Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari
Download 265.5 Kb.
|
1-29 turkiy til
Qirg'iz tili (qadimdan burut, yovvoyi tosh qirg ‘iz, qora qirg 4z nomlari bilan atab kelingan). Bu tilda 2 min. kishi so'zlashadi.
Qirg'iziston Respublikasining milliy va davlat tilidir. Bundan tashqari, qirg'izlar Xitoy (150 ming kishi) va Afg'onistonda (50 ming kishi) ham yashashadi. Bu til Sharqiy xunn tarm og'ining qirg'iz-qipchoq guruhiga kiradi. Sintaksis yunoncha syntaxis so‘zidan olingan bo'lib. “biriktirish”, “bog'lash” degan m a’noni bildiradi. Sintaksis so'zlarning va gaplarning o'zaro bog‘lanish tizimini, tartibini, ularning turlarini o'rganuvchi tilshunoslik bo‘limidir. Mahmud Koshg'ariyning “Kitobi javohir unnahv fi-1-lug'at it-turk” nomli asarida turkiy tillar sintaksisi haqida bahs yuritiladi. So'zning muayyan til qonuniyatlari asosida o'zaro birikuvidan so'z birikmasi va gaplar hosil bo'ladi. So'z birikmalari va gaplar shakily xususiyatlari va mazmuniga ko'ra farqlanadi. So'zlarning o'zaro grammatik birikishi teng va tobelik asosida yuz beradi. 1. Teng bog'lanish - ikki so'zning o'zaro teng munosabatlar asosida birikishi: boshq. dalala ve qalala “dalada va shaharda”, chuv. verman ve sur “o'rm on va botqoq”. Teng bog'lanish o'zaro teng bog'lovchilar yoki sanash ohangi yordamida yuzaga keladi. 2. Tobe bog'lanish — bir so'zning boshqa so'zga tobelik asosida bog'lanishi: no'g'. kelgen adam “kelgan odam”, tat. kyocle kese “ kuchli odam”. Tobe bog'lanish ikki qismdan iborat bo'ladi: tobe qism va hokim qism. So'roq bog'lanib kelgan qism hokim, so'roqqa javob bo'lib keluvchi qism tobe qismdir: qoz. kok (qanday?) orman, xak. naymirtig (qanday?) кип; turkm. otluq (qanday?) meydan. So’zlarning tobelanish asosida bog'lanishi so‘z birikmalarini hosil qiladi. So'z birikmasi ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo'ladi, ammo kengaygan bir tushunchani ifodalaydi. So‘z birikmasi. Tobe qismning hokim qismga kelishik, egalik qo‘- shimchalari, ko‘makchilar va tobelantiruvchi ohang yordamida bog‘- lanishi so‘z birikmasini tashkil qiladi. Tobe bo'lak hokim bo'lakka ko'm akchilar yordamida bog‘langanda, ko'p hollarda kelishik bilan birgalikda yoki kelishik bilan almashib qo'llanishi mumkin. Tobe bo'lak hokim bo‘lakka bog'lanib, hokim bo'lak talab etgan sintaktik vazifada keladi. Ana shu vazifa gap bo'lagi nomi bilan yuritiladi. So'z birikmasi hokim so‘zning qaysi turkumga oid so'z bilan ifodalanishiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: otli so'z birikmasi, fe’lli so'z birikmasi. Otli so'z birikmasida hokim so‘z ot va otlashgan so'zlar (sifat, son, ravish, taqlid so'z) bilan ifodalanadi: shor. - Kanatlig’ kus “qanotli qush”, oltoycha- Suuluu qar “suvli qor”, ozarbayjoncha - sinmis agas “singan daraxt”, ucan gus “uchgan qush", bogucu bir isti “bo’g'uvchi issiq”. ikinji yer “ikkinchi yer”, yoqut oxtubut mas “yiqilgan daraxt". Fe’lli so'z, birikmasida hokim so 'z fe‘1. uning sifatdosh, ravishdosh shakllari bilan ifodalanadi: boshq. camlarm maylay “chanalarini moylamoqda”, xakas tili - tas turada curtapci “tosh uyda yashaydi”, ubden sigari xondi “uydan yugurib chiqdi”, tatar tili - baylarcayasau “boylarchayashamoq”, xat belen jitaru “xat orqali yetkazmoq", yaxsihgi ocen xormatleu “yaxshiligi uchun hurmatlamoq”, balta belen kisii “bolta bilan kesmoq”, kon saen qaytu “kun savin qaytish”, turk tili ruyadan uyanurmus “uyqudan uyg‘onarmish”. Turkiy tillarda so'z birikmalarining tobe so‘zi, asosan, hokim so‘zdan oldin keladi. So'z birikmasida so’zlarning o'zaro birikish usullari. Kelishik va ko'makchilar so'zlarni bir-biriga tobelab bog'lashga xizmat qiladi. Agar hokim bo'lak sof fe’l bilan ifodalansa va fe’l kimni? nimani? qayerni? so'roqlariga javob bo'hivchi so'zni talab qilsa, tobe bo'lak tushum kelishigida qo'llanadi, hokim bo'lak egalik qo'shimchasini olgan ot, ba'zan harakat nomi va sifatdosh bilan ifodalansa, tobe bo'lak qaratqich kelishigida qo'llanadi. Bitishuv, moslashuv, boshqaruv usullarini tobe so'zga qo'shilgan kelishik shakllariga asoslanib ajratish mumkin: Bosh kelishik: - (bitishuv) 2. Qaratqich kelishigi: -ning (moslashuv) 3. Tushum kelishigi: -ni (boshqaruv) 4. Jo'nalish kelishigi: -ga (boshqaruv) 5. O'rin-payt kelishigi: -da (boshqaruv) 6. Chiqish kelishigi: dan (boshqaruv). So'z birikmalari ham so'zlar kabi narsa, belgi, harakatni atashga xizmat qiladi. So'z - leksik hodisa, so'z birikmasi -sintaktik hodisadir. So'z birikmasi narsa, belgi yoki harakatni yakka holda emas, balki ikki va undan ortiq so'zlarning o'zaro aloqaga kirishuvi orqali ifodalaydi. Download 265.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling