Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari
Download 265.5 Kb.
|
1-29 turkiy til
Sun’iy tillar maxsus yaratilgan xalqaro tillardir. Polyak olimi L. Zamengof tomonidan yaratilgan esperanto tili sun’iy til hisoblanadi. Bu tilning lug’aviy asosi Yevropa tillaridan olingan, grammatikasi agglyutinativ xarakterda, grafikasi lotin yozuvi asosida. Bu tilda mashhur asarlar tarjima qilingan. Radio eshittirishlar ham tashkil qilingan. Bu tilning keyingi taqdiri muayyan davr bilan bog’liq.
Sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatlarini tahlil qilar ekan, umumiy va xususiy qonuniyatlarga tayanadi. XIX asrning o’rtalarida tabiiy fanlarning rivojlanishi, Charlz Darvin ta’limotining vujudga kelishi bilan tilni tirik organizm deb tushunish kuchayadi. Chunonchi, nemis tilshunoslari M. Myuller va A. Shleyxerlar shu nazariya tarafdori edilar. To’g’ri, fiziologik jihatdan til umurtqali hayvonlarning, shu jumladan, kishilarning og’iz bo’shlig’ida joylashgan harakatchan bir qismi. Lekin hayvonlar tili faqat ovqat yeyish, uning ta’mini aniqlash kabi ishlar uchun xizmat qiladi. Kishilar tili esa hayvonlarga xos xususiyatlardan tashqari, nihoyatda muhim vazifalarni, ya’ni kishilik jamiyatining aloqa vositasi—kommunikativ ijtimoiy vazifani bajaradi. Shuni uqtirib o’tish kerakki, insonning tabiiy-biologik xususiyatlari kishilik jamiyatidan tashqari, jamiyatga bog’liq bo’lmagan holda, masalan, yangi tug’ilgan go’dak hayotining takomili (nafas olishi, korishi, ovqat yeyishi, asta-sekin yurib ketishi va hokazolar) tabiat qonunlariga muvofiq holda taraqqiy etaveradi, o’saveradi. Ammo til bunday tabiiy hodisa emas. So’zlashish, fikrlash uchun kishilik jamiyatining bo’lishi shart. Demak, aytilgan fikrlardan shunday xulosa chiqarish mumkin: birinchidan, til tabiiy biologik hodisa emas; ikkinchidan, tilning mavjud bo’lishi va uning taraqqiy qilishi tabiat qonunlariga bog’liq emas; uchinchidan, til kishilarning tabiiy belgilariga (oq-qoraligi va boshqa irqiy belgilariga) bog’liq emas; to’rtinchidan, faqat jamiyat bo’lib uyushgan insonlargina aloqa vositasi bo’lgan tilga ega. Binobarin, til tabiiy-biologik hodisa bo’lmay, kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi sifatida jamiyatga xizmat qiladigan, subyektga bog’liq bo’lmagan ijtimoiy hodisadir. Dastlabki davrlarda, jamiyatning qarama-qarshi guruhlarga bo’linishiga qaramay, til birgina guruh ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilmadi, u jamiyat a’zolarining hammasiga bab- baravar xizmat qildi. Ishlab chiqarish jarayoni jamiyatdagi turli guruh odamlari bir-biri bilan aloqada bo’ladilar, til esa ishlab chiqarishni uyushtirishda jamiyatning hamma sohalari rivojlanishida muhim aloqa vositasi bo’lib xizmat qiladi. Til kishilik jamiyatining asrlar davomidagi butun tarixiy jarayonida ma’lum bir guruh tomonidan emas, balki butun jamiyat va jamiyatning a’zolari tomonidan shakllantirilgan ijtimoiy hodisadir. Shu bilan birga, til biror davrning, biror ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatning mahsuli bo’lmay, balki butun jamiyat tarixi jarayonidagi bir qancha davrlarning mahsuli bo’lib, jamiyatdagi turli tabaqa vakillari uchun bab-baravar xizmat qiladi. Faqat bir sinfga yoki bir guruhga xizmat qiluvchi til bo’lmagan va bo’lishi ham mumkin emas. Download 265.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling