Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari
Turkiy tillar grammatik qurilishining tarixiy-tipologik xususiyatlari
Download 265.5 Kb.
|
1-29 turkiy til
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkli tillar
Turkiy tillar grammatik qurilishining tarixiy-tipologik xususiyatlari
Тurkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fanining maruza matniga Т А Q R I Z Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi fani o‘zbek filologiyasining bakalavr ta’lim yo‘nalishi uchun asosiy ixtisoslik fanlaridan biri hisoblanadi. Bu fanning asosini turkiy tillarning fonetik, leksik grammatik xususiyatlarini yoritish, turkiy tillarning tipologik o‘ziga xosliklarini umumlashtirish, turkiy tillarning taraqqiyotdarajasini belgilash, turkiy tillarni tasniflashdagi asosiy mezonlarni aniqlash kabi masalalarni mukammal yoritib bergan. “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fani “Turkologiyaga kirish”, “Tilshunos tili tarixi”, “qadimgi turkiy til”, “O‘zbektikasi”, “O‘zbek tili dialektologiyasi”, “hozirgi o‘zbek adabiy tili” kabi bir qator fanlar bilan aloqadorligini misollarda ko’rsatib bergan. Qardosh turkiy tillarni qiyosiy o‘rganish til haqidagi bilimlarni yanada mukammallashishiga, tillararo umumiy va xususiy o‘ziga xosliklarni aniqlashga, hamda mavjud nazariy fikrlarni to‘g‘ri hal etilishga zamin yaratadi. Ushbu fan birbiriga genetik jihatdan qarindosh bo‘lgan turkiy tillarning o‘ziga xos fonetik, leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini qiyosiy-tarixiy usul asosida tadqiq etish va tahlil qilishni ko’rsatib o’tgan. Turkiy tillarni bunday tarzda o‘rganish hozirgi o‘zbek adabiy tilning tarixiy taraqqiyoti hamda bugungi kundagi takomilini chuqur tushunishga yordam beradi. Negaki hozirgi o‘zbek adabiy tilining dialektlari turkiy tillarning qipchoq, o‘g‘uz va qarluq guruhi tillari bilan bog‘liqligi izohlangan Turkli tillar — hozirgi va qadimgi turkli ellar va elatlarning tillari. Asosan, Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, XXR, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonda, shuningdek, Bulgʻariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Shimoliy Makedoniya, Albaniya, AQSh, Saudiya Arabistoni va boshqa bir kancha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Turkiy tillarda soʻzlashuvchilarning umumiy soni 130 million kishidan ortiq. Turkiyada koʻpchilik bilan turkiy tillar oʻrniga turk lahjalari atamasi qabul qilinadi. Turkiya, Ozarbayjon, Oʻzbek va shuningdek hammasi turk tilining lahjalari hisob qilinadi. Turk tili deganda Turkiya turkchasi emas, butun lahjalarni qamraydigan til sifatida tushuniladi. Universitetlarda Çağdaş Türk Lehçeleri ve Edebiyatları nomidagi kafedralarda turkiy tillar va ularning adabiyotlari oʻrgatiladi. Baʼzi olimlar Turkiy tillarni moʻgʻul tillari hamda tungus manjur tillari bilan birga qoʻshib, oltoy tillari oilasiga birlashtiradilar. Ye.D.Polivanov, G.Y. Ramstedt kabi tilshunoslarning fikricha, ushbu tillar oilasi koreys va yapon tillarini qoʻshish hisobiga kengayishi mumkin. Oltoy nazariyasiga koʻra, Turkiy tillarning tarixi oltoy tillari bir til boʻlib tashkil topgan qad. zamondan — oltoy davridan boshlanadi. Oltoy bobotili (asos til) dastlab 2 ga — tungusmanjur va turkmoʻgʻul tillariga, soʻngra turkmoʻgʻul tili ham 2 ga — turk va moʻgʻul tillariga ajralgan. Lekin Turkiy tillarning oltoy tillariga genetik aloqadorligi haqidagi masala hamon faraz darajasida krlmoqda. Turkiy tillar deganda, Sibirdan Bolqon yarim oroligacha bir chiziq boʻylab choʻzilgan ulkan geografik hududda tarqalgan oʻzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, saxa (yoqut), tuva, xakas, oltoy, karagas, shor, turkman, ozarbayjon, turk, gagauz, tatar, boshqird, chuvash, qoʻmiq, noʻgʻay, qorachoybolqor, tofalar, chuvash kabi 25 dan ortiq til tushuniladi. Turkiy tillar hozirgi tarqalish geografiyasiga koʻra, quyidagi mintaqalarga ajratiladi: Oʻrta va Jan. Sharqiy Osiyo, Janubiy va Gʻarbiy Sibir, VolgaKama havzasi, Shimoliy Kavkaz, Zakavkazye va Qora dengiz boʻyi. Turkiy tillarning genetik, lisoniy xususiyatlar jihatidan oʻzaro munosabati masalasiga qiziqish juda qad.dan davom etib keladi. Turkiy tillarni birinchi marta tasnif qilgan olim Maxmud Koshgʻariydir. Download 265.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling