Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari


Download 265.5 Kb.
bet1/20
Sana28.10.2023
Hajmi265.5 Kb.
#1731541
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-29 turkiy til


Turkiy tillar tasnifidagi fonetik tamoyillar


Reja:


1. Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari. Unli va undoshlar.
2. Singarmonizm. Tanglay uyg`unligi. Lab uyg`unligi.
Yozma yodgorliklarni o’rganish har qaysi turkiy tilning tarixiy fonetikasini yoritish uchun ham zarur. Turkiy tillar fonetikasiga oid yozma yodgorliklar tilning fonetikasini yoritishda muhim rol o’ynaydi. Turkiy tillarning tarixiy fonetikasini o’rganishda avvalo birlamchi cho’ziq unlilarning grafik va fonologik xususiyatlarini o’rganish kerak.
U n l i l a r.
Qadimgi turkiy tilda sakkista unli fonema bo`lib, ular bir-biridan qatori, tor-kengligi, lablanish-lablanmasligiga ko`ra farq qiladi. Bulardan - a, ы, o, у orqa qator va ә, и, о, u old qator unlilaridir. Keng unlilar - a, ә, o, ө; tor unlilar - ы, и, у, u, qadimgi turkiy tilning unli fonemalari munosabatidagi bunday miqdoriy tenglik ularning sistemasini kub shaklida ifodalashga imkon beradi.
Kubning yuqori qismida tor unlilar, quyi qismida keng unlilar, old qismida old qator unlilari, orqasida orqa qator unlilari, o’ng tomonida lablangan va chap tomonida lablanmagan unlilar berildi.
Demak, a - lablanmagan, keng va orqa qator; - ә lablanmagan, keng lekin old qator unlidir. Bu unlining talaffuzi qozoq va qirg`iz hamda ko`pgina turkiy tillarda, o`zbek tilining singarmonizmli lahja va simvollarida saqlangan.
Tatar va boshqird tillarida bu unli yanada orqaga siljishi va kengayishi natijasida כ ga aylangan. Hozirgi o`zbek adabiy tilida ba’zi o’rinlarda oldingi tomon ө ga yaqinlashgan, ayrim hollarda orqaga tomon kengayib ә ga aylangan. Qadimgi gurkiy tillardagi ә unlisi esa hozir torayib, ko`pgina turkiy tillarda, jumladan o’zbek tilida birikchi bo’g’inda ә ga aylangan.
Misollar:
at (ot) әt (әt, go’sht) adag (oyoq)
ab (ov) әb (uy) qag`an (xoqon)
ar (alda) әr (er) anda (unda)
ash (osh) әsh (esh) ara (ora)
san (son) sәn (sen) qara (qora)
ы unlisi lablanmagan, tor va orqa qator; и lablanmagan, tor, old qatar unli. Bu ikki unli fonema hozirgi o`zbek adabiy tilida va singarmonizmsiz lahja va shevalarda ы ning oldinga siljishi natijasida konvergensiyaga uchragan, ya`ni bir fonema (и) ga aylangan. Ammo o`zbek tilining singarmonizmli lahja va shevalarida hamda boshqa turkiy tillarda o’z holicha saqlangan. Qadimgi turkiy tilda ham orqa qator ы bilan old qator и ikki mustaqil fonemadir.
yig (yaxshi) yыg ( yig’)
tik- (tik-) tыq (tiq-)
yal (yol) yыl (yil)
O unlisi lablangan, keng va orqa qator; ө ham lablangan, keng,
lekin old qator unlidir. Qadimgi turkiy tilda orqa qator O bilan
alohida ikki fonemadir.
ol (u) өl (o`l)
ot (olov) өt (o`t-)
oz (o’z) өz (o`z, jon)
u unlisi lablangan, tor va orqa qator; u ham lablangan, ror, lekin old qator unlidir. Bu unlilarning ham hozirgi holati ө va o unlilariniki singaridir. Qadimgi turkiy tidda ham y va u alohida fonemadir.
tu- (go’s-) tu (tuk)
ur- (ur-) ur- (pufla)
uch (tugash joyi) uch (3)
Hozirgi ө unlisini qadimgi gurkiy tildi a umlisi ifodalaydi. Masalan hozirgi bδsh, so`zi bash tarzida talaffuz etilali.

Download 265.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling