziy  ionning 

ligandlar  bilan  elektrostatik  va  kovalent  ta‟sirlashishi.  Kompleks  birikmalarning 

tuzilishini  valent  bog„lanishlar  nuqtai  nazaridan  tushuntirish.  Past  spinli  va  yuqori 

spinli komplekslar. Spektrokimyoviy qator.  


28 

 

 



 

54.Kompleks  birikmalarning  izomeriyasi  va  ularning  turlari.  ML5  fragmenti. 

Kompleks birikmalarning xalq xo„jaligidagi ahamiyati.  

55.  d  metall  atomlarining  tuzilishi.  Guruh  va  davrlarda  atomlar  radiusi  va 

ionlanish  potensiallarining  o„zgarishi.  Atomlarining  valentligi  va  oksidlanish 

darajalari.  Atomlarining  yuqori  oksidlanish  darajasidagi  birikmalar  turg„unligining 

guruhlarda  o„zgarishi.    56.  Davr  va  guruhlarda  elementlar  kimyoviy  xossalarining 

o„xshashligi.   

Guruhlarda  d-elementlar  xossalarining  p-elementlarga  nisbatan  o„zgarishidagi 

o„ziga xoslik.   

57.  V  va  VI  davrlar  d-elementlarining  kimyoviy  xossalaridagi  o„ziga  xoslik. 

delementlar  atomlarining  har  xil  oksidlanish  darajasidagi  oksid  va  gidroksidlarining 

kislota –asos xossalari.  

58.  IV  guruhning  d-elementlari.  Elementlarning  umumiy  tavsifi.  Atomlarining 

tuzilishi.  Guruhda  atom  radiuslari  va  ionlanish  potensiallarining  o„zgarishi. 

Atomlarining valentligi va oksidlanish darajalari. Birikmalardagi kimyoviy bog„lanish 

tabiati. Oddiy moddalarning fizik-kimyoviy xossalari.   

59.  Titan  (II,  III)  oksidlanish  darajasidagi  birikmalari  va  ularning  xossalari. 

Gafniy (IV), titan (IV), sirkoniy (IV) oksidlari, xossalari. Ti-Zn-Hf qatoridagi E(ON)4 

turidagi 

gidroksidlarining 

kislota-asoslik 

xossalari. 

Odatdagi 

va 

yuqori 


temperaturalardagi kimyoviy aktivligi.   

60.  V  guruhning  d-elementlari.Elementlarning  umumiy  tavsifi.  Atomlarining 

tuzilishi.  Guruhda  atom  radiuslarining  va  ionlanish  potensiallarining  o„zgarishi. 

Atomlarining valentligi va oksidlanish darajasi. Birikmalardagi kimyoviy bog„lanish 

tabiati. Oddiy moddalarning fizikaviy va kimyoviy xossalari.   

61.  Tantal  (V),  vanadiy  (V),  niobiy  (V)  oksidlari.  Ularning  suvdagi  eritmalari. 

Kislota-asos xossalari. Vanadiy (II, III, IV) – oksidlari va gidroksidlari, xossalari.   

62.  VI  guruhning  d-elementlari.Elementlarning  umumiy  tavsifi.  Atomlarining 

tuzilshi. Guruhda atom radiuslari, valentligi va ionlanish potensiallarining o„zgarishi. 

Atomlarining  valentligi  va  oksidlanish  darajalari.  Yuqori  oksidlanish  darajalaridagi 

birikmalari,  barqarorligining  guruhda  o„zgarishi.  Atomlarning  har  xil  oksidlanish 

darajalaridagi birikmalarining oksidlanish-qaytarilish xossalari. Kislorod, suv, kislota 

va ishqorlarga munosabati.   

63.  Xrom  (II,  III,  VI)  oksidlari.  Ularning  nisbiy  barqarorligi.  Kislota-asos, 

oksidlanish-qaytarilish xossalari. Suv, kislota va ishqorlarga munosabati. Volfram (IV) 

va molibden (IV) oksidlari. Suv, kislota va ishqorlarga munosabati.   

64.  Xrom-volfram  (VI)  oksidlari  qatorida  oksidlovchilik,  kislota  xossalari  va 

barqarorligining  o„zgarishi.  Xrom  (II,  III,  VI)  gidroksidlari.  Kislota-asos  va 

oksidlovchi-qaytaruvchilik xossalari. Xrom (II, III) tuzlari. Xromatlar, polixromatlar. 

Xromat va bixromatlarning oksidlovchilik xossalari.  

65.  VII  guruhning  d-elementlari.Elementlarning  umumiy  tavsifi.  Atomlarining 

tuzilishi.  Elementlarning  atom  radiuslari  va  ionlanish  potensiallarining  o„zgarishi. 

Atomlarining  valentligi  va  oksidlanish  darajasi.  Guruhdagi  kimyoviy  bog„larning 

tabiati. Oddiy moddalarning fizik va kimyoviy xossalari, kimyoviy aktivligi; kislorod, 

suv, kislota va ishqorlarga munosabati.   


29 

 

 



 

66.  Marganets  (II,  III,  IV,  VII)  oksidlari.  Barqarorligi,  kislota-asos  va 

oksidlovchilik-qaytaruvchilik  xossalari.  Suv,  kislota  va  ishqorlarga  munosabati. 

Marganets  (II,  III,  IV,  VII)  gidroksidlari.  Barqarorligi,  kislota-asos  va 

oksidlovchiqaytaruvchilik xossalari.   

67.  Texnetsiy  va  reniy  (VII)  gidroksidlari.  Marganets  (II,  III,  IV,  VII)  tuzlari. 

Permanganatlarning kislotali, neytral va ishqoriy muhitlardagi oksidlovchilik xossalari.   

68.  Sakkizinchi guruhning d-elementlari. Elementlarning umumiy tavsifi. Temir-

nikel  va  temir-osmiy  qatorlarida  atomlarning  radiusi  va  ionlanish  potensiallarining 

o„zgarishi.  Elementlarning  temir  va  platina  oilalariga  bo„linishi.  Atomlarining 

valentligi va oksidlanish darajalari.   

69.  Temir, kobalt va nikelning fizikaviy va kimyoviy xossalari. Elementlarning 

oksidlari va aralash oksidlari. Xossalari. Birikmalaridagi kimyoviy bog„ tabiati.  

70.  Temir,  kobalt  va  nikel  (II,  III)  gidroksidlari,  kislota-asos  va 

oksidlovchiqaytaruvchilik  xossalari.  Ferratlar,  barqarorligi,  gidrolizi,  oksidlovchi 

xossalari. Temir, kobalt va nikelning kompleks birikmalari.   

71.  Platina gruppachasi elementlari. Platina metallarining fizikaviy va kimyoviy 

xossalari.  Platina  oilasining  oddiy  birikmalari,  oksid  va  gidroksidlari.  Platinaning 

kompleks birikmalari.   

72.  Birinchi  guruhning  d-elementlari.  Birinchi  guruh  elementlarining  umumiy 

tavsifi. Guruhda atom radiuslari va ionlanish potensiallarining o„zgarishi.  

Atomlarining valentligi va oksidlanish darajasi.   

73.  Oltinning zar suvida erishi. Mis (I, II), kumush (I, II) oksidlari, xossalari.  

Kislota,  ishqor  va  suvga  munosabati.  Birikmalardagi  kimyoviy  bog„  tabiati.  Oddiy 

moddalarning kimyoviy xossalari.  

74.  Ikkinchi guruhning d-elementlari. Elementlarning umumiy tavsifi. Guruhda 

atom radiuslarining va ionlanish potensiallarining o„zgarishi. Atomlarining valentligi 

va oksidlanish darajasi. Oddiy moddalarning kimyoviy xossalari.   

75.  Rux va kadmiy oksid va gidroksidlari. Kislota-asos xossalari. Birikmalardagi 

kimyoviy bog„ tabiati.  

76.  Geliy  va  sakkizinchi  guruhning  r-elementlari.  Elementlarning  umumiy 

tavsifi.  Atomlarining  tuzilishi,  valentlik  va  oksidlanish  darajasini  namoyon  qilish 

imkoniyatlari.  Guruh  bo„yicha  atom  radiusi  va  ionlanish  potensialining  o„zgarishi. 

Kimyoviy inertlik sabablari.  

77.  Elementlarning  umumiy  tavsifi.  Davriy  sistemadagi  o„rni.  Atomlarining 

tuzilishi.  4f-  va  5f-  elementlari.  Xossalaridagi  ichki  davriylik.  Birikmalaridagi 

kimyoviy bog„lanish tabiati.   

78.  Lantanoidlar  (4f-elementlar).  Metallarning  kimyoviy  xossalari.  Oksid  va 

gidroksidlari. Davrda kislota-asos xossalarining o„zgarishi.  

79.  Aktinoidlar  (5f-elementlar).  Metallarning  kimyoviy  xossalari.  Oksid  va 

gidroksidlari. Davrda kislota-asos xossalarining o„zgarishi.  

80.  Tabiiy  radioaktiv  elementlar.  Radioaktivlik  hodisasining  ochilishi. 

Radioaktivlik  turlari.  Yarim  yemirilish  davri.  Radioaktiv  parchalanish  konstantasi. 

Radioaktiv o„zgarishlarning asosiy qonunlari. Siljish qoidasi.   



30 

 

 



 

81.  Sun‟iy  radioaktivlik  xossasining  ochilishi.  Sun‟iy  radioaktiv  izotoplarning 

olinishi. Og„ir atom yadrolarining bo„linishi. Yadro reaksiyalarining turlari.  

82.  Noorganik  kimyo  va  ekologiya.  Ekologik  muammolarni  hal  qilishda 

kimyoning  roli.  Ekologik  muvozanat.  Ilmiy  texnik  va  atrof  muhit  muhofazasi 

muammolari.   

83.  Ishlab chiqarish korxonalarida kam chiqindili  va chiqindisiz texnologiyalar.  

Xom  ashyodan  samarali  foydalanish.  O„zbekiston  kimyo  sanoati.  Ishlab  chiqarish 

korxonalarida atrof muhitni muhofaza qilish muammolari.  

84.  Fotokimyoviy reaksiyalar.Tez va sekinlashtirilgan reaksiyalar. d – d-o„tishlar 

yoki zaryad ko„chishi bilan boradigan reaksiyalar. Metall-metall bog„li sistemalardagi 

o„tishlar.  

85.  Asosiy  guruh  elementlarining  metallorganik  birikmalari.  Klassifikatsiyasi, 

nomenklaturasi  va  strukturasi.  Vodorodli  birikmalar  bilan  solishtirish.  Tuzilishi  va 

bog„lanish. Barqarorligi. Kimyoviy xossalari.  

86.  Boroorganik birikmalar. Alyuminiyorganik birikmalar. Galliy, indiy, va talliy 

birikmalarining metalloorganik birikmalari.   

87  .Kremniyorganik  birikmalar.  Germaniy,  qalay  va  qo„rg„oshinning 

metallorganik birikmalari.   

88.  Mishyak,  surma  va  vismutning  metallorganik  birikmalari.  Zanjirli  va 

qo„shbog„li birikmalar.  

89.Katalizatorlar to„g„risidagi asosiy ma‟lumotlar. Katalizatorlar xossalari.  

Gomogen kataliz. Katalitik sikllarning asosiy bosqichlari. Geterogen kataliz.  

Geterogen kataliz tabiati. Kataliz bosqichlari.   

90.  Komplekslarning 

elektron 

spektrlari. 

Spektroskopik 

termlar. 

d2 


konfiguratsiyalar  termlari.Lyuminessensiya.  f  –elementlar  komplekslari  spektrlari. 

Elektron parmagnit rezonans. Biyadroli komplekslar.  

91.  Molekulalar  tuzilishi  va  kimyoviy  bog„lanish.  Valent  qobig„i  elektron 

juftining itarilish modeli. Valent bog„lanish usuli. Vodorod molekulasi. Gomoyadroli 

ikki atomli molekulalar. Ko„p atomli molekulalar.  

92.Molekulyar  orbitallar  usuli.  Nazariyaga  kirish.  Gomoyadroli  ikki  atomli 

molekulalar. Geteroyadroli ikki atomli molekulalar. Molekulyar orbitallar usuli nuqtai 

nazaridan bog„larning xossalari.  

93.Molekulalar  simmetriyasi.Simmetriya  nazariyasiga  kirish.  Simmetriya 

amallari va simmetriya elementlari. Molekulalar simmetriyasining nuqtaviy guruhlari. 

Simmetriya nazariyasini qo„llanilishi. Qutbli molekulalar. Xiral molekulalar.   

94.  Gidroliz.Gidrolizlanish  konstantasini  aniqlash.  Gidrolizlanish  darajasi. 

Ostvaldning suyultirilish qonuni. Gidroliz jarayonini tezlashtiruvchi omillar.   

95.Kristal  maydon  nazariyasi  .Ligand  maydon  nazariyasi.  Zaryad  utish 

hodisalari.d metallardagi elektron ko„chish hodisalari .  

96.  Tuyingan  bug  bosimi  .  Raul  ,Genri  va  Dalton  qonunlari  .  Eblioskopik  va 

krioskopik konstantalari.  

97.Ideal eritmalar . Suyultirilgan eritmalar uchun Konovalov qonunlari. Haydash 

. Moddalarini tozalash usullari Fraksiyalash va Rektifikatsiya.  


31 

 

 



 

98.Ideal va real gaz qonunlari . Mendeleyeyev  –Klapeyron tenglamasi , Boyl  – 

Mariot qonunlari.   

99.  Ozon  .  Tabiatda  tarqalishi  ,kimyoviy  xossalari  .  Olinishi  va  fizik 

xossalari   

100.  Kristal  panjara va uning turlari  . Kompleks  birikmalardagi  tetraedrik 

va  oktaedrik  tuzilishidagi  birikmalarning  fazoviy  tuzilishi  ,  olinishi  va 

qo„llanilishi.  

  


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling