I. Kirish. O’zbek tili va uning tarixiy ildizlari


Download 55.03 Kb.
bet1/5
Sana05.05.2023
Hajmi55.03 Kb.
#1429550
  1   2   3   4   5
Bog'liq
O’zbek tili va uning tarixiy ildizlari.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi


Andijon davlat universiteti
Filologiya fakulteti
Filologiya va tillarni o’qitish
(o’zbek tili ) yo’nalishi 4 – bosqich
401-guruh talabasi
Nigora Bahriddinovaning
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi fanidan yozgan

KURS ISHI


Mavzusi: O’zbek tilining tarixiy ildizlari.

Qabul qildi: D.Ne'matova

Andijon – 2022
Reja:

Kirish. O’zbek tili va uning tarixiy ildizlari.


Asosiy qism:
O’zbek tilining boshqa tillar o’rtasida tutgan o’rni va taraqqiyot bosqichlari.
O’zbek adabiy tiling qadimgi turk davri.
Eski o’zbek tili va yozuvi , qadimgi va eski turkiy til.

Xulosa.


I.Kirish. O’zbek tili va uning tarixiy ildizlari.
Tilning saqlanib qolishi va taraqqiy etishiga yozuv va xalqning etnik jarayonidagi uzluksizlik kafolatdir. Bu fikrimizga kimdir qo‘shilmasligi ham mumkin. Chunki o‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi bilan shug‘ullanayotgan tarixchi olimlarning qarashlaridan bizning qarashlarimiz ma’lum darajada farq qiladi. Bu qarashlarimizning o‘zgachaligi, birinchi navbatda, o‘zbek tilining manbalariga munosabatimizda ayon bo‘ladi. Biz uchun o‘zbek xalqining etnogenezi dalillari ro‘yxatida birinchi bo‘lib yozuv va til turadi. Yozuvga alohida e’tibor berishimizga sabab shuki, unda xalqning tili yashaydi. Bu qarash bizda birdaniga paydo bo‘lmagan, balki bir necha o‘n yillar davomida qadimgi turkiy yozuvlar bilan shug‘ullanishimiz mahsuli sifatida yuzaga kelgan. Etnogenez va etnik tarixning muhim quroli va asosi yozuv bo‘lganini nazarda tutsak, dunyo xalqlari ijod qilgan to‘rt yuzdan ortiq yozuvlar ma’lum bir xalqning etnik tarixini ham, tili tarixini ham saqlab kelgani to‘g‘risida ishonch bilan so‘z yuritish mumkin. Mavjud yozuvlar xalqning nomi (shumer yozuvi, misr yozuvi, turkiy yozuv, kxaroshti yozuvi, mo‘g‘ul yozuvi va hokazo) yoki ma’lum tarixiy shaxs¬lar (masalan, Moniy yozuvi) nomi bilan yuritilgani ham bejiz emas. Qolaversa, ma’lum bir xalqning adabiy-tarixiy manbalarida berilgan ma’lumotlar, ishoralar ham ona tilining ildizlarini talqin va tahlil qilishda qimmatli dalil bo‘la oladi. Biz o‘zbek tilining tarixiy ildizlari haqida so‘z yuritar ekanmiz, turli qarashlar va munosabatlardan ko‘ra manbalar muhimroq omil ekanini har doim nazarda tutamiz. O‘zbek tilining tarixiy ildizlari uchun asosiy manba – qadimgi turkiy tildagi yozma yodgorliklardir. O‘zbek xalqining etnik jarayoni va o‘zbek tili taraqqiyotini mazkur yodgorliklar o‘zida to‘liq aks ettiradi. Bu o‘rinda bir muhim rasmiy ma’lumotni keltirish o‘rinli: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida 2016 yil 13 mayda chiqqan farmonda “O‘zbek tilining har tomonlama taraqqiy topishi va adabiy til sifatida maydonga chiqishida qadimiy turkiy til katta hissa qo‘shganini alohida ta’kidlash tabiiydir” degan bandi diqqatga sazovor. Bu band eng qadimgi davr-lardan o‘zbek tilining uzluksiz davom etib kelgani to‘g‘risida muhim dalil o‘laroq, isbot talab qilmaydigan haqiqatni o‘zida mujassamlantirgan. O‘zbek tili qadimgi turkiy tilning davomi ekan, ularning o‘zaro aloqadorliklarini qaysi dalillarga tayanib aniqlash mumkin, degan savol tug‘iladi. Birinchi navbatda, qadimgi turkiy tilga asos bo‘lgan dialektlardagi fonetik, grammatik va leksik birliklarning eski o‘zbek tilida davom etganiga tayangan holda aniqlash mumkin. Qadimgi turkiy tilning qaysi dialektlar asosida shakllangani haqida birinchi bo‘lib, o‘tgan asrning o‘rtalarida, mashhur turkolog V. V. Radlov ilgari surgan hamda qadimgi turkiy dialektlarni tasnif qilgan edi.1 Bugungacha uning qarashlari turkologiyada katta salmoqqa ega. Uning fikricha, qadimgi turkiy til uchta dialektdan tashkil topgan: birinchisi – qadimgi shimoliy dialekt. Bu dialektda O‘rta Osiyo turkiy qabilalari so‘zlashgan bo‘lib, turk-sir dialekti degan nom bilan ham yuritiladi; sir – bu qipchoqlardir degan fikr turkologiyaga kirib keldi va o‘rnashdi (o‘zbek xalqining katta qismini qipchoqlar tashkil qilganini isbotlab o‘tirish ortiqcha); ikkinchisi – qadimgi janubiy dialekt, bu dialekt uyg‘ur tilini o‘z ichiga oladi; uchinchisi – aralash dialekt yoki aralash til deb ham nomlanib, yuqoridagi ikki dialektning aralashmasidan iborat deb qaraladi; moniy yozuvidagi turkiy yozma yodgorliklar, “Oltun yorug‘” ana shu dialekt ta’sirida yaratilgan. Shunisi diqqatga sazovorki, shimoliy dialektga mansub Kul tigin, Bilga xoqon, To‘nyuquq va boshqa qator yodgorliklar tili xususiyatlari eski o‘zbek tilida ham uchraydi. Masalan, —ыpan ravishdosh shakli Navoiy va Bobur g‘azallarida ham bor. Yoki to‘ru, su, talim kabi qator qadimgi turkiycha so‘zlarning Oltin O‘rda o‘zbek adabiy tilida qo‘llanishda davom etgani ham yuqoridagi fikrimizga bir dalildir. Biz qadimgi shimoliy dialekt an’anaviyligini ko‘rsatish uchun shu misollar bilan cheklanamiz. Bir so‘z bilan aytganda, qadimgi turkiy til bilan eski o‘zbek tili o‘rtasiga tenglik belgisini qo‘yish mumkin. Qadimgi turkiy yodgorlik¬lar ustida uzoq yillar davomida olib borgan tadqiqotlarimiz natijasida eski o‘zbek va qadimgi turkiy tillarning aslo bir-biridan uzoqlashib ketmaganini ko‘ramiz. Shu bois ham qadimgi turkiy tilga, birinchi navbatda, o‘zbek xalqi da’vogar degan fikrni o‘rtaga tashlayapmiz. Qadimgi turkiy tilga da’vogarlik degani – Markaziy Osiyoda eng qadimdan beri davom etib kelayotgan tilga da’vogarlik deganidir. Qolaversa, bunga yana bir dalil – O‘zbekiston hududidan VI–VIII asrlarga oid turkiy-run yozuvlarining topilgani va ma’lum darajada o‘rganilgani hamdir. Shu o‘rinda o‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi bilan o‘zbek tilining aloqadorligi masalasiga oid bir fikr ustida to‘xtashni o‘rinli deb bilib – xalqning va uning tili elat bo‘lib shakllanmasdan oldin paydo bo‘la boshlaganini qayd etish bilan cheklanamiz. Zotan, keyingi yillarda “o‘zbek xalqi ikki xil tilda so‘zlashuvchi ajdodlardan, ya’ni etnik birliklardan tarkib topgan” degan qarashlar ham paydo bo‘ldiki, bu qarashlar o‘zbek tilining tarixiy ildizlarini o‘rganishda g‘ayriilmiy, zo‘rma-zo‘raki qarashlarni va nuqtai nazarlarni keltirib chiqarishi tabiiy. Dalillarga asoslanmagan bunday fikr-qarashlar xalqning kelib chiqishinigina emas, balki tilning kelib chiqishi haqidagi dalillarni ham shubha ostiga qo‘yadi. O‘zbekiston tarixining, qolaversa, Markaziy Osiyo tarixining katta bilimdoni akademik A. Asqarov aynan shunday fikrda. Bordi-yu, tilni etnik tarixga va etnogenezga xizmat qildirish zarurati bo‘lsa, leksik qatlamning ta’siri va o‘zlashtirilishi haqida gapirish o‘rinli bo‘lar. Movarunnahr va Xorazm o‘lkalarida istiqomat qilgan elatlar etnik jihatidan ham, til jihatidan ham tamomila bir-biridan farq qilganini u ataylab unutib qoldirayotganday taassurot uyg‘otadi. Bunday vaziyatda o‘z-o‘zidan quyidagicha savollar tug‘iladi: agar o‘zbek xalqining tili ikki tilda so‘zlashuvchi etnik birlik tillaridan tashkil topgan bo‘lsa, nimaga tilda ikkinchi til qatlamining tizimli xususiyati saqlanib qolmagan? Darvoqe, o‘sha til qaysi? Ikkinchi etnik birlikning til xususiyatlari, elementlari, masalan, so‘zlar yoki grammatik shakllar yo boshqa biron lingvistik omillar saqlanganmi? Qolaversa, bu qarash o‘zbek tilining tarixiy ildizlarini xolis o‘rganishga qanchalik xizmat qiladi? Aslida A. Asqarov aytgan o‘sha ikkinchi etnik birlik tilining elementlari o‘zbek tilida aks etganda edi, bu qonuniy hodisa sifatida qaralgan va u haqda so‘z yuritish asosli bo‘lar edi. O‘zbek tilining manbai qadimgi turkiy tilda ekan, unga yana qandaydir tamomila noma’lum tilni zo‘rma-zo‘raki tirkashdan ko‘ra, har qanday tilning ilk shakllanish davrida bir necha dialektlarni o‘zida mujassamlantirgan koyne haqida gapirish o‘rinli bo‘lar edi. Koyne – ma’lum bir geografik hududda “adabiy til” vazifasini bajargan qabila tilidir, ya’ni barcha qabilalar uchun bitta qabilaning tili aloqa-aralashuv tili vazifasini bajaradi.2 Bizningcha, Shimoliy Mo‘g‘ilistondan tortib Vengriyagacha yoyilgan qadimgi turkiy tilning yuqoridagi uchta dialektida so‘zlashuvchi qabilalari uchun umumiy dialekt bo‘lgan, xuddi Aleksandr Makedonskiyning armiyasida koyne umumiy dialekt sifatida xizmat qilgani singari.X asr qarluq qabilalarining ittifoqi ancha kuchaydi va ular o`zlarining qoraxoniylar davlatini barpo etadilar. Ularning markazi shakllavdi. Albatta, bu protsess XI asrdagi qoraxoniylar davlatining mahalliylashtirish tendentsiyasini rivojlantirish bilan bog`liq edi. Ilk davr o`zbek adabiy tili ikki xarakterda bo`lgan:
1) kitobiy adabiy til. Unda arabcha, forscha va qadimgi turkiy formalar ustundir. SHuning uchun undagi ko`pgina so`z va formalar biz uchun tushunarli emas.
2) xalq adabiy tili. Unda o`sha davr xalq tiliga xos forma va elementlarni uchratamiz.Kitobiy adabiy til traditsiyasida diniy mistik va qisman didaktik asarlar yaratilgan.
Bunday asarlar jumlasiga «Tafsir», «Qissasul-anbiyo» va «O`g`uznoma» asarlarini kiritamiz. Fonetik jihatdan bu asarlar d-dialekti asosida yaratilgan. Keyingi davrda (XIV asr boshlarida) y-dialektiga o`z o`rnini bo`shatib bergan.3
Xalq adabiy tili xalq jonli tiliga xos formalar asosida shakllandi. Unda xalq og`zaki ijodiga tegishli bo`lgan boy stilistik vositalar o`z aksini topgan. Bunga M.Šoshg`ariyning «Devonu luђatit turk» asariga kirgan qo`shiq, maqol va boshqa tipdagi tekstlar kiradi.
Bu davrning manbalariga. M.Qoshg`ariyning «Devonu lug`atit turk»(X1 asr), A.Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» (XII asr), Alining «Qissai Yusuf» (XIII asr), Rabg`o`ziyning «Qissasi Rabg`o`ziy» va «Qissasul anbiyo» (XIV) Qutbning «Xisrav va SHirin» (XIV asr) hamda turli davlat yorliqlari, hujjatlari kiradi.Yuqorida keltirilgan davrlar o`zaro ichki bog`langan, biri ikkinchisi uchun tarixiy zamon tayyorlagan. Bu davrlar ijtimoiy- tarixiy nuqtai-nazardangina emas, balki o`ziga xos lingvistik xususiyatlariga qarab ham farqlanadi. I davr tili uchun davrlashish hodisasi xarakterli bo`lsa, keyingi davrlar uchun y - lashish xarakterlidir.
Eski o`zbek adabiy tilining dialektal asoslari borasida hozirgacha turli munozaralar mavjud .SHuni aytish kerakki, lingvistik adabiyotlarda eski o`zbek tilining xususiyatlari haqida gap borganda buyuk Alisher -Navoiy asarlariga asoslaniladi, chunki Alisher Navoiy o`zbek xalqining ulug` mutafakkiri, atošli shoiri va ulkan tilshunosi bo`lishi bilan birga eski o`zbek adabiy tiliga asos solgan, uni shakllantirish va rivojlantirish ishiga hammadan ko`ra ko`p hissa qo`shgan bir siymodir. SHuning uchun ham eski o`zbek adabiy tilining shakllanishi va taraqqiy etishi xaqqoniy ravishda Alisher Navoiyning tabarruk nomi bilan bog`liqdir.
«Haqiqatdan ham Alisher Navoiyning tili butun bir davrning tilidir, butun bir xalqning adabiy tilidir4»
Ma’lumki, Alisher Navoiy har qancha ulug` siymo bo`lishiga qaramay, u ham ma’lum bir xalqning vakili bo`lgan va uning tili ko`p shevalarni birlashtirganligi bilan birga, ma’lum shevaga ham tayangan, uning tilida o`sha ma’lum sheva yoki shevalarning izi boshqalarinikiga qaraganda ko`prok aks etgan. Demak, endi Alisher Navoiy tiliga asos bo`lgan sheva qaysi sheva edi degan masala kun tartibida ko`ndalang bo`ladi.Bu masala olimlar o`rtasida tortishuvga sabab bo`lmokda. Bunga Zahriddin Muhammad Boburning Alisher Navoiy tili Andijon shevasiga mos kelsada, degan fikri asos bo`lmokda. Ma’lumki, Bobur har tomonlama bilimli, olim kishi bo`lgan. U o`zining «Boburnoma» degan mashhur asarida o`sha davrdagi ijtimoiy- tuzum, siyosiy voqealar, adabiy hayot va boshqa ko`pgina sohalarni ilmiy analiz qilib berish bilan birga, til sohasida ham ajoyib fikrlar aytgan. Bobur Andijon haqida gapirib SHunday deydi: «Eli turkdur. SHahr va bozorisida turkiy bilmas kishi yo`štur. Elining lafzu qalam bila rostdur. Ani uchun kim Mir Alisher Navoiyning muzannafoti, bovujudkim Hirida nash’u noma topibdur, bu til biladir»5
Boburning bu fikri haqida munozara boshlagan mashhur tarixchi V.V.Bartold “Мир Алишер и политическая жизнь”degan asarida Boburning bu so`zlarini o`sha davrdagi madanii shahar bulgan Andijonda to`g`ri til, ya’ni adabiy tilga yaqin til bilan gagshrishgan deb tushunmoq kerak, chunki Mir Alisher Andijonda bo`lgan emas, deb ko`rsatadi. A.Yu.Yakubovskiy esa «Черт обшественной и культурной жизньи эпохи Алишера Наваи»degan asarida «Bu o`rinda Bobur hech narsani bo`rttirib ko`rsatgan emas» deb ta’kidlaydi. Demak. V.V.Bartold Andijon shevasi Navoiy tiliga yaqin til degan fikrni ilgari sursa, A.Yu.Yakubovskiy Bobur ma’lumotiga ishonmasdan ilojimiz yo`q, deb ko`rsatadi. Bu boradagi professor. F.Abdullaevning fikrlari bilan tanishaylik: U «XV asr o`zbek adabiy tilining dialektal asoslari» degan maqolasida Bobur ma’lumotiga bir necha antitezislar qo`yadi:

1. Alisher Navoiy hech qachon Andijonda bo`lmagan.


2. Boburning o`z asarlari tili mazkur shevaga yaqin deb faraz qilsak, Navoiy va Bobur asarlari tili o`rtasida ancha dialektal farqlar bor.
3. Alisher Navoiy yaratgan asarlar tili g`oyat murakkab va dialektal jihatdan rang-barang bo`lib, uning hajmi va salmog`i shu qadar zo`r ediki, uni bir dialekt, hatto butun bir lahja ramkasiga sig`dirib bo`lmaydi.
4. Alisher Navoiy asarlari tilida hozirgi O`zbekiston territoriyasiga hamda qo`shni respublikalarga tarqalgan jonli o`zbek shevalarining deyarli hammasining elementlari mavjud.
5. Hozirgi qozoq, tatar, uyg`ur, turkman, ozarbayjon, usmonli turk kabi tillarga xos bo`lgan leksik qatlam va grafik formalar XV asr o`zbek adabiy tilida anchagina mikdorda uchraydi, lekin bunday xususiyatlarning ko`pchiligi Andijon shevasida yo`q. Boburning o`z asarlarida ham bunday elementlar kamdan-kam uchraydi.
6.Navoiy asarlari tilida qadimgi uyg`ur va qadimgi [turkiy] yozuv yodgorliklari (runik yozuvlari)ga xos bo`lgan elementlar ham mavjudki, uning tarixiy ildizini faqat bir yoki bir gruppa shevalardan axtarish kutilgan natijani bermaydi.
7.SHuningdek, Alisher Navoiy asarlari tilida boshqa yozuv yodgorliklarida uchramaydigan yoki juda kam uchraidigan fammatik elementlar borligi qayd qilingan, andijon shevasida ham boshqa o`zbek shevalarida ham ular hanuzgacha qayd qilinmadi, boshqa turkiy tillarda ham uchramadi.
8. Nihoyat, Navoiy asarlari tilida urug`dosh bo`lmagan tillardan olingan so`zlar o`sha davrdagi adabiy til leksik qatlamining anchagina protsentini tashkil qiladi, ayrim grafik formalar, masalan, arab va fors-tojik graffik elementlari, jonli morfologik ko`rsatkichlar sifatida mavjud. Andijon shevasida esa bu qadar chet til elementlarining bo`lishi ehtimoldan juda uzoq. Tilshunos va Navoiyshunoslarning bu masalaga aralashuvi bejiz emas, chunki , Alisher Navoiyning tilini hech bo`lmasa so`nggi davrdagi Andijon shevasi bilan chog`ishtirib o`rganish imkoniyati yo`q edi, Buning sababi shundaki, arab alifbesidagi harflar sistemasi turkiy tillardagi tovushlar sistemasini to`liq aks ettira olmaydi. Ayniqsa, arab alifbosidagi ќarflar turkiy tillardagi unlilarni aniq ko`rsatib bo`lmaydi. Ana shuning uchun ham Navoiyda til oldi e bilan, til orqa o, til oldi u bilan til orqa u tovushlari bir-biridan farq qilganligini aniqlash mushkul. Faqat «Muhokamatul-lug`atayn» asarida Navoiyning o`zbekcha unlilarning fors-tojikcha unlilar bilan chog`ishtirib, fors tilidagi bitta va ikkita «vov» , «yoy» (ﻯ ) ga nisbatan o`zbek tilida 4 tadan tovush mos kelishi haqidagi fikri orqaligina yuqoridagi unlilarning til oldi va til orqa xususiyatlariga qarab farqlanganligini bilamiz.Agar yuqoridagi masalalar aniqlangan taqdirda xam Alisher Navoiy tilining o`sha davrdagi Andijon shevasiga to`la mos ekanligani yoki uning to`liq mos ekanligini aynan aniqpash juda katta qiyinchilik bilan bo`lar edi, chunki o`tgan 500 yiddan ko`proq vaqt ichida Alisher Navoiyning asarlari tili hech o`zgarishsiz bizga yetib kelgan bo`lsa, bu o`tgan vaqt ichida o`zbek tilining andijon shevasi uning boshqa shevalari singari deyarli to`xtovsiz ravishda turli o`zgarishlarni boshidan kechirib kelmoqda.


Download 55.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling